Научная статья на тему 'OʻZBEKCHA-KOREYSCHA TARJIMALARDA O‘XSHATISHLARNI VUJUDGA KELTIRUVCHI GRAMMATIK VOSITALAR TARJIMASI'

OʻZBEKCHA-KOREYSCHA TARJIMALARDA O‘XSHATISHLARNI VUJUDGA KELTIRUVCHI GRAMMATIK VOSITALAR TARJIMASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
621
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻxshatish / komponent / soʻz yasovchi qoʻshimcha / shakl yasovchi qoʻshimcha / analitik shakl / oʻzak-qoʻshimcha / analogy / component / word-formative adverb / form-forming adverb / analytical form / root-adverb

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Niyozova, Olmosxon Erkaboyevna

Mazkur tadqiqot ishida hozirgi oʻzbek adabiy tilida oʻxshatishlarni vujudga keltiruvchi grammatik vositalarning koreys tilida qanday ishlatilishi bayon etilgan. Bunda oʻzbek tilidagi turli xil qoʻshimcha va affikslar koreys tilida ham mavjudligi va ushbu qoʻshimchalar orqali yasalgan soʻzlar tarjimalari chuqur tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF GRAMMAR TOOLS IN UZBEK-KOREAN TRANSLATIONS

This research work of modern Uzbek literary language is imitated to those described in the grammatical means used in the Korean language. There is an in-depth analysis of the presence of various Uzbek suffixes and affixes in Korean and the translations of words formed by these suffixes.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKCHA-KOREYSCHA TARJIMALARDA O‘XSHATISHLARNI VUJUDGA KELTIRUVCHI GRAMMATIK VOSITALAR TARJIMASI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

O'ZBEKCHA-KOREYSCHA TARJIMALARDA O'XSHATISHLARNI VUJUDGA KELTIRUVCHI GRAMMATIK VOSITALAR TARJIMASI

Niyozova Olmosxon Erkaboyevna

Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti Sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi, mustaqil izlanuvchi e-mail: olmosniyozova362@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot ishida hozirgi o Zbek adabiy tilida o 'xshatishlarni vujudga keltiruvchi grammatik vositalarning koreys tilida qanday ishlatilishi bayon etilgan. Bunda o'zbek tilidagi turli xil qo 'shimcha va affikslar koreys tilida ham mavjudligi va ushbu qo 'shimchalar orqali yasalgan so 'zlar tarjimalari chuqur tahlil qilingan.

Kalit so'zlari: o'xshatish, komponent, so'z yasovchi qo'shimcha, shakl yasovchi qo'shimcha, analitikshakl, o'zak-qo'shimcha

ABSTRACT

This research work of modern Uzbek literary language is imitated to those described in the grammatical means used in the Korean language. There is an in-depth analysis of the presence of various Uzbek suffixes and affixes in Korean and the translations of words formed by these suffixes.

Keywords: analogy, component, word-formative adverb, form-forming adverb, analytical form, root-adverb

АННОТАЦИЯ

Данное исследование современного узбекского литературного языка имитирует описанные грамматические средства корейского языка. Проведен углубленный анализ наличия различных узбекских суффиксов и аффиксов в корейском языке и переводов слов, образованных этими суффиксами.

Ключевые слова: аналогия, компонент, словообразовательное наречие, образующее наречие, аналитическая форма, корень-наречие.

KIRISH

O'xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan hisoblanadi. O'xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini namoyon etadi. Shuning uchun ham o'xshatish dunyo filologiya ilmida eng qadimgi davrlardan

Scientific Journal Impact Factor

О

DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

boshlab turli tadqiqotehilaming diqqat markazida nutq ta'sirchanligini ta'minlaydigan alohida vosita bo'lib kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, chog'ishtirish va lingvomadaniy tahlil metodlaridan foydalanildi. O'zbekcha-koreyscha tarjimalarda o'xshatishlarni vujudga keltiruvchi grammatik vositalar tarjimasi tahlil qilindi. Maqolada o'zbek tilidagi asarlarning koreys tiliga tarjima qilinganlari metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi o'zbek adabiy tilida o'xshatishning voqelanishida -dek//-day; -simon; -ona; -chasiga; -namo; -dan kabi qo'shimchalar o'xshatish komponentlarining o'xshovchi obrazni ifodalagan so'zlarga qo'shilib o'xshatish va qiyoslashlarni hosil qiladi1. O'zbek tilidagi -day/-dek qo'shimchasi koreys tiliga ^W, isóJ,

ус kabi turli analitik shakllar vositasida tarjima qilinadi. -simon qo'shimchasi koreys tilida kontekstga ko'ra qo'shimchasi, ko'makchisi va -Sso'zi vositasida, -ona qo'shimchasi - affiksi bilan, -namo qo'shimchasi esa ^ ko'makchisi yordamida ifodalanadi.

-day/-dek qo'shimchasi o'xshatishlarni hosil qiluvchi qo'shimchalar orasida eng sermahsulidir. Uning jonli so'zlashuv nutqida -day-dak-dayin-daqa shaklidagi ko'rinishlari ham mavjud. Bu qo'shimcha o'zak-qo'shimcha, so'z yasovchi, shakl yasovchi qo'shimchalardan keyin kelib, o'xshatishni ifodalay oladi. 1. Asar oltmishinchi yillarda yoshlar o'rtasida ancha-muncha bahslarga sabab bo'lgan. Xatlar yomg'irday yog'ilib kelgani ham esimda (M. Yoqubova. Ulug' va sadoqatli muhabbat). 2. Azizning ko'z o'ngida Mahamat chatoqning o'sha ayvonda yotishi, tanchaga berkingani, boshi uzilgan otasi... hamma-hammasi xuddi kino lentasiday bir-bir lippillab o'tdi-yu, battar uyuyqusi qochdi (O'. Usmonov. Girdob). Birinchi gapda -day qo'shimchasi o'zakdan keyin kelgan. Ikkinchi gapda shakl yasovchi qo'shimchadan keyin kelgan.

Turkiy tillar grammatikasiga oid adabiyotlarda -dek/-day sifat va ravish yasovchi qo'shimcha bo'lib, uning ot, sifat, olmosh, sifatdosh turkumidagi so'zlardan o'xshatishlar hosil qilishi qayd qilingan. -dek/-day qo'shimchasi predmetning belgisini yoki holatini o'xshatadi. Masalan, atirgulday qip-qizil, yashinday tez,

1 Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка -М.-Л., 1960. -С. 284-288.

Scientific Journal Impact Factor

DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

qoziqday mix kabilarda belgi o'xshashligi; otday sakramoq, quyonday qochmoq kabilarda harakat o'xshashligi mavjud. -day/-dek qo'shimcha vositasida tenglashtirish ma'nosi bo'lganligi uchun predmet va hodisalar o'rtasidagi xilma-xil o'xshashlikni qiyoslay oladi. U narsa va hodisalarning harakati, holati, shakli, rangi, miqdori, belgisi kabi xususiyatlarini o'xshata oladi va shu ma'nolarni anglata oladigan qo'shimchalar, yordamchi so'zlar va leksik vositalarga sinonim bo'la oladi. Masalan, qorday oppoq, qor kabi oppoq, qor misoli oppoq. Shu nuqtayi nazardan aytish mumkinki, o'xshatish va qiyoslash vositalari ichida -day/-dek qo'shimchasi dominantdir. Chunki bu qo'shimcha o'xshatish va qiyoslashlarin hosil qiluvchi barcha vositalar o'rnida qo'llanila oladi.

O'zbek tilidagi -day/-dek qo'shimchasi koreys tiliga turli analitik shakllar vositasida tarjima qilinadi.

1. -day/-dek qo'shimchasi otlarga qo'shilib quyidagi analitik shakllar vositasida tarjima qilinadi:

a) ^W vositasida:

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o'tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o'tirgan ekan, tuzoqqa katta bir laylak tushibdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqaribdi, laylak odamdek

so'zlamoqqa boshlabdi: (Ur, to'qmoq. ^^^ ^^ ^^la ^ ^^ Ä^ ^^la ] <Ô7j 2014. -B. 35).

Tarjimasi: ^^ ^^ ^ ^MA

^^la ô] Ô^M 2014. -B. 28). b) vositasida:

Mening ko'zimga bu libos xolamning bemorxonada kiygani kabi rangsiz bir matoday tuyuldi. Diqqatni tortadigan afzalligini ko'rmayotgan edim (XX asr o'zbek hikoyalaridan).

Tarjimasi: ^ tf^MA 4*1 ^ ^^

#4. Ô] 4*1 ^

Mtf M4. ô] ^^ ^ (XX asr o'zbek

hikoyalaridan^ T., 2014. B.184).

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

Bir kun podsho Luqmoni hakimga: "Mana bu in'omni oling, jo'nab qoling, endigi kelishingizda o'g'limga va menga yetarli kiyimlik to'qib keling! " deb topshiriq beribdi. Luqmoni hakim, "Xo'p" , deb chiqib ketibdi. Luqmoni hakimning ham podsho o'g'lidek o'g'li bor ekan (Luqmoni hakim. s^ ^^13 ]47] 2014. -B. 343). Tarjimasi: ^ 4 "] ^ #

^141 4#4 ^4 4 4^ ^4. 4^4

4^4 4]^ 4#] (444^ w

^^13 4^ s^ ^^13 ]47] 2014. -B. 327). d) v}^ vositasida:

Shundan so'ng podshoh kechalari qo'rqib uxlayolmay, o'q yegan to'ng'izday har tarafga yugurib, oppoq tong ottirib chiqadigan bo'lib qolibdi (Malikayi Husnobod. 444^ w ^^13 4^ ^4 s^ ^^13 ]47. 2014. B. 315).

^ ^s ^^^ 44 £ 4^, ##

(444^ w ^^13 4^ ^4 s^ ^^13 ]47] 2014. -B.299).

2. -day/-dek qo'shimchasi olmoshlarga qo'shilganda koreys tiliga asosan ^jW ko'makchisi vositasida tarjima qilinadi: Podshoh:

-Men bir iqlimning podshohiman, sizni otangiz qo'l kuchi bilan tarbiya qilib, sizday botirlarning otasi bo'lgan ekan, mendan nima kamligi bor? (Uch og'a-ini botirlar. 444^ ^4 ^^13 4^ ^4 s^ ^^13 ]47] 2014. -B.202).

Ol

"4^ 4 44^ 44^ ^s 44«

h^m 4## 4^14 4^4^ ^4 n

(444^ ^4 ^^13 4^ ^4 S^ ^^13 2014.

-B.179).

Yuqorida qayd etilganlar bilan birga, -day/-dek qo'shimchasi nafaqat predmet va shaxslarga, balki harakatga nisbatan ham o'xshatishlarni hosil qilib, -gan va -gu shakllari bilan birga keladi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

1. -day/-dek qo'shimchasi -gan affiksidan keyin kelganda quyidagi analitik shakllar vositasida tarjima qilinganligi kuzatiladi:

a) vositasida:

Hamma yoq yashnagan. Do'lanalar oppoq gullagan. Na'mataklar ham rosa ochilgan. Butun dunyoning bulbuli shu yerlarga yig'ilib kelganday: har shoxda chag'-chag'laydi. Etakda soy bor, nari betlarda - qor (XX asr o'zbek hikoyalaridan).

Tarjimasi: ^ 44 4^4 ^

J^g^^W4*44 ^44. 4 s^l 7mö1 № 4#

(XX asr o'zbek hikoyalaridan 44 4^4 44 T.,

2014. -B. 99).

b) vositasida:

Oyim bilan xolam o'zlarini tutolmay, kulib yubordilar. Mening bo'lsa, ko'z o'ngimga dadamning o'ynagandagi ahvoli kelib to'xtagandek bo'ldi (XX asr o'zbek hikoyalaridan).

Tarjimasi: £^^4. 4^ 4^144

44°1 $ (XX asr o'zbek hikoyalaridan 44 4^14^4

44 T., 2014. B. 178). d) vositasida:

Shunday qilib, zindondan olib chiqilgan odamni shisha uyga solib, zanjir bilan bog'lab, tosh tashlaganday qilib daryoga tashlab yubordilar (Luqmoni hakim).

Tarjimasi: 4^ 44^ 434 4«

# 4^1 444^4 (444^ 44 4^

444 2014. -B. 321).

2. -day/-dek qo'shimchasi -gu affiksidan keyin kelganda koreys tiliga asosan ^ W ko'makchisi vositasida tarjima qilinadi:

Men oshni yeb bo'lib o'lgudek qotib qolgan xo'jayinni meshga soldim va meshning og'zini bog'lab, dengizga oqizib yubordim, o'zim aylanib yuraverdim

(Uchar gilam. 444^ 44 4^ 444 2014.

-B.155).

Tarjimasi: 4^ 44 4^

4h ^4^. ^3^ 4^4 ^44 44^1 444^4. 4 444

Scientific Journal Impact Factor

O

DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

77 77 #4447 (444^ 74 44 ^4

747 2014. -B. 114).

-simon qo'shimchasi o'xshovchining quyidagi ma'no xususiyatlarini anglatadi: 1) o'xshovchining shaklini - nayzasimon tayoq; 2) o'xshovchining holatini - ranjigansimon gap boshlamoq; 3) o'xshovchining belgisini - yo'lbarssimon odam. -simon affiksi qo'shilgan o'xshovchi obraz o'xshatiluvchi obrazdan keyin ham, oldin ham kela oladi; to'lqinsimon sochlar yoki sochlar to'lqinsimon. Shuni ham aytib o'tish kerakki, -simon affiksi so'zga qo'shilganda belgining kam darajada o'xshash ekanligini bildiradi. Masalan, uyalgansimon gapirmoq birikmasida aslida uylamagan, lekin o'zini shu holatda ko'rsatishga urunish bor. Uyalgandekgapirdi birikmasida esa rostdan ham uyalish harakati mavjud. Demak, -simon affiksi o'xshatishlardagi ozaytirma darajani bildiradi.

-simon qo'shimchasi koreys tilida kontekstga ko'ra qo'shimchasi (jannatsimon - 447), ko'makchisi (odamsimon - va

(tuxumsimon - 44 s4, voronkasimon - 447 £47) so'zlari vositasida ifodalanadi.

-dan qo'shimchasi chiqish kelishigining ko'rsatkichi bo'lib, u qiyoslashni ham anglatib keladi. Belgining me'yoriy holatdan ortiqligini, kuchliligini ifodalashga xizmat qiladi. Masalan:

Daraxtga bari bir xolam chiqdi. U baquvvat shoxlarni erkaklardan ham dadil silkitar edi. Ikki chelak pishayotgan dovuchcha va bir xurjun olma terdik (XX asr o'zbek hikoyalaridan).

Mazkur parchada keltirilgan erkaklardan ham dadil qiyosi koreys tiliga -xuddi erkak kabi, deb tarjima qilingan. Qiyoslang:

474 #44 44^ 4^ 777 44. ^ 4^47#

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

^7^ 4¥ ¥ ^ 44 4 44 (xx asr

o'zbek hikoyalaridan 47 ^^47^4 44 T., 2014. B. 185).

O'xshatishlarni hosil qiluvchi grammatik va leksik vositalar so'zlarning semantik qamrovidan kelib chiqib turli xil o'xshashliklarni anglatadi. O'xshatishlardagi grammatik va leksik vositalar ularning tildagi yaxlit birlik bo'lib shakllanishiga xizmat qiladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 DOI: 10.24412/2181-1784-2021-6-70-76

O'xshatishlami hosil qiluvchi grammatik vositalarga hoziïgi o'zbek adabiy tilidagi -dek//-day; -simon; -ona; -chasiga; -namo; -dan kabi qo'shimchato kiradi. -day/-dek qo'shimchasi o'xshatishlarni hosil qiluvchi qo'shimcha^ oгasida eng sermahsulidir. -day/-dek sifat va ravish yasovchi qo'shimcha bo'lib, u ot, sifat, olmosh, sifatdosh tuгkumidagi so'zlaгdan o'xshatishlaг hosil qiladi va predmetning belgisini yoki holatini o'xshatadi. O'zbek tilidagi -day/-dek qo'shimchasi koreys tiliga ^Щ, :°J, y kabi turli analitik shakllar vositasida tarjima

qilinadi. -simon qo'shimchasi koreys tilida kontekstga ko'ra qo'shimchasi, ko'makchisi va S'so'zi vositasida, -ona qo'shimchasi -affiksi bilan, -namo qo'shimchasi esa ^ ko'makchisi yoráamida ifodalanadi.

REFERENCES

1. XX аср узбек хикояларидан намуналар. -Тошкент: ТошДШИ, 2012.

2. Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка -М.-Л., 1960.

3. Махмудов Н. Тилнинг мукаммал тадкики йулларини излаб...// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2012. -№ 5. -Б. 3-16.

4. Махмудов Н. Ухшатишлар - образли тафаккур махсули // Узбек тили ва адабиёти. № 3. -Тошкент, 2011.

5. Махмудов Н. Ухшатишлар ва миллий образ // Узбек тили ва адабиёти. № 1. -Тошкент, 2013.

6. 4^14^4 44. t., 2014.

7. 444^ 44 4^ ^4 444. 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.