Научная статья на тему 'OROLBO‘YI MINTAQASIDA YASHOVCHI AHOLINING REGIONAL XUSUSIYATLARI'

OROLBO‘YI MINTAQASIDA YASHOVCHI AHOLINING REGIONAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
180
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orolbo’yi mintaqasi / Qoraqalpoq / milliy va etnik xususiyatlar / yashash tarzi / qoraqalpoqlar tarixi / etnik psixologik xususiyatlar. / Aral Sea region / Karakalpaks / national and ethnic characteristics / lifestyle / history of Karakalpaks / ethnic and psychological characteristics.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Shamshetova, Anjim Karamaddinovna

Maqolada Orolbo’yi mintaqasida yashovchi qoraqalpoq xalqini milliy xususiyatlari, tarixi, folklor janrlari, milliy urf-dasturlari va yashash tarzi haqidagi ma’lumotlari keltirilgan. Orolbo’yi mintaqasidagi salbiy ekologik vaziyatlar etnik xususyatlarga ta’siri masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGIONAL CHARACTERISTICS OF THE POPULATION LIVING IN THE ISLAND REGION

The article presents information about national peculiarities, history, folklore genres, national customs and lifestyle of the Karakalpak people living in the Aral Sea region. The issues of the influence of unfavorable environmental situations in the Aral Sea region on ethnic characteristics are highlighted.

Текст научной работы на тему «OROLBO‘YI MINTAQASIDA YASHOVCHI AHOLINING REGIONAL XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

OROLBO'YI MINTAQASIDA YASHOVCHI AHOLINING REGIONAL

XUSUSIYATLARI

Shamshetova Anjim Karamaddinovna

O'zbekiston jahon tillari universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

ANNOTATSIYA

Maqolada Orolbo'yi mintaqasida yashovchi qoraqalpoq xalqini milliy xususiyatlari, tarixi, folklor janrlari, milliy urf-dasturlari va yashash tarzi haqidagi ma'lumotlari keltirilgan. Orolbo'yi mintaqasidagi salbiy ekologik vaziyatlar etnik xususyatlarga ta 'siri masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar va iboralar: Orolbo'yi mintaqasi, Qoraqalpoq, milliy va etnik xususiyatlar, yashash tarzi, qoraqalpoqlar tarixi, etnikpsixologik xususiyatlar.

АННОТАЦИЯ

В статье представлена информация о национальных особенностях, истории, фольклорных жанрах, национальных обычаях и образе жизни Каракалпакского народа, проживающего в Приаралье. Освещаются вопросы влияния неблагоприятных экологических ситуаций в Приаралье на этнические особенности.

Ключевые слова и словосочетания: Приаралье, каракалпаки, национальные и этнические особенности, образ жизни, история каракалпаков, этническо-психологические особенности.

ABSTRACT

The article presents information about national peculiarities, history, folklore genres, national customs and lifestyle of the Karakalpak people living in the Aral Sea region. The issues of the influence of unfavorable environmental situations in the Aral Sea region on ethnic characteristics are highlighted.

Keywords and phrases: Aral Sea region, Karakalpaks, national and ethnic characteristics, lifestyle, history of Karakalpaks, ethnic and psychological characteristics.

KIRISH

Orolbo'yi mintaqasidagi mahalliy xalqlar milliy psixologiyasining ko'pgina xususiyatlari ijtimoiy va madaniy hayot normalari va qoidalarining o'ziga xos xususiyati bilan izohlanadi. Orolbo'yi mintaqasida qoraqalpoqlar va boshqa millat vakillari ham istiqomot qiladilar. Orolbo'yi mintaqasida yashovchi aholining dunyoqarashlari, fikrlari, hozirgi atrof-muhitga munosabatlari, qolaversa oila qurish, yashash tarzida boshqa xududlarnikidan farq qiladi. Ayniqsa, qoraqalpoq xalqining

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

etnik xususiyatlariga tuxtalib o'tadigan bo'lsak, boshqa millat vakillaridan o'ziga xos psixologik xususiyatlarini ko'rishimiz mumkin.

Qoraqalpoq millatining o'ziga xos tarzdagi etnik xususiyatlarni yozib qoldirgan tarixiy asarlardan ham bilsak bo'ladi, Qoraqalpoqlarning kelib chiqish tarixi uzoq davrlarni o'z ichiga oladi. Qoraqalpoqlar kuchmanchi xalqlar sirasiga kiradi. Lekin ular kuchib yursada doim daryo va Orol dengizi buylab kuchib yurgan. Bundan shuni ko'rish mumkinki, qoraqalpoq xalqi tabiat bilan azzaldan hamnafas bo'lgan. Tabiatni ko'p sir-asrorlarini bilgan va tabiatni sevgan. Biz aynan xalqni bu fazilatlarini og'zaki yetib kelgan xalq naqllari va aforizmlarida uchratamiz. Xalq ichida shu tarzdagi iboralar doim takrorlanadi "Uch oy qovunim, uch oy qovog'im, uch oy sovunim, uch oy shabag'im", bu o'z navbatida Orolbuyi mintaqasida yashovchi xalqni ovqatlanish tartibi va unga amal qilishni ko'rsatadi. Demak, uch oy qovunim degani qovun pishgan mahalda faqat shunga xos bo'lgan ovqat turlarini iste'mol qilganligi, ular "Asqaulaq", "Qovun qurt", "Qovun murobosi" kabilar. Uch oy qovog'im desa shu barcha ovqatlari qovoq solib pishirgan va uning shifobaxsh ekanligini doim aytib kelgan. Qoraqalpoq xalqi baliqchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan. "Sovunim-shabag'im" deganda, bunda ham keyingi galdagi sigir sut qatiqlaridan hamda baliqlardan turli milliy taomlar tayyorlab kelganligidan darak beradi. Qoraqalpoq millatiga mansub bo'lgan ayollar baliqdan tayyorlanadigan taomlarni turli xilini bilishi va ular asosiy taomlardan ekanligini ta'kidlab o'tadi.

Bu tarzdagi ilmiy psixologik yondashuvda shuni xulosa qilish mumkinki, aholi sigir go'shtidan ko'ra uning sut va qatiqlarini iste'mol qilganligi ma'lum, bu esa tabiat ob'ektlariga aholida sub'ektiv munosabatning bo'lganligini bildiradi. Mol go'shtidan ko'ra baliqni yaxshi ko'rib iste'mol qilganligi ma'lum, baliqlardan 200 xil taom turlarini biladigan qiz-kelinchaklar uning tez xazm bo'ladigan shifobaxshligiga ham urg'u berib o'tadi. Buni yana xalq maqollarida baliq yegan tuq bo'lar, har darmoni yo'q bo'lar deb gapini topib gapirib yurganligini guvohi bo'lamiz. Bu kishilarni salomatligiga befarq bo'lmaganligi, tabiiy resurslariga zarar yetkazmaslikga harakat qilayotganlini ko'rishimiz mumkin. Bizni bu tarzdagi ilmiy izlanishlar uzoq bo'lmagan davrlargacha xalqning ekologik ongning tarixiy ildizlari ijobiy va sub'ektiv bo'lganligidan darak beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qoraqalpoq xalqining etnik psixologik xususiyatlarini ochib berish uchun aholining yashash tarzi, milliy madaniyati, san'ati, klassik adabiyoti, folklor janri, milliy dasturlari va urf-odatlariga ham tuxtalib o'tsak bo'ladi, lekin bular juda katta ilmiy manba va ular o'ziga xos tarzdagi yondashuvlarni ham talab qiladi. Jumladan, Qoraqalpoqlar boy og'zaki xalq ijodiyotiga ega, 20 jilddan iborat qoraqalpoq folklori

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

bunga dalil bo'la oladi. Qoraqalpoq folklori juda qadimiy tarixga ega. Bu xalqni etnik psixologik xususiyatlarini, xalqining psixologik madaniyatlarini aks ettiradi. Qoraqalpoqlar boy xalq og'zaki ijodi bir nesha asrlar davomida rivojlangan. Uning asosini xalq og'zaki ijodining barsha janrlari: ertaklar, maqollar, rivoyatlar, she'rlar va boshqalar tashkil etadi. Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodining eng yorqin nayomondalari bu epos yoki epos she'rlar (dostonlar) hisoblanadi.

Ushbu janrdagi ijod namunalari besh mingdan ortiq bo'lib, ular o'z ishiga: qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, ertak-roman va boshqa turdagi dostonlarni o'z ishiga oladi. Ular dostonshi-qo'shiqshilar- baxchi va jirovlar tomonidan, musiqiy asboblar-qobiz va dutor jo'rligida ijro etiladi. Dostonlar qoraqalpoqlar orasida X-XII asrlardan ilgari paydo bo'lgan degan fikrlar mavjud. Doston yakka holda mavjud bo'lmagan, lekin xalq ichida oldin og'zaki tarzda yuzaga kelgan va odamlarga she'riy uslubda yetkazilgan. Folklor janrlari boyitilgan, shakllangan va mukammallikka erishgan. Dostonlar xalq tarixi haqida so'zlagan. Dostonning hajmi uning xususiyatlari, hikoyachining ijodiy o'ziga xosligi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u so'zlayotgan voqealarga bog'liq. Folklor san'atida muhim o'rinni Qoraqalpoqlarning xalq folklori juda boy, unda dostonlar alohida o'rin tutadi. Ayni paytda qoraqalpoqlarda 100 jildlik dostonlar nashr yetilgan bo'lib, ularning aksariyati sof Qoraqalpoq dostonlaridir. Yuz jildli to'plamda "Alpamis" ning sakkizta varianti, to'rtta "Maspatsha", ikkitadan "Qiriq qiz" va "Edige" dostonlarini ko'ramiz. Bunda variantlarni ko'pligi shuni anglatadiki, dostonlar turli Qoraqalpoq jirovlari tomonidan ijro yetilgan va ular muallif versiyasida yozilgan, shu kungacha saqlanib kelingan. Bu dostonlar qoraqalpoq xalqini tarixini va azaldan ular qanday etnopsixologik xususiyatga ega ekanligini bilish mumkun. Qoraqalpoqlar xotirasida minglab hikoya, roman, qo'shiq va hikoyalar saqlanib qolgan. Ularni eng qizig'i har xil variantda, versiyada qanday bo'lsa shundayli bilan saqlanib qolgan. Demak, Qoraqalpoqlarning o'ziga xos xususiyatlari belgilangan norma-qoidalar, tamoiyllarga qat'iy amal qila oladigan, bir so'zli, o'zgarmas xarakterli, tabiyatan real vaqiyolikni to'g'ri tushunadigan, diqqat-e'tiborli, idroki o'rkir, xotirasi kuchli etnopsixologik xususiyatlarga ega millat. Ularning XI-XVIII asrlardagi ijod namunalari bo'lgan Sharyar, Qoblan, Yedige, Yer Shora, Qurbonbek, Yer Ziyor va boshqa dostonlarida shu kabi etnopsixologik xususiyatlarni ko'rishimiz mumkun. Qoraqalpoqlar o'z ona yurtiga bo'lgan katta muhabbatni saqlab qolgan. Ko'p asrlik tarix davomida ular bir necha bor qurol olib, o'z vatanlarini, uylarini himoya qilishgan. Yuqorida keltirilgan har bir janrda ularning ongida yuksak vatanparvarlik, insoniylik tuyg'ularini ko'rishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qoraqalpoqlar o'zlarining kasbiy vazifalarini bajarishda ma'sulyatli hisoblangan, hayot qiyinchiliklariga sabr bilan

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kurashib kelgan. O'z yurtiga bo'lgan muhabbat o'z millatidagi umumiy g'urur bilan to'ldirilib kelgan va keyingi avlodlarga yetkazilgan.

Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodining ko'plab janrlarida hazil-mutoyiba va hajviy asarlar ham ko'p uchraydi. Ularga misol tariqasida xalq og'zaki nasriy ijodi namunasi latifani keltirish mumkin. Yoki kulguli qo'shiq dialoglar-aytish yoki javoblar ham ushbu janrdagi ijodiga kiradi. Ular asosan yosh yigit va qizlar o'rtasidagi so'z o'yinlarida qo'llanilgan. Savol-javoblarni qisqa, takomillashgan, ijodiy va qofiyalashgan shaklda berishga va tezda, o'zini yo'qotmasdan, hozirjavoblik bilan javob qaytarish qobiliyatiga asoslanadi. Ular musiqasiz, ammo, ohang bilan va ritmik tarzda ijro etilgan. Shuningdek, xalq shoirlari orasidagi so'z aytishuvlari ham mashhur bo'lgan. Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodi xalqining yestetik didi va milliy xarakterining shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Ular tinglovchilarda go'zal tabiyatga, ulug'vor milliy ijodiga muhabbatini, qoraqalpoq xalq san'ati, she'riyati, musiqa didini, insoniy fazilatlar go'zalligini, mehnatsevarlik, qahramonlik, jasoratini, vatanparvarlik, bir-biriga sadoqat, haqiqiy hayotga, tabiat go'zalligiga muhabbat uyg'otib, xalqni o'ziga xos xususiyatlarni ko'rsatadi.

Asarlarda o'zining davrlaridagi xalq qahramonlarini tasvirlangan bo'lsa, demak, usha davrning odamlari, ularning munosabatlari qanday bo'lganligidan darak beradi. Ushbu hududlar aholisi moddiy va ma'naviy madaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini, milliy psixologiyaning o'ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Demak, shu o'rinda xulosa shuki, usha davrdagi kishilarni psixologik xususiyatlari o'ziga xosligi, aynan og'zaki nutqni rivojlanishi, ularni xotirani kuchliligi bilan alohida ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari, qoraqalpoqlarni ba'zi xislatlari ularni milliy madaniyati, san'ati, milliy dasturlari va urf-odatlarda aks etadi. Berdaq shoir "Shejire" asarida "Sahra xalqi ko'chib, gezbek, kengli yerden Vatan tuzmoq", o'z navbatida xalq ko'chib o'zlariga qulay yerlarni tanlab Vatan qilganligi aytilmoqda. Shu sababli ham Orol dengizi sohillariga dexqonchilik, ovchilik, baliqchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Qoraqalpog'iston xududi ajoyib ulkaning qulay tabiiy sharoiti boy o'simliklar va hayvonat dunyosi eng qadimgi ajdodlarimizning diqqat-e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Qoraqalpoq xalqi oqsoqollari va chuponlardan eshitgan juda ko'plagan afsona, rivoyat va voqealar tafsilotlarini kuchli xotirasida saqlab qolgan. Qoraqalpoqlarda bir kun tuz yegan uyga qirq kun salom ber - deb mexmonlar o'z minnatdorchiligini uzoq saqlab yurgan va uning qadrini yuqori baholagan. Qoraqalpoqlarning o'z hayoti va mustaqilligi uchun sabot-matonat bilan olib borgan kurashi jarayonlarini ko'rishimiz mumkin, ularni Jiyan Jirov, Kunxuja, Ajiniyoz, Berdax, Utesh kabi xalq shoirlarni yaratgan asarlarida el-yurt uchun

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kurashib yashagan, har qanday qiyin vaziyatlarga ko'nikib, o'z milliy g'ururlarini saqlab qolishga uringan qaxramonlarni tasvirlab bergan.

Qoraqalpoq xalqining milliy xarakterida ishonchlilik, qat'iyatlilik va sabrlilikni yaqqol ko'rishimiz mumkin. Qoraqalpoq xalqining milliy xarakterini avvalo, ularni ijtimoiy-madaniy me'yorlari qadimdan yashash tarzi asosida shakllanib kelganiga guvoh bo'lamiz. Qoraqalpoq xalqining milliy o'zlikni saqlashi etnik xususiyatlarga ega stereotiplardan ham iborat. Qoraqalpoqlarda mehnatsevarlik, har bir ishning ko'zini biladigan, tezda ilg'ab olish qobiliyati, aql-idroki o'tkir, milliy an'analariga sodiq va mag'rurligi bilan ajralib turadigan yaxshi rivojlangan fazilatlar mavjud. Qoraqalpoq xalqida oldindan atrof-muhitga bo'lgan munosabat sub'ektiv tarzda bo'lganligi, mardlik, mas'uliyatlilik va qat'iylik fazilatlari tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi, hazil-mutoyibaga moilligi, shaxslararo munosabatlarda faolligi, ijodiy fikrlashga moilligi, yaratuvchanglik tasavvurlarga ega ekanligi, har qanday vaziyatlarga ko'nikuvchangligi, og'zaki nutqni rivojlanganligini ko'plab ularni yashash tarzidan tortib milliy an'analarida aks ettirilganining guvohi bo'lamiz.

Shu tarzdagi ma'lumotlarga asoslanib qoraqalpoq xalqinin etnik psixologik xususiyatlari qo'yidagilarda namoyon bo'ladi.

QORAQALPOQ XALQINING ETNIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Qoraqalpoq xalqining tarixi

Qoraqalpoq xalqining yashash xududi

Qoraqalpoq millatiga mansub shaxslarora munosabatlari

Qoraqalpoq xalqining madaniyati, san'ati, klassik adabiyoti, folklor janri, milliy dasturlari va urf-odatlari

Qoraqalpoq xalqining yashash tarzi Boshqa millatlar bo'lgan munosabatlari

Qoraqalpoq xalqining etnopsixologik xususiyatlarini biz shu tarzda aks etilishiga urgu berdik, ammo ularni har biri juda katta manbalar, ma'lumotlarga ega. Sizlarni qisman tanishtirib o'tishga ham harakat qilamiz. Jumladan ular, quyidagicha ta'riflanadi:

Qoraqalpoq xalqining tarixi uzoq tarixlariga ega. Qoraqalpoq zamining tarixi mamlakatimizning barcha qadimiy mintaqalarinig tarixi kabi azaliy boy tarixga egaligi bilan ajraladi. Qoraqalpoq xalqining yashash xududida odam so'nggi paleolit davridan yashay boshlaganligi, unga asos arxeologik qa'lalar bo'la oladi. Qoraqalpoq xalqining yashash xududi O'zbekistonning shimoliy-g'arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g'arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g'arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Respublikaning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ma'muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao'zak, Kegeyli, Qo'ng'irot, Qonliko'l, Mo'ynoq, Nukus, Taxtako'pir, To'rtko'l, Xo'jayli, Taxyotosh, Chimboy, Sho'manoy, Ellikqal'a tumanlari va Nukus shahridir. Qoraqalpoq xalqining madaniyati, san'ati, klassik adabiyoti, folklor janri, milliy dasturlari va urf-odatlari haqida gap ketganda, turk tilli xalqlar o'rtasida qoraqalpoq xalqi o'zining keng va ko'p qirrali folklor eposi bilan mashhurdir, biz bilgan 5 mingdan 20 ming satrgacha bo'lgan qariyb 50 ta dostonlarimiz borligi odamni xayratga soladi. Tulepbergen Qaipbergenovning "Qoraqalpoqnoma", "Qoraqalpoq dostoni" "Qoraqalpoq qizi" kabi asarlari ham aynan xalqning etnik xususiyatlarini ochib berilgan. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi respublikadagi yirik muzeylardan hisoblanadi. Muzey fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog'och o'ymakorligi, kashtado'zlik, to'qimachilik (ayniqsa, o'tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san'at bo'limida jamlangan.

Qoraqalpoq millatiga mansub shaxslarora munosabatlariga keladigan bo'lsak, odamlar bir-biriga juda ochiq va samimiydir. Kishilari nimani uylab turgan bo'lsa shuni yashirmasdan ochiq ayta oladigan xislatlarga ega. Ajiniyoz Kosiboy ug'li shoirining "Ellarim bordur" she'rida "So'rasan elimni Qojbon bizlardan, Qolpog'i qazondek ellarim bordi, xato chiqsa kechiringlar so'zlardan, Xitoy, Qungrod nomli ellarim bordi"- deb ta'kidlab o'tgan. Bu she'riy satrlarda qoraqalpoqlarni kechirimli, hozir javobliligini aks ettirgan. Qoraqalpoq maqollarida ham yoshi kattalar o'z farzandlariga g'ururli bo'lishini tayinlab kelganligini ko'rishi mumkin. jumladan, "Otangizning merosxo'ri bo'lmang, erkak o'g'li bo'ling" farzand tarbiyasiga juda mas'uliyatli ekanligidan darak beradi.

Boshqa millatlar bo'lgan munosabatlarida milliy madaniyati, urf-odatlariga sodiq, boshqa odamlarni hurmat qilishi, do'stona, kasbiy va shaxsiy munosabatlarda, qoida tariqasida, katta do'stona va xayrixohlikni namoyon ettira oladi. Qoraqalpoqlar qozoq, o'zbek, turkman xalqlari genotip, til, madaniyat, umumiy tarixi rivojlanishi nuqtai nazaridan bir-biriga juda yaqin bo'lgan xalqlardir.

Qoraqalpoq xalqining etnik psixologik xususiyatlarini aks ettirish xalqning uzoq tarixini o'rganishga bog'liq. Qoraqalpoq millatining etnopsixologiyasi o'ziga xos milliy psixologik xususiyatlarni aks ettiradi. Qoraqalpoq xalqining etnopsixologiyasida motivatsion va boshqada fazilatlarning namoyon bo'lishi, masalan tashabbuskorlik, mehnatsevarlik darajasi va boshqalarni tahlil qilish va umumlashtirish uchun odamlarning milliy psixikasining motivatsion fon sohasining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganib borish xalqni milliy xarakterini aks ettiradi. Xalqning milliy idrok etish stereotiplarida oldingi davrlardagi umumiy yashash tarzi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

va hozirgi kundagi yashash sharoitlariga bog'liq hissiy baholashi hamda hozirgi kundagi yashash tarzi bilan bog'liq o'zgarib borayotgan milliy stereotiplarni ham ko'rishimiz mumkin. Qoraqalpoqlar milliy psixologiyaning o'ziga xos xususiyatlariga ega qat'iylik, qiyin vaziyatlarga chidamlilik, yaxlitlik, bosiqlik, xotirjamlik, yuksak milliy g'urur tuyg'usi, milliy an'ana va odatlariga sodiqlik, etnik-madaniy birdamlik va mas'uliyatlilik, bir so'zlilik, asosan, xolerik va sangvinik temperament tiplari xususiyatlari, ba'zida portlovchi hissiyotlarga ham ega, boshqa odamlaming harakatlari va hukmlariga yuqori sezuvchanlik kabi asosiy etnopsixologik xususiyatlariga egadir.

Xalqning etnopsixologiyasi jamiyatning barcha bu murakkab iyerarxiyasini o'zida aks yettiradi va yeng muhimi, jamiyatning turli darajalari o'rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni ham ko'ramiz, ba'zida ziddiyatli vaziyatlar tufayli ayrim etnik xususiyatlar murakkabroq tuzilmalarni hosil qiladi.

Orolbo'yi mintaqasida yashovchi aholiregional xususiyatlari hozirgi rivojlanish bosqichida uning dolzarbligi va qiziqishini belgilaydigan yekologik muammolar insonning atrof-muhitga va o'z tabiatiga bo'lgan munosabatini o'zgartirmasdan ya'ni ushbu xududdagi tabiiy muhitni yekotizim sifatida saqlash mumkin yemasligini anglashni o'z ichiga oladi.

Xalq ichidagi azaldan saqlanib kelayotgan etnik xususiyatlar ekologik tang vaziyatlar bilan bog'liq teskarisi xususiyatlarni o'z ichiga olishi mu mkin. Albatta, bu aql, his-tuyg'ular, motivlar, qiziqishlar, pozitsiyalar, harakatlar, harakatlar va harakatlar orqali amalga oshiriladi. Mavjud ekologik ziddiyatlar tufayli tabiatni idrok etishida diqqat markazida qadriyatlarning doimiy to'qnashuvi mavjud bo'lib, ularning natijalari harakatlari yana boshqa etnik xususiyatlarni shakllanishidan darak beradi.

Orolbo'yi mintaqasidagi salbiy ekologik vaziyat aholiga, ularning yashash shariotlariga, ularni emotsional holatiga, psixik rivojlanishiga, etnik psixologik xususiyatlarini qay darajada ta'sirini o'tkazayotganini ko'z oldimizga keltirish qiyin bo'lmasa kerak. Ekologik tanglik va uning og'ir oqibatlari inson psixikasiga va turli-tuman ijtimoiy, milliy, ekologik, manaviy-ma'rifiy va etnik xususiyatlariga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Aholining ko'z o'ngida tabiatning achinarli holda o'zgarib borishi, albatta kishilarni g'am-qayg'u hissiyotlarini oshirib boradi. Shuni unutmasligimiz kerakki, insonning moddiy yehtiyojlarini qondirish ham bir qator his-tuyg'ular bilan birga keladi. Aholining ekologik ongdagi hissiyotlarning barcha bu ko'rinishlarini tushunish uchun bu yerda yuzaga keladigan hissiy holatlarning rivojlanish mexanizmlarining mohiyati to'g'risida yetarlicha chuqur tushuncha talab yetiladi. Bu Orolbo'yi mintaqasidagi salbiy ekologik tuyg'u insonning o'ziga, insoniyat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

jamiyatining boshqa a'zolariga, davlatga va uning ijtimoiy institutlariga, tabiatga bo'lgan munosabatining o'ziga xos xususiyatlarini aks yettiruvchi alohida holatdir.

Yuqorida keltirilgan ilmiy izlanishlardan xulosa qilish mumkinki, Orolbo'yi mintaqasidagi aholi uchun kompleks tarzdagi psixologik ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, aholiga amaliy psixologik xizmat turlarni joriy etish zarur. Aholiga psixolog mutaxassislarni kumagi juda muhim. Aholining ekologik ongi rivojlanishini, mavjud etnik yoki milliy streotiplarni o'rganishda psixologik yondashuvlar maqsadga muvofiqdir. Ekologik ta'lim-tarbiya masalalarida psixologik bilimlardan foydalanish samaradorligini oshirib borishni talab qilmoqda. Psixologik xizmatlar ekologik ongni rivojlantirish, ekologik vaziyatlarga psixologik bilimlarni oshirish uchun ekopsixologik treninglar, psixodiagnostik va psixokorrektsion mashg'ulotlarni bosqichma bosqich olib boruvchi konkret strukturaviy tizim yaratilishi lozim. Ekologik qiyin sharoitdagi aholiga psixokorrektsion ishlarinin taqdim eta olishimiz kerak. Mashg'ulotlar mazmunli va kelajakda deyarli barqaror fazilatlarni rivojlantiruvchi omil sifatida xizmat ko'rsatish lozim. Psixokorrektsiya mashg'ulotlari tarkibga ko'ra, kognitiv soha, shaxs xususiyatlari, emotsional soha, xulq-atvor sifatlarini, shaxslararo munosabatlar, guruh ichidagi munosabatlar (oilaviy, jamoaviy), bola-ota-ona munosabatlarini o'z ichiga qamrab olgan umumiy kopleks tarzda ishlab chiqilishi zarur. Qolaversa, individual, jamoaviy va rasmiy jamoalar bilan ishlash dasturlarini ham alohida ko'rib chiqishni talab qiladi. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar yordamida ekologik psixologiya muammolari bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borish, ekologik psixologiya bo'yicha adabiyotlar, o'quv metodik tavsiyalarni ishlab chiqish lozim.

REFERENCES

1. Qoraqalpog'iston respublikasining konstitutsiyasi. T. 1993 y.

2. B.A.Koshanov "Qoraqalpog'iston tarixi " fani bo'yicha ma'ruzalar.2008 y.

3. N Davqaraev. Revolyutsiyaga shekemgi qaraqalpaq adebiyati tariyxinin ocherkleri, Nokis, 1961, str. 62

4. Qaraqalpaq folklori mnogotomnik tom I. Nukus-1977

5. Qaraqalpaq folklor Ko'p tomli 43-56-tomlar.

6. https://studwood.ru/1193633/literatura/karakalpakskiy folklor

7. https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/174-qaraqalpaq-folklori

8. Этническая психология. Хрестоматия. СПб.: 2003. 320 с.

9. Этнопсихологический словарь / Г. Н. Волков, В. М. Григорьев, Н. В. Данилов и др.; М.: МПСИ, 1999. — 343 с.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.