Научная статья на тему 'O‘QITUVCHI NUTQI MADANIYATI'

O‘QITUVCHI NUTQI MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
19232
734
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik madaniyat / kommunikatsion nutq / diofragma / diapason / ta`lim-tarbiya / ma`naviyat-ma`rifat / pantomimika / milliy qadriyatlar / estetik ta`sir.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madina Dilmurod Qizi Azimova

Nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi hech bir istisnosiz barcha fanlar bilan bevosita va bilvosita bog‟liq. Nutq madaniyati o‟qituvchida yuksak darajada bo‟lishi shart. Bunda ovoz ham ahamiyatli. O‟qituvchi nutqi jarangdor, aniq, turli shevaga xos so‟zlardan holi bo‟lishi kommunikativ qobilyati yuqori bo‟lishi zarur. Dunyodagi har bir kasbni egallashda nutq madaniyati muhim quroldir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHI NUTQI MADANIYATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

O'QITUVCHI NUTQI MADANIYATI

Madina Dilmurod qizi Azimova

Farg'ona davlat universiteti magistranti

Ilmiy rahbar: Dadaxon To'xtasinov ANNOTATSIYA

Nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi hech bir istisnosiz barcha fanlar bilan bevosita va bilvosita bog'liq. Nutq madaniyati o'qituvchida yuksak darajada bo'lishi shart. Bunda ovoz ham ahamiyatli. O'qituvchi nutqi jarangdor, aniq, turli shevaga xos so'zlardan holi bo'lishi kommunikativ qobilyati yuqori bo'lishi zarur. Dunyodagi har bir kasbni egallashda nutq madaniyati muhim quroldir.

Kalit so'zlar: Pedagogik madaniyat, kommunikatsion nutq, diofragma, diapason, talim-tarbiya, manaviyat-marifat, pantomimika, milliy qadriyatlar,estetik ta' sir.

KIRISH

Insonning manaviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-marifiy rivojida ona tilining o'rni favqulotda muhimdir. Til milliy manaviyat, marifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko'zgusidir. Hadisi shariflarda "Kishining zeb-u ziynati go'zalligi uning tilidadir" deydilar. Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nutqining sodda, ravon va aniq bo'lishiga nutqiy madaniyatning yuqori bo'lishiga alohida e'tibor bergan.

Nutq madaniyati jamiyat madaniy-marifiy taraqqiyotining millat manaviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy manodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasini favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda manaviy-marifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb, e'tirof etilgan. Bugungi kunda nutq madaniyati masalalari o'qituvchining nutqiy madaniyat mahorati farzandlarimizning madaniy nutq ko'nikmalari va malakalarini oshirish, talim jarayoninning barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan dolzarbdir.

Dunyoda turli-tuman kasblar, bir-biridan turfa hunarlar bor. Ularning har birida o'ziga xos ish qurollaridan foydalaniladi. Masalan: dehqonlarning asosiy ish quroli

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

ketmon. Duradgorlarniki-tesha (arra, randa) Jarrohniki-tig', tikuvchiniki-igna.

Dehqon ketmoni bilan taqir yerda betakror bog' barpo qiladi, go'zallik yaratadi yoki tajriba- mahorati yetarli bo'lmasa yerning umriga zomin bo'ladi. Ketmon o'tkir bo'lmasa, dehqonning o'zi ketmon urish hadisini olmagan bo'lsa, oltin tuproqning ham, xomtama dehqonning ham holiga voy bo'ladi. Faoliyatining asosiy quroli til bo'lgan kasblar ham borki, ularning boshida o'qituvchilik turadi. Qaysi fan mutaxasisi bo'lishidan qafiy nazar, o'qituvchi tildan mohirona foydalanish hadisini olmagan bo'lsa, demakki chinakam madaniy nutq malakasini egallamagan bo'lsa, darsdagi nutqi nochor va rangsiz bo'lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo'lmasin 45 daqiqalik fursat uning o'zaro uchun ham o'quvchi sho'rlik uchun ham og'ir azob.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ona tilida puxta, lo'nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematik o'qituvchisi uchun ham, ona tili o'qituvchisi uhun ham birdek zaruriy fazilatdir.

Nutqiy madaniyat haqida gap ketar ekan nutqning madaniyligi demakki ta sir doirasi quvvatini tasir etadigan to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo'yalik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu sifatlarning barchasini o'zida mujassam etgan nutq madaniy hisoblanadi.

Nutq madaniyatidagi asosiy masala tildan maqsadga muvofiq foydalanishdir. Demak tilni qo'llashning real ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bu sohaning muhim yo'nalishlaridan biridir.

O'qituvchi nutqi adabiy talaffuz me'yorlariga amal qilishda o'quvchiga namuna bo'la olishi lozim. Adabiy talaffuz me'yorlarining buzilishi eng avvalo shevaning natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun o'qituvchi o'zi va o'quvchilari nutqini shevaga oid artikulyatsion baza va shevaning fonetik qonuniyatlaridan batamon qutilish oson kechmaydi. Buning oqibatida aytaylik buxorolik o' tovushini faqat til oldi tarzida, xorazmlik o tovushini asosan a tarzida yoki unga yaqin tarzda talaffuz qilishi, toshkentlik oshni - oshshi , yuzni-yuzzi,qorni-qorri tarzida aytilishi kabi ko'plab xatolar kelib chiqaveradi. Ba'zan boshqa tilni mukammal biladiganlar nutqida muayyan so'zni boshqa til talaffuz tamoyiliga ko'ra moslab aytish nuqsoni ko'zga tashlanadi. Yanvar-yinvar, Yaponiya-yiponiya, dekan-de'kan, fakultet-fakulitet. Yozma nutqni aynan harflab o'qish ham adabiy talaffuz me'yorlarining buzilishiga olib keladi. Masalan; o'qidingiz so'z shaklini yozganida 9 ta emas 8 ta

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

tovush tarzida talaffuz qilinishi ya'ni n g ikki tovush emas balki bir tovush ekanligi bajardin-gizmi? o'rtog'in-gizga, berdin-gizmi? kabi xatolarga o'qituvchining o'zi ham yo'l qo'yilishi mumkin.

Nutq bu og'zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron bir mohiyatni anglatadigan so'zlar og'zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So'zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo'yilishi yoki kar-saqov kishilarga biron bir mohiyatga ega bo'lgan imo-ishoralar bilan almashinishi mumkin. Odamlar o'rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o'xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog'lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan. U kommunikatsiyaning mazmunini hisoblanishi nazarga ham, munosabatga ham, kirishganlarga nisbatan ham muayyan tarzda taalluqli bo'lib nutqiy fikr mulohazalar bilan qo'shilgan holda yuzaga chiqadigan bu his hayajonli munosabatda axborot ayriboshlashning alohida nutqsiz jihati o'zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Pedagog bitta so'zning o'zini o'quvchiga goho buyruq, goho iltimos, goho nasihat va hokazo ma'no baxsh etgan xilda turli ohangda talaffuz eta bilishi kerak. Nutqsiz kommunikatsiya imo-ishora, pantomimika, nutqning ohangidagi rangbaranglik ham rivojlana boradi. Kommunikatsiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi, ya'ni bola ham suhbatining yuzlaridagi ifodani o'qishga uning ohangida ma'qullash yoki ma'qullamaslik alomatini payqashga katta yoshdagi kishining so'zlariga ilova bo'ladigan va kuchaytiradigan qo'l-barmoqlari va yuz harakatining ma'nosini tushunishga o'rganadi. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqotga bir qancha talablar qo'yiladiki, pedagogik jarayonlar davomida bularga qat'iy rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: O'qituvchining nutqi ravon bo'lishi, o'qituvchining fikrlar bayoni aniq, tushunarli bo'lishi, nutq jarayonida qo'l, ko'z, yuz imo-ishoralardan foydalanishda ularning uzviy (bog'liq)ligiga erishish, nutq orqali o'quvchilar ongi, qalbi, xatti - harakatiga pedagogik ta'sir ko'rsatish, nutq talaffuzi orqali o'quvchi bilan muloqotga kirishish jarayonida ularning o'ziga xos xususiyatlarini (pedo-psixofiziologik) hisobga olish, o'qituvchi nutqining talaffuzida ahloqiy normalarning shakllangan bo'lishi, o'qituvchi shaxsiga xos va mos tarzda o'quvchilar bilan muloqotga kirishishi, o'qituvchi o'zining nutq talaffuzida uslubiy, stilistik xatolarga yo'l qo'ymasligi, o'qituvchining nutq qobiliyati rivojlangan bo'lishi, o'qituvchi dars jarayonida mavzuni tushuntirishda o'quvchilarga ovoz monotonidan ijobiy foydalanib muloqotga kirishishi, o'quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ularni tarbiyalab borish, ongi, xulqida insoniy fazilatlarni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

shakllantirish, axloqiy normalarni qaror toptirishi, muloqot jarayonida badiiy so'z san'atiga qat'iy rioya qilishi, o'qituvchi notiqlik san'atini egallab borishi va so'ngra muloqotga kirishishi, muntazam ravishda nutq talaffuzini rivojlantiruvchi mashqlar bilan shug'ullanib borishi, o'qituvchi o'zining nutq talaffuzida pauza, intonatsiyalardan oqilona foydalanishi, muloqot jarayonida o'qituvchi to'liq va to'g'ri fikrlay olishga o'rganishiga bog'liq.

Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo'lishi o'qituvchida qator maxsus qobiliyatlar rivojlanishini talab qiladi: sotsial-perseptiv qobiliyati, ijtimoiy tasavvur qobiliyati, o'zini boshqara olish qobiliyati, muloqotda o'zining ruhiy holatini boshqara olish qobiliyati, irodaviy ta'sir ko'rsatish, ishontira olish qobiliyati. Nutq malakalari va ko'nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun sharoit yaratuvchi kishining umumiy ruhiy jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish ko'zda tutiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ovoz. Ba'zalarga tovush tug'ma berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. Kishi tovushini kuchli, egiluvchan, jarayonli qila olishi mumkin. O'qituvchi tovushining o'ziga xosligi nimada? Avvalo, bu tovushning kuchliligi hamda uning kuchli nutq apparati organlarining aktivligiga bog'liq. Tovushning uchuvchanligi, bu ovozni masofaga moslay olish, tovushni boshqara olishdir. Gipkost (egiluvchanlik) va podvijnost (harakatchanligi) tovushni yengil o'zlashtira olish, tinglovchilarga moslashdir. Diapazon - tovushning hajmi. Uning chegarasi juda yuqori va past ton bilan aniqlanadi. Tembr - tovush buyog'i, yorqinligi, shu bilan birga uning yumshoqligi, iliqligi, o'ziga xosligi. O'qituvchida kasbiy kasallik kelib chiqmasligi uchun, albatta, tovush gigiyenasiga amal qilish kerak. O'qituvchi ish vaqtining 50% davomida gapirib turadi. Pedagog ish vaqti tugagach 2-3 soat davomida uzoq vaqt so'zlashishdan qochishi kerak. Zarur bo'lib qolsa, qisqa va sekin gapirishi kerak. Dars jadvali qo'yilishida shunga e'tibor berish kerak. 3-4 soat darsdan so'ng nutq apparati charchaydi, shundan so'ng 1 soat tovush dam olishi kerak. Ko'p stajli, ya'ni tajribasi ko'p o'qituvchi 2-3 soatda charchaydi va 2 soat dam olishi kerak. Yuqori nafas yo'llari, asab tizimlari, ovqatlanish rejimiga e'tibor berish kerak. Diksiya -so'z, bo'g'in, tovushning aytilishidagi to'g'ri va aniqlik. Diksiyani takomillashtirish nutq organlarining harakatini qayta ishlash bilan bog'liq. Maxsus mashqlar boshqariladi. Ritmika - ayrim bo'g'inlarni aytishdagi to'liq davomiylik, shu bilan birga nutqni tashkil qilish etapi. Bu nutqning muhim elementi bo'lib, ba'zan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

intonatsiya va pauza o'ziga so'zdan ko'ra kuchli emotsional ta'sir qiladi. Nutq tezligi o'qituvchining individual sifatiga, uning nutq mazmuni va muloqot holatiga bog'liq bo'ladi. Turli millatlarda nutq tempi turlicha bo'ladi. Ruslarda minutiga 120 so'z atrofida, ingilizlarda 120-150 so'zgacha. Tadqiqotlarga ko'ra 5-6-sinflarda o'qituvchi minutiga 60 so'z, 9-11 sinflarda 75 so'z gapirishi to'g'ri bo'ladi. Mavzuning murakkab qismini o'qituvchi past tempda, keyin esa tezroq gapirishi kerak. Qoida, qonunlar aytganda, xulosada nutq sekinlashadi. Nutq texnikasi. O'quv vaqtining ko'p qismi (1/4, 1/2) da o'qituvchining nutqi bilan boqliq bo'ladi. Shuning uchun o'quv materialini o'quvchilar tushunishi o'qituvchi nutqi mukammalligi bilan bog'liqdir. Ba'zilar tovush va uning tembri tug'ma deb bilishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to'liq qayta qurish mumkinligini aniqlamoqda. Bugungi kunda nutq texnikasi bo'yicha ishlashning teatr pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko'zda tutiladi. Nafas. Nafas organizmga hayot ta'minlab turishi bilan birga u nutqning energiya bazasi sifatida ham faoliyat qiladi. Nutqiy nafas fonosiol nafas deyiladi (fono-tovush). Kundalik hayotda nutqimiz dialogik tarzda bo'lib, nafas qiyinchilik tug'dirmaydi. Darsda o'qituvchi ko'p so'zlagan, ma'ruza o'qigan vaqtlarda o'zgarmagan nafas hamda o'rganmagan nafas qiyinchilik tug'diradi: yuz qizarib ketishi, charchab qolish holatlari bo'lishi mumkin. Nafas jarayonida qaysi muskullar ishtirok etishiga qarab nafasning 4 ta tipi ajratiladi: yelka va ko'krak qafasining yuqori qismini ko'taruvchi muskullar ishtirok etadi. Bu kuchsiz, yuqori nafas bo'lib, o'pkaning faqat yuqori qismi faol ishlaydi; ko'krak orqali nafasni qovurg'alar orasidagi muskullar amalga oshiradi. Diafragma kam harkatda bo'lib, nafas chiqarish kuchsiz; diafragmali nafas -ko'krak hajmining o'zgarishi, diafragma qisqarishi hisobiga bo'ladi; diafragma va qovurg'a orqali nafas - diafragmaning har tomonlama hajmi o'zgarishi, qovurg'alar orasidagi va qorindagi nafas muskullari ham qatnashadi. Shu nafas to'g'ri bo'lib, bu nutqiy nafas uchun asos bo'lib hisoblanadi. Yosh o'qituvchilar uchun nafas olish texnikasi ustida qisqacha to'xtalishga to'g'ri keladi: Yuqori nafas - yelkalar va ko'krak qafasi muskullarining ko'tarilishi va tushishi orqali amalga oshadi. Bu kuchsiz, yuzaki nafas olishni paydo qiladi, bunda o'pkaning yuqori qismigina faol ishlaydi. Ko'krak qafasi bilan nafas olish - qovurg'a oraliqlari va muskullar orqali amalga oshadi. Bunda ko'krak qafasi hajmining ko'ndalang qismida o'zgarish bo'ladi. Diafragma harakatining kamligi tufayli, nafas olish yuzaki bo'ladi. Diafragma orqali nafas olish - ko'krak qafasi hajmini uzunasiga o'zgarishi natijasida diafragma qisqaradi, buning asosida qobirg'a aro muskullarning qisqarishi kuzatiladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

Diafragma qobirg'a orqali nafas olish-diafragma hajmini ko'ndalang va uzunasiga qisqarishi qobirg'a oraliq amalga oshadi. Bu eng to'g'ri nafas olish bo'lib, hisoblanganligi uchun nutq nafasining asosini tashkil etadi. O'qituvchilar orasida tabiatan yoqimli, chiroyli ovozli kishilar ko'p. Lekin ovoz qanchalik yoqimli bo'lmasin, yillar davomida maxsus mashqlarsiz buziladi, eskiradi, qariydi. Har bir kishining ovozi esa o'ziga xos jarangdor, kuchli va qattiq va h.k bo'ladi. Ovoz buzilishning to'rt sababi aniqlangan: Har kungi ovoz zo'riqishi tufayli; Ovoz apparatining zaifligi tufayli; Gigiyena qoidalariga amal qilmaslik; Ovoz apparatidagi tug'ma zaiflik. Ovoz apparatining zo'riqishi natij asida ovozning buzilishi o'qituvchilarda 50% tashkil etishi aniqlangan. Bu baland ovoz bilan gapirishning oqibatidir. Insonning ovoz apparati uch qismdan: generator, energetik va rezanator qismlardan iborat bo'ladi. Ovoz generatsiyasi -ovoz tugunchalari va og'iz bo'shlig'idagi to'siqlarda paydo bo'ladi, buning natijasida shovqinli tovushlar yuzaga keladi. Rezanator tizimida - halqum, burun-halqum, og'iz-bo'shlig'i, nutq ritmi va dinamik rivojlanishi ta'minlanadi. energetik tizim- tashqi nafas olish bilan bog'liq bo'lib, havo to'lqinlari va miqdorini tashkil etadi va tovushning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. O'qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish uchun o'qituvchi aktyorlik va rejissyorlik malakalariga ham ega bo'lishi lozim. Xususan, adabiyot, rasm, tarix o'qituvchilarigaaktyorlik qobiliyati bo'lishi zarur. Ma'lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni harakterlayotganda aktyorlik, o'quvchilarda ushbu xususiyatlarni tarbiyalashda esa rejissyorlik malakalari zarur. Ular aytilganlardan tashqari o'qituvchiga yoshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi-o'quvchilarning aql-idroki emas, balki ularning his tuyg'ulariga ham ta'sir ko'rsatish, ularga olimga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabatda bo'lish tajribasini to'liq berishga yordamlashadi. Shunday qilib, o'qituvchi yuqorida qayd etib o'tilgan pedagogik texnika ko'nikmalarini o'zida tarbiyalasa, u yoshlarni o'qitish, tarbiyalash, ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Yuqorida qayd qilib o'tilgan kasbkorlik malakalari o'qituvchining o'quv va maxsus fanlar bo'yicha bilimlari, pedagogik mahoratni egallashga intilish, o'z kasbiga qiziqish va burch hamda mas'uliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlarni o'qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ'ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. Maktabshunos olimlarning ta'kidlashicha, yuqorida qayd qilib va tasniflab o'tilgan pedagogik texnika malakalarini yakka holda emas, butun tarzda qo'llansa, kutilgan maqsadga erishiladi. Masalan, nutq texnikasini, his-tuyg'u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo'shib olganda amalga oshirish bunda so'z,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

gap ohangi, qarash, imo-ishora bilan, kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika o'qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe'l-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatiga bog'liqdir. Shunday qilib, o'qituvchi-tarbiyachi o'zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirsa, nutq texnikasini egallashning imkoni bo'ladi va u o'qituvchini pedagogik mahorat sari yetaklaydi. Nutq tushunchasi o'qituvchining kommunikativ xulqi tushunchasi bilan uzviy bog'liq. O'qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda faqat uning gapirish va axborot berish jarayonigina emas, balki pedagog va o'quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o'rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta'sir ko'rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o'qituvchining nutqiy nazokati ham ko'zda tutiladi. O'qituvchining nutqi ma'lum talablarga javob berishi, ya'ni kerakli kommunikativ sifatlarga mos bo'lishi kerak. Nutq bir necha normalarga mos bo'lishi kerak: zamonaviy normalarga, ifodali, adabiy til normalariga. Pedagog nutqning to'g'rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifodalilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o'qituvchi nutqining madaniyatini belgilaydi. Maqsadga muvofiq pedagogik nutq o'zining mantiqiyligi, ishonchligi, kuzatuvchanligi bilan xarakterlanadi. Nutq funksiyalaridan biri - bilimni to'liq holda berilishini ta'minlashdan iboratdir. O'qituvchi nutqining kommunikativ o'ziga xosligi bilan bilimni o'quvchilar tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa bor. Nutq buni ta'minlashi yoki qiyinlashtirishi mumkin. O'qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o'quvchining ongi, sezgisiga ta'sir qilishi, ularni o'ylash faoliyatiga undashi kerak. O'qituvchi nutqi ikkinchidan o'quvchining samarali o'quv faoliyatini nutqi avvalo darsda samarali o'quv eshituvchini ta'minlashi kerak. O'quvchi o'qituvchi nutqini eshita turib qator operatsiyalarni bajaradi: berilayotgan axborotni ko'rgazmali shaklda aniqlashtiradi, o'zidagi bilim bilan unga munosabat bildiradi, eslab qoladi, nutq mantiqini, fikrlar rivojini kuzatib boradi. Ovoz tonining balandligi, tovushning yuqoriligi, bir xilda gapirish bolalarni charchatadi. o'quv - bilim jarayonning samarali bo'lishiga darsda o'qituvchi tanlagan kommunikativ xulq uslubi ham ta'sir qiladi. O'qituvchi ko'pincha «jim o'tir», «o'tir», «tugat», «yop» kabi norozilikni bildiruvchi so'zlarni ishlatib o'quvchining javobini bo'ladi. «Har doimgidek hech narsa bilmaysan», «sen buni qayerdan ham tushunarding» kabi gaplarni aytadiki, bular o'qituvchi o'quvchi munosabatini buzilishiga, aqliy faollik pasayishiga, nopedagogik vaziyatlar paydo

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68

bo'lishiga olib keladi. Nutqning - o'qituvchi o'rtasidagi mahsuldor o'zaro munosabatni ta'minlashdan iborat. Nutq o'quvchi - o'qituvchi munosabatini boshqarish rolini ham bajaradi. Bu yerda hamma narsa ahamiyatli: o'qituvchi o'quvchilarga qanday murojaat qiladi, salomlashadi, talablarini qanday qo'yadi, qanday ogohlantiradi, xohishini qanday bayon qiladi; nutqi impotensiyasi, yuz ifodasi, qarashi, ham bolaga ta'sir ko'rsatadi. Darsdan tashqari muloqotda bularning ahamiyati yanada katta bo'ladi. Ko'p narsa o'qituvchining individual muloqot uslubiga ham (qo'rquvga asoslangan, o'yinga, do'stona aloqaga asoslangan), muloqot doirasidagi sotsial xarakterlariga ham bog'liq bo'ladi. Og'zaki nutqning yana bir xususiyati uning improvizatsiya xarakterida ekanligidir. Tajribali o'qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan gapiradi, o'quvchi uni tinglay turib, so'z va ifodalar birdan tutilayotganligini ko'radi. Shunday holat vujudga keladiki, go'yoki o'qituvchi bu haqiqatni, fikrlarini birinchi marta o'quvchilar bilan ochayotgandek bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki to'liq, mukammal shakllangan talab darajasidagi o'qituvchining umumiy nutqiy madaniyatining eng muhim uzviy tabir joiz bo'lsa tamallaridandir. Jonli tovush nutq va uning barcha unsurlarini to'g'ri voqealashtirish ko'nikma va malakalarining jami nutq texnikasi demakdir. Kasbiga sadoqatli o'qituvchi o'z o'quvchisi ko'z o'ngida qusursiz va bilimli, qadrli ustoz ko'rinishida ko'rinadi. Uni saqlash esa har bir ustozning o'ziga bog'liq. O'qituvchi har doim o'z ustida ishlashi, yangiliklardan boxabar bo'lishi innovatsiyalarga ijobiy qarashi o'zi ham novator bo'lishi maqsadga muvofiq. Kichik sinflarda uztoz nutqi ravon, jarangdor, turli g'arazli vositalardan holi bo'lishi, umumiy tarbiya jarayoni uchun ham ijobiy ta'sir etadi. O'qituvchining ovozi, talaffuzi, dektsiyasi umuman tirik nutqi hamisha o'quvchilar uchun o'ziga xos etalon namuna vazifasini bajaradi.

REFERENCES

1. Ta'lim jarayonida nutq madaniyatini shakllantirish masalalari Toshkent. "Sharq" 1999 256 b

2. Ona tili- davlat tili. Toshkent "Adolat" 2004 80 b

3. A.Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq "O'qituvchi" 1992

4. Yo'ldashev J. Hayot va tafakkur sayyorasi- T. Fan 1991

5. Kommenskiy Ya. A Buyuk didaktika- T O'qituvchi, 1975, 238 b

6. Sayidahmedov N. Pedogogik mahorat va pedogogik texnologiya- T 2003, 68 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.