Научная статья на тему 'QORAQALPOG‘ISTONDA MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI'

QORAQALPOG‘ISTONDA MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniyat / san’at / taraqqiyot / inson manfaatlari / madaniyat markazi / milliy taraqqiyot

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Quatbay Nukusbayevich Tilepov

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat markazlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar haqida so‘z yuritiladi. Asosan Qoraqalpog‘istonning madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr yurtiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG‘ISTONDA MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI»

QORAQALPOG'ISTONDA MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Quatbay Nukusbayevich Tilepov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O'zbekiston taraqqiyotida madaniyat markazlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar haqida so'z yuritiladi. Asosan Qoraqalpog'istonning madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr yurtiladi.

Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, taraqqiyot, inson manfaatlari, madaniyat markazi, milliy taraqqiyot

THE MAIN FACTORS FOR THE DEVELOPMENT OF THE ACTIVITIES OF CULTURAL CENTERS IN KARAKALPAKSTAN

Quatbay Nukusbayevich Tilepov quwattilepov30@gmail .com Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article will talk about the development of cultural centers in the development of New Uzbekistan: problems and solutions. It is mainly about the work carried out on the development of the cultural and art spheres of Karakalpakstan.

Keywords: culture, art, development, human interests, cultural center, national development

Mamlakatimizda bugungi kunda madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish, jahon miqiyosidagi ilg'or tajribalar asosida malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarimizning madaniy saviyasini yuksaltirishga qaratilgan bir qator va farmonlar imzolanib, hayotga tadbiq etilmoqda.

Yangi O'zbekistonda madaniyat markazlari faoliyatini tubdan isloh qilish jarayonlarida sohani moliyalashtirishning yangicha tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qancha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki, bugungi bozor sharoiti madaniy-ma'rifiy sohaning moddiy bazasini mustahkamlash orqali, uning taraqqiyoti bardavom bo'lishini ta'minlovchi yagona omil ekanligini isbotlaydi. Bu eng dolzarb masalalardan hisoblanib, unga yangicha yondashuv talab etilmoqda.

fTTTyiS^^™] 680 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Madaniyat markazlari faoliyatini tubdan isloh qilish jarayonlari yuzasidan Qoraqalpog'istonda ham bir qancha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mo'ynoq tumani markazida Yoshlar markazi, Madaniyat va dam olish parki, muzika va san'at maktabining faoliyat yurtishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qarorining natijasi hisoblanadi. Hozirda Mo'ynoq tumani aholisiga va yoshlariga madaniy xizmat ko'rsatish sifati yaxshilandi. Madaniyat markazi o'z faoliyatini boshlaganidan to bugungacha aholining ehtiyojlarini qondirish va bo'sh vaqtlarining mazmunli o'tishini ta'minlashda samarali faoliyat yuritdi. Ammo aytish joiz, bu ishlar mavsumiy olib boriladi, bizga ma'lum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uzluksiz amalga oshirilishi kerak. Shunki qish oylarida tanafus bo'lishi madaniyat markazlarining ish faoliyatini sustlashtiradi. Qolabersa aholining ushbu vaqtlarda bo'sh payti ansha ko'p bo'ladi. Shu sabab ayniqsa qish mavsumida ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvoffiq deb o' ylaymiz.

Hozirgi paytda dunyoda global iqtisodiyot jarayoni davom etmoqda. Bu esa madaniyat va san'at sohasiga ham ta'sir ko'rsatibgina qolmay, sohani moliyalashtirishning asosiy omillarini har tomonlama integratsiyalashni talab etadi. Shiddatli jahon bozorining umumiy hususiyatiga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagicha fikr bildirgan edi;

«-Jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiati tubdan o'zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va shafqatsiz tus olmoqda. Bunday iqtisodiyotning muntazam takomillashib borishini ta'minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri ham shundan iborat. Amaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari - iqtisodiy islohotlarimizning o'zak masalasidir. Bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor ahamiyatga egadir».

Madaniyat markazning asosiy vazifalari o'z ichiga bir qancha maqsadlarni qamtiydi. Asosan ularda milliy qadriyat, urf-odat va an'analar jamlangan bo'lib, bu esa ezgu maqsadlar yo'lida xizmat qiladi. Ular quyidagicha hisoblanadi;

aholiga madaniy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo'sh vaqtlarining mazmunli o'tishini ta'minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an'analarni o'zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;

xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning

681

ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;

adabiyot hamda san'at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o'tkazish;

bolalarni to'garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o'rganish va "nutq madaniyati" bo'yicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo'nalishlari, havaskorlik san'ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ'ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish bo'lib bu vazifalar asnosida ulug' maqsadlar jamlangan.

Shunday ekan, markazning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo'sh vaqtlarining mazmunli o'tishini ta'minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an'analarini o'zida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish va rivojlantirish, turli xil to'garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu borada Qoraqalpog'iston sharoitida haligacha ishlanadigan ishlar mavjud hisoblanadi. Shunki, olis tumonlarda madaniyat markazlarining ish faoliyatini jonlantirish bugungi kunning dolzarb masalasidan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevral kungi 112-sonli "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan 2022-yilda davlat byudjeti mablag'lari hisobidan Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan jami 32 ta maxsus avtotransport vositasi (Damas) xarid qilindi.

Ushbu avtotransport vositalari joriy yilning 3-iyul kuni tantanali ravishda Respublikamizning 32 ta tuman (shahar) madaniyat va turizm bo'limlariga topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Joriy yil yakuniga qadar qo'shimcha ravishda 70 ortiq maxsus avtotransport vositasi (Damas) bilan ta'minlash rejalashtirilgan.

Shundan Qoraqalpog'iston Respublikasining Taxtako'pir, To'rtko'l, Shomanay tumanlari maxsus avtotransport bilan ta'minlandi. Mazkur transport vositasi hududlarda o'tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar sifatining yuksalishiga xizmat qilari so'zsiz.

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning strategik vazifalarini ishlab chiqishda barcha sohaning moliyalashtirish manbalarining omillarini soddalashtirish va rivojlantirish, shu bilan birga ularning sonini va sifatini oshirish zarur.

682

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston. 2021, 464b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020. Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.https://president.uz//uz/lists/view/4057.

3. Тилепов, Куатбай Нукусбаевич. "Х,УЖЖАТЛИ ФИЛЬМЛАРИДА РЕЖИССЁРЛИК МАЙОРАТ." Educational Research in Universal Sciences 2.1 SPECIAL (2023): 454-459.

4. Тилепов, Куатбай Нукусбаевич. "КИНО—ТАРБИЯ ВОСИТАСИ." Innovative Development in Educational Activities 2.5 (2023): 314-317.

5. Nukusbayevich, T. Q. (2023). MAIN FACTORS OF THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF" KARAKALPAKFILM" FILM STUDIO. World Bulletin of Social Sciences, 27, 169-171.

6. Xolmo'minov M. Xushvoqov A. Madaniyat markazlari faoliyatini moHyalashtirishning asosiy omillariV/jur. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1/March 2022.

7. QALMURZAEVA, Azada, and Rustam NIETULLAEV. "BASICS OF CULTURE AND ITS IMPORTANCE IN HUMAN LIFE." Journal of Culture and Art 1.2 (2023): 57-61.

8. Nietullaev, Rustam, and Mariya Sipatdinova. "Subject of" cultural study", Methodological bases and its significance in forming a perfect generation." Modern Science and Research 1.2 (2022): 450-451.

9. Bekpolatovich A. M. Specific Features of Sound Directing in Karakalpak National Cinema //International Journal on Integrated Education. - Т. 4. - №. 9. - С. 103-108.

683

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.