Mavlonova S.H.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Geografiya fani o'qituvchisi Xudoyorov L.X.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi
3-kurs talabasi
OROL DENGIZINING EKOLOGIK HOLATI-BUGUNGI DUNYONING
DOLZARB MUAMMOSI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Orol dengizining holati, hamda qurib borish sabablari haqida ma'lumot berilgan. Bugungi kunda Orol dengizining ekologik holati, atrof-muhitga ta'siri haqida fikr va mulohazalar bildirilgan. Ekologik holatni ijobiy tomonga o'zgartirish borasida taklif vayechimlar berilgan.
Kalit so'zlar: Orol dengizi, daryolar, tuzli changlar, kasalliklar, suv, mintaqa, sho'rlanish.
Mavlonova S.H.
Shahrisabz State Pedagogical Institute
geography teacher Khudoyorov L.Kh.
Shahrisabz State Pedagogical Institute The direction of the basics of geography and economic knowledge
3rd year student
ECOLOGICAL STATUS OF THE ARAL SEA IS THE CHALLENGING
PROBLEM OF TODAY'S WORLD
Abstract: This article provides information about the state of the Aral Sea and the reasons for its drying up. Today, opinions and comments about the ecological condition of the Aral Sea and its impact on the environment are expressed. Proposals and solutions for changing the ecological situation in a positive direction are given.
Key words: Aral Sea, rivers, salt dust, diseases, water, region, salinity.
Topolmay yetibmiz dardiga chora O'zi suv dardiga topolmay davo, Bizdanyordamso'rar Orol bechora
Bir vaqtlar to'lib, mavjlanib turgan moviy dengiz qurib, bepoyon bir sahroga aylandi. O'zida kemalarni harakatlantiradigan Orol dengizidan asar ham qolmadi. Bular endi faqat tarixda qoldi. Dengizning qurishi g'oyat keskin muammoga aylandi. Afsuski, bu insoniyatning milliy kulfati bo'lib qoldi.
Umuman olganda, Orol dengizining muammosi yaqin tarixga borib taqaladi. O'tgan asrimizning 80-90 yillariga qadar bu dengiz dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblangan. Kattaligi jihatidan dunyoda to'rtinchi, Yevrosiyo materigida ikkinchi o'rinda bo'lgan. Havzasining kattaligi uchun "dengiz" deb nom olgan. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-g'arbga cho'zilgan, bo'lib uzunligi 428 km bo'lgan. Eng keng joyi esa 235 km bo'lgan. Havzasining maydoni 69 ming km. kvni tashkil qilgan edi. Suvining hajmi 1000 km. kubga teng bo'lgan. Eng chuqur joyi dengizning g'arbiy qismida bo'lib, 69 m.ga teng bo'lgan. O'rtacha chuqurligi 16,5 m. atrofida o'zgarib turgan. O'tmishda Orol dengizi suvi vaqti-vaqti bilan Kasbiy dengiziga quyilib turgan. Orol dengizi chuqurligi deyarli yuqori bo'lmagan. Chuqur joylari g'arbiy ya'ni Qoraqalpog'istonning Ustyurt platosida bo'lib, 69 m.ga yetgan [1].
Orol dengizini birinchi marta A.I. Butakov 1848-1849 yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan. Umuman olganda Orol dengizi insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Mo'ynoq kabi yirik portlar faoliyat ko'rsatgan. O'tgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliq ovlanib kelingan. Afsuski keyinchalik, dengizning suvi kamayib ketishi natijasida unda yashayotgan jonzotlar soni kamaya borgan.
Xususan shuni ta'kidlash joizki, Orol dengizining qurishiga birinchi navbatda, unga quyiladigan daryolar suvidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan bo'lsa, ikkinchidan uning quriyotganini bilaturib e'tiborsiz qoldirilgani bo'ldi. Oxir-oqibat bu katta bir muammoga aylandi. O'zbekiston va Qozog'iston davlatlari mutaxassislarining fikricha, Sho'ro ittifoqi ham Xalqaro hamjamiyat ham "Orol fojiasi"ga yetarli e'tibor bermagan. Umuman olganda Orolga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo daryolari suvidan noo'rin foydalanish natijasida "Orol fojeasi" deb atalgan global ekologik holatni paydo qiladi. Nadomatlar bo'lsinki, bu hol yillar o'tgan sayin yomonlashib boraverdi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi hududining 90% qismini yo'qotib uchta alohida ko'lga aylandi. Sho'rlanish darajasining oshishi natijasida, atrofdagi o'simlik va hayvonot olamining qirilishiga sabab bo'ldi. Bu holat nafaqat o'simlik va hayvonot dunyosi balki, iqlim o'zgarishiga ham sababchi bo'ldi. Yozi issiqroq, qishi esa sovuqroq bo'la boshladi.
Akademik A.S. Berg o'zining asr boshlarida yozgan "Orol dengizi" asarida dengiz suvi qurib qolsa uning tubida tuz qoplami paydo bo'lishi haqida ogohlantiradi. Mahalliy shamollar kuchli, tez ko'tarilib, Orol dengizidan yuzlab kilometrlarga shu jumladan dengizni to'yintiradigan daryolar Pomir tog'liklaridagi muzliklarga yetib borishini ta'kidlaydi. Falokat shunda boshlanadi deb ogohlantirgan. Mana shunday ham bo'ldi. Tuzli changlar orolqumdan o'nlab, hatto yuzlab km. masofaga tarqalib ketdi. Tabiiy o'tloqlar, bog'lar, shaharlar va qishloqlar ustiga yog'ildi. Oroldagi tuzli changlar hatto Pomir va Tyanshan tog'larining cho'qqilaridagi muzliklarga ham yetib bordi. Bu esa muzliklarning erishini tezlashtirib yubordi. Bundan ham achinarli holat shundaki, dengizning qurib qolgan qismida hosil bo'lgan tuzlar, shamol esganda chang bilan aralashib
dengiz atrofida yashab kelayotgan insonlar sog'lig'iga katta ta'sir ko'rsatgan [2].
Mutaxassislarning fikriga ko'ra har yili dengiz o'rnidagi sahrodan 100-150 milllion tonnadan ko'proq chang-tuz osmonga ko'tarila boshlagan. Tabiiyki bu holat nafaqat atrof-muhit balki insonlar hayotiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Buning oqibatida har xil kasalliklar ko'paygan. Xususan, saraton turlari, o'pka va yurak kasalliklari avj olgan. Ayniqsa 1990-yillarda yosh bolalar o'rtasidagi o'lim Qoraqalpog'istonda mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan yuqori bo'lgan. Hatto tug'ilayotgan bolalarning ko'pchligida nogironlik holati kuzatila boshlaydi. Bir so'z bilan aytganda Orol dengizining qurishi mintaqaga katta ta'sir ko'rsatadi. Orol dengizi muammosi hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishdir. "Biz Orol dengizini qutqarmoqchimiz ammo butun mintaqani ham sug'orma dehqonchilikdan voz kechishi ham imkonsiz" deydi-Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg'armasi rahbari Medad Aspanov. Orolning qurishi birgina suv muammosini emas balki, atrof-muhitning ifloslanishiga ham olib keldi.
Xususan tuzlarning yer yuzasiga yog'ilishi paxta hosildorligining 5-15% sholining esa 3-6% ga hosildorligi kamayishiga olib keldi. Orol bo'yida yog'ilayotgan chang-tuz zarralarining umumiy miqdori o'rtacha har gektar maydonga 52 kg.ni tashkil etgan holda tuproq holati yomonlashuvini asosiy sababchilaridan biri bo'lib qolganligi hech kimga sir emas. Sho'rlangan qum to'zonlari yiliga Orol bo'yidagi 15 ming gektarga yaqin yaylovlarni ishdan chiqargan. G'o'za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo'zg'atuvchi zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo'jaligi mahsuotlarining hosili esa yildan-yilga pasayib bormoqda. Bu esa katta iqtisodiy yo'qotish edi. Xolis qaralsa fojeaning og'ir yuki O'zbekiston chekiga tushmoqda. Ayrim xalqaro mutaxassislar O'zbekiston hukumati Orolni qutqarish yo'lida jiddiy harakat qilmadi degan fikrlar bildirilgan. Ammo O'zbekiston bu muammoni hal qilish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilmoqda. Bir so'z bilan aytganda muammo hali ham o'z yechimini topgani yo'q[3].
Hozirda O'zbekiston Orol dengizini emas, balki uning atrofida yashayotgan insonlarni, mavjud eko-tizimlarni asrab qolishga e'tibor qaratmoqda. Chunki birdan bir yo'l endi uni tiklash emas balki, bu joyni atrof muhitga ta'sirini kamaytirish. Aks holda bu yanada katta muammolarni keltirib chiqaradi. Iqlim keskin o'zgarayotgan bir paytda Orol dengizining holati yanada yomonlashmoqda. Shuning uchun mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda O'zbekiston o'z yordamini bermoqda. Bu birgina davlatga tegishli emas balki, hozirgi kunda mintaqaviy muammo sanalmoqda. Shuning uchun O'rta Osiyo davlatlari o'zaro kelishgan holda bu masalaga yechim topib mavjud muammoni bartaraf etishlari lozim. Shunday ekan barchamiz xushyor bo'lishimiz va yordam berishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Berg L.S. Aralskoye morya. M.: 1908.
2. V.L. Mashrapov. O'rta Osiyo gidrografiyasi.T.: 1969.
мЭкономнка h ^uyM" №10(113)-1 2023
www.iupr.ru
350
3. A.S.Berg. Orol dengizi. M.: 1972.
4. P.Baratov. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. T.: 1976.
"Экономика и социум" №10(113)-1 2023
www.iupr.ru
351