MA'RIFIY-TARG'IBOT ISHLARI VA ULARNING MADANIY-OMMAVIY TADBIRLARGA INTEGRATSIYALASHUVI JARAYONLARI
Sayfulla Turg'unovich Ikramov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushu maqolada yurtimizda amalga oshirilayotgan ma'rifiy-targ'ibot ishlar, o'tkazilayotgan madaniy-ommaviy tadbirlar, tadbirlarning integratsiyalashuv jarayonlari va algoritimi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: tadbir, festival, ma'rifiy-targ'ibot ishlar, madaniyat, tadbir, algoritimi, ijtimoiy muhit
PROCESSES OF EDUCATIONAL AND PROMOTIONAL WORKS AND
THEIR INTEGRATION INTO CULTURAL AND PUBLIC EVENTS
Sayfulla Turgunovich Ikramov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article talks about educational and promotional activities, cultural and public events, integration processes and algorithm of events in our country.
Keywords: event, festival, educational and promotional activities, culture, event, algorithm, social environment
Bugun hayot shiddat bilan kechmoqda. O'zgarishlar sur'ati yuksak, yangilanishlar ko'lami keng. Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar esa aniq va qat'iy maqsadlarga qaratilgan. Ya'ni, odamlarimizni rozi qilish, ularning ertangi kunga ishonchini mustahkamlash, ongu tafakkurini o'zgartirish, Vatanga daxldorlik hissini oshirish - ustuvor vazifalarimiz sirasidan. Shunday ekan, endi hayotga yangicha qarash, yanada g'ayrat-shijoat ko'rsatib ishlash vaqti keldi. Aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga g'ov bo'layotgan kamchilik va muammolarga adolatli yechim topish - davr taqozosi. Buni xorijlik siyosatshunoslar ham haqli ravishda e'tirof etishayapti. Ularning ta'kidlashicha, O'zbekiston islohotlarning yangi bosqichida. Davlat va jamiyat boshqaruviga doir tub islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohaning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan madaniyat va san'at sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish borasida ham navbatdagi muhim qadamlar tashlanyapti. Davlatimiz rahbari tomonidan olib
I icclT^^^^H 503 http://oac.dsmi-qf.uz
borilayotgan siyosat - ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ma'naviy yuksalish sifatida bizning fikrlarimiz va ongimizda katta o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda.
Mamlakatimizda maqom san'ati, milliy musiqa, baxshichilik san'ati, folklor san'ati, sirk san'ati, raqs san'ati, hunarmandchilik va nomaddiy madaniy merosning boshqa obektlarini asrab avaylash va rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targ'ib etish, yosh avlod qalbida san'atga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini kamol toptirish, xalqlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish, jahon hamjamiyatida nufuzini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-aprel "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi, 1-noyabr "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida" va "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazish to'g'risida", 2019-yil 26-fevral "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2020-yil 28-sentabr "Lazgi" xalqaro raqs festivalini o'tkazish to'g'risida"gi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-may "Buyuk ipak yo'li" xaqlaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi, va 27-iyun "Nurli navolar" xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi 2019-yil 27-iyun "Xalqaro sirk san'ati festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi hamda 2020-yil 6-noyabr "Oltin davr" xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi.
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni o'tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli va ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida o'tkazilishini ta'minlash maqsadida 2021-yil 23-fevralda "Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 98-sonli qarorlari qabul qilingan. Undan tashqari "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida" hamda "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, milliy musiqa san'atini yanada rivojlantirish, ushbu sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targ'ib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o'tkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorlariga qo'yiladigan mezonlarni va malaka talablarini takomillashtirish, shuningdek litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat ko'rsatish bo'yicha huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabr
I ibiSi^^Bl ®04 http://oac.dsmi-qf.uz
"Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 354-sonli qarori qabul qilinganini alohida ta'kidlayman.
Madaniy tadbirlar - bu tarbiyaviy, ma'rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o'ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli ularda, eng avvalo, pedagogikadagi tarbiyaviy ishlarga oid bo'lgan va ma'rifiy (bilim berish, axborot tarqatish) faoliyatga mansub metodlarga murojaat qilmaslikning iloji yo'q. Shuningdek, ularda dam olish (hordiq chiqarish) va ijodiy jarayonni tashkil qilish metodlaridan foydalanilmasa, tadbirlardagi asosiy vazifalarning ba'zilari yo'qolib ketadi.1
Madaniy-ma'rifiy ish vositalari. Madaniy-ma'rifiy faoliyatning g'oyaviy emotsional vositalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo'lmaganidek, vositalarisiz ma'daniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilib bo'lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy mexanizmlari sifatida xizmat qiladi. Vosita deganda, kishilarning xissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta'sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g'oyaviy-xissiy qurollarni tushunamiz. Madaniy-ma'rifiy faoliyatda qo'llaniladigan vositalarning diapozoni juda keng o'va ularning soni ko'pdir. Ma'daniy-ma'rifiy tadbirlarda jonli so'z, matbuot, ko'rgazmali qurollar, adabiyot va san'at, har xil texnik apparatlar kabi vositalarda keng foydalanamiz.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb yo'nalishlari. Aholi o'rtasida olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarining an'anaviy usullari muayyan natijalar berayotganini inkor etmagan holda tan olib aytish kerakki, o'tkazilayotgan tadbirlar, yig'inlar va ular yuzasidan tayyorlangan hisobotlar har qancha mahobatli bolmasin, bugungi kun mezonlari, zamondoshimiz, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbi talab istaklariga to'la javob bermaydi. Zero, mustqillik yillari fuqarolar, jumladan, yoshlarning dunyoqarashi tubdan o'zgardi. Mazkur o'zgarishlar ma'naviy-ma'rifiy sohaning barcha jabhalarida ish usul-islublarini, uning sifati va ko'lamini jiddiy qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Shunga muvofiq, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishning quyidagi eng muhim yo'nalishlari taklif etiladi:
- Maktabgacha talim, umumiy o'rta talim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oily ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish;
- Mazkur ta'lim muassasalarining yillik xarajatlari ro'yxatida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishning moliyaviy manbalarini aniq belgilash;
- Ta'lim-tarbiya muassasalarini ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlar, targ'ibot materiallari, multimediya mahsulotlari bilan to'laqonli ta'minlash;
- Ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul rahbar va xodimlarning moddiy va ma'naviy mavqeini mustahkamlash;
1 Azamat Haydarov. Ijodiy faoliyatini rejalashtirish va boshqarish. - T.: "Kamalak" nashryoti, 2019-yil, 53-bet.
I fcclT^^^^HI 505 http://oac.dsmi-qf.uz
- oliy ta'lim muassasalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektorlarini mas'uliyatini oshirish;
- oliy ta'lim muassasalaridagi "Ma'navat va ma'rifat" bo'limlarining Nizomini takomillashtirish va uning asosida samarali ishlashni yo'lga qo'yish;
- markaziy va hududiy davlat hamda nodavlat ommaviy axborot vositalari rahbarlari, mas'ul hodimlarining ma'naviy-mafkuraviy bilim darajasi, siyosiy savodxonligiga alohida e'tibor qaratish.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbir algoritimi. Tadbirning stixiyali tarzda, sun'iy, majburiy va o'ta rasmiy xarakterda bo'lishi ham uning samarasiz, natijadorligi juda ham past bo'lishiga olib keladi.Shu ma'noda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning algoritimini tuzib olish maqsadga muvofiq.
Quyidagi jadvalda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning algoritimi ko'rsatilgan:
№ Tadbir nomi Muddati Izoh
1 Hudud, korxona, tashkilot yoki muassasada ma'naviy-ma'rifiy ishlar yuzasidan o'rganish o'tkazish 3 kundan 15 kungacha Bunda o'rganish o'tkazilayotgan hudud, korxona, tashkilot yoki muassasa biror mavzu yuzasidan savolnoma asosida o'rganish o'tkaziladi. Savolnomada aniq savollar aks ettirilishi lozim
2 O'rganish natijalarini tahlil qilish 2 kundan 5 kungacha O'rganish natijalari xolisona tahlil etiladi. Savolnomaning qaysi savollariga salbiy natija olingani aniqlanadi
3 O'rganish natijalari tahlil yuzasidan tashkilotchilar yig'ilishida va unda mazkur masala muhokama qilinadi 1-kun Yig'ilishda bo'ladigan muhokama davomida ayrim mahallalarda ayrim tizimli muammolar royxati shakllantirilib, uning yechimi boyicha taklif va tavsiyalar umumlashtiriladi.
4 Ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi- reja ishlab chiqiladi 3 kun Chora-tadbirlar dasturida o'rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga oid tadbirlar - davra suhbati , oilalarga tashrif, seminar trening, turli soha vakillari bilan uchrashuvlar va boshq ashu kabi masalalar o'z aksini topishi kerak.Tadbirlarning o'tkazilish vaqti kamida ikki fata yoki bir oy keying belgilanishi kerak.Aks holda
tayyorgarlikda vaqt kam qoladi va natijaga salbiy ta'sir etib, maqsadga erishish qiyin kechadi.
5 Tadbir senariysi va dasturi tayyorlanadi 3 kun Aniqlangan kamchilik va muammoni bartaraf etishga qaratilgan har bir tadbirning mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda uning senariysi va dasturi tayyorlanadi.Senariy tuzishda hamda dastur tayyorlashda, albatta, tadbir samaradorligi va natijadorligining shrtlariga qat'iy amal qilinishi lozim.Senariy va dastur hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan bo'lishi maqsadga muvofiq.
6 Tadbir press-relizini tayyorlash 1 kun Press-reliz atamasining lug'aviy ma'nosi: "matbuot xabarnomasi" dir.U qisqa, lo'nda, maqsadi aniq, tili ravon, ortiqcha "tushuntirish" lardan yiroq faktlarga boy bo'lgan muhim xabar matni bo'lib u tadbirdan kamida 5 kun avval tayyorlab qoyilishi lozim.Chunki o'tkazilayotgan tadbirga kelgan jurnalistlarga press-reliz taqdim etish zarur
7 Hamkorlar va OAV ni tadbirga jalb etish 3 kun Reja asosida o'tkaziladigan tadbirlar boshlanishidan kamida ikki hafta yoki bir oy avval hamkor tashkilotlar va OAV larga xat tayyorlanib, tadbirga taklif etiladi.Xatda tadbirning o'tkazilish vaqti, kuni, mavzusi va ishtirokchilari tarkibi aniq ko'rsatilgan bo'lishi shart
8 Tadbir o'tkaziladigan xona (zal) va undagi jihozlarni tayyor holga keltirish 1 kun Tadbir boshlanishiga kamida bir qolganda tadbir o' tkaziladiga xona (zal) va kerakli jihozlar (mikrofon, ovozkuchaytirgich, kompyuter jamlanmasi, proektor, fotoapparat, flagshtok, marker, qog'oz ,qalam va boshqalar) tayyorlab qoyilishi kerak
9 Mehmonlar ishtirokchilar va OAV vakillarini kutib olish Tadbirdan avval Tadbir boshlanishidan avval kutilayotgan mehmonlar, ishtirokchilar va OAV vakillarini kutib olish uchun bir ikki nafar mas'ul belgilanishi lozim. Mas'ul shaxs ishtirokchilarni o'z joylariga joylashtirishi, tadbir dasturi va press-relizi bilan ta'minlanishi kerak.
10 Tadbirni o'tkazish Reja asosida Tadbir belgilangan vaqt va joya o'tkazilishi lozim.Tadbir tashkilotchilari va ma'ruzachilarning tadbirga kech qolib kelishi ham tadbir sifati va natijasiga salbiy ta'sir etadi
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda ma'naviyat, ma'rifat, mafkura va milliy g'oya bilan bog'liq ishlarni to'g'ri yolga qo'yish, ular targ'ibotini tizimli tashkil qilish lozim. Unga ikkinchi darajali masala sifatida qarash jamiyat taraqqiyotiga e'tiborsizlikdan boshqa narsa emas.
Binobarin, ular yurt ravnaqi, vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun xizmat qiluvchi, tushunchalardir. Shunday ekan, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish, ularga ustuvor vazifa sifatida qarash va uni tashkil etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. Uslubiy qo'llanma -Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478
2. Haydarov A. "Ijodiy faoliyatni rejalashtirish va boshqarish". O'quv qo'llanma. -T.: "Kamalak" nashryoti. 2019. -198 b.
3. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.
4. Sayfullayev B.S., Rustamov V.Q. "Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati" O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. - 184 b.
5. "Madaniyat va san'at atamalarining izohli lug'ati" B.S.Sayfullayev tahriri ostida. - Toshkent: G'ofur G'ulom, 2015. - 352-b.
6. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi