Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MADANIYAT VA SAN’AT MENEJMENTINING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MADANIYAT VA SAN’AT MENEJMENTINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
363
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / madaniyat / menejment / ilmiy yondoshuv / art menejment / kreativ tadbirkorlik / menejer / madaniyat va sanʼat / davlat-xususiy sheriklik / madaniy faoliyat va madaniyat tashkilot / ijtimoiy-madaniy boshqaruv / davlat boshqaruvi / kreativ fikrlash / notijorat maqsadlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Javlonbek Rustamovich Tojiyev

O‘zbekistonda madaniyat va san’at boshqaruvida qo‘llanilayotgan ilmiy-amaliy boshqaruv usullarini o‘rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish va ularni qo‘llash. San’at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o‘rganish asosida Respublikamizdagi barcha madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini to‘g‘ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Madaniyat va san’at boshqaruvida har qanday nazariy fikrdan maqsad amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida Art menejment sohasining ilg‘or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi. Shuningdek madaniyat va san’at boshqaruvida ijodiy mehnatni terang o‘zlashtirib, madaniy tadbirlarni tashkil etish, kreativ tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va xalqqa yuqori saviyali madaniy xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini tashkil etishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MADANIYAT VA SAN’AT MENEJMENTINING O‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MADANIYAT VA SAN'AT

MENEJMENTINING O'RNI

Javlonbek Rustamovich Tojiyev j avlonbektoj iyev03 @gmail .com O'zbekiston san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: O'zbekistonda madaniyat va san'at boshqaruvida qo'llanilayotgan ilmiy-amaliy boshqaruv usullarini o'rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish va ularni qo'llash. San'at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o'rganish asosida Respublikamizdagi barcha madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini to'g'ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Madaniyat va san'at boshqaruvida har qanday nazariy fikrdan maqsad - amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida Art menejment sohasining ilg'or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi. Shuningdek madaniyat va san'at boshqaruvida ijodiy mehnatni terang o'zlashtirib, madaniy tadbirlarni tashkil etish, kreativ tadbirkorlik bilan shug'ullanishi va xalqqa yuqori saviyali madaniy xizmat ko'rsatish mexanizmlarini tashkil etishdan iborat.

Kalit so'zlar: san'at, madaniyat, menejment, ilmiy yondoshuv, art menejment, kreativ tadbirkorlik, menejer, madaniyat va san'at, davlat-xususiy sheriklik, madaniy faoliyat va madaniyat tashkilot, ijtimoiy-madaniy boshqaruv, davlat boshqaruvi, kreativ fikrlash, notijorat maqsadlar

THE ROLE OF CULTURE AND ART MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN

Javlonbek Rustamovich Tojiyev j avlonbektoj iyev03 @gmail .com Uzbekistan Institute of Arts and Culture

Abstract: To study, generalize, draw conclusions and apply the scientific and practical management methods used in the management of culture and art in Uzbekistan. Adapting the achievements of creativity in art management to the conditions of Uzbekistan, developing recommendations that help to properly manage the activities of all cultural and art institutions in our Republic based on the study of new technological mechanisms of management. The goal of any theoretical thought in the management of culture and art is to improve the practical situation, to increase

I ícclT^^^^H 575 http://oac.dsmi-qf.uz

the quality of the achieved result. During this study, the best practices and recommendations of the field of Art management were widely used. Also, in the management of culture and art, it consists in mastering creative work, organizing cultural events, engaging in creative entrepreneurship, and organizing mechanisms for providing high-level cultural services to the people.

Keywords: art, culture, management, scientific approach, art management, creative entrepreneurship, manager, culture and art, public-private partnership, cultural activity and cultural organization, socio-cultural management, public management, creative thinking, non-commercial purposes

Bugungi kunda malakali menejerlar - sifat jihatidan yangi iqtisodiyotning namoyondalari hamma narsani hal etmoqda. Yangilikka intilish esa - menejerlik mazmun-mohiyatini ifoda etadi. Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o'rganish, shuningdek, bu sohada xorijda yig'ilgan tajribani tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda menejerlar deyarli barcha korxona va tashkilotlarda mavjud bo'lib, menejment inson faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi.

Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon biz uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi - harakatlar samarasini ta'minlaydigan eng muhim mezondir.

Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir.

Yangi O'zbekiston - demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir. Yuqorida tanlab olingan mavzu yuzasidan san'at va madaniyat sohasi menejmenti va marketingi erishgan ilmiy yutuqlarni nazariy umumlashtirish, uning eng ilg'or usul va uslubiyotini ijodiy o'rganish, O'zbekiston san'ati va madaniyatining istiqbolida zamonaviy art menejment tavsiyalaridan foydalanish. Mazkur ish avvalo madaniyat va san'at xodimlari uchun, madaniy faoliyat va san'at faoliyatini yurituvchi ijodiy muassasalar uchun, madaniyat va turizm ishlari tizimining mutaxassislari uchun nazariy ahamiyat kasb etadi.

Yangi O'zbekiston - bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. Bugungi kunda madaniyat va san'at menejmentini,

I icclT^^^^H 576 http://oac.dsmi-qf.uz

shuningdek san'at muassasalari, teatrlar, muzeylar, istirohat bog'lari, ko'rgazmalar, kontsert-gastrol birlashmalari faoliyatida ham nazariy jihatdan qo'llanilishi mumkin. Qolaversa san'atni boshqarish bilan, san'at bozori bilan shug'ullanuvchi art menejerlar uchun bizning ishimiz amaliy ahamiyat kasb etishiga umid qilamiz. San'at va madaniyat sohasi menejmenti mamlakatimizda aholi turli tabaqalari vakillarini badiiy, estetik, ahloqiy, ijtimoiy-siyosiy, yo'nalishlarda tarbiyalash, odamlarning ma'naviy, ijodiy faolligini tashkil etish, barkamol insonni shakllantirishdagi o'rni va roli kattadir. Madaniyat va san'at sohasidagi o'zgarishlar, xususan madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va san'at saroylari, muzeylar, madaniyat va istirohat bog'lari, mahalla guzarlari, axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, rassomlik galeriyalari orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu bois mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to'liq qayta qurilmoqda, qanchalik og'ir bo'lmasin, bozor mexanizmlarini amalda joriy etilishi boshlandi.

Menejment-bu inglizcha so'z bo'lib, ingliz tilining Oksford lug'atida berilgan ta'rifga binoan u:

• boshqaruv hokimiyati va san'ati;

• resurslarni boshqarish bo'yicha a'loxida moxirlik va ma'muriy ko'nikmalar tushuniladi.

Madaniyat va san'at sohasi menejmenti esa madaniyat va san'at muassasalaridagi jarayonlarni va personallarni boshqarish demakdir.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ham olib borilayotgan islohatlardan biri shuki institutda tayyorlanayotgan kasb egalariga yangi bugungi kun talabi bo'yicha madaniyat va san'at sohasi menejerlarini tayyorlash yuklatilgan.

Bunga binobarin Menejment: "Madaniyat va san'at sohasi menejmenti", Menejment "Ommaviy tadbirlar menejmenti, "San'at sohasi prodyuserlik" ta'lim yo'nalishlari tayyorlovi yo'lga qo'yildi. Bu bilan madaniyat va san'at sohosini boshqarishning zamonaviy kasb egalari etishib chiqishiga va bu soha kasb egalarini tayyorlash uzluksizligi va doimiyligi ta'limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo'ladi. Demak madaniyat sohasi faoliyatini ta'limning asosi deyish mumkin. "Menejer" tushunchasi O'zbekiston Milliy entsiklopediyasida quyidagicha izohlanadi: "Menejer" (inglizcha - boshqaruvchi):

1. Korxona va kompaniya egalari bo'lmagan, maxsus tayyorgarlik ko'rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini biluvchi malakali mutaxassis, yollanma boshqaruvchi;

2. Rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo'lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchi, rahbar xodim;

Madaniyat va san'at menejmenti haqida fikr yuritadigan bo'lsak;

Birinchidan, keng ma'noda inson yashash sharoiti uslublari ijtimoiy voqeylik sifatida shaxs ijtimoiylashuviga taalluqli bo'lmagan holda va ijtimoiy hodisa tizimiga oid fikrlar: madaniyat va san'at moddiy va ma'naviy muhitni ifodalaydi, insonni shakllanishi va yuksalishiga imkon yaratadi.

Ikkinchidan, tor ma'noda, jamiyat hayotidagi aniq doiraga oid fikrlar: (madaniyat va san'at doirasi). Madaniy-tarixiy merosni saqlash va ulardan foydalanishni qamrab oladi (muzey, kutubxona, arxiv ishlari, milliy va mahalliy an'analar, bayramlar va boshqalar). Badiiy ta'lim va bolalar ijodiyoti, san'at, ijodiy (badiiylikka uyg'un) faoliyat, kontsert faoliyati, bo'sh vaqtda ko'ngilochar ishlarni tashkillashtirish, havaskorlik, etnografik san'at va hunar, shuningdek, ularni ta'minlab beruvchi faoliyat (madaniyat iqtisodiyoti, moliyalashtirish, boshqaruv, axborot, kasbiy faoliyatga tayyorlash va qayta tayyorlash). Madaniyat doirasidagi faoliyat turli rasmiy idoralar (davlat, munitsipal, xususiy, jamoat tashkilotlari va h.k.), shuningdek, ayrim odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan so'ng ularning barchasi qisqa qilib firmalar deb ataladi. Hozirgi globallashuv jarayoni mehnat mentalitetiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. "Keyingi vaqtlarda tashkilot madaniyati degan termin ilmiy muomalaga ham kiritildi.

Yuqorida aytib o'tilgan fikrlardan kelib chiqib madaniyat va san'at menejmenti bugungi kunda bu sohaga ham kerakli ekanligini, hamda san'at sohasi boshqaruvi va san'atni rivojlantirish, san'atni shakllantirish va qo'llab quvvatlashda muhim rol o'ynaydi va madaniy sektorning barcha sohalarida erkinlik, inson huquqi va tenglikka erishishga yordam beradi. San'at siyosati va menejmenti bo'yicha san'at va san'at tamoyillari, metod va prinsiplari haqidagi tushunchangizni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyorlar

1. Mirziyoev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: Ozbekiston. 2021.

2. Bekmuradov M.B., Shodiyev X.X. "Menejment nazariyasi va amaliyoti". Toshkent, 2021

3. Mirziyoev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent-2021. "O'qituvchi" nashriyoti.

4. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat markazlariga malakali kadrlarni jalb etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

5. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat va san'at sohasida loyihalarga mablag'jalb etish masalalari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

6. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat bo'lim mudirlarining ish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

7. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat markazlarida to'garaklarni tashkil etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

8. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasi menejmentida loyihalar faoliyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

9. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ijtimoiy sohada marketing xizmatlarining konseptual asoslarl. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

10. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. 2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

11. Ziyodaxon Dilshodjon qizi To'g'onboyeva, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan chora-tadbirlar "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

12. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

13. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Cantar MeHe^Menra ^hhhh yKHTHrnga Metëpnn xy^^araapHHHr ypHH Ba axaMHtfra. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.