Научная статья на тему 'QORAQALPOG‛ISTON RESPUBLIKASI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN OROL MAVZUSIGA OID BADIIY ASARLAR'

QORAQALPOG‛ISTON RESPUBLIKASI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN OROL MAVZUSIGA OID BADIIY ASARLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orol / Olmagest / Kazbin / Muynoq / rassom / dengiz / tasviriy san`at / haykaltarosh / muzey / driptix / front / konservo / tabiat.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aynur Aytmuratova

Maqolada Orol dengizi tarixi, uning Orol nomi tarix yilnomalarida qanday atalinib kelinganligi va bugungi Orol nomi qachon shakllanganligi haqida aytiladi. Shu bilan birga dengiz qurishi va undan keyingi achinarli holatlari, ularning rassomlar ijodida shakllanishi haqida so‛z boradi. Bunda mahalliy rassomlar ijodi, hayoti va Orolga bag‛ishlangan asarlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG‛ISTON RESPUBLIKASI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN OROL MAVZUSIGA OID BADIIY ASARLAR»

Open access journal

www.in-academy.uz

■f j M.

^JRASIAN journal of TECHNOrOCV AND INNOVATION

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN OROL MAVZUSIGA OID BADIIY

ASARLAR Aynur Aytmuratova Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy

kotibi, muzeyshunos

ARTICLE INFO

Received: 20th January 2024 Accepted: 26th January 2024 Online: 27th January 2024

KEY WORDS Orol, Olmagest, Kazbin, Muynoq, rassom, dengiz, tasviriy san'at, haykaltarosh, muzey, driptix, front, konservo, tabiat.

ABSTRACT

Maqolada Orol dengizi tarixi, uning Orol nomi tarix yilnomalarida qanday atalinib kelinganligi va bugungi Orol nomi qachon shakllanganligi haqida aytiladi. Shu bilan birga dengiz qurishi va undan keyingi achinarli holatlari, ularning rassomlar ijodida shakllanishi haqida so'z boradi. Bunda mahalliy rassomlar ijodi, hayoti va Orolga bag'ishlangan asarlari tahlil qilinadi.

Kirish

Qoraqalpog'iston hududida joylashgan Orol dengizi ko'p asrlik tarixga ega dengiz hisoblangan. Ammo bugungi kundagi xolati nafaqat mahalliy, balki butun olam e'tiborini tortmoqda.

Mo'ynoq nomi eshitilishi bilan Orol va uning atrofida uchib yurgan qushlarning keng qanotlari ko'z oldimizda gavdalanadi. Orol dengizining tarixi, Orol dengizi davrlar mobaynida turlicha nom bilan atalinib kelingan, ular tadqiqotchilar, sayyohlarning mehnatlarida ko'rinadi. Xususan, 865-yili Ibn-hordatbek «Ku'rder» ko'llari deb keltirib o'tgan bolsa, 943-yili Masudi «Kurjani», 961-yili Istaxri «Kazbin», 1339-yili Xafazi «Abruda», XIII asrda Bekron «Ljendt» ko'llari deb yozgan. Bugungi Orol degan nomni dengiz asosan XVII asrdan buyon egallagan. Bundan 1800 yil muqaddam yashab o'tgan mashxur yunon olimi Klavdiy Ptolemey o'zining «Olmagest» («Ulug' qurilish») ulug' asarida yer sharining 27 parchadan turuvchi xaritasini ishlagan. Uning 22-xaritasinida Orol bilan Kaspiy dengizi rasmlari tushirilgan.

Orol dengizi suvining doimiy pasayish jarayoni davri 1960-yillar muqaddam janubiy qismi, ayniqsa, janubiy-sharqiy qismi ko'pgina orollardan iborat edi. Daryo deltasidan bir-biri bilan tutashib ketuvchi ko'llarning g'oyat ko'pligi, ularning oralaridagi qurg'oqliklar orollarni eslatib turardi. Shuning uchun ham deyarli barcha tadqiqotchilar dengizning Orol nomi berilishi - ko'pgina orollar mavjudligi bois berilgan bo'lishi mumkinligi xulosa qiladi.

1701-yili Rossiyada chiqarilgan «Butun Sibirning xarita kitobi» S. U. Remezov tomonidan yozilgan bo'lib, O'rta Osiyo xalqlari uning 22 sahifasida keltirilgan. «Xarita kitob» shu kunga qadar O'rta Osiyo xalqlari haqidagi ma'lumotlar mavjud. Kitobda Orol dengizi rus manbalarida birinchi marotaba xozirgi nomi bilan «Mope Apa^cKoe» ko'rinishida yozilgan.

Open access journal

www.in-academy.uz

Orol dengizining qurishi 1950-1960-yillarda boshlanadi, ammo insonlar e'tiborga olishmaydi, 1980-1990-yillarda Orol tobora ortga chekinib tabiatga o'z ta'sirini ko'rsata boshlaydi. Bu ayanchli xodisa ko'pgina ijodkorlarning ham qalbiga, ijodiga tasir o'tqazadi. Ayniqsa rassomlar ijodida ko'zga ko'rinadi. Orol mavzusidagi ko'pgina asarlari bilan tarixda o'z o'rniga ega rassomlarning biri Rafael Matevosyan va Faim Madgazinlar bo'lib, ular hattoki Orol kuychisi nomini olishgan. Bundan tashqari rassom A.Erimbetovning "Taras Shevchenko Orolda", Galya Abdiraxmanovaning "Orol qayg'usi", I.Djaqsibaevning "Orol", J.Izentaevning "Orol qayg'usi", B.Aytmuratovning "Orol ona" (driptix) asarlari mavjud bo'lib, Orol bo'yida yashovchi xalqning og'riqli mavzusiga aylandi. Bu mavzudagi asarlarni yaratish hozirda ham rassomlarning e'tiborida. Orol mavzusini ochib berishda har rassom o'z qarashlari bilan, ko'ngil kechinmalarini xolstga tushiradi. Orol atrofidagi o'ziga xos jarayonlarning ko'rinishini rassom F.Madgazin ijodida kuzatish mumkin. F.Yu.Madgazin Qoraqalpog'iston tasviriy san'atining ilk asoschilaridan biri. U ko'plab manzara va tematik rasmlar, zamondoshlarining portretlari muallifi. Uning sevimli janri - manzara. Rassom Amudaryo va Orol dengiziga ko'plab rasmlar bag'ishlagan. 1930 yilda Saratov viloyatida tug'ilgan. Chizmachilik san'atiga qiziqish dastlabki yillarda uyg'ondi. Rassom Nukus shahridagi o'rta maktabni tugatgach, P.Benkov nomidagi Toshkent rassomlik bilim yurtining rassomlik fakultetiga o'qishga kiradi. Bu yerda mashhur rassomlar Lunev va Redakinlardan saboq olgan. Madgazin ijodiy individualligining shakllanishida unga chizmachilik va naqqoshlik asoslarini o'rgatgan ana shu pedagoglar ta'sir ko'rsatgan. 1959 yilda Madgazin Rassomlar uyushmasiga qabul qilindi. Qoraqalpog'iston bo'ylab ko'plab va shaxsiy sayohatlar badiiy tajribaning boyishi va dunyoqarashining kengayishiga xizmat qildi. Bu Orol dengiziga bag'ishlangan rasmlar turkumidir. Bu rasmlarda hamma narsa harakatda, hamma narsa nafas oladi, tebranadi, hatto dengiz yuzasida ham deyarli suvning o'zida uchayotgan laylaklarning o'tkir tovushi eshitilayotgandek tuyuladi. Rassom ijodida Orol bo'yi qizg'in hayotining oxirlari tasvirlanadi. Ijodkor xolstga ko'chirgan tasvirlar bugun tushdek. Undagi tirikchilikning, iqtisodning, tabiatning hayotiy tasvirlari mavjud. Dengiz borki inson umrida, turmushida, harakatida hayot bor. Mana shunday hayotiy lavhalarni rassomning «Uch say» (1980y), «Закат», «Лов рыбы способом коза», «Окраина Муйнак», «Бакенщики», «Арал сегодня», «Лов рыбы в Аральском море», «Корабль на песке», «Ондатроловство», "Муйнак рыбацкий участок", «Шевченко в Арале» asarlarida kuzatish mumkin. Ayniqsa rassomning "Orol dengizidan baliq ovlash" asarida qish ayozli kunlarida ham Orol bo'yi aholisi muz tagidan baliq ushlab o'z tirikchiligi uchun harakat qilmoqda. (KP 8005). Hozirgi kunda Orol dengizining qurishi oqibatida suvda tuz mug'dori oshib baliqlarning yashash imkoniyati mavjud emas. Ijodkorning "Muynoq baliq zavodidagi kemalar to'xtash joyi" deb nomlangan asarida toshqin dengizda harakatlangan kemalar zavod uchun baliq etqazib bermoqda. Bu zavodlarda qanchadan qancha baliq konservolari tayyorlanib, urush yillarida frontga necha ming tonna xisobida baliq konservolarini etqazib turgan. (KP 14269)

Orol mavzusi mahalliy rassomlarning ham e'tiboridan chetda qolmadi. Rassom J.Izentaev ijodiy davriga kelib Orol dengizi ancha chekingan, uning ekologiyaga ta'siri sezilarli darajada bilinmoqda edi. Jollibay Izentaev 1943-yili Qo'ng'irot tumanida tug'ilgan. 1961-1966 yillari P.Benkov nomidagi rassomchilik bilim yurtida, 1966-1974 yillar A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutida bilim olgan, 1978 yil O'zbekiston rassomlar

Open access journal

www.in-academy.uz

uyushmasining a'zosi, 1974 yildan boshlab ijodkor sifatida Respublika va umumxalq ko'rgazmalarda ishtirok etgan. Qoraqalpog'iston respublikasi gerbi va bayrog'ining muallifi J.Izentaev 1983 yili Respublika miqyosidagi "Berdax nomidagi davlat mukofoti egasi", 1992 yil Qoraqalpog'iston Respublikasiga xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, 1997 yil O'zbekiston Badiiy Akademiyasi haqiyqiy a'zosi-akademik, 2QQQ yil "O'zbekiston xalq rassomi", 2013 yil vafotidan so'ng "Qoraqalpog'iston Vatanim mening" nomli asarlari uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan tag'dirlabdi.

J. Izentaev badiiy asarlari syujetli etyudlarni eslatadi. Ularda maishiy hayot ko'rinishi tasvirlanadi. Rassomning ijodkorligi va qobiliyati tufayli qoraqalpoq xalqining hayotidagi oddiy turmush shaklu-shamoyillari ochib beriladi. Ijodkorning "Orol qayg'usi" asarida Orol muammosini ochib berishga, qayg'usini ko'rsatishga harakat qiladi. U yerda Orol qurigach ishsiz qolgan kema misli bir xayoti tugagan insonday ya'ni kemani tobut ko'rinishida odamlar olib borayotgani tasvirlangan. Bu asarda tomoshabin bir inson ko'rinishindagi kemaga emas necha ming insonlarning hayoti, kasb-hunari, turmushi, salomatligi bog'liq Orolning ayanchli tag'diriga qayg'uradi. (KP 7599)

Qoraqalpoq haykaltaroshlarining izdoshi, shogirdi sifatida ijod yo'lini tanlagan Azat Seytimbetov Abdiramanovich ham qoraqalpoq san'at tarixida bir qancha tasviriy va haykaltaroshlik asarlar yaratadi. Ijodkor 1963-yili 15-fevralda Nukus shahrida tug'ilgan. Maktab davrlaridanoq tasviriy san'atning sirlarini o'zlashtira boshladi. Yosh rassomning ilk ustozi J.Lepesov bulg'usi rassomning ilk asarlarini, undagi g'oyalarning va ma'no jihatdan takrorlanmas rasmlarni chizishga qodir ekanligini, kichkina bo'lishiga qaramasdan katta iste'dod egasi ekanligini sezdi. Yosh rassomga ustoz o'z bilimlarini erinmasdan o'rgata boshlaydi. Yosh rassomning "Ona va bola" tasviriy san'at asari bilan Yaponiya davlatida bo'lib o'tgan ko'rgazmada ishtirok etib, rassomning ko'pchilik etiboriga tushishiga sabab bo'ldi. Yosh ist'edod egasi J.Shamuratov nomidagi san'at bilim yurtining rassomchilik bo'limini 1983-yil bitirdi, 1985-yildan Qoraqalpoq davlat o'lkashunoslik muzeyida (hozirgi Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi) rassom-restavrator sifatida faoliyat olib bordi. Rassomning haykaltaroshlik asarlari bilan yaqindan tanishganimizda suvi qurib borayotgan Orol dengizini ona timsolida ifodalaydi. Bu kabi ifodasi bilan rassom tabiatni ona kabi qadirli ekanligini bildirmoqchi bo'ladi. Ijodkorning «Ona tabiat» haykaltaroshlik asarida tabiat ona timsolida gavdalanadi. Yosh onaning yuzlari Orol sifatida tabiatning sharoitidan qiynalayotgan ifodali yuzi, tabiatning ayovsiz sharoiti ilon misolida orolni bo'g'ayotgani tasvirlangan. Asarda ifodalangan Orolning qiyinchiliklar zaminida qanchadan qancha onalar, yosh avlodlar ekologik sharoitidan qiynalayotganini tomoshabinga etqazishga intiladi.(3.KP 6849)

«Qichqiriq» asari ham orol muammosiga bag'ishlangan bo'lib, ijodkor tomonidan uzum yog'ochining ildizidan ishlangan, asarning faqat yuziga ishlov berilgan. Asarda inson bor ovozi bilan Orol quriyotganini olamga qichqirib etkazmoqchiligi ifodalagan, qichqirayotgan yuzlarning gavdasi yog'ochning tabiiy ko'rinishi bo'lib, yuzlarida esa Orol qo'rigannan keyingi zararli oqibattan bo'g'ilib qiynalayotgan inson obrazlari gavdalanadi. (4. KP 6552.).

Haykaltaroshning Orolga bag'ishlangan yana bir asari «Orol qayg'usi» deb nomlanadi. Bu asar yog'ochdan ishlangan bo'lib, asarda Orolni katta yoshli chol timsolida yaratadi. Cholning yuzlari, uning ajinlari suvsizlikdan kuriyotgan Orol, soqollaridagi oq ishlovlar Orolning suvi

«

www.in-academy.uz

qochgannan keyingi shamol bilan ko'tarilayotgan tuzlar. Cholning ya'ni Orolning atrofida suvsizlikdan nobud bo'layotgan baliq va qushlarni ko'rish mumkin. (5. KP 10652).

Orol mavzusida ijod qilgan rassomlar ko'pchilikdan tarkib topgan, lekin ularning har birining qalbida bitta qayg'u bilan birga bitta umid yashaydi, u ham bo'lsa Orol dengizining qaytib kelishi va atrofga, aholiga, tabiyatga, insonlar hayotiga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatishini kutmoqda. Bugungi kunda olib borilayotgan islohatlar ana shu umidning bir maxsulidir.

www.in-academy.uz

Open access journal

www.in-academy.uz

References:

1. A.Allamuratov «Qaraqalpaq iskusstvosinin" tariyxinan», - «Qarakalpaqstan» baspasi, N.; 1968y

2. V.Lakovskaya "Jollibay Izentaev"., T.: Издательство литературы и искусства имени Гафруа Гуляма-1989

3. J.Izentaev "Kewil keshirmeleri"., N.: "Qaraqalpaqstan".-2009.

«

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

www.in-academy.uz

Katalog Jollibay Izentaev , "Живопись образ и цвет" N.: "Karakalpakstan".-1988. Katalog Elmira Ahmedova "Jolliboy Izentaev". Katalog Elmira Ahmedova "Izentaev Jollbibay". J.Izentaev «Aral qayg'isi», - KP 7599, INV-KBM 151 F.Madgazin "Orol dengizidan baliq ovlash",- KP 8005 F.Madgazin "Muynoq baliq zavodidagi kemalar to'xtash joyi", - KP 14269 V.Palwaniyazova «Ag'ashqa jan endirgen musinshi», - «Qaraqalpaqstan jaslari», № 26-27 (8147), 2021-y 15-iyun

11. A.Seytimbetov «Ona tabiat», - KP 6849, INV-TS 518.

12. A.Seytimbetov «Orol qayg'usi», - KP 6552, INV-TS 519.

13. A.Seytimbetov «Qichqiriq», - KP 10652, INV-TS 896.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.