Научная статья на тему 'BADIIY O‘XSHATISHLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI (Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar” romani misolida)'

BADIIY O‘XSHATISHLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI (Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar” romani misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1288
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘xshatishlar / an’anaviy o‘xshatishlar / individual o‘xshatishlar / inkor o‘xshatishlar / kinoyali o‘xshatishlar / satirik o‘xshatish. / Similes / traditional similes / individual similes / negative similes / ironic similes / satirical similes.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bozorova, Gulshan Chorshanbi Qizi

Maqolada badiiy asar matnida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy o‘xshatishlarning lisoniy tahlili haqida fikr yuritiladi. O‘xshatishlar haqida bir qancha olimlarning ilmiy qarashlari muhokama qilinadi. Tilshunoslikda umumnutq va badiiy o‘xshatishlar va ularning o‘ziga xosliklari haqida turli mulohazalar keltirilib izohlanadi. Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asari misolida o‘xshatishlarni lingvistik tahlilga tortamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC CHARACTERISTICS OF ARTISTIC SIMILES (In the example of Odil Yakubov's novel "Swans, White Birds")

The article discusses the linguistic analysis of artistic similes that are important in the text of a work of art. The scientific views of several scientists about similes are discussed. In linguistics, various opinions are given and explained about common and artistic similes and their peculiarities. On the example of Odil Yaqubov's work "Swans, white birds...", we draw similes into linguistic analysis.

Текст научной работы на тему «BADIIY O‘XSHATISHLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI (Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar” romani misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BADIIY O'XSHATISHLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI

(Odil Yoqubovning "Oqqushlar, oppoq qushlar" romani misolida)

Bozorova Gulshan Chorshanbi qizi

Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

Maqolada badiiy asar matnida muhim ahamiyatga ega bo'lgan badiiy o 'xshatishlarning lisoniy tahlili haqida fikryuritiladi. O 'xshatishlar haqida bir qancha olimlarning ilmiy qarashlari muhokama qilinadi. Tilshunoslikda umumnutq va badiiy o'xshatishlar va ularning o 'ziga xosliklari haqida turli mulohazalar keltirilib izohlanadi. Odil Yoqubovning "Oqqushlar, oppoq qushlar..." asari misolida o 'xshatishlarni lingvistik tahlilga tortamiz.

Kalit so'zlar: O'xshatishlar, an'anaviy o'xshatishlar, individual o'xshatishlar, inkor o'xshatishlar, kinoyali o 'xshatishlar, satirik o'xshatish.

В статье рассматривается лингвистический анализ художественных сравнений, имеющих значение в тексте художественного произведения. Обсуждаются научные взгляды ряда ученых на сравнения. В языкознании приводятся и разъясняются различные мнения об употребительных и художественных сравнениях и их особенностях. На примере произведения Одила Якубова «Лебеди, белые птицы...» мы проводим сравнения в лингвистическом анализе.

Ключевые слова: сравнения, традиционные сравнения, индивидуальные сравнения, отрицательные сравнения, иронические сравнения, сатирические сравнения.

The article discusses the linguistic analysis of artistic similes that are important in the text of a work of art. The scientific views of several scientists about similes are discussed. In linguistics, various opinions are given and explained about common and artistic similes and their peculiarities. On the example of Odil Yaqubov's work "Swans, white birds...", we draw similes into linguistic analysis.

Key words: Similes, traditional similes, individual similes, negative similes, ironic similes, satirical similes.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

Yozuvchilar olg'a surgan g'oyasini o'quvchilar ommasiga to'la yetib borishida ham asar tili muhim rol o'ynaydi. Haqiqatdan, til o'sha g'oyani talqin etishda ishoralarning siqiq, silliq bo'lishi, so'zlarning o'z o'rnida ishlatilishi bilan xarakterlanadi. O.Yoqubov o'z asarlarida leksik birliklarning turli - tuman xususiyatlaridan unumli foydalana olgan. Uning asarlarida ishlatilgan leksemalar ma'no ko'lamining kengligi, serqirraligi, o'zining xalqonaligi, bo'yoqdorligi va jonliligi bilan alohida-alohida ahamiyat kasb etadi. O.Yoqubov asarlarida so'zning qudratini alohida inobatga olgan holda, undan zargarona foydalanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolada badiiy asar matnida muhim ahamiyatga ega bo'lgan badiiy o'xshatishlarning lisoniy tahlili haqida fikr yuritiladi. O'xshatishlar haqida bir qancha olimlarning ilmiy qarashlari muhokama qilinadi. Tilshunoslikda umumnutq va badiiy o'xshatishlar va ularning o'ziga xosliklari haqida turli mulohazalar keltirilib izohlanadi. Odil Yoqubovning "Oqqushlar, oppoq qushlar..." asari misolida o'xshatishlarni lingvistik tahlilga tortamiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Muayyan voqelikni tasvirlashda shunchaki bayondan qochadi, balki ko'p ma'noli so'zlar, so'zning konnotativ ma'nosi, ma'no ko'chishining turli usullari, xalqona ibora va birikmalarni unumli qo'llaydi. Til va nutq nihoyatda murakkab, shaxs va jamiyat uchun almashtirib bo'lmaydigan darajada ahamiyatli hodisalardir. Tilning uch vazifasidan biri - emotsional-ekspressivlikni ifodalash, ayniqsa, ijodiy tafakkur sohibi bo'lgan inson uchun zaruriydir. Bu o'rinda professor N.Mahmudovning til haqidagi quyidagi fikrlari juda ham o'rinli: "Til faqat aloqa vositasigina bo'lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo'lardi. Holbuki til bemisl boy, sehr -u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko'rk-u komillikka limmo-lim bir xilqatdir" 1

Til o'zining beqiyos imkoniyatlarni badiiy adabiyotda yanada ravshanroq namoyon etadi. O'zbek adabiy tilining ifoda imkoniyatlarini o'z asarlarida keng ko'lamda aks ettira olgan mohir so'z ustalaridan biri Odil Yoqubovdir. O.Yoqubov "Ulug'bek xazinasi", "Oqqushlar, oppoq qushlar..." kabi asarlari bilan o'zbek nasri taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan adibdir. O.Yoqubov asarlarida tilimizning boy ifoda imkoniyatlari, ayniqsa, so'zlarning ko'chma ma'nolarda qo'llanib, turli konnotativ semalarga ega bo'lishi asarlar tilining ta'sirchanligi, tasvirning jonli va ishonarli, hayotiyligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.

1 Max,MygoB H. MatpH^aT MaH3H.n.napH. - TomKeHT: MatHaBHAT, 1999. - E. 44.

1286

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'xshatish. Badiiy tilning tasviriy vositalaridan biri hisoblangan o'xshatish obrazlilik, tasvirilikni kuchaytirishi favqulotda poetik ifodalilik xususiyati bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham kutilmagan ifodadorlik, obrazli, ta'sirchan firk ifodalash o'xshatishning muhim belgilaridan hisoblanadi. Favqulodda fikr ifodalanishiga ko'ra o'xshatish badiiy tasviriy vosita nutqning bezagidir. Oftob tik tepaga kelgan, lekin uning yog'dusi go'dak qo'llariday yoqimli, ko'ngilni g'ash qiluvchi barcha g'am-anduhni daf etuvchi bir malhamday mayin, iliq, osuda edi. ("Oqqushlar, oppoq qushlar..."). O'xshatish tasviriy vosita sifatida ko'pinch badiiy nutqda qo'llanadi. Bu holat shu vositaning qisman uslubiyligini ham belgilaydi. Lekin o'xshatish badiiy nutq doirasida cheklanib qolgan vosita emas, uni nutqning boshqa ko'rinishlarida, jumladan, so'zlashuv nutqida ham ko'plab uchratish mumkin.

O'xshatish tasviriy ifodaning eng qadimiy shakllaridan bo'lib, Aristotel poeziyani o'xshatish san'ati deb ataydi. Uning fikricha inson boshqa mavjudodlardan o'xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto dastlabki, bilimlarni u o'xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bag'ishlaydi. O'xshatish o'zbek mumtoz she'riyatining an'anaviy vositalaridan bo'lib, XV asr badiiy san'atlar ilmining donishmandi Atoulloh Husayniy uni shunday ta'riflagan. "Tashbeh vasfta bir nimani bir nimaga o'xshatmoqtin iborattur. Anikim, tashbeh qilurlar mushabbah derlar va anikim, anga tashbeh qilurlar mushabbah bih derlar va ul vasfni vajh-i-shibh (o'xshash tomoni) derlar".

O'zbek tilshunosligida o'xshatish haqida ilk tadqiqot olib borgan M.Mukarramov o'xshatishning uch asosdan iboratligi o'xshatiluvchi obekt va o'xshovchi obraz o'xshatishning asosi ekanligini ta'kidlaydi. O'xshatish vositasi asos sifatida hisobga olinmaydi. O'xshatishlar haqida maxsus tadqiqot olib borgan D.Xudoyberganova o'xshatishlar to'rt komponentdan iborat ekanligini, ayrim o'xshatish konstruksiyalarida bu komponentlarning biri uslub talabi bilan ifodalanmay qolishini ko'rsatadi. Olima o'xshatish asoslarining bu xilda birining ifodalanmasligini uning ma'nosini boshqa qismlar orqali anglanishi bilan izohlaydi.

S.L.Neveleva Paninidan boshlab qadimgi hind poetik traktlarida o'xshatish tarkibini to'rt asosdan iborat ekanligini ko'rsatadi: subekt (nima o'xshatilayapti), obekt (nima bilan o'xshatilayapti), o'xshash belgi va o'xshatish shakli (vositasi). "Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari" kitobida o'xshatishning to'rt asosdan: o'xshatilgan narsa, o'xshatiladigan narsa, o'xshatish asosi, o'xshatish vositasidan iboratligi ko'rsatilgan. Prof N.Mahmudov o'zbek tilida o'xshatishlarning to'rt unsurdan tashkil topishini, ular o'xshatish subekti, o'xshatish etaloni, o'xshatish asosi va o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi ekanligini ta'kidlaydi. Keltirilgan fikrlar va

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

manbalardan olingan misollar o'xshatishning to'rt asosdan iboratligini tasdiqdaydi. Demak, o'xshatish hosil bo'lishiga ko'ra to'rt asosga - o'xshatiluvchi predmet (o'xshatish obekti), o'xshovchi predmet (o'xshatish etaloni), o'xshatma belgi (o'xshatish asosi) va o'xshatish vositasi (o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi) asosida shakllanadigan tasviriy ifodadir.2

Tasviriy vositaning bu turi narsa yoki predmetning belgisini ikkinchi narsa yoki predmetning xuddi shu belgisiga ko'ra qiyoslash natijasida vujudga keladi. Shunga ko'ra o'xshatish uch asosga ega: o'xshayotgan predmet, o'xshagan predmet va o'xshovchi belgi bu uch jarayon o'xshatishning asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari o'xshatish vositalari ham o'xshatish hosil qiluvchi muhimroq omillardan hisoblanadi. Lekin o'xshatish vositalarining o'xshatish hosil qilishidagi ishtiroki ba'zan nisbiydir. Chunki ayrim o'xshatishlarda ko'pincha bunday vosita ishtirok etmaydi. Shunga ko'ra o'xshatish vositali va vositasiz o'xshatishlarga bo'linadi. Vositali o'xshatishlarda o'xshatish hosil qiluvchi uch asosdan tashqari o'xshatish vositasi ham ishtirok etadi. Tilda o'xshatish hosil qiluvchi turli vositalar mavjud bo'lib, o'xshatish asosan leksik va grammatik jarayonlar vositasida vujudga keladi3:

Uning mo 'ylovi go 'yo yaralangan qushning qanotiday bemajol titrardi ("Oqqushlar, oppoq qushlar...").

O'xshatish hosil qiluvchi leksik vositalar: kabi, singari, go'yo, xuddi, misli, misoli, bamisli ko'makchilari hisoblanadi. -day (-dek), -simon, ona -larcha va boshqa ko'pgina qo'shimchalar o'xshatish hosil qiluvchi grammatik vositalardir. O'xshatishlardagi nutqiy obrazlilikni oshiruvchi asosiy xususiyat favqulodda o'xshatilishdir. Agar o'xshatilayotgan narsa yoki hodisa orasidagi belgi oldindan ma'lum bo'lsa, bunday o'xshatishlar nutqning obrazliligini kuchaytiradi, deyish qiyin. Shunga ko'ra o'xshatishlarni ikki turga bo'lish mumkin:

1. Umumnutq o'xshatishlar

2. Badiiy o'xshatishalar

Umumnutq o'xshatishlarining obekt, subekti avvaldan ma'lum bo'ladi.

Badiiy o'xshatishlar asosida ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan belgi chog'ishtiriladi. O'xshatishga faqat badiiy vosita sifatida qarash uning nutq jarayondagi vazifasini toraytirishga olib keladi. O'xshatish nutqning bezagi, til hodisasi bo'lib u badiiy nutqdan tashqarida ham ifodalilikka, ta'sirchanlilikka xizmat

2 Б.Умуркулов Узбек бадиий насрининг лингво-услубий шаклланиш асослари Филология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация

3 "

Б.Умуркулов Узбек бадиий насрининг лингво-услубий шаклланиш асослари Филология фанлари доктори (DS^ илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация -Тошкент, 2020. - 271 б.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qiladi. O'xshatish badiiy nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Chunki:

1. O'xshatishning nutqning obrazli ifadadorligini oshirishi nutq madaniyati talablariga mos keladi;

2. O'xshatishda chog'ishtirish orqali fikr aniq belgilar bilan ifodalanadi. Bu holat nutq madaniyatining ixchamlik va qisqalik talablariga mos keladi;

3. O'xshatishlar orqali favqulotda kishining hayoliga kelmagan fikr ifodalanib, bu holat nutqning jozibadorligini kuchaytiradi.

Har bir adibning so'z qo'llash mahorati u qo'llagan original o'xshatishlar bilan ham belgilanadi. Chunki "dunyoni o'ziga xos tarzda ko'rish o'xshatish semantikasida aks etadi".4 O.Yoqubov ana shunday original, o'ziga xos o'xshatishlarni yarata olgan mahoratli ijodkordir. Yozuvchining barcha asarlarida o'xshatishning go'zal namunalarini kuzatishimiz mumkin.

Quyidagi matndagi o'xshayotgan va o'xshatilayotgan predmetlar orasida xuddi shunday predmetlik belgilari mavjud emas. Ko 'kda, qoq peshonada, xuddi ulkan oq qovunning bir pallasiday oppoq oy olamni allaqanday osuda, mayin, kumushrang yog'duga g'arq qilib yarqirab turibdi. (O. Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...») Bu o'rinda oy qovunga o'xshatilgan. Ma'lumki, bu predmetlar orasida predmetlik belgi mavjud emas. Ushbu predmetlarni bir-biriga qiyoslash uchun asos bo'layotgan vosita yaproqning daraxt shoxlarida o'sishi va qushlarning daraxt shoxlariga qo'nishi bo'lsa, bu holat ham muhim o'xshashlik belgisi emas. Shu boisdan bu tipdagi o'xshatishlarni obrazli o'xshatishlar deyish joizdir. O'xshatishning har qanday turida ham obrazlilik mavjud. Zero, bir predmetning biror belgi asosida ikkinchisiga o'xshatilishining o'zi obrazlilikning belgisidir. Biroq obrazlilik darajasining kuchliligi, badiiy serbo'yoqliligi jihatidan murakkab belgi asosida vujudga keladigan badiiy o'xshatishlar alohida ajralib turadi.5

Ketma-ket kelgan o'xshatishlarning bunday ko'rinishiga quyidagi matnlar ham misol bo'la oladi: Daraxtlar daryoday shovullar, to 'zg'igan xazonlar osmonda galagala notinch qushlarday charx uradi. Jazirama yoz pallasida ham bu yerlardan kechalari g 'ir-g'ir shabada arimas, baxmalday tiniq osmon olmaday-olmaday oppoq yulduzlarga to'lib ketadi. (O. Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...") Keltirilgan har ikkala matnda ikkitadan o'xshatish mavjud. Birinchi matndagi o'xshayotgan va o'xshatilayotgan predmetlar xazonlar-qushlar. Bu o'xshatish uchun asos bo'lgan

4 Махмудов Н. Ухшатишлар ва миллий образ // "Узбек тили ва адабиёти", 2013. 1-сон, 4-б.

5 Б.Умуркулов Узбек бадиий насрининг лингво-услубий шаклланиш асослари Филология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация -Тошкент, 2020. - 271 б.

1289

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'xshatish belgisi shu predmetlarning sifatlovchisi bo'lib kelgan to'zg'igan va notinch so'zlari asosida vujudga kelgan. Ikkinchi o'xshatishda daraxtlar daryoga qiyoslangan va unda sifatlovchilar ishtirok etmagan. Keyingi gapda osmon baxmalga, yulduzlar olmaga qiyoslanadi va bu qiyoslar uchun ham sifatlovchilar asosiy vosita vazifasini bajargan. Ketma-ket kelgan o'xshatishlarning ikkinchi ko'rinishida o'xshatish hosil qiluvchi komponentlarning birida sifatlash mavjud bo'lsa ham o'xshatish vujudga kelishida sifatlashlar ishtirok etmaydi. Masalan, Baland cho 'qqilar ustiga qo 'ngan oy xuddi oq kaptarni, uning nimpushti shulasida elas-elas ko'zga chalingan qirlar xuddi cho'kkalab yotgan bahaybat qadimiy hayvonlarni eslatardi. (O.Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...») Matnda ikkita o'xshatish: oy va oq kaptar, qirlar va bahaybat qadimiy hayvonlar mavjud. Har ikkala o'xshatishning ikkinchi qismi sifatlovchidir. Ammo sifatlovchilar o'xshatish hosil qilish uchun asos vazifasini bajarmagan, biroq fikrning yorqinligini uyushtirishda sifatlovchilarning muhim o'rni borligi matndan ko'rinib turadi. Zero, oy bilan oq kaptar orasidagi o'xshash belgi oq rangligiga nisbatan ko'proq, oyning cho'qqi ustida turganligiga asoslangan, qirlar bilan hayvonlar o'rtasidagi o'xshash belgi ham cho'kkalab yotganligidir. Demak, bu o'xshatishlarda sifatlovchilar oq, bahaybat, qadimiy o'xshatish hosil qilish uchun asos bo'lgan belgini konkretlashtirish vazifasini bajargan, xolos.

Ikkita o'xshatish uchun asos bo'ladigan belgi bir predmetga mujassamlashgan hollar ham uchraydi. Bunday o'xshatishlarda ham o'xshatish obekti ikkita, biroq har ikkala obekt ham bir predmetga xos. Masalan, Go 'yo qumga ishqab artilgan kumush barkashday yarqirab ketgan to'lin oy qoq peshonaga kelgan, tepadagi qo'rg'on xarobalari ham, pastdagi o'zan ham - hammayoq uning sutday tiniq osuda shulasiga g'arq bo'lgandi. (O.Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...") Mazkur matnda oy shakl-ko'rinish belgisiga ko'ra kumush barkashga qiyoslangan, oyning shulasi tiniqlik belgisiga ko'ra sutga qiyoslangan. Har ikkala o'xshatish uchun asos bo'lgan belgi bir predmetga, ya'ni oyga xos.6

Badiiy matnlarda o'xshatishlar qo'llanilishini tahlil qilishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad badiiy matn uchun xarakterli bo'lgan o'xshatishlarning turli ko'rinishlarini aniqlash, ulardagi o'xshash belgining avvaldan ma'lum yoki no ma'lumligiga ko'ra matndagi funksional xususiyatlarini izohlashdan iborat. Badiiy matnlarda uchraydigan ko'plab o'xshatishlarda o'xshatish obekti va o'xshatish predmetdagi qiyoslanadigan belgi aniq va mavhum tushunchalar o'rtasida bo'ladi va

6 E.yMypKy^oB Y36eK 6agHHH HacpHHHHr ^HHrBo-ycny6HH maK^aHHm acoc^apn ®H^o^orHa ^aH^apn goKTopu (DSc) h^mhh gapa^acHHH ojnm ynyH TangHM этнотaн днссертaцнн -TomKeHT, 2020. - 271 6.

1290

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bunday belgilar doimiy belgi emasligiga ko'ra xarakterlanadi. Bu esdaliklar xayolida g'ujg'on urdi-yu, dilini kuz oftobiday tiniq beg'ubor bir tuyg'u chulg'ab oldi. (O.Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...") Bu matndagi o'xshatish obekti - tuyg'u, (tiniq, beg'ubor tuyg'u) bilan, o'xshatish predmeti - kuz oftobi orasida qiyoslanuvchi belgi mavjud emasligi o'xshatishning bu ko'rinishi badiiy idrok bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Badiiy matnlarda, xususan, nasriy matnlarda o'xshatishning obrazli idrok etilgan belgi asosida hosil bo'ladigan ko'rinishlari ham ko'p uchraydi va badiiy nasrning bo'yoqdorligini kuchaytiradi. O'xshatishlarning bu turi ko'pincha birikmali bo'lib, o'xshatish obekti bilan o'xshatish predmeti bir necha belgi asosida qiyoslangan shakllari ham ko'p uchraydi. Bunday o'xshatishlarda o'xshatish obekti yoki predmeti sifatlashli bo'ladi.

O'xshatishning badiiy nasrda turli ko'rinishlari mavjud bo'lsa-da, ular orasida struktural jihatdan alohida ajralib turuvchi o'xshatish turi o'xshatish obekti va o'xshatish subekti orasida o'xshash belgi mavjud bo'lmagan holda hosil bo'ladigan o'xshatishlardir. Ma'lumki, o'xshash belgining mavjud bo'lishi o'xshatish uchun yetakchi asos hisoblanadi. O'xshatishda shu belgi mavjud bo'lmagan hollarda fikrning obrazli ifodalanishida o'xshatish belgisi vazifasini fantaziya, mubolag'a bajarganini kuzatish mumkin. Shu nuqtai nazardan o'xshatishning bu turi yorqin, ta'sirchan badiiy fikr ifodalash vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, Shoqosimning nazarida go 'yo botgan oftob qayta chiqib olam charaqlab ketganday bo'ldi. (O.Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...") Bu matndagi olam charaqlab ketganday bo'ldi birikmasi "ko'ngli yorishmoq" ma'nosini ifodalagan. Matnda o'xshatish uchun ikki asos bor. Birinchi asos "xafalik", ikkinchi asos "xursandlik", ya'ni ko'ngil yorishmoqlik. Birinchi asos uchun o'xshovchi obraz - botgan oftob, ikkinchi asos uchun o'xshovchi obraz - qayta chiqqan oftob. Biroq ko'rinib turibdiki, bu ikki asos ham matnda yashiringan, uni matndagi o'xshatish yordamida ifodalangan "ko'ngli yorishmoq" ma'nosi orqali anglash mumkin.7 O'xshatishning bu ko'rinishida o'xshatish asosi bitta bo'lib, ochiq o'xshovchi belgi bo'lmaydi. Shu boisdan o'xshatishning belgisiz turiga shakl nuqtai nazaridan yondashish matnning tub mohiyatini yorqin gavdalantirish imkoniyatini bermaydi. Binobarin, shakl nuqtai nazaridan ushbu o'xshatishga yondashadigan bo'lsak, olamning charaqlab ketishi, oftobning qayta chiqishiga o'xshatilgan. Ammo matnda ifodalanayotgan ma'no shu o'xshatish asosida yashiringanki, bu hol o'xshatishning mazkur turi semantik ma'noga tayanishidan dalolat beradi. O'xshatishning bunday turining yana xarakterli

7 "

Б.Умуркулов Узбек бадиий насрининг лингво-услубий шаклланиш асослари Филология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация -Тошкент, 2020. - 271 б.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bir ko'rinishi mavjudki, unda o'xshash belgi bo'lmaganligi uchun o'xshatish asosi ham mavhum.

Belgisiz o'xshatishlarning obyekt va subyekti aniq bo'lgan, biroq ular orasidagi o'xshash belgi leksik vositalar orqali emas, idrok etish, tasavvur qilish bilan bog'liq bo'lgan ko'rinishi ham mavjud. Har bir odamning umrida bahor oftobiday yarq etib, dilida toabad so'nmas iz qoldirg'uvchi shunday ma'sud onlar bo'lar ekan. (O. Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...») Matndagi mavjud o'xshatishning obekt va subekti bahor oftobi va ma'sud onlar. Lekin shu tushunchalar orasida har ikkalasi uchun umumiy bo'lgan belgi mavjud emas. Zotan, bahor oftobining belgisi - iliqlik; ma'sud onlarning belgisi - hursandlik. Shu boisdan bu o'xshatishning vujudga kelishi ham bevosita ijodkorning tasavvuri, narsa, hodisaning obrazli idrok etishi bilan bog'liq. Ba'zan fikrning jonlantirish orqali ifodalanishi, mubolag'a ham belgisiz o'xshatishlar hosil bo'lishi uchun asos bo'ladi.

Masalan, ...bedazorlar, ...chinorlar, ...oq teraklar ko'zga tashlanar buning hammasi kuz oftobining iliq nuriga cho'milib, go'yo ona bag'rida erkalangan go'dakday erkalanar edi. (O. Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...») O'xshatishning badiiy vosita sifatida mohiyati asosan individualligi bilan belgilanadi.8 Yuqorida ko'rib o'tilgan o'xshatishning barcha ko'rinishlari individual uslubga xosligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan keltirilgan o'xshatishlar emosional-ekspressivligi, obrazlilikning yorqin gavdalanishi jihatidan alohida ajralib turadi. Shuningdek, individual o'xshatishlarning katta qismi murakkab belgi asosida shakllanganligini kuzatish mumkinki, bu o'xshatishning o'zbek badiiy adabiyotida sayqal topgan badiiy vositalardan biri ekanligini ko'rsatadi.

O'xshatish uchun holat asosiy belgi vazifasini bajarganini quyidagi misolda ham kuzatish mumkin: O'sha kuni oftob odatdagidan ham ayovsiz o't purkab, sahroni bamisoli olov seliga ko 'mdi. (O.Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...")

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, o'xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. O'xshatishlar turli narsalar o'rtasida aloqa o'rnatish kuchli his-tuyg'ular va tasvirlarni yaratishda ishlatiladi.O'xshatishlarni ko'plab she'riyat, nasr, drama, lirika va hatto hazil iqtiboslarida ham uchratishimiz mumkin. O'xshatishlar bejirim va ta'sirli nutq imkoniyatlariga kuch beradigan tuganmas manba, avlodlar o'rtasidagi obrazlar vorisiyligini saqlovchi muhtasham vosita sifatida katta etnopsixologik, lisoniy madaniyatshunoslik va lingvopoetik qimmatga ega.

8 "

E.yMypKy^OB Y3ÔeK ôagHHH HacpHHHHr ^HHrao-yc^y6HH maK^aHHm acoc^apn ©H^o^oraa ^aH^apn goKTopn (DSc) hœmhh gapa^acHHH ojnm ynyH TangHM этнотaн днссертaцнн -TomKeHT, 2020. - 271 6.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Умуркулов Б. Бадиий адабиётда суз. - Тошкент: Фан, 1993. - 131 б.

2. Умуркулов Б. Узбек бадиий насрининг лингво-услубий шаклланиш асослари Филология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация. -Тошкент, 2020. - 271 б.

3. Умуркулов З. Эркин Аъзамнинг суз куллаш махорати. - Тошкент: Турон замин зиё. 2015. - 56 б. Филолология фанлари докторлигини олиш учун ёзилган диссертация. - Тошкент, 2005. - 237 б.

4. Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг фразеологик лугати. - Т.: Укитувчи,

5. Махмараимова Ш. Оламнинг миллий лисоний тасвирида теоморфик метафоранинг когнитив аспекти. Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. - ^арши, 2018. - 168

6. Махмудов Н. Абдулла Каххор хикояларининг лингвопоэтикасига доир. Узбек тили ва адабиети. 1987. № 4.

7. Махмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ухшатишларнинг лингвопоэтикаси. Узбек тили ва адабиети, 1985. № 6.

8. Makhliyo, B. (2022). Linguistic Features of Artistic Similes. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(11), 41-46.

9. Botirova, M., & Qayumova, M. (2022). Language Characteristics of Phraseological Units. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 1(1), 8083.

10. Qizi, B. M. B., & Sanjarovich, I. S. (2021). BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 46-51.

1978.

б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.