Научная статья на тему 'Влияние и последствия развития Центральных Ферганских пустынь на экологию региона'

Влияние и последствия развития Центральных Ферганских пустынь на экологию региона Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
63
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
Язяван / Пап / Минбулак / Улугнор / Большой Ферганский канал / Бутифос / Аральская трагедия / компания по спасению Арала. / Yazyovan / Pop / Mingbulak / Ulugnor / Big Fergana Canal / Butifos / Aral tragedy / Aral Rescue Company.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Равшан Абдуллаев

Во второй половине двадцатого века монокультура хлопка в СССР привела к освоению целинных и пахотных земель и развитию хлопководства, создав новые сети водоснабжения. Были раскопаны несколько водохранилищ и каналов. Примеры включают Большой Ферганский канал (1939 г.) и Большой Андижанский канал (1965 г.). Для снабжения этих сетей водоснабжения использовалась вода Сырдарьи. В результате в 60–70-е годы ХХ века уровень воды в реке снизился, и со временем Аральское море перестало снабжаться водой. Такая ситуация наблюдалась и в Амударье, в результате чего объем воды Аральского моря уменьшался из года в год и стал глобальной проблемой. В данной статье обсуждаются экологические проблемы, вызванные монокультурами хлопка в Советском Союзе во второй половине двадцатого века, вызванными освоением засушливых и пахотных земель.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Effects and consequences of the development of Central Fergana desert territories on the ecology of the region

In the second half of the twentieth century, the USSR’s cotton monoculture led to the development of dry and arable lands and the development of cotton growing, creating new water networks. Several reservoirs and canals were excavated. Examples include the Big Fergana Canal (1939) and the Big Andijan Canal (1965). Syrdarya water was used to supply these water networks. As a result, in the 60s and 70s of the XX century, the river water level decreased, and eventually the Aral Sea was not supplied with water. This situation was also observed in the Amudarya, as a result of which the water volume of the Aral Sea decreased from year to year and became a global problem. This article discusses the environmental problems caused by the Soviet Union’s cotton monoculture in the second half of the twentieth century, which was caused by the development of dry and arable lands.

Текст научной работы на тему «Влияние и последствия развития Центральных Ферганских пустынь на экологию региона»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Effects and consequences of the development of Central Fergana desert territories on the ecology of the region

Ravshan ABDULLAYEV1

Namangan State University

ARTICLE INFO ABSTRACT_

In the second half of the twentieth century, the USSR's cotton monoculture led to the development of dry and arable lands and the development of cotton growing, creating new water networks. Several reservoirs and canals were excavated. Examples include the Big Fergana Canal (1939) and the Big Andijan Canal (1965). Syrdarya water was used to supply these water networks. As a result, in the 60s and 70s of the XX century, the river water level decreased, and eventually the Aral Sea was not supplied with water. This situation was also observed in the Amudarya, as a result of which the water volume of the Aral Sea decreased from year to year and became a global problem. This article discusses the environmental problems caused by the Soviet Union's cotton monoculture in the second half of the twentieth century, which was caused by the development of dry and arable lands.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Markaziy Farg'ona cho'li hududlarini o'zlashtirilishining mintaqa ekologiyasiga ta'siri va oqibatlari

ANNOTATSIYA_

XX asr ikkinchi yarmida SSSR amalga oshirgan paxta yakkahokimligi quruq va bo'z yerlarni o'zlashtirilishi va paxtachilikning rivojlantirilishi oqibatida yangi suv tarmoqlari vujudga keltirildi. Bir nechta suv omborlari va kanallar qazildi. Masalan, Katta Farg'ona kanali (1939-yil), Katta Andijon kanali (1965-yil) shular jumlasidandir. Bu suv tarmoqlari ta'minoti uchun Sirdaryo suvlaridan foydalanildi. Natijada XX-asr 60-70-yillarida daryo suvi kamayib oxir-oqibatda Orol dengizini

1 Independent researcher, Namangan State University. Namangan, Uzbekistan. E-mail: Ravshanabdullayev@gmail.com.

Article history:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021

Keywords:

Yazyovan, Pop, Mingbulak, Ulugnor,

Big Fergana Canal,

Butifos,

Aral tragedy,

Aral Rescue Company.

Kalit so'zlar:

Yozyovon, Pop, Mingbuloq, Ulug'nor,

Katta Farg'ona kanali, Butifos, Orol fojiasi, Orolni qutqarish kompaniyasi.

suv bilan ta'minlamay qo'ydi. Bu holat Amudaryoda ham kuzatildi, natijada Orol dengizi suv hajmi yildan-yilga kamayib global muammoga aylandi. Mazkur maqolada XX-asr ikkinchi yarmida SSSR amalga oshirgan paxta yakkahokimligi quruq va bo'z yerlar o'zlashtirilishi oqibatida vujudga kelgan ekologik muommolar haqida so'z yuritiladi.

Влияние и последствия развития Центральных Ферганских пустынь на экологию региона

АННОТАЦИЯ_

Во второй половине двадцатого века монокультура хлопка в СССР привела к освоению целинных и пахотных земель и развитию хлопководства, создав новые сети водоснабжения. Были раскопаны несколько водохранилищ и каналов. Примеры включают Большой Ферганский канал (1939 г.) и Большой Андижанский канал (1965 г.). Для снабжения этих сетей водоснабжения использовалась вода Сырдарьи. В результате в 60-70-е годы ХХ века уровень воды в реке снизился, и со временем Аральское море перестало снабжаться водой. Такая ситуация наблюдалась и в Амударье, в результате чего объем воды Аральского моря уменьшался из года в год и стал глобальной проблемой. В данной статье обсуждаются экологические проблемы, вызванные монокультурами хлопка в Советском Союзе во второй половине двадцатого века, вызванными освоением засушливых и пахотных земель.

Mustabid sovet tuzumi dastlabki kunlaridan aylantirish uchun kommunizmga sakrab o'tish, kommunizmga jadal yurish, kommunistik jamiyat qurilishini jadallashtirish kabi shiorlarni amalga oshirdilar. 1985-yil aprelidan esa boshlangan so'nggi qayta qurish ham yuqoridagi shiorlarning davomi bolib, kommunistik mafkuraga xizmat qildi. Bu shiorlar davrida million-million paxta xom ashyosini yaratuvchisi paxtakor dehqonning ma'naviy va moddiy manfaatlari cheklab qo'yildi. Chunki, 1917-yil oktabr to'ntarishidan keyin vujudga kelgan siyosiy va noiqtisodiy xo'jalik yuritishning shakl va uslublari qariyb 74 yil davom etdi. Markazning iqtisodiy javhadagi o'zboshimchaligi urush yillarida e'tiborsiz qolgan o'zbek qishloqlariga salbiy ta'sir ko'rsatgan edi. Chunki urush davrida imkon darajada qishloqdan (oziq-ovqat, xomashyo, ishchi kuchlari va h.k.)olindi, lekin qishloqqa esa hech narsa berilmadi. Oqibatda qishloq xo'jaligi sovet agrar siyosatining tobora yangi-yangi zararli illatlari o'zini namoyon qila boshladi. Stalin mamuriyati kommunizmga jadal yurishdan iborat xayoliy rejalarini ro'yobga chiqarish maqsadida odatdagidek qishloqda mamuriy tazyiq o'tkazishga zo'r berdi. Jamoa va davlat xo'jaliklaridan davlatga mahsulot yetkazib berishni keskin oshirish talab qilindi, bunda xo'jalik imkoniyatlaridan emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqildi. Qishloq xo'jaligini yuksaltirish uchun yirik kapital mablag'lar talab qilinardi. Biroq ular yetarlicha berilmas edi. Urushdan keyingi davrda O'zbekistonning agrar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun umumiy mablag'lar hajmining bor-yogi 7% ajratildi. Davlatning jamoa xo'jaliklariga yordami asosan texnika yetkazib berishdan iborat boldi, bu texnika esa MTSlar tassarufida

Ключевые слова:

Язяван, Пап,

Минбулак, Улугнор,

Большой Ферганский

канал,

Бутифос,

Аральская трагедия, компания по спасению Арала.

edi. Shu bilan birga jamoa xo'jaliklari mahsulotlariga belgilangan xarid narxlari urushdan oldin qanday bo'lsa, shundayligicha saqlanib qoldi, vaxolanki, dehqonxo'jaliklari oladigan sanoat mahsulotlarining narxlari esa 20 baravar ortdi. Natijada davlat qishloq xo'jalik mahsulotlarini deyarli tekinga oladigan boldi. O'zbekiston rahbariyati qishloq iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor edi, shuning uchun ham paxta yetishtirish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlarini ma'lum darajada bir xil qiymatga ega bo'lgan resurslar bilan ta'minlashga intildi. Xususan, respublika aholisining moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan oziq- ovqat ekinlarini ma'lum miqdorda yetishtirisha e'tibor berildi. Biroq bu hol markazning paxta yakkahokimligini kengaytirishga qaratilgan imperiyacha yo'liga zid keladi.

1947-yilda O'zbekistonning maxsus xodimlari Moskva mahalliy vazifalar foydasiga umumdavlat manfaatlarini unutib qo'yishda aybladi. Markazning deriktiv yo'lyoriqlariga muvofiq ustunlik faqat paxtachilikka qaratildi. Shuningdek belgilangan rejani bajarish yo'lida milliy rahbarlarga va busiz ham paxtazorlarda og'ir mehnat qilayotgan qishloq mehnatkashlariga nisbatan jazo tazyiqlari kuchaytirildi. Natijada 1952-yilda Ozbekiston davlatga 2 mln. 367 ming t. paxta topshirdi, bu 1940-yildagiga nisbatan deyarli ikki baravar ko'p edi. Biroq bu o'sishga agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi obyektiv sog'lom jarayonlar tufayli emas, balki o'zbek dehqonlarini ayovsiz ishlatish hisobiga erishildi. Paxta yakkahokimligini mustahkamlashga qaratilgan bu imperiyacha siyosat respublika qishloq xo'jaligining umumiy ahvoliga jiddiy tasir ko'rsatdi. Masalan, 50-yillarning boshlarida O'zbekiston ekin maydonlarni urushdan oldingi darajasiga yetkazib bo'lmadi. Don ekinlari yalpi hosili 1940 yildagi 615.1 ming t.dan 443 ming t.ga, uzum 1302 ming t.dan 840ming .t.ga, poliz ekinlari 331.9 ming t.dan 153 ming t.ga tushib qoldi. Ayni vaqtda sabzavodlar hosildorligi gektariga 152 t. dan 73 t. ga, poliz mahsulotlari 84 t.dan 66 t. ga tushib qoldi.

XX-asr 40-yillaridan boshlab Markaziy Farg'ona cho'llari o'zlashtirilishi boshlandi. Urush tugagach paxta yakkahokimligi siyosati tufayli qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirish yanada avj oldirildi. 1956-yil 6-avgustda Markaziy Osiyoda joylashgan Mirzacho'l, Qarshi, Sherobod qatorida Markaziy Farg'ona cho'llari ham o'zlashtirila boshlandi. Bu yerlarda yangi paxtachilik jamoa xo'jaliklari tashkil etildi. Jumladan, Andijon viloyatida Bo'z va Ulug'nor, Namangan viloyatida Pop va Mingbuloq, Farg'ona viloyatida Yozyovon va Qo'shtepa tumanlari paydo bo'ldi.

Bu hududlarda yerlarning o'zlashtirilishi va paxtachilikning rivojlantirilishi oqibatida yangi suv tarmoqlari vujudga keltirildi. Bir nechta suv omborlari va kanallar qazildi. Masalan, Katta Farg'ona kanali ( 1939-yil ), Katta Andijon kanali (1965-yil ) Bomba kanali shular jumlasidandir. Bu suv tarmoqalari ta'minoti uchun Sirdaryo suvlaridan foydalanildi. Natijada XX-asr 60-70-yillarida daryo suvi kamayib oxir-oqibatda Orol dengizini suv bilan ta'minlamay qo'ydi. Bu holat Amudaryoda ham kuzatildi, natijada Orol dengizi suv hajmi yildan-yilga kamayib global muammoga aylandi. Bu haqda quyidagi ma'lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o'lik" dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda,

Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llashish sur'atlari o'sib bormoqda.

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi bo'yicha dunyoda to'rtinchi o'rinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib o'zining oldingi ko'lamining 30 foizinigina tashkil etmoqda. Mazkur infografika mintaqadagi mana shunday ekologik o'zgarishlarning aholi turmush faoliyatiga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirini o'zida aks ettirgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orol fojiasining salbiy oqibatlarini yumshatish, mintaqada ekologik barqarorlikni ta'minlash, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarni nafaqat yurtdoshlarimiz, balki jahon hamjamiyati ham diqqat-e'tibor bilan kuzatmoqda. Binobarin, Orol dardi allaqachon olamning og'riqli dardiga aylanib ulgurgan.

Suv chekina boshlagani 1972-yildayoq ma'lum bo'lib qoldi. Eng qiyin davr 1979-1980-yillarga to'g'ri keldi. O'shanda dengiz shunday jadal sur'atda orqaga ketdiki, qirg'og'idan hatto 15-20 kilometrgacha nari ketdi. Bugungi kunga kelib, dengizning avvalgi qirg'og'idan hozirgisigacha bo'lgan masofa yuz kilometrdan ham ziyodni tashkil etadi. Bu-chinakam fojia! Qachondir kattaligi bo'yicha dunyoda to'rtinchi o'rinda turgan ko'l deyarli yo'qoldi, uning o'rnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro -Orolqum paydo bo'ldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni ko'tarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolbo'yida yashab kelayotgan tub aholi uchun nihoyatda og'ir sharoit tufayli yuzaga kelgan katta sinovdir. Aholi, birinchi galda, davlat tomonidan ko'rsatiladigan yordam va ko'makka juda muhtoj. To'g'ri, ilgari Orol muammosini hal etish bilan shug'ullanilmagan, deya olmaymiz. O'zbekistonning o'zida ham, xalqaro miqyosda ham, masalan, Orolni qutqarish Xalqaro Jamg'armasi tomonidan turli chora-tadbirlar ko'rilgan. Nazarimda, Orol bo'yidagi vaziyatni o'nglash bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko'ra, aniq va kompleks tarzda shug'ullana boshladik. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, jahon hamjamiyatining sa'y-harakatlarini Orol fojiasi oqibatlarini yengish uchun faol birlashtirishga chaqirdi hamda undan zarar ko'rgan aholiga yordam ko'rsatish bo'yicha qabul qilingan maxsus BMT Dasturini to'liq hajmda ro'yobga chiqarishga da'vat etdi.

Xalqaro hamjamiyat O'zbekiston yetakchisining tashabbusiga qo'shildi. Misol uchun, BMT huzurida Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tuzildi. Unga turli mamlakatlardagi donorlardan hududda yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ro'yobi uchun mablag' kelib tusha boshladi.Orol fojiasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashda boshqa davlatlarning ko'magi juda muhim. Mazkur keng ko'lamli ishga O'zbekistonning o'zi bosh bo'lishi kerak. Darhaqiqat, mamlakatimizda ushbu yo'nalishda qator yirik loyihalar faol amalga oshirilyapti. Masalan, Orolning qurigan qismida saksovul ekishga alohida e'tibor berilyapti. Ma'lumotlarga ko'ra, mustaqillik yillarida Orolbo'yida saksovulzorlar 400 gektardan ortiq maydonni tashkil etgan. Ammo hamma ko'chatlar ham tutib, o'sib ketmagan. Davlatimiz rahbari tomonidan 500 ming gektar yerga ko'chat ekish topshirig'i berildi. Saksovul ekish ishlari 2023-yilga qadar belgilangan.

Shu bilan birga Orol fojiasidan tashqari Markaziy Farg'ona cho'lidagi 100 ga yaqin yovvoyi hayvonlar turi va 150 dan ortiq o'simlik dunyosi nobud bo'lgan. Yerlarning unumdorligi yildan-yilga pasayib borgan. Masalan, 1952-yilda har gektaridan 22 ts hosil olingan bo'lsa, 1965-yilda 19 ts ni tashkil etdi. Shuningdek paxta hosilini ashirish uchun

DTT va butifosdan keng foydalanildi. Bu esa vodiy ekologik muhiti va aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Xulosa qilib aytganda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida mintaqa yerlarining o'zlashtirilishi , suv resurslaridan notog'ri foydalanish sun'iy suv havzalarining yaratilishi chuqur ilmiy xulosalarga asoslanmagan agrar siyosat butunjahon insoniyatini tashvishga solayotgan Orol fojiasini keltirib chiqardi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. A. Nobilsev, Farg'ona vodiysi bo'ylab, O'zbekiston 1976-yil.

2. G' Fozilov, Vodiyni olmos kamari. Farg'ona, 1996-yil.

3. Alisher Bek, Moziy-ul Yozyovon. Farg'ona, 1997-yil.

4. F. Zohidova, S. Fayozova. "Ekologiya" Dalil va raqamlarda: Fan va Turmush, 1990-yil 2-son.

5. www.uz.demetr.com.

6. www.tadqiqot.uz.

7. www.ziyonet.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.