Научная статья на тему 'TURIZM SOHASIDA GID HAMROHLIGINING O‘RNI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI'

TURIZM SOHASIDA GID HAMROHLIGINING O‘RNI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1395
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gid hamrohligi / ekskursant / kommunikativlik / tashkilotchilik / konstruktivlik / notiqlik / tashqi nutq / ichki nutq. / Guide accompaniment / excursionist / communicability / organization / constructiveness / oratory / external speech / internal speech.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madiyor Mamanazarovich Turdiyev, Shahrizoda Olim Qizi Qodirqulova, Umida Nurali Qizi Salohiddinova

Ushbu maqola “Ekskursiya xizmatini tashkil qilish”da gidning o‟rni, fazilatlari, gid hamrohligi kasbining o„ziga xosliklari va qanday xususiyatlarga ega bo‟lishi kerakligi haqida bayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describe the role of the guide in the “organization of the tour service”, its qualities, the specifics of the profession of guide and what features it should have.

Текст научной работы на тему «TURIZM SOHASIDA GID HAMROHLIGINING O‘RNI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

TURIZM SOHASIDA GID HAMROHLIGINING O'RNI VA ASOSIY

XUSUSIYATLARI

Madiyor Mamanazarovich Turdiyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Shahrizoda Olim qizi Qodirqulova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Umida Nurali qizi Salohiddinova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola "Ekskursiya xizmatini tashkil qilish"da gidning o'rni, fazilatlari, gid hamrohligi kasbining o'ziga xosliklari va qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerakligi haqida bayon qiladi.

Kalit so'zlar: Gid hamrohligi, ekskursant, kommunikativlik, tashkilotchilik, konstruktivlik, notiqlik, tashqi nutq, ichki nutq.

ABSTRACT

This article describe the role of the guide in the "organization of the tour service", its qualities, the specifics of the profession of guide and what features it should have.

Keywords: Guide accompaniment, excursionist, communicability, organization, constructiveness, oratory, external speech, internal speech.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается роль экскурсионного обслуживания", его характеристики, особенности профессии экскурсовда и какими чертами она должна обладать.

Ключевые слова: Сопроваждение гида, экскурсант, общение, организация, конструктивность, красноречие, внешняя речь, внутренняя речь.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, o'rta muddatli istiqbolda "Respublika hududlari bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish" belgilandi. Mazkur vazifalarning bajarilishi O'zbekistonda turizm-ekskursiya xizmatlarini yanada rivojlantirishni talab qiladi. Turizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi.Tashrif buyurgan har qanday turist avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati,ijtimoiy hayoti, tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya xizmati o'zining ko'rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan ekskursantlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. [1]

METODOLOGIYA

Ekskursiya xizmati oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin;[1] GID - EKSKURSANTLAR [ Ko'radi; Eshitadi; His qiladi; Ko'nikmaga ega bo'ladi]

Gidning ishi yaqin o'tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh uchun qiziqarli mashg'ulot bo'lgan, xolos. Gid ishini turli soha mutaxassislari o'zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey ilmiy xodimlari, institut ilmiy xodimlari va h.k). Faqatgina bir necha ekskursiya muassasasi va alohida muzeylar shtatida gidlar mavjud bo'lgan,xolos. Ammo o'sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo'la boshlagan''[2]

Ekskursiya xizmati funksiyasining o'zgarishi , uning dam olish shaklidan mehnat jamoalarida madaniy-tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakliga aylanishi, aholiga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqqa aylanishi,yangi mutaxassislik, ya'ni gid rolining oshishiga olib keldi.

O'zbekiston Respublikasining "Turizim to'g'risida''gi Qonunning 3-moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid(ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan. Unga ko'ra "turistik guruh rahbari - turistik faoliyat subyektlarining vakili bo'lgan va uning nomidan ish ko'rib,turistlarga xizmat ko'rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta'minlovchi shaxs ", "Gid (ekaskursuya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya -axborot, tashkiliy yo'sindagi xizmatlar va malakali yordam ko'rsatuvchi jismoniy shaxs "- degan ta'riflar kiritilgan.[3]

Har bir gid nafaqat o'z mutaxassisligi bo'yicha bilimlarga , balki pedagogika va psixologiya asoslarini ham bilishi zarur bo'lmoqda.Gid o'z ishini to'g'ri tahlil

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

qilishi, o'tkazgan ekskursiya xizmatiga obyektiv baho berishi , prinsipal va o'ziga nisbatan talabchan bo'lishi zarurdir.

Gidning ekskursantlar bilan muloqoti, uning tavsiyalari, ko'rsatmalari tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi.O'rganilayotgan ma'lumotlar ularning ongini ma'naviy va estetik boyitadi.Shunday qilib, ekskursiya xizmati pedagogik jarayonning bir qismi bo'lib, insonga ta'lim, tarbiya beradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo'lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi: o'rgatuvchi-gid va o'rganuvchi ekskursant. Gid ma'lum bir mavzu bo'yicha bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi.Ushbu ikki tomonning o'zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o'zaro munosabatda gid pedagogik ta'sir ko'rsatish usullarini qo'llaydi.

Gid kasbiy malakasining tarkibiy qismini pedagogik mahorat , pedagogik san'at tashkil etadi. Gidning pedagogik mahoratga quyidagilarini kirish mumkin: -mutaxassislik bo'yicha yetarlicha bilim; -tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati; -ekskursant ruhiyatini tushunish; -guruhni boshqara olish;

-pedagogik texnika sohasidan bilim va ko'nikmaga ega bo'lish ; -intuitsiya ;

-ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish.

Gid kasbi aniq amaliy malakaga ega bo'lishini talab qiladi. Bu malaka unga o'z bilimlarini auditoriya uchun to'g'ri tanlab olish, mujassamlashtirish va samarali uzatish imkoniyatini beradi.

MUHOKAMA VA TAHLIL

Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlarni hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish, hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo'yicha birlashib, jamoaga aylanishini ta'minlashi kerak.Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta'limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e'tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma'lumotlarini shunday tanlashi va foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo'lgan muhabbat, boshqa millatlar, ularning urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislatlar paydo bo'lsin.

Gid ekskursantlarga obyektlar haqida to'liq, aniq ma'lumotlar tanlashi va berishidan tashqari shaxsiy fazilatlarga, kasb mahoratiga ham ega bo'lishi kerak. Shaxsga qo'yilgan axloqiy talablar bu umumiy prinsiplarga va axloqiy me'yorlarga rioya qilishi, mukammallikka intilishdir.Shaxsning har tomonlama mukammal va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

barkamol bo'lib shakllanishi uning butun umri bir davomida ro'y beradi (umumta'lim maktabida, kollej, OTMda, jamoada, kundalik hayotda, gidlarni tayyorlovchi kurslarda, ekskursantlar bilan o'zaro munosabatda).

Gidning asosiy faoliyati ekskursiya xizmatini tayyorlash va o'tkazishdir [5].

Ekskursiya xizmatini tayyorlash 3 qismga bo'linadi :

1) Individual matnni tayyorlash ;

2) Metodik ishlanma talablarini eslab qolish ;

3) Marshrutni yodda tutish.

Gid ekskursiya davomida ekuskursantlarni o'ziga jalb qila olishi, guruh atmosferasini barqaror ushlab turishi uchun quyidagi 4 turdagi qobiliyatni o'zining ustida ishlab, takomillashtirishi kerak:

-Konstruktivlik;

-Tashkilotchilik;

-Komunikativlik;

-Tahlil qilish.

Konstruktivlik qobiliyati ekuskursantlar uchun ekuskursiya xizmati ma'lumotlarini to'g'ri tanlay olishi va rasmiylashtirishi, uni tushunarli va ishonchli yetkazish, zaruriy hollarda ekskursiya rejasini, uslubiy yo'riqlardan foydalanishn tartibini qayta ko'ra olish kabilarda o'z ifodasini topadi va gid fikrlash qobiliyatining asosi hisoblanadi.

Tashkilotchilik qobiliyati ekskursiya guruhini boshqara olish, ularning e'tiborini kerakli obyektga yo'naltirish, turistlar va ekskursantlar uchun tasdiqlangan dasturdagi xizmatlarning bajarilishida o'z ifodasini topadi.

Kommunikativlik qobilyati ekskursiya guruhi bilan ishlaganda o'zaro iliq munosabat o'rnatish, ekskursiya xizmati davomida ushbu muhitni saqlash, muomala madaniyati xususiyatini o'zida o'zlashtira olish va marshrut jarayonida avtobus haydovchisi, ko'rgazma, muzey ishchilari, uslubiy to'garak rahbarlari, boshqa gidlar, turistik guruh rahbarlari bilan o'zaro to'g'ri munosabat o'rnatish jarayonida namoyon bo'ladi.

Tahlil qilish qobiliyati o'z ishini tanqidiy tahlili, o'tkazgan ekskursiya xizmati sifatini, metodik usullarni qo'llashning samaradorligini obyektiv baholashida namoyon bo'ladi.

Ekskursiya xizmatini tashkil qilishda gid temperamentining roli muhim ahamiyatga ega. Inson temperamentining (sangvinik, xolerik, melanxolik, flegmatik) namoyon bo'lishi inson umumiy madaniyatinining natijasidir. Gidning xarakteri,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

dunyo qarashi, erkin fikrlashi, jamoa bilan o'rnatgan munosabati ekskursiya qanday o'tishini sifatiy jihatdan belgilab beradi. Gid ekskursantlarga o'zining ichki va tashqi hissiyotlari va munosabatlarini namoyon qilishda me'yorni bilishi lozim.

"Tashqi va ichki asabbuzarliklar ta'sirida yuzaga kelayotgan gidning hissiyotlari, kayfiyati (haddan tashqari ko'tarinki yoki tushkun), ekskursiya jarayoniga ta'sir ko'rsatmasligi kerak, o'zini qo'lga olish, guruhda kerakli muhitni ta'minlash gid mahotratining asosidir.Gidning his tuyg'ulari obyektiv harakterga ega bo'lishi kerak".[1]

Har bir inson uni boshqalardan ajratib turuvchi o'ziga xos xususiyatlarga ega (nutq, ma'lumotni yetkazishi, imo-ishoralari). Gid ravon nutqqa ega bo'lish, ekskursantlarni o'ziga jalb qila olish, ma'lumotlarni ekskursantlarga to'g'ri va aniq yetkazib berish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Biron bir tarixiy hikoyalar, rivoyatlar, miflarni obrazli yetkazib berish gidning ustun jihatidir. Gid nutq madaniyatini, odobini o'rganishi va ekskursiya davomida namoyon qila olishi kerak. Chunki, nutq madaniyati, odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir.'' "Nutq madaniyati'' deganda aytilishi zarur bo'lgan xabarlarni , tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko'ngliga mos adabiy me'yordagi ifodalari bilan yetkazish tushuniladi.

"Nutq" tushunchasi og'zaki va yozma nutqqa tegishlidir. Har ikkisi ham mazmunli , tushunarli, ifodali va zamonaviy bo'ladi.Gidning yozma nutq madaniyatini quyidagi hujjatlar bilan ishlashda ko'rish mumkin: asosiy va individual matnda, uslubiy qo'llanmalarda ,referat,ma'ruza, taqriz, bibliografik obrazlarda. Asosiy matn adabiy tilda, individual matn ko'proq og'zaki tilda tuziladi. Nutq tashqi va ichki nutqqa bo'linadi. Tashqi nutq kommunikativ ahamiyatga ega bo'lib,uning mohiyati boshqa insonlarning eshitib tushunishiga yo'naltirilgan. "Yakka notiqning ko'plab tinglovchilar bilan aloqa o'rnatish nisbatan murakkab kommunikativ jarayon hisoblanadi''[4] Gidning hikoyasi - tashqi nutq namunasi bo'lib, uning vazifasi ekskursantlarning ongi va harakatlariga ta'sir ko'rsatish, aniq obyektlar haqida axborotlarni yetkazishdir.

Ichki nutq bu insonning ichki dunyosi nutqi, auditoriyada yetkazilishi kerak bo'ladigan fikrlarning oldindan shakllanishidir.Inson biror predmet haqida o'ylayotgan o'zining ichki ovozi bilan dialog yuritadi. Ichki nutqi yordamida fikr yuritadi, unda chizmalar , obrazlar, jadvallar kabi yordamchi vositalardan foydalaniladi. Ommaviy nutq tinglayotgan auditoriya haqida gapirar ekanmiz, auditoriya murakkab va o'ta murakkab bo'lishi mumkin. Shuning uchun notiq(gid) katta omma oldiga chiqar ekan,albatta, jiddiy tayyorgarlik ko'rishi, har qanday

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

vaziyatga, savollarga tayyor turishi kerak. [4]

Gidga qo'yiladigan talablar

Gidning tashqi ko'rinishida quyidagilar mujassam bo'lishi kerak:

- shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi ;

- ozoda tashqi ko'rinishi ;

- harakatlaridagi tartib-intizomi ;

- madaniyatli kiyinishi ;

- ish paytida chekmasligi lozim.

O'z navbatida bu kabi xususiyatlar ekskursantlarda iliq taassurot qoldiradi. Bundan tashqari shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Masalan,

- yaxshi jismoniy sog'liq ;

- ruhiy barqarorlik ;

- kirishimli bo'lish ;

- tartib intizomli bo'lishi ;

- xushmuomala bo'lishi ;

- artistik qobiliyati bo'lishi rejissor va tashkilotchi bo'la olishi kerak. Chunki, gid nafaqat sayohat tashkil etuvchi turfirma vakili, balki o'z davlati

salohiyatini reklama qiluvchi, mexmonlarga yangi ma'lumotni beruvchi va ma'lum harakatlarni amalga oshirishda yordam beruvchi shaxsdir.Eng muhimi gid baxtsiz hodisa ro'y berganda 1-tibbiy yordam ko'rsata olishi kerak.

XULOSA

O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini rivojlantirish, ushbu sohaga oid barcha kadr va mutaxassislarni tayyorlash, tashrif buyuruvchini barcha standartlarga mos ravishda kutib olish va ularga yuqori sifatli xizmatlar ko'rsatish, gid hamrohligida yurtimizning tarixini, madaniyatini, urf-odatlarini ko'rsata olish va turistlarning qiziqishini orttirish muhim vazifalardan biridir. Demak, gid hamrohligi sohasi yurtimizning turistik salohiyatini reklama qiluvchi va turistlarni jalb qiluvchi bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. I.S.Tuxliyev ; R.S.Amriddinova; G.R.Tursunova.''Ekskursiya xizmatini tashkil qilish''// O'quv qo'llanma

T: "Barkamol fayz media", 2018, 296 bet// 32,36,38- betlar.

2. Емельянов.Б.В. "Экскурсоведение" Уч.пос. М. 2006 //117 с

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-310-316

3. O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi Qonuni //"Xalq so'zi" gazetasi, 1999

4. " Notiqlik san'ati"[Matn]: o'quv qo'llanma /M.Israil, L.I.Tashmuhammedova. -Toshkent:Noshir nashriyoti,2019.-152 b.// 61,62- betlar.

5. Скобольцина А. С., Шарухин А. П. Технологи и органтизация экскурсионных услуг. Учебник - 2-е изд., перераб. - М. :Издательский центр " Академия",2013

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Ibadullayev N.E., Amriddinova R.S. Turizm asoslari. O'quv qo'llaNMA. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. -S.:SamISI,2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.