Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA TRANSCHEGARAVIY SUVRESURSLARIDAN FOYDALANISH: MUAMMO VA YECHIMLAR'

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA TRANSCHEGARAVIY SUVRESURSLARIDAN FOYDALANISH: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
493
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
WATER / TRANSBOUNDARY / CENTRAL ASIA / UZBEKISTAN / POPULATION / OCEAN / SEA / LAKE / CLIMATE / DEMAND / UN / DESERTS / ARID REGION

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Erdоnov M. N., Mustayev Q.R.

Mazkur maqolada bugungi kunda nafaqat O’zbekiston va Markaziy Osiyoda balki butun dunyoda dolzarb muammo bo’lib turgan insonlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minnlsh, shuningdek, dehqonchilik uchun zarur suv muammosining ba’zi bir Markaziy Osiyo, hususan, O’zbekiston va unga yondosh mamalakatlarda yechish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF TRANSBOUNDARY WATER RESOURCES IN CENTRAL ASIAN COUNTRIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS

This article discusses the problem of providing people with clean drinking water, as well as water necessary for agriculture, which is an urgent problem not only in Uzbekistan and Central Asia, but throughout the world, in some countries of Central Asia and in particular, Uzbekistan special attention is paid to solving this issue with neighboring countries.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA TRANSCHEGARAVIY SUVRESURSLARIDAN FOYDALANISH: MUAMMO VA YECHIMLAR»

Y^K-913.1/913.8

Erdonov M.N.

Geografiya kafedrasi dotsenti Termiz davlat universiteti O'zbekiston, Termiz Mustayev Q.R.

Termiz davlat universiteti magistri O'zbekiston, Termiz

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA TRANSCHEGARAVIY SUVRESURSLARIDAN FOYDALANISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda nafaqat O'zbekiston va Markaziy Osiyoda balki butun dunyoda dolzarb muammo bo'lib turgan insonlarni toza ichimlik suvi bilan ta'minnlsh, shuningdek, dehqonchilik uchun zarur suv muammosining ba'zi bir Markaziy Osiyo, hususan, O'zbekiston va unga yondosh mamalakatlarda yechish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Suv, transchegaraviy, Markaziy Osiyo, O'zbekiston, aholi, ocean, dengiz, ko'l, iqlim, ehtiyoj, BMT, cho'llar, arid mintaqa.

Erdanov M.N. associate professor department of geography Termez State University Uzbekistan, Termez Mustaev K.R. master

Termez State university Uzbekistan, Termez

USE OF TRANSBOUNDARY WATER RESOURCES IN CENTRAL ASIAN COUNTRIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS

Annotation: This article discusses the problem of providing people with clean drinking water, as well as water necessary for agriculture, which is an urgent problem not only in Uzbekistan and Central Asia, but throughout the world, in some countries of Central Asia and in particular, Uzbekistan special attention is paid to solving this issue with neighboring countries.

Key words: Water, transboundary, Central Asia, Uzbekistan, population, ocean, sea, lake, climate, demand, UN, deserts, arid region.

"Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona

yo'li yo'q".

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqidan

Kirish.Yer yuzida hayot mavjudligining asosiy manbai ham suvdir. Ma'lumki, insoniyat, o'simlik va hayvonot olami, umuman, hech bir jonzot suvsiz yashay olmaydi. Yer sharining uchdan ikki qismi suv bilan qoplangan bo'lsa-da, uning 97, 45 foizi sho'r suvlar bo'lib, ishlatishga yaroqsizdir. Qolgan 2, 55 foizi chuchuk suv resurslarini tashkil etib, uning 69 foizi muzliklar ko'p yillik muzloq yerlar, 30 foizi yer osti suvlari, atigi 0, 3 foizi esadaryo va ko'llar hissasiga to'g'ri keladi[6, 19-b.].

Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo aholisining har 10 nafardan 4 nafaritoza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashaydi. BMT ekspertlari tomonidan 2030 yilga borib Yer shari aholisi 8, 6 milliardga, 2050 yilda esa 9, 8 milliardga yetishi bashorat qilinmoqda. Tabiiyki, insoniyat ko'paygan sari suvgabo'lgan talab ortib boradi.

Asosiyqism.Okean va yirik dengizlardan ancha olisda, qurg'oqchil mintaqada joylashgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham suvning ahamiyati benihoya katta. Global iqlim o'zgarishlari sababli Tojikistondagi mavjud 8 mingdan ortiq muzliklar maydonining 30 foizi, Qirg'izistondagi 10 mingga yaqin muzliklar maydonining 16 foizi erib ketgan. 2030 yilga borib muzliklarning yana 15-20 foizi yo'qolib ketishi bashorat qilinmoqda. Shu bilan birga, so'nggi paytlarda mintaqamizda suv kam bo'lgan yillar sonitobora ko'payib boryabti. Agar 2000 yillarga qadar har 6-8 yilda suv taqchilligi takrorlangan bo'lsa, keyingi vaqtlarda bunday holat har 3-4 yilda kuzatilyapti. Bundan ko'rinadiki, suvning har tomchisidan oqilona va unumli foydalanish bugungi kunda nafaqat MarkaziyOsiyomamlakatlarida, balki butun dunyoda eng dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda.

Bunday suv tanqisligi Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kuzatilmoqda. Shu bilan birga Suv resurslari mintaqa doirasida bir tekis taqsimlanmagan. Katta maydonlarini cho'l zonasi egallagan Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekistondagi suv resurslarining asosiy manbayi qo'shni tog'li mamlakatlar Tojikiston hamda Qirg'iziston hisoblanadi. Bu hol esa qurg'oqchil hisoblangan mintaqa mamlakatlari zimmasiga suv resurslaridan oqilona foydalanish, barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olgan holda suv boyliklarini to'g'ri taqsimlashdek dolzarb vazifani qo'yadi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) mutaxassislarining ma'lum qilishicha, qayta tiklanadigan suv manbalariga nisbatan eng yuqori suv iste'moli Yaqin Sharq mamlakatlari uchun odatiy hol. [13]

Bu borada ham Sobiq Ittifoq hududida yana Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilar desak adashmaymiz. Masalan, foydalanilayotgan asriy suv

resurslarining qayta tiklanadigan suv manbalariga nisbati O'zbekiston (115, 7 foiz), Turkmaniston (99, 59 foiz), Tojikiston (74, 84 foiz), Qirg'iziston(42, 37 foiz)da ancha yuqori bo'lsa, Belarus (4, 81 foiz), Rossiya (1, 46 foiz), Estoniya (1, 23 foiz), Litva (1, 07 foiz), Latviya (0, 81 foiz) kabi Yevropa mamlakatlarida kichik ulushlarga teng. Shu o'rinda ta'kidlabo'tish zarurki Dunyoda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotining 88 % ini ishlov beriladigan yerlar bermoqda

Mamlakatimizda foydalaniladigan suv resurslarining 80 foizga yaqini (taxminan 41, 5 km3/yil) qo'shni respublikalar hududidagi muzliklar hisobiga shakllanadi(1-rasm)[9].

Shu kungacha dunyo miqyosida transchegaraviy1 va mahalliy suv ob'ektlari suv resurslarini hisobga olish, ularni boshqarish va ulardan foydalanish bo'yicha mingdan ortiq turli me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, ular asosida ish olib borilmoqda. Shulardan eng asosiylari Yevropa Hamjamiyatining "Xalqaro ko'llar va transchegaraviy suv arteriyalaridan foydalanish va muhofaza qilish Konvensiyasi"si (Xelsinki shahrida 1992 yili 17 martda qabul qilingan) va BMTning "Xalqaro suv oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"si (Nyu-York shahrida 1997 yil 21 martda qabul qilingan) hisoblanadi. Ushbu konvensiyalarning asosiy tamoyillari - barcha davlatlarning manfaatlarini birdek hisobga olish, transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish va qo'shni davlatlarga "zarar yetkazmaslik"dir.

O'zbekistonda foydalaniladigan suv resurslarining asosiy manbalarini Amudaryo, Sirdaryo va ularning irmoqlari tashkil etadi. Orol dengizi havzasidagi barcha daryolarning o'rtacha ko'p yillik suv oqimi hajmi yiliga 116, 02 km3 bo'lib (1-jadval), shundan 79, 4 km3 Amudaryo havzasida (67, 4%) va 36, 6 km3 (32, 6%) Sirdaryo havzasidashakllanadi.

1 "transchegaraviy suv obyektlari" — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o'tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari[ https://lex.uz/docs/-12328?0NDATE=15.09.2017%2000 ].

Davlatlar Havza i nomi Orol dengizi havzasi bo'yicha jami

Qozog'iston 2,516 - 2,516 2,2

Qirg'isizton 27,542 1,654 29,196 25,2

Tojikiston 1,005 58,732 59,737 51,5

Turkmaniston - 1,405 1,405 1,2

O'zbekiston 5,562 6,791 12,353 10,6

Afg'oniston va Eron - 10,814 10,814 9,3

Orol dengizi bo'yicha jami 36,625 79,396 116,021 100

1-jadval. Orol dengizi havzasining yer usti suv resurslari (o'rtacha yillik oqim,

km3)

Ushbu zaxiralarning deyarli barchasi mamlakatlar tomonidan turli xil ehtiyojlar uchun foydalanishga olingan. Daryo havzasidagi har bir mamlakat foydalanish uchun suv olishning kelishilgan ulushi (limiti)ga ega. Masalan, "Amudaryo va Sirdaryo daryolarining o'tgan asrning 80-yillarda ishlab chiqilganhavzaviy sxemalarida har bir mamlakatning ulushi, belgilangan suvni olish miqdori hanuzgacha mintaqaning barcha respublikalari tomonidan tan olinadi"(2-rasm).

2-rasm. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida mamlakatlarning suv olish

limiti[10].

Orol dengizi havzasiningasosiy daryolaridan O'zbekistonning suv olish ulushi. mintaqada hosil bo'lgan jami suv resurslarining 49 foizini tashkil qiladi. So'nggi yillarda O'zbekistonda foydalaniladigan suv resurslarining yillikhajmi o'rta hisobda 51-53 km3 ni tashkil etmoqda. Bu umumiy olingan suv hajmining

jiddiy tarzda qisqarganidan dalolatdir (20%). Ayni holat iqlim o'zgarishita'siri ostida, shuningdek, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli daryo suvlarining kamayib ketganligi bilan bog'liq.

Mintaqada ishlatilayotgan jami suv resurslarining o'rtacha 90 foizi qishloq xo'jaligida, 4, 5 foizi kommunal-maishiy xo'jalik sohasida, 1, 4 foizi sanoatda, 1, 2 foizi baliqchilikda, 0, 6 foizi issiqlik energetikasida, 2, 3 foizi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanilgan.

Global iqlim o'zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so'nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko'ra, harorat 2 oC ga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 4 oC ga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, 2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Tahlillar iqlim o'zgarishi mintaqada suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018-yillardagi kabi qurg'oqchilikning davomiyligi va davriyligi ko'payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo'lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Shuningdek, mintaqada aholi sonining ko'payishi kommunal sohani yildan yilga suvga bo'lgan talabini ortishiga olib keladi. Oqibatda, so'nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta'minoti 3, 5 marta qisqardi.

Mintaqada suv ta'minoti bilan bog'liq mavjud vaziyat asosan quyidagi muammolar va keskinliklar bilan xarakterlanadi:

- suv resurslari cheklangan va o'ta notekis tarqalgan;

- iqlimning o'zgarishi ta'sirlari, muzliklar zaxirasining kamayib borishi va suv resurslarining kutilayotgan 10-15% kamayishi, favqulodda vaziyatlari sonining ortishi;

- yer-suv resurslari degradatsiyasi, ekotizimlarning buzilishi, cho'llashish, suv resurslari ifloslanishi va bioxilma-xillikni yo'qolishi jarayonlari;

- Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi aholi sonining tez o'sishi;

- mintaqada iqtisodiy jarayonlarning intensivlashishi, suv resurslari taqchilligining ortishi (kishi boshiga suv bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichi 3, 5 marta kamaydi, bugungi kunga kelib suvga bo'lgan qo'shimcha talab 700-800 mln.m3/yil ni tashkil etadi);

- suv resurslariga bo'layotgan tabiiy va antropogen ta'sirlar ostida tabiat va jamiyat o'rtasida suvga bo'lgan talabdagi tafovutlar ortib bormoqda;

- umumiy suv resurslarini hamkorlikda boshqarish, ulardan birgalikda foydalanish suvdan foydalanish bilan bog'lik (transchegaraviy) masalalarda keskinliklar mavjud.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida mamlakatlar o'rtasida ikki tomonlama Ishchi guruhlar tuzilib, kelishuvlarga erishilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning Davlatlararo suv xo'jaligini muvofiqlashtiruvchi Komissiyasi(1992-yildan) doirasida ham hamkorlik amalga oshirilyapti.

Mintaqaning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish sohasida davlatlararo hamkorlikni takomillashtirish va yanada rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurdebhisoblaymiz:

Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlaydigan transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning o'zaro maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish;

transchegaraviy suvlar bo'yicha BMT konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surish;

amaldagi qonuniy kelishuvlar, shu jumladan, Sirdaryo, Amudaryo va boshqa transchegaraviy daryolar miqyosida suv o'lchashni takomillashtirish dasturini amalga oshirish uchun qo'shma monitoring olib borish va ochiq ma'lumotlar almashish mexanizmini yaratish;

mintaqa mamlakatlari o'rtasida suvdan foydalanish bo'yicha axborot almashinuvini doimiy ravishda yo'lga qo'yish;

mintaqa davlatlari tomonidan umummanfaatlarni inobatga olgan holda yirik gidrotexnika inshootlarini qurish bo'yicha yagona pozitsiya ishlab chiqishni ilgari surish;

mintaqaviy suv resurslarini boshqarish bo'yicha qo'shma rejalarni ishlab chiqish va istiqboldagi vazifalarni belgilash, shu jumladan, iqlim o'zgarishiga moslashish choralarini ko'rish va o'zaro manfaatlarni ifoda etuvchi sohalarda tajriba almashish.

Umuman transchegaraviy suv resurslaridan foydalanuvchi davlatlar o'rtasida qarama-qarshiliklar bo'lishi tabiiy. Zero ayrim hollarda umumiy suv resurslaridan foydalanuvchi xalqlar manfaatlari ayrim zid kelishi mumkin. PrezidentimizShavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bunday sharoitlarda suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo'li yo'q. O'zbekiston rahbarining BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi bayonotida ilgari surilgan tashabbus va takliflar jahon shu jumladan mintaqa hamjamiyatining diqqat markazida turibdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni" №837-XII, 06.05.1993

2.www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.https://lex.uz/docs/-12328?ONDATE=15.09.2017%2000

3. Xamrayev Sh.R. va boshqalar. Suv, tinchlik va xavfsizlik muammolarining chambarchas bog'liqligi Journal of "Irrigation and melioration" №3(9).2017.5-10 b.

4. Suv xo'jaligi Hisobot beradi 2018 - 2019 yillar sarhisobi. Materiallarnito'plovchilar: O. Norbekov, A. Hayitov. - Toshkent: Baktria press, 2020, - 108 b.

5. Шулц В. Л., Машрапов Р. Урта Осиё гидрографияси, Тошкент, 1969.327 б.

6. Yunusov G'.X., Ziyayev R.R. Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik. O'quv qo'llanma. «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2018-yil.

7. Марказий Осиё ва кушни минтакалардаги трансчегаравий худудлар: хамкорлик имкониятлари ва муаммолари. I кисм. Халкаро илмий-амалий конференция материаллари (Самарканд, 2022 йил 5-6 май). - Самарканд, 2022. - 237 б.

8. Nuralievich E. M., Rahmonvich M. Q. The Importance of Water Resources in the Development of Agriculture in Surkhandarya Region and Issues of their Effective Use //International Journal of Culture and Modernity. - 2021. - Т. 9. -С. 67-72.

9.Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangilangan umumiy mamlakat tahlili: O'zbekiston. Toshkent - 2021 yil. https ://uzbekistan.un.org/en/download/68186/126438

10. Махмудов О. Сув ресурсларидан тежамли фойдаланиш хаётий зарурият // Узбекистан овози, 2013 йил 28 март.

11. www.water.gov.uzSuv xo'jaligivazirligirasmiy sayti.

12. http://sic.icwc-aral.uz Markaziy Osiyo davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi rasmiy sayti

13. https://daryo.uz/2020/11/28/markaziy-osiyo-mamlakatlari-sugorish-uchun-suvdan-eng-kop-foydalanadigan-davlatlar-qatoridan-joy-

oldi/?fb comment id=4076102232419251 4076784279017713

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.