Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO GEOSIYOSATIDA SUV MUAMMOLARI'

MARKAZIY OSIYO GEOSIYOSATIDA SUV MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
563
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv stressi / suv urushlari / suv muxojirlari / Orol fojeasi / Kasbiy dengizi / transchegaraviy daryolar / Rog’un GESi / Qambarota GESi / Qo’shtepa kanali / Kampirobod suv ombori / “yer evaziga suv” / anklav / eksklav / chegaraviy nizolar. / water stress / water wars / water migrants / Arol disaster / Kasbi Sea / transboundary rivers / Rogun HPP / Kambarota HPP / Koshtepa canal / Kampirabad reservoir / "water for land" / enclave / exclave / border disputes.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Ergasheva, Marjona O’ral Qizi

Mazkur maqolada suv bilan bog’liq muammolarning geosiyosiy tus olib borishi, suv resurslaridan foydalanishdagi tushunmovchiliklar sababli kelib chiqayotgan davlatlar o’rtasidagi nizolar, Orol fojeasining kelib chiqish sabablari va uning hozirgi kundagi oqibatlari, tobora qurib borayotgan Kaspiy dengizi, transchegaraviy daryolardan foydalanishning geosiyosiy jihatlari, Afg’onistonda qurilayotgan “Qo’shtepa” kanalining Markaziy Osiyoga ta’siri, Rog’un va Qambarota GESlari qurilishining kelishmovchiliklarga sabab bo’lganligi hamda suvdan bosim quroli sifatida foydalanishga urinishlar kabi bir qator masalalar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WATER PROBLEMS IN GEOPOLITICS OF CENTRAL ASIA

In this article, the geopolitical aspects of water-related problems will be deeply analyzed. Particularly, arising conflicts between countries due to misunderstandings in the use of water resources, the causes of the desertification in the Aral Sea and its consequences, the decline of Caspian Sea, the geopolitical aspects of the use of transboundary rivers, such as the influence of the construction of "Koshtepa" canal in Afghanistan and disagreements with the construction of the Roghun and Qambarota hydroelectric power plants and attempts to use water as a pressure weapon will be discussed.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO GEOSIYOSATIDA SUV MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

MARKAZIY OSIYO GEOSIYOSATIDA SUV MUAMMOLARI

Marjona Ergasheva O'ral qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi marj ona.ergasheva.03 @bk.ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada suv bilan bog 'liq muammolarning geosiyosiy tus olib borishi, suv resurslaridan foydalanishdagi tushunmovchiliklar sababli kelib chiqayotgan davlatlar o'rtasidagi nizolar, Orol fojeasining kelib chiqish sabablari va uning hozirgi kundagi oqibatlari, tobora qurib borayotgan Kaspiy dengizi, transchegaraviy daryolardan foydalanishning geosiyosiy jihatlari, Afg'onistonda qurilayotgan "Qo'shtepa" kanalining Markaziy Osiyoga ta'siri, Rog'un va Qambarota GESlari qurilishining kelishmovchiliklarga sabab bo'lganligi hamda suvdan bosim quroli sifatida foydalanishga urinishlar kabi bir qator masalalar haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: suv stressi, suv urushlari, suv muxojirlari, Orol fojeasi, Kasbiy dengizi, transchegaraviy daryolar, Rog'un GESi, Qambarota GESi, Qo'shtepa kanali, Kampirobod suv ombori, "yer evaziga suv ", anklav, eksklav, chegaraviy nizolar.

ABSTRACT

In this article, the geopolitical aspects of water-related problems will be deeply analyzed. Particularly, arising conflicts between countries due to misunderstandings in the use of water resources, the causes of the desertification in the Aral Sea and its consequences, the decline of Caspian Sea, the geopolitical aspects of the use of transboundary rivers, such as the influence of the construction of "Koshtepa" canal in Afghanistan and disagreements with the construction of the Roghun and Qambarota hydroelectric power plants and attempts to use water as a pressure weapon will be discussed.

Key words: water stress, water wars, water migrants, Arol disaster, Kasbi Sea, transboundary rivers, Rogun HPP, Kambarota HPP, Koshtepa canal, Kampirabad reservoir, "water for land", enclave, exclave, border disputes.

АННОТАЦИЯ

В данной статье будут глубоко проанализированы геополитические аспекты водных проблем. В частности, возникающие конфликты между странами из-за непонимания в использовании водных ресурсов, причин опустынивания Аральского моря и его последствий, упадка Каспийского моря, геополитических аспектов использования трансграничных рек, таких как влияние речь пойдет о строительстве канала «Коштепа» в Афганистане, о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

разногласиях со строительством Рогунской и Камбаратинской ГЭС и попытках использовать воду в качестве оружия давления.

Ключевые слова: водный стресс, водные войны, водные мигранты, Арольская катастрофа, Касбинское море, трансграничные реки, Рогунская ГЭС, Камбаротинская ГЭС, Коштепинский канал, Кампирабадское водохранилище, «вода за землю», анклав, эксклав, пограничные споры.

Yer yuzida hayot mavjudligining asosiy manbayi hamda kelajak masalasi sanalgan suv va undan to'g'ri foydalanish jahon miqyosida suvga bo'lgan talabning keskin o'sishi hamda o'z navbatida suv resurslarining tobora qisqarib borishi fonida tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu o'rinda, "obi hayot" to'g'risidagi quyida keltiriladigan bir qator faktlar mazkur xavotirlarning nechog'lik asosli ekanligini ko'rsatadi:

• Yer sharining uchdan ikki qismi suv bilan qoplangan biroq uning 97,45 % i iste'molga yaroqsiz sho'r suvlar hisoblanadi;

• shundan 2,55 foizi chuchuk suv resurslarini tashkil etib, buning 69%i muzliklar, 30%i yer osti suvlari, 0,3%i daryo va ko'llar hissasiga to'g'ri keladi;

• dunyo aholisining har 10 tadan 4tasi toza ichimlik suviga muhtoj;

• prognozlarga ko'ra 2050-yilga borib dunyo aholisining uchdan ikki qismi chuchuk suv tanqisligidan aziyat chekadi.

• yer shari aholisi soni 2050- yilga borib 9,8 milliardga yetishi bashorat qilinmoqda. Bu esa muqobil ravishda suvga bo'lgan ehtiyojning oshishiga sabab bo'ladi; (Erdonov & Mustayev, 2022)

• Zaxiralarga nisbatan suv olishning hajmi ya'ni "suv stressi" ko'rsatkichlari ham jahon miqyosida tobora yuqorilab bormoqda, xususan, eng yuqori ko'rsatkich Quvaytda (3850%) qayd etilsa, eng yaxshi holat Kongoda (0,03%) sanaladi. Shundan Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham ahvol anchagina og'ir ahvolda desak adashmagan bo'lamiz. (O'zbekiston (169%), Turkmaniston (144%), Tojikiston (62%), Qirg'iziston (50%) hamda Qozog'iston (33%.)) (Dunyoning qaysi davlatlarida 2040-yilga kelib suv tanqisligi kuchayadi? (xarita), 2022)

Yuqoridagi qator faktlarda ko'rinib turganidek, suvning ahamiyati jahon miqyosida tobora oshib bormoqda hamda uning qiymati neftga tenglashtirilganligi ham sir emas. Shu sababli, "suv urushlari", "suv muxojirlari" singari bir qator iboralarga ham ko'zimiz tushmoqda-ki, suvdan to'g'ri foydalanish davlat siyosati darajasigacha ko'tarilib, mamlakatlar o'rtasidagi turli xil nizolarga asosiy omil ham aynan suvdan foydalanishdagi tushunmovchiliklar hamda baxslar bo'lib kelmoqda. Butun dunyo e'tibor markazida bo'lgan, global ahamiyat kasb etgan va hatto jahon

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

xavfsizligiga tahdid sifatida qaraluvchi konfliktlar, misol uchun Pokiston va Hindiston o'rtasidagi Kashmir muammosi, Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi Tog'li Qorabog' muammosi yoxud Isroil va Falastin o 'rtasidagi qonli nizo kabilarga ham aynan suvdan foydalanishdagi raqobat asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

Bu to'g'risida ilmiy- siyosiy doiralarda ham ko'p bora tilga olinishiga guvoh bo'lamiz. Xususan, AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi xodimlarining 2012-yildagi ma'ruzasida ta'kidlanishicha, (Global Water Security, 2012) "Suvning noto'g'ri taqsimoti ko'plab ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Dunyo miqyosida suv havzalaridan siyosiy bosim o'tkazishda keng foydalaniladi, suvni qurol sifatida qo'llash ehtimoli ham mavjud". Suv masalalariga ixtisoslashib, dunyoning ko'plab tillarida nashr etiladigan "Global Water Intelligence" jurnali ma'lumotiga ko'ra, (Global Water Report) suv bozorida bir yilda aylanadigan pul miqdori butun dunyo bo'yicha harbiy maqsadlar uchun sarflanayotgan mablag'ga yaqinlashib qolgan. Bu hali jarayonning boshlanishi. 2006-yili Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi davlat rahbariyatiga murojaat qilib, butun Yer shari bo'ylab ichimlik suvi tanqisligidan ro'y berishi mumkin bo'lgan urushga tayyor turishga chaqirgan edi. O'sha paytdagi Mudofaa vaziri Jon Reydning fikricha, bunday muhoraba bir vaqtning o'zida dunyoning bir necha mintaqasini qamrab oladi. (K., 2006)

Metod

Ushbu maqola davomida sistematik va analitik metodlardan unumli foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Prognozlarga ko'ra, 2040- yilga borib "suv stressi" eng yuqori bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishiga asosiy soya solayotgan muammolardan biri ham suv ustidan bo'lgan raqobat sanaladi.

Quyida suv taqsimoti hamda undan noto'g'ri foydalanish sababli kelib chiqqan bir qator muammolar haqida so'z yuritiladi.

I. Orol dengizi inqirozi: Nafaqat mintaqa, balki jahon hamjamiyatining e'tibor markazida bo'lgan mazkur ekologik falokatning kelib chiqish sabablari haqida to'xtalar ekanmiz, uni mustamlakachi mamlakatning o'z qaram mamlakatlari uchun tayyorlab qo'ygan yana bir "unutilmas tuxfasi" deyishimiz mumkin. "Puxta o'ylangan" imperialistik siyosat natijasi o'laroq, Orol dengizining asosiy manbayi hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo suvlarining bir tomchisini ham dengizga yetib borishiga yo'l qo'yilmasdan ularni qishloq xo'jaligi uchun sarflashda bosh-qosh bo'lingan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa Orol dengizi qurib bitgan bir sharoitda, uni Rossiyadan keluvchi Sibir daryolari orqali to'ldirish orqali mintaqaning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Rossiyaga qaramligini yanada oshirish hisoblangan. Afsuski, hozirgi kunda ushbu siyosiy o'yin natijasida yuzaga kelgan ekologik halokat nafaqat mintaqa xalqi balki butun dunyo hamjamiyati uchun bevosita tegishli va ahamiyatlidir.

Qozog'iston va O'zbekistonning o'rtasida joylashgan Orol dengizi mamlakatimiz rahbariyatining asosiy e'tibor markazidagi masalalardan hisoblanishi ma'lum. Jumladan, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT minbarida turib so'zlagan har bir nutqida, aynan "Orol fojeasi"ga alohida e'tibor qaratilib muammoni hal qilishda butun dunyo hamjamiyati bir yoqadan bosh chiqarishi kerakligiga urg'u beriladi.

Zero, Orol muammosi - mintaqaviy emas, xalqaro fojeadir.

II. Kaspiy dengizining qurishi: Quruqlikda joylashgan eng katta dengiz hisoblangan, 371 ming kvadrat kilometrni egallaydigan Kaspiy dengizi mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy hayotida beqiyos o'rin egallaydi. Ammo, mazkur dengizning ham tobora sayozlashib qurib borayotganligi biroz e'tibordan chetda qolayotgandek, go'yo.

2022-yil 8-oktabr kuni NASA saytida Kaspiy dengizining 2006 va 2022 yilda tushirilgan fotosuratlari e'lon qilindi. (Yo'ldosh, 2022) 16 yil farq bilan olingan fotosuratlarda Kaspiyning ancha sayoz bo'lgan shimoliy qismida, Qozog'istonning Mang'istov viloyati hududiga tutash joylarda suv ancha kamayib ketganini ko'rish mumkin. Qozog'istonlik ekologlar fikriga ko'ra, Kaspiyda suvning kamayishiga iqlim o'zgarishlaridan tashqari, unga quyilayotgan daryolar to'silib, ularga ko'plab gidroelektrostansiyalarning qurilishi ham sabab bo'lmoqda. Kaspiy dengizining suvi kamaya boshlagandan buyon manfaatdor davlatlar olimlari tomonidan vaziyat kuzatib kelinmoqda. Ularning hisobotlariga ko'ra, dengiz suvi har yili 7-10 santimetr pasaymoqda.

III. Suvni taqsimlash bo'yicha kelishmovchiliklar; Transchegaraviy daryolar:

O'zining strategik ahamiyatiga ko'ra "XXI asr qora oltini" nomini olgan neft o'rnini bosuvchi suv xalqaro ziddiyatlar manbasiga aylanib bormoqda. BMT ma'lumotlariga ko'ra, 276 ta transchegaraviy suv havzalarining 60 foizi qirg'oqbo 'yi davlatlarining o 'zaro hamkorlikdagi boshqaruviga muhtoj. Transchegaraviy daryolar zahiralaridan foydalanishda faqat o'z manfaatini ko'zlab, bir tomonlama qarorlar qabul qilish va qo'shni davlatlar manfaatlarini inkor etish - ziddiyatlarning asosiy sababidir. Ya'ni, hayot manbai hisoblangan suv bir vaqtning o'zida geosiyosiy qurol ham bo'la olishi mumkin. Ana shunday bir necha davlatlar hududidan oqib o'tuvchi daryolar soni Markaziy Osiyoda to'qqizta hisoblanadi: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chu, Talas, Ili, Murg'ob, Tejen, Irtish daryolaridir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar ro'yxati (Yunusov & Mamatova, 2015)

N Daryolarning nomi Uzunligi Kesib o'tuvchi mamlakatlar Daryolarning asosiy irmoqlari

1. Amudaryo 1415km Tojikiston, Afg'oniston, O'zbekiston, Turkmaniston Kofirnigon, Vaxsh, Surxondaryo, Panj

2. Sirdaryo 2275 km Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, O'zbekiston Norin, Qoradaryo, Chirchiq

3. Zarafshon 877 km Tojikiston, O'zbekiston -

4. Chu 1067 km Qirg'iziston, Qozog'iston -

5. Talas 661 km Qirg'iziston, Qozog'iston Assa

6. Ili 1439 km Xitoy, Qozog'iston -

7. Murg'ob 978 km Afg'oniston, Turkmaniston Abuqaysar, Kushan, Kushka

Transchegaraviy daryolar ayni bir vaqtning o'zida bir nechta mamlakatlar iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Shu bois, transchegaraviy daryolar zahiralaridan birgalikda foydalanish qirg'oqbo'yi davlatlarning hamkorligini talab etadi, chunki daryolar faqat bir davlatgagina tegishli emas.

Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suvidan oqilona foydalanish istiqbollari mintaqa mamlakatlarining birgalikdagi o'zaro sa'y- harakatlari bilangina cheklanib qolmay, qo'shni chegaradosh mamlakatlar bilan ham samarali hamkorlikni talab etadi. Mazkur transchegaraviy daryolardan foydalanishning ham bir qator geosiyosiy jihatlari mavjud sanaladi. Jumladan,

• ushbu daryo o'zani joylashgan mamlakatning daryo cho'zilgan boshqa mamlakatlarga qila oladigan siyosiy ta 'siri;

• suv resurslardan foydalanishdagi notekisliklarni sabab qilib mintaqa mamlakatlarini bir-biriga gij-gijlash orqali manfaat ko'ruvchi yirik kuch mamlakatlarining geosiyosiy ta'siri;

• ushbu daryolardan foydalanishda kelib chiqishi mumkin bo 'lgan turli nizolar orqali mintaqada integratsiyalashuvning susayishi kabilardir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72- sessiyasida so'zlagan nutqida Markaziy Osiyoda mavjud bo'lgan suv bilan bog'liq muammolarga alohida to'xtalib, shunday degan edi: "Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog'liq muammolar to'g'risida so'z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o'tolmaymiz. BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o'zaro chambarchas bog'liq", degan pozitsiyasini to'la qo'llab-quvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo'li yo'q." (O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi., 2017)

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, mintaqani asosiy suv bilan ta'minlovchi daryolarning aksariyati, xususan Amudaryo hamda Sirdaryo ham transchegaraviy ahamiyat kasb etadi-ki, undan samarali foydalanishning yagona yo'li o'zaro hamkorlik hamda murosa sanaladi. Shu o'rinda, davlatimiz rahbarining O'zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to'g'risidagi konvensiyalar loyihalarini qo'llab-quvvatlashi to'g'risida ta'kidlab o'tgani alohida e'tiborga molikdir.

Biroq, mintaqa mamlakatlarining aksariyat hollarda, faqat bir tomonning manfaatlariga asoslangan holda suv resurslaridan foydalanishi, hattoki undan geosiyosiy bosim quroli sifatida foydalanib kelganligi ham sir emas.

Ahamiyatga molik boshqa bir jihati shundaki, nafaqat Markaziy Osiyoning besh mamlakatidan balki Afg'oniston hududidan oqib o'tuvchi Amudaryo suv resurslariga egalik qilishdagi muammolar bir karra ko'paydi. Negaki, 2022- yil 31- martida Tolibon hukumati mamlakat shimolida ulkan "Qo'shtepa" kanali qurish taqdimotini o'tkazgan hamda hozirgi kunda uning qurilishi jadal sur'atlar bilan davom etmoqda. Ma'lumot o'rnida, kanal uzunligi 285 kilometrni tashkil etadi. Loyiha qiymati 684 million dollarga baholangan. Kanalning kengligi yuz metr, chuqurligi 8,5 metr. 2022-yil mart oyidan boshlab 4 ming nafargacha kishi ishtirokida faol qurilish ishlari olib borilmoqda.

Qo'shtepa kanali unchalik kichik emaski, u allaqachon kosmosdan aniq ko'rinib turibdi. Kanal Amudaryodan 10 kub kilometr suv olish maqsadida qurilmoqda. Transchegaraviy daryodan suvning yarim miqdori yangi kanalga olinganda ham, bu quyi oqimdagi mamlakatlar uchun sezilarli ta'sir o'tkazadi. ( ШУЛЕПИНА, 2022) Tashvishlanarlisi, agarda loyiha amalga oshiriladigan bo'lsa, Amudaryo suvinining deyarli uchdan bir qismi Afg'onistonga oqishi hamda O'zbekistonning Xorazm, Navoiy, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida suv taqchilligini keltirib chiqarishi mumkin. (Амударё суви кескин камайиши мумкин. Толиблар кураётган Куштепа кдндай канал?, 2023)

Shu o'rinda, bir savol tug'ilishi mumkin: shundoq ham iqtisodiy jarlik yoqasida turgan, ichki ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik avj olgan Afg'onistonda mazkur ulkan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

moliyaviy mablag' talab etishi muqarrar bo'lgan kanal qurilishining tez sur'atlar bilan amalga oshirib borilayotganligi kishini shubha ostiga qo'yadi. Va bunda aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgan Afg'oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida nizo urug'larini sochishni maqsad qilib qo'ygan katta kuch markazlarining qo 'li bor degan taxminni yuzaga keltiradi.

Umuman olganda, mintaqadagi suv resurslaridan foydalanishdagi ma'lum muammolardan ustamonlik bilan foydalanib mintaqaning jipslashuviga salbiy ta'sir ko'rsatishga urinuvchi mamlakatlarning mavjudligi ham sir emas. Xususan, eski imperiyachilik ambitsiyalarini qumsayotgan Rossiyaning mintaqa ichki ishlariga bevosita aralashuvi yoxud mintaqa xalqi o'rtasida salbiy propaganda tarqatish orqali ularni bir- biriga gijgijlash holatlarini ham uchratishimiz mumkin.

Bunday vaziyatda O'zbekiston rasmiylari oldida preventiv diplomatiyani ishga solgan holda muzokaralar o'tkazish hamda masalani har bir mamlakat uchun manfaatli tarzda hal qilish yotibdi.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, BMTning Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko'llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi konvensiyasining tomonlarning tenglik asosida ikki tomonlama bitimlar yoki boshqa kelishuvlar tuzishini nazarda tutuvchi 9- moddasi (Convention, 1992, p. 7) kabi xalqaro tartibda belgilab qo'yilgan qonun va qoidalarga mintaqaning har bir mamlakati tomonidan qat'iy amal qilinsa hamda suvni qo'shnilariga nisbatan bosim quroli sifatida foydalanilmasa mintaqaning har bir a'zosi uchun manfaatli bo'lgan bo'lar edi.

IV. Gidroenergetikani rivojlantirish.

Markaziy Osiyo mintaqasinining ikki mamlakati Qirg'iziston va Tojikiston oqimning yuqori qismida joylashgan bo'lsa, quyi oqim mamlakatlariga Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston kiradi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida "oqilona foydalanish niyatida" yagona elektr tarmog'i yaratilgan. Katta daryolar va kanallar tizimiga ega bo'lgan mamlakatlar elektr tokini sotishgan. Bunday elektr eksporti juda ko'plab SSSR mamlakatlari uchun manfaatli edi. Suvdan foydalanishning sovet strukturasi mezoni maksimal umumiy unum olishdan iborat bo'lgan. Bunda barcha respublikalar SSSR umumiy byudjetidan zaruriy kompensatsiyalarni olishardi, lekin ikki tomonlama kelishuv asosida emas, balki umumiy asosdadir. (Khushmatova, 2021)

Mustaqillikka erishgandan so'ng, shubhasiz milliy manfaatlarning ustuvorligi sababli yuqori oqim mamlakatlariga suv resurslari orqali quyi oqim mamlakatlariga o'ziga xos bosim o'tkazishga urinish holatlari ham kuzatilgani sir emas.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Xususan, Qirg'iziston tomonidan Sirdaryo Yuqori Norin kaskadida Qambarota GES qurish masalasi, Tojikiston tomonidan Amudaryo quyi qismida Rog 'un to 'g 'oni kabi loyihalar qolgan mamlakatlar tomonidan ulkan muhokama ostiga olingan.

Negaki, ushbu loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi quyi oqim mamlakatlariga kelayotgan suv miqdorini bir necha barobar qisqartirishi, mintaqada texnogen falokatlar keltirib chiqarishi hamda suvning notekis taqsimlanishiga olib kelishi mumkin.

V. Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish:

Ma'lumotlarga qaraganda, dunyodagi chuchuk suvning 70 foizdan ko'proq qismi qishloq xo'jaligida, deyarli 20 foizi sanoat ishlab chiqarishida, 10 foiz atofidagi miqdori maishiy xizmat ko'rsatishda foydalaniladi. (Use of water in food and agriculture)

Ma'lumki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy daromadi hali- hanuz qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan bog'liq. Bu sektor esa eng ko'p suv sarfini talab qilishi sir emas. Qishloq xo'jaligi maqsadlarida suvga bo'lgan talabning ortib borishi turli hududlar va sektorlar o'rtasida suv taqsimoti bo'yicha nizolarga olib keldi.

Ayniqsa, mamlakatlar o'rtasidagi chegara hududlar yoxud anklav va eksklavlarda yuzaga keluvchi aholi o'rtasidagi ko'plab nizolarning eng asosiy sababi ham suv ustidan bo'lgan raqobat sanaladi. Quyida ba'zi misollarni ko'rib chiqsak:

• Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida 2021-yilda Botken viloyatida suvdan foydalanish bo'yicha chegara to'qnashuvi.

• Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasida 2016- yilda So'x anklavidagi suvdan foydalanish bo'yicha chegaradagi mojaro.

• 2013-yilda Farg'ona vodiysida suvdan foydalanish bo'yicha Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasidagi chegaradagi mojaro.

• Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida 1999-yilda Isfara daryosidagi suvdan foydalanish bo'yicha chegaradagi to'qnashuv.

• Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasida 1999- yilda So'x anklavidagi suvdan foydalanish bo'yicha chegaradagi to'qnashuv.

VI. Iqlim o'zgarishining ta'siri: Iqlim o'zgarishi sababli mintaqadagi muzliklarning erishi suv mavjudligiga ta'sir qiladi va suv resurslari bo'yicha potensial mojarolarga olib keladi.

Markaziy Osiyo mintaqasini suv bilan ta'minlaydigan qor va muz maydonlari shiddat bilan qisqarmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra so'nggi 50 yilda muzliklarning uchdan bir qismi qurib bitgan. BMT ma'lumotlariga ko'ra, bugun dunyoning 40 ta nuqtasida suvga oid tortishuvlar harbiy nizolarga aylanib ketishi mumkin. Bu mintaqalardan bir Markaziy Osiyodir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

VII. Transchegaraviy ifloslanish: Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy suv havzalariga chiqishi mamlakatlar o'rtasida ifloslanishni tozalash mas'uliyati bo'yicha nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.

XULOSA

"Davlatlarning do'stlari emas, manfaatlari bo'ladi." Ammo manfaatlar doimiy kesishsa, ularni "abadiy do'stlar" deb atash mumkin. Bir mintaqada joylashgan, bir -biri bilan bevosita chegaralarga ega bo'lgan, yagona tarix va o'xshash qadriyatlar bilan bog'lanib turuvchi Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ham, avvalo bir- biri bilan o'zaro yaqin hamkorlik aloqasi, turli xil muammolar ustida bir yoqadan bosh chiqarib, har bir tomonning manfaatini inobatga olgan holda qaror qabul qilishi mintaqadagi har bir davlat tashqi siyosatining ustuvor yo'nalish sifatida belgilanishi nihoyatda muhim sanaladi.

Hozirgi kunda bir qator muammolar, xususan ekstremizm va terrorizm, chegaraviy nizolar, etnik konfliktlar, tashqi kuchlarning mintaqaga bosimi shuningdek tobora geosiyosiy tus olib borayotgan suv resurslaridan foydalanishdagi kelishmovchiliklar mintaqa mamlakatlari rivojiga asosiy to'siq hamda mintaqaviy hamkorlik rivojiga g'ov bo'layotgan asosiy sabablardan sanaladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ayniqsa, maqolada tahlil etilgan, Markaziy Osiyoda mavjud bo'lgan suv bilan bog'liq muammolar suv resurslarining keskin kamayib borayotganligi fonida alohida muhim ahamiyat kasb etadi va hamkorlikdagi har tomonlama manfaatli yechimlarni talab etadi.

Eng avvalo, mintaqadagi yuqori oqim mamlakatlarining suvdan quyi oqim mamlakatlariga nisbatan geosiyosiy bosim quroli sifatida foydalanishining oldini olish, mintaqada mavjud muammolarga "katta og'a" kabi davlatlarning aralashuvisiz yechim topish mintaqa davlatlari o'rtasidagi muhim vazifalardan sanaladi. Yaxshi qo'shnichilik, preventiv diplomatiya hamda o'zaro konsensus yo'li bilan tashqi aralashuvlarsiz amalga oshirilgan har qanday masala mintaqa davlatlarining har biri uchun bevosita manfaatli sanaladi. Misol tariqasida O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi ko'plab qonli to'qnashuvlarga sabab bo'lgan chegara muammolarining har ikki tomon uchun manfaatli bir tarzda yechim topganligini aytishimiz mumkin. Mazkur masalaning suv bilan bog'liq jihati Kampirobod suv ombori ustidan foydalanishdagi bahsning vujudga kelganligida edi. Ushbu nozik vaziyatda o'zbek tomoni uzoqni o'ylagan siyosat olib borgan holda "yer evaziga suv" tamoyiliga asoslanib ish olib borganligi ikki tomonlama manfaatli foydali bo'ldi deb ayta olamiz.

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, mavjud chuchuk suvlarning katta qismi qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari deyarli barchasining hali- hanuz asosiy daromad manbayi esa aynan u bilan bog'liq sanaladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Biroq, suvdan foydalanishda isrofgarchilik holatlari, zamonaviy texnologiyalami tadbiq etish o'rniga haligacha eski uslublardan foydalanish kabi vaziyatlar ham uchramoqda. Mavjud vaziyatning oldini olish uchun rivojlangan mamlakatlar tajribasidan bevosita foydalanish, sug'orishning yangicha innovatsion usullarini tadbiq etish mintaqa har bir mamlakati oldida turgan dolzarb masalalardan sanaladi.

Umuman olganda, har bir inson ona tabiatni asrab avaylashi, u bilan ehtiyotkorona munosabatda bo'lishi, suv resurslarini tejab foydalanmoqligi kerak. Davlatlar ham o'zaro kelishgan holda murosa bilan boshqa mamlakat manfaatlarini ham inobatga olgan holda siyosat yuritmog'i lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. ШУЛЕПИНА, Н. (10 dekabr 2022 г.). Как повлияет строящийся в Афганистане канал Кош-тепа на Амударъю? Получено из sreda.uz: https://sreda.uz/rubriki/voda/kak-povliyaet-stroyashhiisya-v-afganistane-kanal-kush-tepa-na-amudaryu/

2. CONVENTION ON THE PROTECTION AND USE OF TRANSBOUNDARY WATERCOURSES AND INTERNATIONAL LAKES. (17 Mart 1992 г.). Получено из unece.org: http: //www.unece.org/fileadmin/DAM/env/water/pdf/watercon.pdf

3. Global Water Security. (08 Fevral 2012 г.). Получено из Intelligence Community Assessment: https://www.dni.gov/files/documents/Special%20Report_ICA%20Global%20Water %20Security.pdf

4. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi. (20 sentabr 2017 г.). Получено из President.uz: https://president.uz/oz/lists/view/1063

5. Dunyoning qaysi davlatlarida 2040-yilga kelib suv tanqisligi kuchayadi? (xarita). (2022, dekabr 18). Retrieved from Daryo: https://daryo.uz/2022/12/18/dunyoning-qaysi-davlatlarida-2040-yilga-kelib-suv-tanqisligi-kuchayadi-xarita/?utm_source=@daryo

6. Амударё суви кескин камайиши мумкин. Толиблар цураётган Куштепа цандай канал? (16 Fevral 2023 г.). Получено из kun.uz: https://kun.uz/news/2023/02/16/amudaryo-suvi-keskin-kamayishi-mumkin-toliblar-qurayotgan-qoshtepa-qanday-kanal

7. Erdonov, M. (2022). Markaziy Osiyo mamlakatlarida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish: muammo va yechimlar. Ekonomika i sotsium, 74.

8. Erdonov, M. N., & Mustayev, Q. R. (2022). Markaziy Osiyo mamlakatlarida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish: muammo va yechimlar. Экономика и социум, 74.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

9. Global Water Report. (б.д.). Получено из Global Water Intelligence: https://www.globalwaterintel.com/products-and-services/market-research-reports

10. K., H. (28 fevral 2006 г.). U.K.'s Reid warns of looming water wars. Получено из UPI: https://www.upi.com/Defense-News/2006/02/28/UKs-Reid-warns-of-looming-water-wars/81401141154834/

11. Khushmatova, M. (2021). Markaziy Osiyo Respublikalarida suv bilan bog'liq muammolar va uning o'zaro munosabatlaridagi ahamiyati. Scientific Progress, 362.

12. M.N., E. (2022). MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH: MUAMMO VA YECHIMLAR. Экономика и социум, 75.

13. Maxmudov, O. (2013). Сув ресурсларидан тежамли фойдаланиш хдётий зарурия. Узбекистон овози.

14. Use of water in food and agriculture. (б.д.). Получено из Lenntech: https://www.lenntech.com/water-food-agriculture

15. Yo'ldosh, G. (13 oktabr 2022 г.). Kaspiyning suvi kamaymoqda:Dunyodagi eng yirik ko'lning boshiga ham Orolning kuni tushadimi? Получено из kun.uz: https://kun.uz/11924565

16. Yunusov, H., & Mamatova, Z. (2015). Transchegaraviy daryolar va yirik to'g'onlar: tahdidlar, talafotlar va xavfsizlik choralari. Toshkent: Yangi asr avlodi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.