Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
517
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / musiqa / san’at / madaniyat / maqom / cholg‘u / kuy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdupatto Ahmadjanovich Ibragimov

Ushbu maqolada musiqa san’ati insonlar uchun qanchalik muhim ekanligi, musiqa san’atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, musiqa san’atiga doir qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda musiqaning o‘rni qay darajada ekanligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MUSIQA SAN'ATINING O'RNI

Abdupatto Ahmadjanovich Ibragimov abdupattoibragimov6161 @gmail.com Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa san'ati insonlar uchun qanchalik muhim ekanligi, musiqa san'atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, musiqa san'atiga doir qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, Yangi O'zbekistonda musiqaning o'rni qay darajada ekanligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, musiqa, san'at, madaniyat, maqom, cholg'u,

kuy

THE ROLE OF MUSIC ART IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW

UZBEKISTAN

Abdupatto Ahmadjanovich Ibragimov abdupattoibragimov6161 @gmail.com Namangan State University

Abstract: This article describes how important the art of music is for people, the work being done to further develop the art of music, the essence of the decisions made regarding the art of music, the role of music in New Uzbekistan.

Keywords: New Uzbekistan, music, art, culture, status, instrument, melody

Musiqa - ohang (intonatsiya) san'ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o'ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o'zgartirishga yordam beradi. Ma'lumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Musiqa insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mehnat va dam olish chog'larida albatta ishtirok etadigan bo'lib, kishini ma'naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma'naviy olamini, axloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estetik tarbiyaning samarali quroli hisoblanadi. Musiqaning o'zi, uning yaratuvchilari, ijro etuvchilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir.[1:3] Umuman olganda musiqa ham dastavval inson ongiga ona allasi orqali singadi. Vaqt o'tishi sayin musiqaga bo'lgan ehtiyoj va qiziqsh ham shu tarzda shakllanadi.

Musiqa inson ijtimoiy-ruhiy holatiga ta'sir ko'rsatuvchi va ma'lum darajada uning holatini belgilovchi unsurdir. Musiqa shaxs psixologiyasini turli holatda harakatlantiruvchi bir lamchi omildir. Sababi insonning eshitayotgan musiqasi

kayfiyatini ko'tarishi, yaratuvchanlikka, ijodkorlikka undashi, xafa qilishi, tushkunlikka tushirishi mumkin. Aytilgani kabi bular musiqaga bog'liq. Lekin biz yuqorida keltirib o'tganlar ko'p jihatdan qo'shiqqa xos. Qo'shiqni esa biz fiziologik jihatdan (ohangni) eshitish, psixologik jihatdan (so'zlarni)tahlil qilish orqali o'zimizga qabul qilamiz. Musiqashunoslida musiqiy idrok tushunchasi bo'lib, biz qo'shiq yoki musiqiy asrni musiqiy idrok orqali his qilamiz. Tom ma'noda shu orqali musiqaning ruhiy va jismoniy holatimizga ta'sirini anglaymiz. [2:567]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevral "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatini shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab quvvatlash qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Qarorga ko'ra, musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, 2022-2023-o'quv yili davomida ro'yxatida keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjati (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. 2023/2024-o'quv yilidan boshlab esa, kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilariga majburiy hisoblanadi[3:1]. Albatta, mazkur qaror ijrosi to'laqonli ta'minlansa, o'sib borayotgan yosh avlodda, musiqaga, milliyligimizga muhabbat kun sayin rivoj topib boradi desak adashmaymiz. Sababi, bizning xalqimizda qadimdan musiqaga muhabbat, oshuvtalik j o'sh urgan. Mohir sarkarda Sohibqiron Temur bobomiz ham hatto, janggi kirishda qo'shinni ruhlantirishda shoshmaqomni eshittirishlari, jangga kirishishda nog'oralar jo'rligida jangovarlik ruhini olg'a surganligiga tarix guvoh. [4:653]

Buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday degan: "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanot tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi"

Musiqiy ta'lim nafaqat, bola tarbiyasida, balki butun jamiyat, xalq tarixi oynasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tarixga ega bo'lgan xalq, albatta, madaniyati kuchli xalq sanaladi. Har bir inson qalbining tub-tubida bo'lsa ham musiqaga oshno bo'ladi. Ammo uni eshita olganlargina buyuk san'atkor bo'la oladi. Musiqaga sevgi, unga o'zgacha muhabbatni uyg'ota olish - ustozning ham harakatlari tufayli bo'ladi, albatta.

O'qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, o'qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik amaliyotni ham o'tgan bo'lishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o'qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik

mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Bo'lajak musiqa o'qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega bo'lishi kerak. U o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko'rishi hamda ularni barkamol inson sifatida kamol topishiga ko'maklashishi, har bir darsni o'quvchilarni hayot tajribasiga bog'lagan holda olib borishi, xilma-xil metodlar, innovatsion texnologiyalar, ko'rgazmali qurollar, kompyuter slayd, tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. O'z kasbiy mutaxassisligini puxta egallagan bo'lishi, bolalar ovoziga o'zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik mahoratiga ega bo'lishi, sinfdan tashqari to'g'araklarga o'quvchilarni jalb etish bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o'quvchilar faol ishtirok etishi kerak[5:7].

Bugungi kunda Madaniyat va turizm vazirligi tizimida 323 ta bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyat yuritadilar. Ularda jami 14 ta yo'nalish bo'yicha 86015 nafar o'quvchi ta'lim oladi[6:376].

2023-yil 13-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sohalarni belgilab olish maqsadida bir nechta vazirlar bilan uchrashib majlis o'tkazdi. Majlida Prezidentimiz Yosh avlodni yuksak madaniyat ruhida tarbiyalash masalasiga ham to'xtalib o'tib, teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligini ta'kidladi. Ko'rib turibmizki, madaniyat va san'at sohasining bir qismi bo'lgan musiqa san'atini rivojlantirish borasida juda katta salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ta'lim muassasalari va ijodiy jamoalarni zamon talabiga mos va usta-hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sifatli musiqa cholg'ulari bilan ta'minlashda yetarlicha imkoniyatlar mavjud emasligi, shuninglek, milliy musiqa cholg'ulari yasovchi usta-hunarmandlar bilan yaqindan hamkorlik o'rnatish va shu yo'nalishdagi ustalarning yangi avlodini tarbiyalash, usta-hunarmandlar o'rtasida o'zaro tajriba almashish tizimini yanada kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish borasida qo'shimcha choralar ko'rish talab etilmoqda.

Moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash, targ'ib etish va yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, bu borada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarimizga hamohang tarzda milliy musiqa cholg'ularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida Madaniyat va turizim vazirligi tomonidan "Milliy musiqa cholg'ularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi O'zbekiston Prezidenti qaror loyihasi tayyorlangan va muhokamadan o'tkazilgan.

Har qanday musiqiy asar va har qanday qo'shiq inson kamoloti uchun xizmat qilishi lozim. Bu borada asosan yoshlar bilan targ'ibot ishlari tashkil qilinishi, ularni milliy musiqalarimiz, maqom san'atimiz va xalq og'zaki ijodiga qiziqtirish kerak. Gap shundaki, ko'pgina yoshlar bularga zerikarli yoki qo'pol qilib aytganda eskilik sarqiti sifatida qarashlari juda achinarlidir. Bugungi kunda musiqiy asarlarning

tarbiyaviy ahamiyati uchun ijodkorlar ya'ni bastakorlar, cholg'uchilar, shoirlar, ijrochilar va tinglovhilar ham mas'uliyatni his etishlari zarur. Ma'lum vaqt davomida yashab so'ng unitiladigan sayoz asarlardan voz kechishimiz jamiyat uchun ham foydali deb o'ylayman. Chunki musiqa shunchaki ohanglarning ritmik moslashishi, tushinarsiz tovushlar yoki qofiyasi mos kelgan ma'nosiz she'rning qo'shiq qilinishi emas. Har qaysi ijodiy ishlardan ko'zlangan ijobiy natija bo'lishi kerak. Masalan qaysidir ijtimoiy holatni ifodalash yoki ota-onaga, Vatanga muhabbat ruhini singdirish, do'stlik va mehr-oqibat tushunchalarini targ'ib etish uchun xizmat qilishi kerak. Insoniylik, insof, manfaat, kibr kabi ijobiy va salbiy tushunchalarning to'gri talqin etilishida qo'shiqlar va musiqiy asarlarning o'rni kattadir.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda. [7:88]

Yangi O'zbekistonda musiqa san'atini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar hech qachon to'xtab qolmaydi. Qolaversa, yanada rivonlantirilib, o'zbek musiqasi dunyo sahnalarini ko'radi, albatta. Musiqa san'atini targ'ib qilish va rivojlantirish, musiqa san'atiga doir xalqaro festivallar va yarmarkalar o'tkazilishini ko'zda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori (15.08.2017, PQ-3212), "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori (17.11.2017, PQ-3391), "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida" gi qarori (06.04.2018, PQ-3656), "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (26.02.2019, PQ-4214), "Bolalar musiqa va san'at maktablari rahbar, o'qituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq to'lash va ularni moddiy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarori (30.09.2019, PQ-4468) va Vazirlar Mahkamasining "Buyuk ipak yo'li" xaqlaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida" gi qarori (18.05.2018, 371-sonli), "O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori (20.02.2019, 149-sonli), "Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori (02.09.2020, 536-sonli), "Oltin davr" xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlaridir(06.11.2020, 692-sonli)[8:470-477].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki musiqa san'ati bu bebaho san'atdir. Musiqa bilan hamohang bo'lgan kishi hech qachon noto'g'ri yo'ldan yurmaydi. Insonlarni ezgu ruhda fikrlashlari uchun Yangi O'zbekistonda musiqa san'atiga yuqorida sanab o'tilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada Yangi

O'zbekiston taraqqiyoti uchun musiqa san'ati qanchalik muhim ekanligini yoritib berishga harakat qildik. Musiqa san'ati insonlar ma'naviyati uchun doim xizmat qilishiga ishonamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ibraximjanova Gavxar Amanbayevna, Urmanova Lola Akbarovna, Xodjayeva Maxfuza Xalilovna, Xalilov Faxriddin Nuriddinovich. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya (Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma) // Toshkent. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. "NISO POLIGRAF" MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

2. Mardiev Abdusamad o'g'li Shahbozxon Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Jamiyat ijtimoiy hayotida musiqaning tutgan o'rni. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori. www.lex.uz

4. Ziyodaxon To'g'onboyeva, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda xorij tajribasi. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

5. G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva. Musiqa o'qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari. Toshkent-2014. 108-b.

6. Qarang: Malikaxon Qaxramon Qizi Ashiraliyeva, Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Yoshlarni tarbiyalashda musiqa ta'limining maqsad va vazifalari. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com

7. I.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. // Toshkent. -"Ma'naviyat" nashriyoti, 2008. 108 bet

8. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.