Научная статья на тему 'OROLNING KECHAGI VA HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI'

OROLNING KECHAGI VA HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1067
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orol / atmosfera / inson / iqlim / komponentlar. / Aral / atmosphere / man / climate / components.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Jumanazarova

Kеyingi yillarda O'zbеkistonda va butun dunyoda dolzarb muommoga aylanib kelayotgan Orol muommosi Glabal ekologik muommolar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PAST AND PRESENT OF THE ECOLOGICAL STATE OF THE ARAL SEA

In recent years, the Aral Sea problem, which has become an urgent problem in Uzbekistan and around the world, is one of the global environmental problems. Today, our planet is undergoing significant changes in the environment as a result of the negative impact of human activities. In particular, climate change and various natural disasters are felt at all latitudes of the planet. As a result, the areas covered with forests are shrinking, and the atmosphere, water, and lithosphere are being polluted. Changes in the state of the natural environment as a result of anthropogenic impact, strong anthropogenic impact on living and non-living components cause local, regional and global environmental problems.

Текст научной работы на тему «OROLNING KECHAGI VA HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

OROLNING KECHAGI VA HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI Jumanazarova Dinora Jumanazar qizi

Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va AMM yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6947385 Annotatsiya. Kcyingi yillarda O'zbckistonda va butun dunyoda dolzarb muommoga aylanib kelayotgan Orol muommosi Glabal ekologik muommolar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta'siri natijasida atrof muhitda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jumladan, iqlim o'zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o'rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda. Tabiiy muhit holatining inson ta'sirida o'zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta'sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.

Kalit so'zlar: Orol, atmosfera, inson, iqlim, komponentlar.

ПРОШЛОЕ И НАСТОЯЩЕЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ АРАЛА Аннотация. В последние годы аральская проблема, ставшая актуальной проблемой в Узбекистане и во всем мире, является одной из глобальных экологических проблем. Сегодня на нашей планете происходят значительные изменения в окружающей среде в результате негативного воздействия деятельности человека. В частности, изменения климата и различные природные катаклизмы ощущаются на всех широтах планеты. В результате площади, покрытые лесами, сокращаются, происходит загрязнение атмосферы, воды и литосферы. Изменения состояния природной среды в результате антропогенного воздействия, сильного антропогенного воздействия на живые и неживые компоненты вызывают локальные, региональные и глобальные экологические проблемы.

Ключевые слова: Арал, атмосфера, человек, климат, компоненты.

THE PAST AND PRESENT OF THE ECOLOGICAL STATE OF THE ARAL SEA Abstract. In recent years, the Aral Sea problem, which has become an urgent problem in Uzbekistan and around the world, is one of the global environmental problems. Today, our planet is undergoing significant changes in the environment as a result of the negative impact of human activities. In particular, climate change and various natural disasters are felt at all latitudes of the planet. As a result, the areas covered with forests are shrinking, and the atmosphere, water, and lithosphere are being polluted. Changes in the state of the natural environment as a result of anthropogenic impact, strong anthropogenic impact on living and non-living components cause local, regional and global environmental problems. Keywords: Aral, atmosphere, man, climate, components.

KIRISH

Orol dengizi - O'rta Osiyodagi eng katta berk ko'l. Ma'muriy Orol dengizining yarmidan ko'proq janubi-g'arbiy qismi O'zbekiston (Qoraqpog'iston), shimoliy-harqiy qismi Qozog'iston joyi. O'tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o'rtacha 68.0 ming km2 ni tashkil etgan. Kattaligi dunyoda to'rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko'l va Afrikadagi Viktoriya kolidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) o'rinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-g'arbga cho'zilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) bo'lgan. Havzasining maydoni 690 ming km2, suv chiqarish hajmi 1000 km3, o'rtacha

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

chuq. 16,5 m atrofida o'zgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz d eb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer po'stining eilgan joyidagi botiqda hosil bo'lgan. Tubining relyefi (g'arbiy narsa aniq olmaganda) tekis. Orol dengizida juda ko'p yarim orol va qo'ltiqlar bo'lgan. Shimol qirg'oqlarida eng katta qo'ltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichig'anoq, Perovskiy, yarim janubi-sharqiy va sharqiy qirg'oqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsag'a, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarda Ajiboy, Toltiq, Jiltirbas va boshqa joylarda. Orol dengizida qadimdan suv sati goh ko'tarilib, goh pasayib turgan. vaqtincha geologik vaqt davomida Sariqamish va O'zbo'y orqali Orol dengizi suvi-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi baland bo'lib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km2 maydonli sohil suv ostida bo'lgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur yuzasi g'arbiy tayyor. Qoraqalpog'iston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida o'zgarib turgan. Mas, 1785-yildan dengizda suv sathi ko'tarila boshlagan bo'lsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana ko'tarilgan, 1862-yil kamaygan. Ko'korol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana ko'tarila boshlagan. 1899-yilga kelib Ko'korol yarim orol orol bo'lib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km2, suv miqdori 1087 km3 bo'lgan bo'lsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km2, suvning miqdori 1153 km3 ga ko'paydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha o'zgargan.

TADQIQOT NATIJALARI

Oral dengizida suv sathining yil davomida o'zgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bog'liq. Bahorgi yomg'irdan ham dengiz sathi ko'tariladi. Suvi sathining yil davomida o'zgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng bo'lgan. Suvining sho'rligi o'rtacha 10— 11 %". Suvdagi tuzlarning ko'p qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga ko'ra, suvi Kaspiy dengizi suviga o'xshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq bo'ladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi ko'rinadi. Suvining rangi ko'pgina qismida ko'k, qirg'oklariga yaqini ko'kimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dek. o'rtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga o'zgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, cho'rtan, so'v'yan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil).

Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Mo'ynoqkabi yirik portlari faoliyat ko'rsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam bo'lgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shug'ullangan. O'tgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Mo'ynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida ko'p sonli baliq ovlash xo'jaliklari faoliyat ko'rsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Ko'korol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash z-dlari ishlab turgan.

MUHOKAMA

Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.

2G22

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bog'likligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha ko'p sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, o'tgan asrning 60-yillaridan sug'oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal sur'atlarda pasaya boshladi.

Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sig'imiga ta'siri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlari ning qiymatlariga ham keskin ta'sir ko'rsatdi: 1911—60 yillarda dengiz sathi o'rtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km3, dengiz yuzasiga yog'gan atmosfera yog'inlari miqdori esa 9,1 km3 ga teng bo'lgan. Sarflanish, ya'ni chiqim esa, asosan, bug'lanishdan iborat bo'lib, shu davrda o'rtacha 66,1 km3 ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km3 dan, 1911—60 yillar davomida 50 km3 hajmdagi suvni yo'qotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 bo'lakka bo'lingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (sho'rligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega bo'lgan va sayoz sharqiy qismi (sho'rligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan g'arbiy qismi (sho'rligi — 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.

XULOSA

Ekologik tanglik Orol bo'yi tabiati, o'simliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va sho'rlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq bo'ladigan o'simliklar turi va sifati kamayib, o'tloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining bo'lmasligi, daryolarning suv bosadigan qirg'oqlarida yastanib yotadigan to'qaylardagi xilma -xil o'simliklarning qurib, yo'q bo'lib ketishiga olib keldi. Ularning o'rnini qurg'oqchilikka chidamli yulg'un, shuvoq kabi cho'l o'simliklari egallamoqda. To'qaylarning yo'qolishi ko'plab o'simlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab bo'ldi. O'tgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi to'qaylarning buzilishi bilan bu joylardan yo'lbars, buxoro bug'usi yo'qolib ketdi. Janubiy Orol bo'yidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yo'qolib borayotgani va 42 turidan ortig'i „noyob" turga aylanayotgani haqiqatdir. Sho'rlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora o'lik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol bo'yida suv havzalarda tarqal gan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol mo'ylovdori yo'qolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.

REFERENCES

1. Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., O'rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969;

2. Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya Aralskogo morya i izmeneniye prirodnix usloviy nizovyev Amudari , T., 1981

3. Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990;

4. Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T.,1990;

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

5. Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.