Научная статья на тему 'OROLBO’YI MINTAQASINING QAYTA TIKLANISHI YANGI O’ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING IFODASI'

OROLBO’YI MINTAQASINING QAYTA TIKLANISHI YANGI O’ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING IFODASI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

103
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orol fojeasi / Barqaror rivojlanish maqsadlari / Orolboʻyi mintaqasi / Trust fondi / Qoraqalpog‟iston / Aral Culture Summit / “Yashil Orol dengizi”. / Аральская катастрофа / Цели устойчивого развития / Приаралье / фонд Траст / Каракалпакстан / Аральский культурный саммит / «Зеленое Аральское море»

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Juldizxan Axmetovna Saburova

Ushbu maqolada o‟tgan asrning 90-yillaridan boshlab to hozirgi kungacha dolzarb bo‟lib kelayotgan va kundan kunga Markaziy Osiyo mintaqasining ekologik vaziyatini og‟irlashtirib borayotgan Orol fojeasi va uning oqibatlarining salbiy ta‟sirlarini yumshatishga qaratilgan O‟zbekiston Respulikasining global miqyosdagi tashabbuslari va amalga oshirilayotgan loyihalar tahlili olib boriladi. Jumladan, Birlashgan Millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‟yobga chiqarishga mo‟ljallangan Milliy maqsad va vazifalarga erishish boyicha tashabbuslar yoritib beriladi. Maqolada Orol madaniyati sammiti loyihasi doirasida kutilayotgan natijalar fojeadan jabr ko‟rayotgan qoraqalpoq xalqi hayotida ijobiy o‟zgarishlarga olib kelishiga ishonch bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассмотрены глобальные инициативы и реализуемые проекты Республики Узбекистан, направленные на смягчение негативных последствий Арельской трагедии и ее последствий, которые актуальны с 90-х годов по настоящее время и с каждым годом ухудшающий экологическую ситуацию ЦентральноАзиатского региона. В частности, выделяются и описываются инициативы по достижению Национальных целей и задач, направленных на реализацию Целей устойчивого развития Организации Объединенных Наций. В статье выражается уверенность, что результаты, ожидаемые в рамках проекта Aral Culture Summit, приведут к позитивным изменениям и улучшению жизни каракалпакского народа, пострадавшего от этого бедствия

Текст научной работы на тему «OROLBO’YI MINTAQASINING QAYTA TIKLANISHI YANGI O’ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING IFODASI»

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-587-592

OROLBO'YI MINTAQASINING QAYTA TIKLANISHI - YANGI O'ZBEKISTON

MILLIY MANFAATLARINING IFODASI

Juldizxan Axmetovna Saburova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti

star2550.YS@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab to hozirgi kungacha dolzarb bo'lib kelayotgan va kundan kunga Markaziy Osiyo mintaqasining ekologik vaziyatini og'irlashtirib borayotgan Orol fojeasi va uning oqibatlarining salbiy ta'sirlarini yumshatishga qaratilgan O'zbekiston Respulikasining global miqyosdagi tashabbuslari va amalga oshirilayotgan loyihalar tahlili olib boriladi. Jumladan, Birlashgan Millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro'yobga chiqarishga mo'ljallangan Milliy maqsad va vazifalarga erishish boyicha tashabbuslar yoritib beriladi. Maqolada Orol madaniyati sammiti loyihasi doirasida kutilayotgan natijalar fojeadan jabr ko'rayotgan qoraqalpoq xalqi hayotida ijobiy o'zgarishlarga olib kelishiga ishonch bildiriladi.

Kalit so'zlar: Orol fojeasi, Barqaror rivojlanish maqsadlari, Orolbo'yi mintaqasi, Trust fondi, Qoraqalpog'iston, Aral Culture Summit, "Yashil Orol dengizi".

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассмотрены глобальные инициативы и реализуемые проекты Республики Узбекистан, направленные на смягчение негативных последствий Арельской трагедии и ее последствий, которые актуальны с 90-х годов по настоящее время и с каждым годом ухудшающий экологическую ситуацию Центрально-Азиатского региона. В частности, выделяются и описываются инициативы по достижению Национальных целей и задач, направленных на реализацию Целей устойчивого развития Организации Объединенных Наций. В статье выражается уверенность, что результаты, ожидаемые в рамках проекта Aral Culture Summit, приведут к позитивным изменениям и улучшению жизни каракалпакского народа, пострадавшего от этого бедствия.

Ключевые слова: Аральская катастрофа, Цели устойчивого развития, Приаралье, фонд Траст, Каракалпакстан, Аральский культурный саммит, «Зеленое Аральское море».

ABSTRACT

This article analyzes the global initiatives and projects of the Republic of Uzbekistan aimed at mitigating the negative effects of the Aral Sea tragedy and its consequences, which have been relevant since

April, 2023

587

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-587-592

the 90s to the present day and aggravating the ecological situation of the Central Asian region. In particular, initiatives to achieve the National goals and objectives aimed at the implementation of the United Nations Sustainable Development Goals are highlighted and described. The article expresses confidence that the expected results on the framework of the Aral Culture Summit project will lead to significant changes.

Keywords: Aral disaster, Sustainable Development Goals, Aral Bay region, Trust Fund, Karakalpakstan, Aral Culture Summit, "Green Aral Sea".

O'tgan asrning 90-yillaridan boshlab Qozog'iston va O'zbekiston Orol fojiasining halokatli oqibatlaridan eng ko'p jabr ko'rgan davlatlar sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar minbaridan foydalanib, Orol muammosiga jahon hamjamiyatining e'tiborini doimiy ravishda qaratib kelmoqda. O'zbekiston xalqaro hamjamiyatning o'z ovozi va mavqeiga ega bo'lgan a'zosi sifatida ushbu masalani hal etish maqsadida muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda. Joriy yilning 23-mart kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Suv masalalari bo'yicha konferensiya bo'lib o'tdi. Unda 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlari yo'lida obihayot orqali dunyoni birlashtirish, sayyoramiz farovonligida dengiz va okeanlarning ahamiyati, bu boradagi global tashabbuslar BMTga a'zo barcha mamlakatlar, ixtisoslashgan idoralar tomonidan nufuzli spikerlar ishtirokida ko'rib chiqildi. "Xalqaro hamjamiyat 45 yillik tanaffusdan so'ng ilk marotaba bunday konferensiyada jam bo'ldi. Chunki masala nihoyatda dolzarb: 2050 yilga borib sayyoramiz aholisining 5 milliard kishisi suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. O'zbekistonning ham bu borada aytar so'zi va takliflari, salmoqli tajribasi bor. Chunki kattaligi bo'yicha o'z vaqtida dunyoda 4-o'rinda bo'lgan Orol dengizi O'zbekistonda joylashgan va uning bugungi taqdiri faqat bizgina emas, balki butun xalqaro hamjamiyatga daxldor masala"[1]. Mamlakatimiz nomidan Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo'yicha sho'ba mudiri Saida Mirziyoyeva chiqish qilib, Orol dengizi mintaqasi uchun muhim bo'lgan masalalarni ko'tardi.

- Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrof-muhitga e'tiborsizligi oqibatlari haqida dahshatli eslatmadir. Biroq, g'amxo'r odamlarning sa'y-harakatlari tufayli u yana umid va yangilanish ramziga aylanmoqda, - dedi Saida Mirziyoyeva.

2015 yilda BMT barcha insonlar uchun yaxshiroq kelajak qurish maqsadida 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qildi. O'zbekiston ushbu maqsadlarga erishish yo'lida izchil bormoqda. 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta'minlash maqsadida

April, 2023

588

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-587-592

"2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Prezident farmoni tasdiqlangani buning isbotidir. Konsepsiyada Orolbo'yidagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasining eng keskin ekologik muammolaridan biri hisoblanishi va ayni vaqtda Orol dengizining qurish jarayoni mintaqadagi iqlim sharoitiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani hamda mavsumiy qurg'oqchilik kuchayishi tendensiyasi davom etayotgani ta'kidlanadi[2]. Bu haqida S.Mirziyoyeva ham o'z nutqida to'xtalib, "bu mintaqaning iqlimi juda og'irligi, yozda chidab bo'lmas darajada issiq, qishi esa o'ta sovuqligini...ana shunday og'ir sharoitda Qoraqalpog'iston xalqi o'z ahvolini yaxshilash uchun mehnatsevarligi, yaratuvchanligi, o'zining go'zal an'analar boyligiga hissa qo'shish orqali barcha imkoniyatlarni ishga solayotganiga" e'tibor qaratdi.

Ushbu mintaqada ekologik vaziyatning yomonlashib borayotgani to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida shunday degan edi: "Qo'limda Orol fojiasi xaritasi bor. Menimcha, bu o'zi uchun gapiradi. Dengiz qurishining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar xalqaro sa'y-harakatlarni faol birlashtirishni talab qiladi" O'zbekiston bu boradagi sa'y-harakatlarni qat'iy davom ettirib, BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida Orolbo'yi mintaqasini "Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi" deb e'lon qilish haqida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etgani va Rezolyutsiya 2021 yilda 60 ta davlat tomonidan bir ovozdan maqullandi.

Undan avvalroq, 2018 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik asosida Trust fondi tashkil etilgan edi. "Jamg'arma doirasida doimiy ravishda loyiha takliflari portfeli ishlab chiqilmoqda va yangilanmoqda. Jumladan, Orolbo'yi mintaqasi ekologik holatini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo'yicha loyihalarning yagona platformasi yaratildi. 47 ta yo'nalish bo'yicha loyihalar ro'yxati shakllantirildi.

Ular doirasida quyidagi 3 ta loyiha tasdiqlandi: innovatsion loyihalar yaratish va samarali qishloq xo'jalik amaliyotini joriy etishda yoshlarni qo'llab-quvvatlash, maktablarda ichimlik suvi ta'minoti va sanitariya tizimlarini yaxshilash, Qoraqalpog'istonda sog'liqni saqlash tizimini baholash.

Hozirgi vaqtda BMT Taraqqiyot dasturi Orolbo'yi

hududida qishloq joylaridagi biznes loyihalarni qo'llab-

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-587-592

quvvatlamoqda. Qator vazirliklar va idoralar bilan imzolangan o'zaro anglashuv memorandumi doirasida 2020-yil "Yashil Orol dengizi" tashabbusiga start berildi. Ushbu sa'y-harakatlar natijasida 100 gektar quruq dengiz tubida saksovul ko'chatlari ekiladi"[2]. Mamlakatimiz Orol dengizining qurigan tubini bog'ga aylantirishni o'z oldiga ulkan maqsad qilib qo'ygan.

O'z navbatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi A.Guterrish 2017-yil iyun oyida Orolbo'yiga qilgan safari yakunida Orol ekologik halokatini "bugungi kunning eng o'tkir ekologik muammolaridan biri" deb qayd etdi. Shu bois, u BMT O'zbekistonni Orol dengizining qurishi bilan bog'liq oqibatlarni bartaraf qilishda har tomonlama qo'llab-quvvatlashini ta'kidlagan edi.

Bugungi kunda Orol suv havzasining qoldiq suv balansi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining oqib kelishi cheklanganligi, ayrim yillarda esa yo'qligi oqibatida nomutanosib holatga kelib qolgan bo'lib, natijada dengiz sathi pasayishi, uning yuza qismi maydoni qisqarishi va unda erigan elementlar konsentratsiyasi oshib borishi davom etmoqda. Orolning qurib qolgan tubidan kuchli shamollar zaharli moddalar bilan to'yingan tuzlar va chang-to'zonni havoga ko'tarishi aholi sog'ligiga jiddiy xavf solmoqda, surunkali qon kasalliklarini, nafas olish yo'llari, buyrak, oshqozon-ichak trakti, yurak-tomir tizimi, shuningdek, o't pufakda tosh paydo bo'lishi, onkologiya va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarmoqda[3]. "Davlatimiz ekologik halokatga qarshi kurashda vaqt qadrini chuqur anglagani bois bu vazifani tezkor ravishda amalga oshirmoqdamiz", -dedi S.Mirziyoyeva.

Orol dengizining O'zbekiston tomonidagi qurigan tubida dov-daraxtlar ekilgan maydonlarni ko'paytirish vazifa qilib belgilanib, bundan kutilayotgan natija 2030-yilda Orol dengizining qurigan tubining O'zbekistondagi qismida o'rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish hamda Nukus, Urganch, Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat "yashil belbog'"lar barpo etish ustuvor vazifa qilib belgilandi.

"Orolqumda 2023-yil davomida yana 100 ming gektar maydonda o'rmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan"[2].

Orol dengizi fojiasi oqibatlarini bevosita o'z boshidan kechirayotgan Qoraqalpog'iston xalqining matonati, mehnatsevarligi, yaratuvchanligi alohida e'tirof etildi. Mintaqaning og'ir sharoitida, ayniqsa, ayollar kuchli g'amxo'rlik va ko'makka muhtojligiga, ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish zarurligiga mamlakatimiz vakili yana bir bor dunyo e'tiborini qaratdi.

O'zbekiston ilgari surayotgan yangi loyiha Aral Culture

Summit - Orol madaniyat sammiti loyihasi bo'lib, O'zbekiston

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-587-592

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan tashkil etiladi. Bu mahalliy va xalqaro hamjamiyat, yetakchi olimlar, arxitektorlar, rassom va dizaynerlarni birlashtiradigan yangi institut bo'lib, ushbu sammit doirasida yosh avlodni mintaqadagi vaziyatni yaxshilashga hissa qo'shadigan ko'nikmalarni shakllantirishga undaydigan ta'lim va almashinuv dasturlari, stipendiyalar va stajirovkalar tashkil etiladi.

Shuningdek, sammit doirasida biodizayn ferma-laboratoriyasi uyushtiriladi. Loyiha doirasida mintaqani suv bilan ta'minlash, yangi ekin turlarini yaratish, shuningdek, hududda sho'rlanishni kamaytirish bo'yicha turli texnologiyalar o'rganiladi va ishlab chiqiladi. Ayni paytda ushbu sammit ijodkorlarni mahalliy fermerlar bilan birlashtirib, yangi o'simliklar yetishtirish uchun biodizayn sohasida barqaror aloqalarni o'rnatishi va shu orqali kelgusi 10 yilga mo'ljallangan strategik rejani ishlab chiqishi ma'lum qilindi. Bu mahalliy hamjamiyatda ulkan o'zgarishlar uchun zamin yaratadi[3].

Bundan bir necha yillar avval amerikalik tahlilchilar shunday yozgan edi: "Yaqin-yaqingacha ko'plab kuzatuvchilar Orol dengizini yo'qotilgan masala deb hisoblashgan. Ammo shimoldagi taraqqiyot dengiz qoldig'ining katta qismlarini ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali qilish mumkinligini ko'rsatmoqda. Orol hikoyasi zamonaviy, texnologik jamiyatlarning tabiiy dunyoga (tabiatga) va o'z xalqiga vayronagarchilik keltirishi mumkinligi va ayni vaqtda ushbu hikoya atrof-muhitni tiklash uchun ham katta imkoniyatlarni namoyish etadi [4]. Orolning yangi hikoyasi haqiqatdan ham boshlanayotgani va bu yuqoridagi ta'kidning ikkinchi qismi bo'lishiga, ya'ni zamonaviy, texnologik jamiyatlarning atrof-muhitni tiklash uchun katta imkoniyatlari mavjudligini namoyish etishiga umid qilamiz.

REFERENCES

1. Israa Farhan Uzbekistan Participates in UN Conference for Sustainable Development Goals. https://see.news/uzbekistan-participates-in-un-conference-for-sustainable-development-goals.

2. 2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2019 yildagi PF-5863-son https://lex.uz/docs/-4574008.

3. Орол денгизи умид ва янгиланиш рамзига айланмокда. 2023-03-24. https://www.gov.uz/uz/news/view/36703.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-587-592

4. Reclaiming the Aral Sea By Philip Micklin, Nikolay V. Aladin on April 2008. https://www.scientificamerican.com/article/reclaiming-the-aral-sea/ .

5. Abduazimova, Z. A. (2021). Philosophical Features of the Conceptual Approach in the Formation of Environmental Ethics in the Process of Globalization. International Journal on Integrated Education, 4(10), 138-142.

6. Абдуазимова, З.А. (2019). ИНТЕГРАЦИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ. ИНТЕГРАЦИЯ , 9 , 10-2019.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.