Научная статья на тему 'OROLBO‘YI EKOLOGIYASI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA'

OROLBO‘YI EKOLOGIYASI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

400
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orolbo’yi mintaqasi aholisi / ekologik muammolar / psixologik xizmat / ekologik ong / ekologik motivatsiya / население Приаралья / экологические проблемы / психологическая служба / экологическое сознание / экологическая мотивация

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Anjim Karamaddinovna Shamshetova

Ushbu ilmiy maqolada Orolbo’yi mintaqasidagi mavjud ekologik muammolar o’rganilgan. Orolbo’yining mintaqasidagi ekologik muammolar natijasida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va gumanitar muammolar borgan sari murakkablashib borishi hamda shaxs psixologik xususiyatlariga taʼsiri masalalari yoritildi. Ekologik muammolarga psixologik jihatdan yondashib o’rganishi kerakligi va aholiga psixologik xizmat turlarini tashkil etish masalalari, ilmiy izlanishlardagi olimlarning fikrlari va xulosalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной научной статье изучены существующие экологические проблемы Приаралья. Были освещены вопросы возрастающего усложнения социальных, экономических, медицинских и гуманитарных проблем, возникших в результате экологических проблем в регионе Приаралья, а также их влияния на психологические особенности личности. Изложены вопросы организации видов психологической помощи населению, мнения и выводы ученых в научных исследованиях о необходимости психологического подхода к проблемам экологии.

Текст научной работы на тему «OROLBO‘YI EKOLOGIYASI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

OROLBO'YI EKOLOGIYASI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

Anjim Karamaddinovna Shamshetova

Psixologiya fanlari nomzodi, dosenti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

anjim.shamshetova. [email protected]

Ushbu ilmiy maqolada Orolbo'yi mintaqasidagi mavjud ekologik muammolar o'rganilgan. Orolbo'yining mintaqasidagi ekologik muammolar natijasida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va gumanitar muammolar borgan sari murakkablashib borishi hamda shaxs psixologik xususiyatlariga ta'siri masalalari yoritildi. Ekologik muammolarga psixologik jihatdan yondashib o'rganishi kerakligi va aholiga psixologik xizmat turlarini tashkil etish masalalari, ilmiy izlanishlardagi olimlarning fikrlari va xulosalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Orolbo'yi mintaqasi aholisi, ekologik muammolar, psixologik xizmat, ekologik ong, ekologik motivatsiya.

В данной научной статье изучены существующие экологические проблемы Приаралья. Были освещены вопросы возрастающего усложнения социальных, экономических, медицинских и гуманитарных проблем, возникших в результате экологических проблем в регионе Приаралья, а также их влияния на психологические особенности личности. Изложены вопросы организации видов психологической помощи населению, мнения и выводы ученых в научных исследованиях о необходимости психологического подхода к проблемам экологии.

Ключевые слова: население Приаралья, экологические проблемы, психологическая служба, экологическое сознание, экологическая мотивация

This scientific article examines the current environmental problems in the Aral Sea region. The issues of increasing complexity of social, economic, medical and humanitarian problems as a result of environmental problems in the Aral Sea region, as well as their impact on the psychological characteristics of the individual were covered. The need to study psychologically approach to environmental problems and the issues of the organization of types

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

psychological services to the population, the opinions and conclusions of scientists in scientific research are described.

Keywords: population of the Aral Sea region, environmental problems, psychological service, environmental consciousness, environmental motivation.

Kirish. Hozirgi kunda O'zbekiston va ko'pgina davlatlar uchun katta xavf tug'dirayotgan, iqtisodiy ziyon keltirayotgan tabiat uchun fojia hisoblangan Orolbuyi muammosidir. Uning psixologik jihatlarini o'rganilishi dolzarb hisoblanadi, chunki tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatlar nihoyatda keskinlashib borishi insoniyat hayoti va xudud istiqboliga xavf-xatar tug'dirmoqda.

Ekologik muammolarni biri ya'ni bir zamonlar maydoni bo'yicha dunyodagi to'rtinchi ko'l hisoblangan Orol dengizi fojiasi global ekologik muammolarning biridir. Orol dengizining ekologik halokati tabiiy resurslardan savodsiz foydalanish namunasi hamda noto'g'ri o'ylangan inson faoliyatining yaqqol namunasidir. Dengizning yo'q bo'lib ketishi daryolar oqimini boshqa yoqqa burish bo'yicha loyihalar amalga oshirilishi bilan bog'liq. Tarixan Orol dengizi o'zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va turkmanlar kabi xalqlarning taraqqiyot markazi hisoblangan. Qadimdan sug'orma dehqonchilik rivojlanishi bilan bu yerda paxtachilik amal qilgan, shaftoli, o'rik, uzum, shuningdek, meva va poliz ekinlarining boshqa turlari yetishtirilgan. Orolbo'yi hududi turli flora va faunaga ega hudud hisoblanib, unda baliqlarning 38 turi va sayg'oqlar 1 million soni, gullarni 638 ta o'simliklar kompozitsiyasi mavjud edi [2].

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Orol dengizining qurib borishi Orolbo'yi mintaqasida global xarakterdagi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar majmuiga sabab bo'ldi va salbiy oqibatlarga olib keldi. Natijada Orol dengizining ekologik halokati masalasi paydo bo'ldi. 1930-yillarda o'rta Osiyoda irrigatsiya kanallarini keng miqyosda qurish boshlandi, bu ayniqsa 1960-yillarning boshlarida kuchaydi. 1960-yillardan boshlab dengiz sayoz bo'lib qoldi, chunki unga oqib tushadigan daryolarning suvi tobora ko'payib borayotgan hajmda sug'orishga yo'naltirildi. 1961 yildan boshlab dengiz sathi yiliga 20 dan 80-90 sm gacha pasayishni boshladi. Dengiz suv yuzasining maydoni 8 marta, suv massasining hajmi 13 martadan ko'proq qisqardi[3].

Bugungi kunda Orol dengizi yangi Orolqum cho'liga o'tib, dengizning qurib qolgan qismida bepoyon tuz konlari hosil bo'lgan. Har yili Orol dengizidan 75 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlar ko'tariladi. Orol dengizi tubidan ko'tarilgan changli yo'llar uzunligi 400 km va kengligi 40 km ga yetadi. Orol dengizi tubidagi tuzlar katta masofaga tarqab, hatto Himolay tog' lariga va Mongoliyaga ham yetib borgan [2].

May 6

690

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

So'nggi qirq yil mobaynida Orol dengizi deyarli ikki baravar qurigan. Natijada dengiz atrofidagi hududlarning 60 foizi yaroqsiz holga kelgan va yiliga 75 million tonna tuz Markaziy Osiyoning boshqa hududlariga tarqalmoqda. Buning natijasida yuzaga kelgan tuproq eroziyasi va havoning ifloslanishi odamlar salomatligiga, turmush sharoitiga va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Orolbo'yi mintaqasidagi global xarakterdagi ekologik muammolarga bog'liq bir qator muammolarni ko'rsatib o'tish mumkin. Aholiga ichimlik suvining yetishmasligi, dehqonchilik uchun ham sug'orma suvni tanqisligi, suv zahiralarining kamayishi va sho'rlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq bo'ladigan o'simliklar turi va sifati kamayib, o'tloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqarishi, iqlimning o'zgarishi qishloq xo'jaligida foydalanishga yaroqsizligi katta muammolardan hisoblansa, ikkinchi tomonidan aholi salomatligi o'rtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (o'pka sili, astma, bronxit) ko'payishi, hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilganligi achinarli holat. Ekologik ofat millionlab odamlarning hayoti va sog'lig'iga salbiy ta'sirini o'tkazib kelmoqda. SHifokorlar hiqildoq va qizilo'ngach saratoni, onkologik, ko'z va insonning boshqa a'zolari kasalliklari ko'payib borayotganini qayd etmoqda [1].

Natijalar va muhokama. Orol fojiasi mintaqa iqlim sharoitini og'irlashtirib, yoz davrida qurg'oqchilik hamda jaziramani kuchaytirish, qishda esa qaqshatqich sovuq kunlarni uzaytirib yuborishdan tashqari, qator iqtisodiy, ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqardi. SHu jumladan, transport, baliqchilik, chorvachilik va mo'ynachilik hamda boshqa an'anaviy faoliyat turlari butkul inqirozga uchradi va yuz minglab odamlar ishsiz qoldi. Natijada ekologik migratsiya jarayonlari avj oldi.

Ekologik tanglik mavjud bo'lgan xududlarda albatta, iqtisodiy muammolarni ham bo'lishi tabiiy. Aholini ish bilan ta'minlash ham kundalang masalalarning biri hisoblanadi.

Orolbo'yining mintaqasidagi ekologik muammolar natijasida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va gumanitar muammolar borgan sari murakkablashib bormoqda.

Aholining turmush faoliyati bilan bog'liq bo'lgan tibbiy, iqtisodiy rivojlanish, ekologik vaziyat, ijtimoiy himoya va boshqa shu kabi sohalar bilan bog'liq bo'lgan Orolbo'yining zaruriy muammolarini hal qilishda muvofiqlashtirilgan yondashuvni ta'minlash zarur. Bugungi kunda ta'lim sohalaridagi ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash, qiyin sharoitlardagi aholini qo'llab-quvvatlash samarali yagona boshqaruv tizimini yaratish rivojlantirish vaqti keldi.

Keyingi yillar Orol dengizi mintaqa iqtisodiyotini ko'tarish, unda ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish juda

May 6

691

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

ahamiyatlidir. Amudaryoning unumdor yerlari va Sirdaryo daryolari deltasi, shuningdek yuqori mahsuldor yaylovlar, o'n minglab odamlarga chorvachilik, parrandachilik va ekinlarni yetishtirish sohalari bo'yicha ko'plab ishlar olib borilmoqda. Jumladan: Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Davlat dasturi doirasida qator dasturlari amalga oshirilishi hamda 2021 yilning 18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev taklifiga binoan Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilish to'g'risidagi maxsus rezolyutsiya qabul qilinishi aytib o'tishimiz joiz [1].

Markaziy Osiyoda iqlimning o'zgarishi bilan bog'liq muammolarga va Orol muammasini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarda yagona kompleks tarzdagi ilmiy yondashuvlar zarur. Orol dengizi endi hech qachon ilgarigi holiga qaytmaydi, lekin mahalliy aholi himoya va yordamga muhtoj.

Aholining ekologik tarbiyasi, ekologik bilimdonligi hamda odamlardagi ekologik ongni rivojlanganligi butun insoniyat taraqqiyoti tarixida asosiy rol o'ynaydi. Yuqorida o'rganilib chiqilgan global ekologik muammolarni kelib chiqishiga inson omillari deb ta'kidlab o'tsak, endi ona tabiatni asrab qolish ham inson omillari ta'sirida bo'ladi. Albatta, buning uchun insonda yuqori darajadagi rivojlangan ekologik ong orqali mavjud ekologik muammolarni avj olib ketmaslikni oldini olish va kelgusi iqlim o'zgarishlariga tayyorgarlik ko'rishimiz mumkin. Bu o'z navbatida bugungi kuni inson va atrof-muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatni psixologik muammo sifatida o'rganilishini taqozo etmoqda. SHu bilan birga barcha yuz bergan ekologik muammolar negizini o'rganishga psixolog mutaxassislarni jalb qilishni ham talab qiladi. Ekologik muammolar inson psixologiyasiga, psixofiziologiyasiga salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Orolbo'yi mintaqasidagi mavjud ekologik muammolarga oid psixologik tadqiqotlarni o'tkazish, aholining psixologik salomatligini tashxislash va ularga turli turdagi psixologik xizmat ko'rsatish lozim. Aholi psixologik salomatligini o'rganish, psixoprofilaktika, psixodiagnostika va psixokorrektsiya xizmat turlarini joriy etish maqsadga muvofiq.

Xulosa. Hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ekologik o'zgarishlarga odamlarni psixologik tayyorlash, ekologik ong, ekologik madaniyat saviyasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ekologik ta'lim-tarbiya masalalarida psixologik bilimlardan foydalanish samaradorligini oshirib borishimiz lozim. Bundan tashqari barcha ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat ko'rsatishni to'g'ri yo'lga qo'yishdir. Psixolog mutaxassislar maxsus atrof-muhit bilan bo'ladigan munosabatlarni to'g'ri tahlil qilishda o'z malaka bilimlarini oshirib borishi joiz. Ekologik muammolarning inson psixologiyasiga salbiy ruhiy ta'sirini o'rganib boruvchi tezkor

May 6

692

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

psixodiagnostik metodikalardan foydalanishni yo'lga quyish va rivojlantiruvchi psixorreksion amaliy yordamlarni qullay olishga oid malakalarini oshirib borishimiz kerak. Ekologik qiyin vaziyatda yashovchi insonlarga psixologik tashxis qo'yish, psixoprofilaktika va psixokorreksiya ishlarining uzluksizligini ta'minlash zarurdir.

REFERENCES

1. BMT yangiliklari sayti (https://news.un.org)

2. Нукусская декларация государств Центральной Азии и международных организаций по проблемам устойчивого развития бассейна Аральского моря (г. Нукус, 5 сентября 1995 г.)

3. Международный Фонд спасения Арала «Программа конкретных действий по улучшению экологической и социально-экономической обстановки в бассейне Аральского моря на период 2003-2010 гг.- Душанбе - 2003

4. Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzuciga bag'ishlangan xalqaro konferentsiya. 06.12.2018y.

5. Melibayeva, R. N., Khashimova, M. K., Narmetova Yu, K., Komilova, M. O., & Bekmirov, T. R. (2020). Psychological mechanisms of development students' creative thinking. International journal of scientific & technology research, 9(03).

6. Melibaeva, R., Komilova, M., Iskanjanova, F., Hashimova, M., & Raupova, S. (2020). Problem based learning and its efficiency in teaching process. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2765-2769.

7. Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC PATIENTS'DISEASE.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.