Научная статья на тему 'MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATIDA BO’SH VAQTNI MAZMUNLI O’TKAZISHNING IMKONIYATLARI'

MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATIDA BO’SH VAQTNI MAZMUNLI O’TKAZISHNING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
133
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniyat markazi / tarbiya / ta’lim / qadriyat / bo’sh vaqt / madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilorom Tursunalievna Xamdamova

Ushbu maqolada o’zbek xalqi ma’naviy qadriyatlarini yoshlar ongiga singdirishning eng samarali ijtimoiy instituti xisoblangan madaniyat markazlari faoliyatida bo’sh vaqtni tashkil etish, madaniy-ma’rifiy faoliyatning o’ziga xos shakllari atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATIDA BO’SH VAQTNI MAZMUNLI O’TKAZISHNING IMKONIYATLARI»

MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATIDA BO'SH VAQTNI MAZMUNLI O'TKAZISHNING IMKONIYATLARI

Dilorom Tursunalievna Xamdamova Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek xalqi ma'naviy qadriyatlarini yoshlar ongiga singdirishning eng samarali ijtimoiy instituti xisoblangan madaniyat markazlari faoliyatida bo'sh vaqtni tashkil etish, madaniy-ma'rifiy faoliyatning o'ziga xos shakllari atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: madaniyat markazi, tarbiya, ta'lim, qadriyat, bo'sh vaqt, madaniy-ma'rifiy tadbirlar

POSSIBILITIES OF SPENDING FREE TIME MEANINGFULLY IN THE ACTIVITIES OF CULTURAL CENTERS

Dilorom Tursunalievna Khamdamova Namangan State University

Abstract: In this article, the organization of free time, specific forms of cultural and educational activities in the activities of cultural centers, which are considered the most effective social institutions for instilling the spiritual values of the Uzbek people into the minds of young people, are analyzed in detail.

Keywords: cultural center, upbringing, education, value, free time, cultural and educational activities

O'rta Osiyo xalqlarining an'ana va bayramlari tabiat o'zgarishlari, iqlim, yil fasllari, aholining turmush sharoiti, mehnati, madaniyati asosida shakllanib, rivojlanib borgani uchun har faslga mos, ya'ni erta bahorda - mehnat mavsumiga kirishdan oldin (Navro'z, Gul sayli, Shox moylash), yozda - hosilni yig'ishtirishdan oldin (Suv sayili, Choy momo, Shamol chaqirish) kuzda - hosil yig'ib olinganidan sо'ng (Xirmon tо'yi, Qovun sayili, Uzum sayili) va qishda - chorvador-dehqonlarda bо'sh vaqt kо'payganida (Qorxat, Yasan-tusan, Gap-gashtak, Qurultoy) kabi mavsumiy marosim va bayramlar о'tkazilgan. Shuningdek, о'rta asrlarga xos madaniy-ma'rifiy tadbirlar: «Munozara». «Kitobxonlik», «Mushoira», «Baxru-bayt», «Aytishuv», «Bahslashuv», «Kitobxonlik», «Dostonxonlik», «Ertakxonlik», «Qasidaxonlik», va hokazolar. Xalq tadbirlar: «Gul sayillari», «Navrо'z». «Qush oshi», «Tut sayili», «Tok oshi», «Qovun sayili», «Uzum sayili», «Xirmon to'y», «Qorboshi», «Gap-gashtak», «Qurultoy», va boshqalar paydo bо'lgan.

I icOE^^^^HI 938 http://oac.dsmi-qf.uz

Ayniqsa, «Mushoira», «Munozara», «Bahrubayt», «Aytishuv», «Bahslashuv», kabi tadbirlar keng tarqalgan. Mushoira - she'riyatning о'ziga xos bahs-musobaqa janri sifatida namoyon bо'ldi. Mushoira og'zaki yoki yozma tarzda yaratilib, xalq ijodiyotida ham keng tarqalgan. Mushoiraga monand janr boshqa xalqlarda, masalan, qozoq va qirg'izlarda «aytishuv»lar ham bо'lgan.

Odatda, mushoira ijodiy hamkorlikning bir kо'rinishidir, Bu janrda ikki yoki undan ortiq shoir she'r aytishadi, ijodiy musobaqalashadi. She'r bir mavzu, bir vazn bir xil qofiya tartibida bо'lib, ular g'oyaviy-estetik va poetic jihatdab uzviy birikadi va yaxlita asarni vujudga keltiradi. Firdavsiyning mashhur qalamkashlar - Unsuriy, Asjadiy va Forruxiy bilan mushoira qilib, g'olib chiqqani haqida rivoyatlar bor. Gо'yo shu mushoiradan keyin Firdavsiy «Shohnoma»ni yozishga kirishgan ekan.

Mushoira she'rxonlik, adabiyotchilar yig'in-tadbiri ma'nosida ham ishlatiladi. Bunday mushoirada bir necha shoirlar aniq bir mavzu (masalan, bahor)ga bag'ishlab, navbat bilan she'rlar о'qishgan.

О'zbek xalq an'analarining muhim qismini vujudga keltirilgan mavsumiy odatlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatini moddiy-ma'naviy kamol topishida zaruriy omil sifatida namoyon bо'ladi. Chunki, о'zbek xalqi va uning ajdodi istiqomat qilgan hududning geografik о'rni, tabiati, yil fasllari, kabilarnng о'ziga xos xususiyatlari asosida mavsumiy odat, bayram va marosimlar vujuga kelib, ular mahalliy aholining tafakkuri, xarakteri, idroki, his-tuyg'ulari, irodasi, qobiliyatlarini shakllanishida muhim о'rin tutadi. Mavsumiy an'analar shakllanishida mahalliy aholi istiqomat qiladigan tabiiy sharoiti, iqlimi bilan bog'liq bо'lgan moddiy madaniyati, mehnat tajribalari, ekologik ongi, xalq e'tiqodlari, xalq ijodi, turmush madaniyati kabi ma'naviy sohalar katta rol о'ynaydi.

О'zbek xalqining eng muhim ma'naviy qadriyati sifatida har faslga mos an'analar tizimi shakllanib, ular orasida erta bahorda - mehnat mavsumiga kirishdan oldin, yozda - hosil yig'ishdan oldin, kuzda - hosil to'plangandan sо'ng va qishda -dalalar «uyquga ketib», mehnatkashlarning bо'sh vaqti kо'payib, madaniy dam olish ehtiyoji qondirilganda uyushtiriladigan odat, marosim, bayramlar mehnatkashlar hayotida muhim hodisa hisoblangan. Asrlar davomida avloddan - avlodga о'tib, an'anaga aylangan: bahorgi - «Qurultoy». «Gul bayramlari», «Navro'z», «Darvishona», «Qо'sh oshi» (Shoxmoy), yozgi - «Suv sayili», «Choy momo», kuzgi - «Anjir sayili», qishki - «Yasan-tusan», «Gap-gashtak», «Qorxat» kabi marosim va bayramlar dehqonlar hayoti, turmushi, mavsumiy mehnat jarayonida va ma'naviy olamida samarali shakllar bо'lib, ularning mazmuni yoshlarning ekologik ongini ravnaq toptirish, tabiat boyliklarini qadrlash, yil fasllarida vujudga keladigan gо'zalliklardan zavqlanish, mehnatni qadriga yetish, insoniylikni ulug'lash kabi funksiyalarni bajarishda yaxshi xizmat qilgan.

939

http://oac.dsmi-qf.uz

Mustaqillik tufayli о'zbek bayramlari tarixida yangi sahifa ochildi. Bu davrda milliy an'analarni tiklash davlat siyosati darajasiga to'tari^, xalqimizning tarixiy merosi bо'lgan an'analar («Navro'z», «Rо'za hayit», va «Qurbon hayit»lar) rasman tiklandi, istiqlolning yangi bayramlari («Mustaqillik kuni», «Konstitusiya kuni», О'qituvchilar va murabbiylar kuni», «Xotira va qadrlash kuni» kabilar) joriy etildi, umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qiluvchi bayramlar («Yangi yil bayrami», «Xotin-qizlar bayrami» kabilar) saqlanib qolindi, jahon madaniyatiga munosib hissa qо'shgan ajdodlarimiz tavalludlarini nishonlash, xalqaro anjumanlar ham xalqimizning bayramlariga aylanib kelmoqda.

Istiqlol yillarida Zahiriddin Muhammad Bobur (1993), Feruz (1995), Bahouddin Naqshbandiy (1995), Mirzo Ulug'bek (1994), Najmiddin Kubro (1994), Amir Temur (1996), Imom al-Buxoriy (1998), Ahmad Farg'oniy (1998), Jaloliddin Manguberdi (1999), Kamoliddin Behzod (2000), al-Marg'inoniy (2000) va Moturidiy (2000) kabi buyuk ajdodlarimiz tavalludining yirik sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda nishonlanishi yaqqol misoldir.

Qadimiy obidalarining keng to'lamda ta'mirlanishi, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlarda, Quva, Chelak tumanlarida yangi me'moriy yodgorliklarning bunyod etilishi, Buxoro, Xiva, Termizning 2500 yilligi va Shahrisabzning 2700 yilligi tantanalarining nishonlanishi yurtdoshlarimizni ham, mamlakatimizga kelgan mehmonlarni ham qoyil qoldirgan.

Madaniy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular madaniy muassasalarning keng qamrovli faoliyatini о'zida mujassamlashtiradi. Jumladan, ulardan ma'rifiy targ'ibot-tashviqot ishi, havaskorlik ijodi, bо'sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar uyg'unlashib ketadi. Tadbirlarning har bir shakliga, masalan, ommaviy bayramlar, an'anaviy marosimlar, teatrlashtirilganda ularda ma'rifiy xarakterdagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va madaniy hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. Shu sababli, tadbir madaniyat-ma'rifiy muassasalardagi barcha faoliyatining umumlashtirilgan kо'zgusidir.

Ommaviy tadbirlarni tarbiyaviy va madaniy ish sifatida barcha davlat muassasalari, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, ommaviy axborot vositalari, san'at muassalari, mudofaa tashkilotlari, mahalla qо'mitalari, sport ekskursiya tashkilotlari ham uyushtirishadi. Ular о'z ishining bir bо'lagi sifatida (asosiy vazifadan tashqari) badiiy-ommaviy tadbirlar orqali tarbiyaviy, madaniy-ma'rifiy ishni, havaskorlik ijodini va mehnatkashlarning dam olishini tashkil qiladilar. Ma'lumki, mehnat jamoalarining faoliyatida turli madaniy tadbirlar, tomoshalar, marosimlar tashkil tashkil qilinmoqda.Shunday ekan, madaniy tadbirlar - bu barcha jamoalar faoliyati uchun zarur bо'lib, ularning ma'naviy hayotida muhim о'rin egallaydi.

I fafli^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Istiqlol tufayli xalqimizning ma'naviy qadriyatlari jahon miqyosida e'tirof etila boshladi. О'zbek musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy san'ati hozirgi kunda ham jahon jamoatchiligini qiziqtirmoqda. Xalq ijodiyotining buyuk namunasi - «Alpomish» dostoni yaratilganligining ming yillik tantanasi, tarixiy merosimiz «Avesto»ning yaratilganiga 2700 yilliligiga oid tantanalar ajdodlarimizning bebaho merosiga qiziqishimizni yanada oshirdi. Shuningdek, Vatanimizda «Toshkent kino festivallari», «Navro'z» va «Sharq va G'arb» xalqaro teatr festivallari, tasviriy san'at bо'yicha xalqaro kо'rgazmalar, xalq ijodining turli janrlariga bag'ishlangan to'rik-tanlovlar о'tkazish an'anaga aylanmoqda.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yangicha madaniy tadbirlarning kuchayishi musiqa san'atini rivojlantirishda alohida о'rin egallay boshlagan «О'zbekiston - Vatanim manim!» nomli respublika to'rik tanlovi, yilning eng yaxshi ijodkorini aniqlashga xizmat qiluvchi «Ofarin» tanlovi, yosh iste'dodlarni rag'batlantiruvchi «Nihol» tanlovi kabi anjumanlar shuhrat topmoqda. Xalq ijodining alla, yalla, lapar, askiya, katta ashula, dorbozlik, qо'g'irchoqbozlik kabi to'plab janrlari hamda etnografik folklor, ashula va raqs jamoalarining tanlovlari ravnaqiga keng yo'l ochib bermoqda.

О'zbek madaniyatiga bag'ishlangan xalqaro anjumanlar xalqimizning badiiy merosini va zamonaviy yutuqlarini vatanimizda va xorijda targ'ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatida milliy ma'naviyat masalalari bilan shug'ullanish asosiy soha bо'lgani sababli, madaniyat muassasalari komil insonni tarbiyalash jarayoniga о'zining munosib hissasini qо'shishga mas'ul hisoblanadi, chunki kelajakda buyuk davlat egasi bо'ladigan komil insonni tarbiyalamasdan, uni axloqiy jihatdan barkamol qilmasdan turib rivojlanish vazifalarini hal etish mumkin emas. Madaniyat muassasalari kishilarning bо'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, shaxs ma'naviyatini har tomonlama rivojlantirish va ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonlarini uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimi shaklida amalga oshiradi. Madaniy merosimizni eski andozalaru yondashuvlardan xoli xolda chuqur va har tomonlama tadqiq etish, noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash, xalqimiz yaratgan, ammo turli sabablarga kura chet ellarga chiqib ketgan madaniyat boyliklarini izlab topish va о'rganish bо'yicha ishlarni tizimli va tadrijiy davom ettirish bilan bog'liq vazifalar shular jumlasidandir. Ayni paytda, fan, adabiyot, san'at, umuman milliy madaniyatimizning barcha sohalarini jahon madaniyati yutuqlari asosida boyitish va rivojlanishning yangi bosqichiga kutarishning о'rni va ahamiyati beqiyosdir.

Bularning barchasi о'z navbatida mustaqillik ruhiyatiga singgan, yurt manfaati va millat istiqbol yо'lida qayg'uradigan yangi insonni tarbiyalashdek bosh vazifani hal etishga xizmat qilishini ham alohida ta'kidlash zarur.

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Madaniyat jabhasida faoliyat ko'rsatayotgan turli ijodiy tashkilotlar va birlashmalar esa aholining madaniy ehtiyojlarini to'laqonli qondirish, milliy madaniyat, adabiyot, san'at, musiqa, teatr, kino yutuqlarini, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni keng targ'ib etish borasida sermaxsul natijalarga erishayotganlarini aloxida qayd etish lozim. Hamda ushbu tadbirlar о'z navbatida madaniyat va aholi dam olish markazlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash uchun ham ximat qilmoqda. Chunki, har bir uyushtirilgan tadbirdan madaniyat markaziga davlat tomonidan ham mablag' to'ch^lsa, ikkinchi tomondan, hamkorlik qilgan mahalla tomonidan ham pul-tushumlari bо'ladi. Bu esa, madaniyat markazi rahbarining qanchalik rahbarlik faoliyatini aniq va uzoqni to'ra bilish qobiliyatini ham namoyon etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullayev M., Umarov E., Ochildiyev A., Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -B. 54

2. Arzimatova I. Estetik madaniyat. -Toshkent: Fan, 2007. -B. 41.

3. Mavrulov A. Madaniyat va tafakkur o'zgarishlari. -Toshkent, 2004. -B. 23.

4. Nurmatova M. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg'unligi. -Toshkent: Universitet, 2009. -B. 32.

5. Oydinov N. O'zbekiston tasviriy san'ati tarixidan lavhalar.- Toshkent: O'qituvchi, 1997. -B. 51.

942

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.