Научная статья на тему 'MADANIY TADBIRLARDA MAVZU VA GʻOYA UYGʻUNLIGI'

MADANIY TADBIRLARDA MAVZU VA GʻOYA UYGʻUNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
446
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
gʻoya / mavzu / kompazitsiya / tadbir senariysi / materiallar uzviyligi / maqsadga harakat / metodik qoʻllanmalar / matbuot nashrlari / badiiy adabiyot

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ozodbek Erkin Oʻgʻli Mamashukurov

Ushbu maqolada madaniy tadbirlarda mavzu va gʻoya uygʻunligi, ularning oʻzoro maqsad va vazifalari, tadbirlarda gʻayaviy talqin oʻrni va ahamiyati aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIY TADBIRLARDA MAVZU VA GʻOYA UYGʻUNLIGI»

MADANIY TADBIRLARDA MAVZU VA G'OYA UYG'UNLIGI

Ozodbek Erkin o'g'li Mamashukurov Namangan davlat unversiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada madaniy tadbirlarda mavzu va g'oya uyg'unligi, ularning o'zoro maqsad va vazifalari, tadbirlarda g'ayaviy talqin o'rni va ahamiyati aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: g'oya, mavzu, kompazitsiya, tadbir senariysi, materiallar uzviyligi, maqsadga harakat, metodik qo'llanmalar, matbuot nashrlari, badiiy adabiyot

HARMONY OF THEME AND IDEA IN CULTURAL EVENTS

Ozodbek Erkin oglu Mamashukurov Namangan State University

Abstract: in this article, the theme and idea harmony in cultural events, their respective goals and tasks, the place and importance of symbolic interpretation in events reflected

Keywords: idea and theme, overall composition, event script, coherence of materials, movement towards the goal, methodical manuals, press publications, fiction

Har qanday adabiy asar uchun mavzu hayotdagi voqea - hodisalar doirasidadir. Mavzu - konfliktlar kurashning taraqqiyot jarayonidir. Mavzu biror g'oya orqali namoyon bo'ladi. Demak, g'oyaning tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga bergan bahosi, umumlashma xulosasidir. "Mavzu - muallif tajribasida dunyoga kelgan, hayotni o'zi ko'rsatib bergan ammo hozircha aftor tasavvurida hali to'la-to'kis shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib, muallifda ishlashda mayl uyg'otadigan g'oyadir", - degan edi Maksim Gorkiy.

Madaniy-hordiqiy, ommaviy-badiiy tadbirlar senariysida mavzu va g'oya masalasi qanday hal etiladi? Ma'lumki madaniy-hordiqiy tadbir ijtimoiy-siyosiy masalalarning - jamiyat hayotining hamda kishilar ijtimoiy shaxsiy faoliyatining barcha sferalarini o'zida namoyon qiluvchi ijtimoiy institutdir.

"Madaniy-hordiqiy tadbirlar senariysining mavzusi aniq sharoit, mahaliy faktlar, odamlarning qiziqishiga qarab belgilanadi. Ommaviy-badiiy tadbir senariysida aks ettirilgan voqea-hodisalar uning mavzusidir. Ana shu voqea-hodisa orqali aytilgan

asosiy fikr - ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy, ishlab chiqarish, ilmiy-nazariy va muallif munosabati ularga bergan bahosi, xulosasi senariyning g'oyasidir" [1].

G'oya - mavzu mohiyati yashiringan dunyoqarashdir.

Dramatik asarlarda g'oyalar kurashi aks ettiriladi. Ular inson ruhida mavjud bo'lgan ziddiyat asosida kelib chiqadi. Boshqa janrlarga nisbatan dramatik asarlarda g'oyalar kurashi aniqroq, yorqinroq aks etadi. Mavzu va g'oya bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib, ularga senariyning g'oyaviy mazmuni asosida tashkil etadi. Senariyda tanlangan mavzu va g'oya badiiy obrazlar orqali umumlashtiriladi.

"Senariy mavzusi va g'oyasini belgilashda madaniy-ommaviy tadbir muassasalarining ish rejalari qo'l keladi. Biroq, bu rejalarning aniq emasligi ishni birmuncha qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, sohalarga oid metodik qo'llanmalar matbuot nashrlari, radio va televideniyaning umumiy ruknlariga asoslanib tuzilgan rejalar ham shunday noaniq bo'ladi" [2].

Ko'pgina madaniy-hordiq tadbir muassasalarining ish rejalarida mahalliy materiallarga, mavjud imkoniyatlarga e'tibor berilmay, masalalar keng doirada olinadi. Uni hayotga tadbiq etishda esa ish murakkablashadi. Shuningdek, ba'zi madaniy-ommaviy tadbir muassasalari rejalarida har bir mavzu chuqur va batafsil ishlab chiqiladi-yu biroq, uning mundarijasiga juda ko'p o'rin obraz, ma'ruzalar doklatlar suhabtlarga beriladi. Ular mohiyatiga ko'ra gazeta materiallari, radio va televideniya eshittirishlaridan kam farq qiladi. Mavzu va g'oya biror materiallar asosida shakllanadi. Madaniy-ommaviy tadbirlar dramaturgiyasining badiiy-publitsistik xususiyati, uning qanday material asosida yozilishi bilan belgilanadi. Zotan, madaniy-ommaviy tadbir senariysining asosiy materiali - aniq, voqea-hodisalar, faktlar, real kishilar taqdirlari hamda hujjatning va badiiy asarlardan olingan parchalardir. Madaniy-hordiqiy, ommaviy-badiiy tadbirlari senariysida badiiy adabiyot materiallari bilan hujjatli material sintezlashgan holda namoyon bo'ladi. Shuningdek bu sintezlashuv senariy badiiyligini ham taminlaydi. Binobarin madaniy-ommaviy tadbirlar senariylarida badiiy jihat muhim ahamiyatga ega. Demak, har qanday tadbirga tayyorgarlik mavzuni aniqlab olishdan boshlanadi. Tadbir tashkilotchilari auditoriyani qiziqtira oladigan mavzuga murojaat qilish kerak.

"Mavzu tanlash bilan bir vaqtda tadbirning g'oyaviy mazmun yo'nalishi belgilanadi. Buning uchun esa bo'lajak auditoriyaga singdirilmoqchi bo'lgan fikr, maqsad batafsil aniqlanadi. Mavzu va g'oyaga qarab tadbirning janri belgilanadi. U og'zaki tashviqot shaklida ham madaniy-hordiqiy tadbir uchrashuvlari, kechalari va boshqa ommaviy shakllarda ham madaniy-hordiqiy tadbir uchrashuvlari, kechalari va boshqa ommaviy shakllaridan ham amalga oshiriladi. So'ngra material tanlashga kirishadi" [3].

331

http://oac.dsmi-qf.uz

Madaniy-hordiqiy va badiiy-publitsistik tadbirlari senariysi uchun material olinadigan bir qancha manbalar mavjud. Shulardan eng muhimi - bevosita bizni o'rab turgan hayotiy va ijtimoiy voqea-hodisalardir.

Madaniy-hordiqiy tadbir senariysini real hayot bilan bevosita bog'lash maqsadida hujjatli materiallardan foydalanish talab etiladi. Keying yillardan madaniy-hordiqiy ommaviy-badiiy tadbirlarda hujjatli materiallardan foydalanish tobora keng tus olmoqda. Chunki davrimizning o'ziga xos tomonlari ham kishilarning hayotni hujjatli asosda bilishga intilishadilar.

Madaniy-hordiqiy tadbirlarda har bir ommaviy-badiiy tadbir senariysida faktlar "umumlashtirilgan" ligidan , voqelikka ijobiy yondashilganligidan qat'iy nazar, unda mahalliy xususiyatlarga e'tibor berilmagan bo'lsa , kutilgan natijaga erishish qiyin. Xullas, materialni o'rganish - senariy ustida ishlashning muhim bosqichidir. Har bir faktning haqqoniyligini bir necha bor sinab ko'rish, ishonch hosil qilish, uni to'g'ri talqin qilish lozim. Binobarin, har bir senariyni mavzu va g'oyasi o'sha materialning tarkibidan kelib chiqadi. Faktlarni kuzatish, o'rganish jarayoni biror maqsad uchun bo'ysindirilgandagina muavffaqiyatlarga erishiladi. Agar maqsad noaniq bo'lsa kuzatish ham o'rganish ham befoyda ketadi. Har qanday faktga voqea-hodisaga mavzu yuzasidan shu mavzuni ifodalaydigan g'oya prezmasidan turib yondashish lozim bo'ladi.

Ijtimoiy mazmunga ega bo'lgan turli kasbdagi kishilar - paxtakorlar, g'allakorlar, bolalar bog'chalari tarbiyachilari, shifokorlar va boshqa hunar egalarining hayot yo'li madaniy-hordiqiy tadbir senariysiga mavzu bo'la oladi.

Senariy g'oya va mavzu faqat ishlab chiqarish materialidan ham iborat bo'lishi mumkin. Bunday senariy ishlab chiqarishdagi turli muammoni bilishni taqazo etadi. Masalan, yoshlarni ishlab chiqarishda ishtiroki masalasini olaylik. Bunday yoshlarga ko'proq so'z berish kerak. Ularni nimalar qoniqtirmaydi? Bunday tadbirlarni, hatto, yoshlarning bayrami darajasiga ko'tarish mumkin. Ularda ota onalarda, rahbarlarga so'z berish bosh muammoni ifodalaydigan g'oyani ta'sirchan ifodalash lozim. "Shunday qilib, senariy g'oyaviy mavzuli xususiyati uch asosiy komponentdan, ya'ni g'oya, mavzu, materialning uzviy birikuvidan tarkib topadi. Avvalo, tadbirning materiali aniqlanadi. Tanlangan material bilan nima deyilmoqchi - bu uning mavzusini belgilaydi. Mavzuning mohiyati, maqsadi, tomoshabinga emotsional ta'siri bular tadbirning g'oyasini tashkil etadi. Bu uch birlik qo'shilgandagina ular senariydan o'z o'rnini topgandagina tadbirning g'oyaviy mavzuli xususiyati yorqin namoyon bo'ladi" [4]. Uning ma'rifiy-tarbiyaviy ta'sir kuchi oshadi. Aksincha, senariy muallifi faqat o'z asarining umumiy g'oyasini aniq bo'lmagan tarqoq mavzu va qashshoq materiallar asosida talqin qilsa, senariy ham, tadbir ham, hayot haqiqatidan uzoq deklorativ tus oladi. Masalaning asosiy mohiyati yechilmaydi, kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi, agar asosiy mavzu aniq bo'lmasa senariyga,

mavzuga aloqasiz faktlar oralab qoladi. Ba'zi kechalarda g'oya aniq ifodalanmaydi. Bunda sahnada yaxshi materilalar mavzularning taraqqiyotini ko'ramiz. Biroq, senariy tomoshabinni hech narsaga undamaydi, tadbirning ijtimoiy ahamiyati yo'qoladi. Shuning uchun ham asosiy g'oya yo'nalishsiz va maqsadsiz ifodalangan senariy va uning asosi hech kimni to'lqinlantirmaydi. Mavzuga yondashishda ruhiy aspektni e'tibordan qochirmaslik kerak. "Senariy dramatik aspektda ham pishiq bolishi, mavzu dinamiki o'sib borishi kerak. "Yangi yil", "Navro'z", "Hosil bayramlari" kabi hammabob tadbirlar keng xarakterli, hammaga mo'ljallanga bo'ladi. Madaniy-ommaviy tadbirlarda madaniyat saroylarda, madaniyat va istirohat bog'larida o'tkaziladigan boshqa tadbirlar aniq tenglovchi tomoshabinlarga qaratilishi kerak" [5].

Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, odamlarning qiziqishlarini hisobga olishlarini taqazo qilmoqda. Turli qatlamdagi tomoshabinlar qiziqishlarini hisobga olish, madaniy-ommaviy tadbirlar senariylarini yozishga qahramonlar va badiiy-publitsistik vositalar tanlashga ko'mak beradi. Senariy imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirning qayerda o'tkazilish sahnasini aniqlab olish kerak. Ma'lumki madaniy-ommaviy - tadbirlarni biror qat'iy janrda (masalan: mavzuli kecha, davra suhbati, qo'shiq kechasi, raqs kechasi, dramatik san'at kechasi) o'tkaziladi. Senariy janr doirasidan chiqib ketmasligi lozim. Ba'zan tadbir ko'p janrli prinsipda o'tkazilishi ham mumkin. Bunda muallif senariy dinamik, ko'rinishlar rang-barang bo'lishga intiladi. Ammo bunday senariyda g'oya "o'qi"ni nazarda qochirmaslik kerak.

Madaniy tadbirlarda mavzu va g'oya uyg'unligi va g'oyaviy talqini yaxlit birlashib o'tkaziladigan tadbirning maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Mavzu va g'oya tadbir senariysining asl o'zagini ko'rsatib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sayfullayev B., Rustamov V., Inatullayev B.- Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati Namangan 2021.

2. Dushamov J. Ommaviy tadbirlar rejissurasi. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2002

3. Ahmedov F. Ommaviy tadbir va bayramlar rejissurasi va aktyorlik mahorati. -Toshkent: Cho'lpon 2007

4. Rustamov V. Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari. Toshkent : Fan va texnologiya 2013.

5. Qoraboyev U. O'zbek xalqi bayramlari.— Toshkent; Aloqachi , 2008

333

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.