Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’AT YANGI O’ZBEKISTON TARIXIDA XIZMAT KO‘RSATAYOTGAN RASSOMLAR IJODI'

O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’AT YANGI O’ZBEKISTON TARIXIDA XIZMAT KO‘RSATAYOTGAN RASSOMLAR IJODI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1028
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rassomlik rangtasvir / qalamtasvir xaykaltoroshlik plakat tasvir / tarix / san’at olami / parishtalar / insonyat / tabiat / obrazi / olma / jang maydoni / milliy g’oya / afsona / qogʻoz / mato / taxta / devor / akvarel / moyboʻyoq / tempera / guash / yelim boʻyoq / Painting / painting / pencil drawing / sculpture / poster / picture / history / art world / angels / humanity / nature / image / apple / battlefield / national idea / myth / paper / fabric / board / wall / paint / watercolor / watercolor / tempera / gouache / glue paint

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Djalilova, Ro’zixon Kazakovna

Mazkur maqolada tasviriy san’at texnologiyasini mustaqillik yillarida rivojlanish taraqqiyoti misolida ko’rildi. Rangtasvir, grafika, amaliy san’atni O’zbekiston rassomlari ilmiy ijodi misolida tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FINE ART OF UZBEKISTAN CREATION OF ARTISTS SERVING IN THE HISTORY OF NEW UZBEKISTAN

In this article was considered an example of the development of fine art technology in the year of independence. Painting, graphics, applied arts were analyzed on the example of the scientific work of Uzbek artists.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’AT YANGI O’ZBEKISTON TARIXIDA XIZMAT KO‘RSATAYOTGAN RASSOMLAR IJODI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

УДК: UDK:372.862 ( 075)+002:651+4943

O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'AT YANGI O'ZBEKISTON TARIXIDA XIZMAT KO'RSATAYOTGAN RASSOMLAR IJODI

Ro'zixon Djalilova Kazakovna

FarDU.Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi. O'zbekiston badiiy akademiyasi rassomlar ijodiy uyushmasi a'zosi.

Mazkur maqolada tasviriy san 'at texnologiyasini mustaqillik yillarida rivojlanish taraqqiyoti misolida ko 'rildi. Rangtasvir, grafika, amaliy san 'atni O 'zbekiston rassomlari ilmiy ijodi misolida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Rassomlik rangtasvir, qalamtasvir xaykaltoroshlik plakat tasvir, tarix, san'at olami, parishtalar, insonyat, tabiat, obrazi, olma, jang maydoni, milliy g 'oya, afsona, qog Oz, mato, taxta, devor, akvarel, moybo 'yoq, tempera, guash, yelim bo'yoq

В данной статье был рассмотрен пример развития технологии изобразительного искусства в годы независимости. Живопись, графика и прикладное искусство были проанализированы на примере научного творчества узбекских художников.

Ключевые слова: Живопись, картина, карандашный рисунок, скульптура, плакат, образ, история, мир искусства, ангелы, человечество, природа, образ, яблоко, поле битвы, национальная идея, легенда, бумага, ткань, доска, стена, акварель, акварель, темпера, гуашь, клеевые краски

In this article was considered an example of the development of fine art technology in the year of independence. Painting, graphics, applied arts were analyzed on the example of the scientific work of Uzbek artists.

Key words: Painting, painting, pencil drawing, sculpture, poster, picture, history, art world, angels, humanity, nature, image, apple, battlefield, national idea, myth, paper, fabric, board, wall, paint, watercolor, watercolor, tempera, gouache, glue paint

«Inson qadri degan g'oyani hech qachon unutmasligimiz kerak. Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili deb e'lon qilishimiz, agar [buni] chuqur tahlil qilsak, juda ko'p

Tel: 95.007.2368.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

o'ylandik, nimalar qo'yish mumkin, deb. Albatta, kechagi qilgan ishimiz bilan bugungisining davomiyligi, bardavomli bo'lishi kerak. Bardavomlik nuqtai nazardan, yana va yana Inson qadri degan g'oya yillarga qo'shilib davom etishi kerak. Shuning uchun "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" [deb nom qo'ydik]», — deya tushuntirdi prezident. O'zbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta'minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, duogo'y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog'lig'i joyida bo'lishi, yaxshi ta'lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit kerak bo'lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo'ldan aslo to'xtamaymiz», — dedi davlat rahbari Sh.M. Mirziyoyev.

Mustaqillik yillari tasviriy san'at tur va janr kompozitsiyalarni tasvirlash turli texnalogiyalarni qullanishi rivojlandi. O'zbekiston rassomlari qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, xaykaltoroshlikda tasvirlangan asarlar biror yuza (qog'oz, mato, taxta, devor va boshqalar)ga bo'yoq (akvarel, moybo'yoq, tempera, guash, yelim bo'yoq), texnikasiga qarab tasvirlaniladi.Xaykaltoroshlik tosh, shisha va h.k.da ishlanadigan tasviriy san'at yunalishda oz aksini topmoqda. Qanday xomashyodan va kanday ishlanishiga qarab rangtasvir va grafikaajratiladi. Rangtasvirda rang muhim o'rin egallaydi va uning harakterli tomonlarini belgilaydi; qalamtasvir grafikada asosan chiziq, oqqora bo'yoq dog'lari asosiy bo'lib, rang ikkinchi darajali o'rin tutadi, ko'p hollarda shartli, ramziy ma'noda asarning g'oyaviy emotsional tomonini kuchaytirish maqsadida uni qo'llash mumkin. Macalan, plakat tasvrlar uchtadan ortiq rang ishlatilmaydi. Qizil,ko'k, sariq va boshqa ranglar asosiy ranglar va tarkibiy issiq va sovuq tasvirlanish metodikasini qullash uchun rassomdan maxorat talab etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Rassomlik san'ati" iborasi 20-asr 50-yillaridan qp'llanilib, dastlab rangtasvirni ta'riflash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda, shuningdek, badiiylik ma'nosida ham qo'llaniladi.Rassomlik san'ati rangtasvir va grafika bir-biri bilan uzviy bog'liq holda rivojlangan. Davr o'tishi bilan professional san'atning kuchayishi ularni mustaqil san'at turlariga ajrata boshlagan. Uyg'onish davri va undan keyingi davrlarda Rassomlik san'ati ifoda vositalari boyib borgan, mutaxassislar yetishib chiqqan, texnika va texnologiya o'zgarib yangilanib borgan. Rangtasvir va grafikani bir-biridan alohida ajratish qiyin, chunki har bir ijodkor ularning har ikkisida ham ijod qiladi, ijodkor izlanishi va o'ziga yoqqan texnalogiyalarni qo'llashi hozirgi rassomlar uchun erkin fikir g'oyalarida tasvirlash rivojlanilmoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

1991-2022 yülarMustaqülik yillari O'zbekiston tasviriy san'at yo'nalishlari rassomlarning ijody namunalari yurtimizdagi va xorijdagi muzey, galereyalardan o'rin olgan. Ular o'zbekistonlik, xorijlik san'at ixlosmandlari ko'nglidan ham joy olgan. O'zbekiston tasviriy san'atida yorqin iz qoldirgan rassomlarimiz Chingiz Ahmarov, Ro'zi Choriev, Rahim Ahmedov, O'rol Tansiqboyev, Akmal Ikromjonov va boshqa ko'plab mo'yqalam sohiblari shular jumlasidandir. Ularning shogirdlari, izdoshlari bo'lgan quyidagi rassomlar Mustaqillik yillarida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Akmal Nur Akmal Nuriddinov (Nur) 1959 yil Namanganda tug 'ilgan. 1984 yilda M.Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at institutini tamomlagan. 1990 yildan O'zbekiston Badiiy Akademiyasining ijodiy birlashmasi a'zosi. 2005 yilda O'zbekiston xalq rasssomi bo'ldi. 2012 yildan O'zbekiston Badiiy Akademiyasini boshqarib kelmoqda.Rassomning ijodiy ishlari O'zbekiston davlat san'at muzeyi, Badiiy Akademiyaning ko'rgazmalar direksiyasi, Urganch davlat galereyasi va boshqa joylarda saqlanadi. Shuningdek, Yugoslaviya, AQSh, Hindiston, Shveysariyadagi muzey va galereyalarda, Gollandiya, Germaniya, Belgiya, Avstraliya, Isroil, Kanada, Turkiyaning xususiy kolleksiyalarida saqlanilmoqda. A.Nur ijodida muhabbat mavzusi etakchilik qiladi. "Muhabbat olmasi", "Muhabbat bog'i", "Muhabbat daryosi", "Muhabbat oroli" nomli ishlar shular jumlasidandir. Rassom ushbu asarlarda turli ramziy obrazlardan - oy, baliq, qayiq, buqa, shox va boshqalardan foydalangan. Biroq ularning yagona motivi olma bo'lib, u birinchi planga olib chiqilgan.

2. Javlon Umarbekov O'zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekov1946 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1961-1966 yillarda P.P.Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida ta'lim olgan. Ana shu talabalik yillarining o'zidayoq Toshkent shahrida o'tkazilgan ko'rgazmada qatnashib (1965 y.) "Hosil" nomli asari bilan birinchi mukofotga sazovor bo'lgan. J.Umarbekov "Huayn Boyqaro va Alisher Navoiyning yoshligi"ga bag'ishlangan, 1968 yilda yaratilgan asarida ikki do'stning sharqona obrazini tasvirlaydi.Javlon Umarbekov o'z ustozi Chingiz Ahmarovdan nafaqat ta'lim oladi, balki san'atga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va muhabbatni ham o'rganadi.San'atkor rang - barang kompozisyalar, portretlar, boy mazmunli manzara va natyurmortlarning muallifidir. Uning asarlarida tarixiy shaxslar qiyofasi kompozisiyalar qamrovida gavdalanadi. Bu o'rinda ayniqsa Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur kabi tarixiy shaxslar obrazlarining to'laqonli gavdalanishi diqqatga sazovordir. Javlon Umarbekovni «Sharq kuychisi», «o'zbek Pikassosi»deb ham atashadi.

3. Alisher Mirzaev O'zbekiston xalq rassomi, rang-tasvir ustasi Alisher Mirzaev 1948 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Zamonaviy rangtasvir san'atining

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ilg'or vakillaridan biri.Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko'pgina xorijiy davlatlarda ham ma'lum va mashhurdir. Bu borada, ayniqsa, Germaniya, Bolgariya, Ruminiya, Italiya, Fransiya kabi xorijiy davlatlarda qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlarini ta'kidlamoq kerak. Rassom ona tabiat bag'rida o'zbekona an'analarni, to'ylarni, beg'ubor o'zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishiga muvaffaq bo'lgan. Jumladan, "Toshkent -tinchlik va do'stlik shahri" triptixi, "Bolaxonada", "Intizorlik", "Yosh oila haqida qo'shiq" kabi o'nlab asarlari moybo'yoqlarda o'z aksini topdi. Taniqli o'zbek rassomi

4. Ortiqali Qozoqov 1960 yilda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. Atoqli ijodkor yuksak mukofot - O'zbekiston Badiiy Akademiyasining "Oltin medali" (1997 yil) hamda Vatan ravnaqi yo'lida qo'shgan hissasi uchun "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat arbobi" faxriy unvoni sohibidir.Rassomning shaxsiy ko'rgazmlari nafaqat yurtimiz, balki Vashington (1991), Moskva (1994), Izmir (1995), Nagano (1999), Lyubek (1997) kabi qator shaharlarda namoyish qilingan. O. Qozoqovning asarlari Kipr, AQSh, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Turkiya, Yugoslaviya, Marokash, Kanada, Isroil, Niderlaniya, Janubiy Koreya va ko'plab boshqa xorijiy davlatlar muzeylari, badiiy galereyalari va xususiy to'plamlardan o'rin olgan.

5. Lekim Ibrohimov O'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Lekim Ibrohimov 1945 yilda Olmata viloyatida tug 'ilgan. 2001 yil O'zbekiston xalq rassomi, 1998 yilda O'zbekiston Badiiy Akademiya Oltin medali bilan taqdirlangan bo'lsa, 1999 yil O'zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi bo'ldi.

L.Ibrohimov ijodida Sharq mavzi asosiy o'rin tutadi, xalq ertak va dostonlari, o'zbek va uyg'ur mumtoz she'riyati asosida yaratgan asarlari o'zining lirik ohangi, mazmuni bilan e'tiborini tortadi: "Amir Temur", "Alisher Navoiy", "Bobur" portretlari, "O'zbek xalq ertaklari ", "So'qoq qizlari" turkum asarlari va boshqalar. L. Ibrohimovning xorijiy mamlakatlarda shaxsiy ko'rgazmalari uyushtirilgan, xalqaro va respublika ko'rgazmalarida asarlari bilan ishtirok etgan.

Uning 2000-2012 yillar mobaynida yaratgan "Ming farishta va bir surat» mega-asari rekord o'rnatgan. Mega-asar Praga, Moskva va Toshkentda namoyish etilgan. Yaxlit rasmning hajmi 500 metr kvadratdan oshadi. Kartina va konstruksiya og'irligi 22 tonnadan iborat. Pannoning balandligi 8 metr, uzunligi esa 66 metrni tashkil etadi.

6. Bahodir Jalolov Bahodir Jalolov 1948 yil Toshkentda tug'ilgan.1974 yil I.E.Repin nomidagi Leningrad davlat rangtasvir, haykaltaroshlik va me'morlik institutini tamomlagan. Yoshlik yillarida portret san'atining ustasi Abdulhaq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Abdullaevdan ta'lim olgan.U O'zbekiston Xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi haqiqiy a'zosi, Qirg'iziston Badiiy Akademiyasi haqiqiy a'zosi, Rossiya Badiiy Akademiyasining faxriy a'zosi, K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professoridir.1991 y. A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati bo'lgan.Uning ijodiga Sharq va G'arb, akademizm va modernizm, reallik va fantaziya, intuisiya va echimning aniqligini taqqoslash, dastgohlilik va mahobatlilik, tekislilik va fazoviylik xos. Rassomning asarlari Toshkentdagi O'zbekiston davlat san'at muzeyi, O'zbekiston Tasviriy san'at galereyasi, Moskva davlat Tretyakov galereyasi, Rassomlar uyushmasi konfederasiyasining xalqaro Fondi, Zamonaviy san'at muzeyi, Londondagi Bukingem saroyi va Britaniya muzeyida, shuningdek, ko'plab chet el shaxsiy to'plamlarida saqlanadi.

Bahodir Jalolov portret san'atida ko'p yutuqlarga erishdi. Uning to'laqonli asarlarida o'zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o'z ifodasini topgan. Bu o'rinda ayniqsa akademik rassom O'rol Tansiqboev, buyuk olim, akademik Vohid Zohidov, san'atning mashhur darg'alari Komil Yormatov, Malik Qayumov, Muhiddin Rahimov, Hamro Rahimova, Akrom Toshkanboev, Damir Ro'ziboev kabi ulug'lar siymosi so'zimizga misoldir.

7. Dilorom Mamedova Dilorom Mamedova 1974 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1998 yildan O'zbekiston Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a'zosi.D. Mamedova - zamonaviy ijodkor rassomlardan biri bo'lib, uning ijodi asosan serquyosh O'zbekistoning go'zal tabiatiga bag'ishlangan. Rassomning sevgan mavzusi vatanimizning boy madaniyati, uning chuqur o'tmishiga tayangan an'analari xisoblanadi. Uning realistik janrdagi ko'pgina asarlarida milliy urf-odatlarimiz aks etgan ijodiy namunalarni ko'rishimiz mumkin. Rassom boshqa yo'nalishlarda - avangard, abstraksiya, xolstga ishlangan grafika va mozaika uslublarida ham ijod qiladi. O'ziga xos xolstga ishlangan grafikasi qiziq, biroq mayda va mashaqqatli bo'lib oddiygina gelli ruchkada ishlanadi.

Dilorom Mamedova shahar, respublika va xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallagan. 2013 yil rassom "Mustaqillik" kuniga bag'ishlab o'tkazilgan "Eng ulug', eng aziz" ko'rik tanlovida 1-o'rin, Xitoyda o'tkazilgan "Biennale- 2013" da 1-o'rin oldi va "Yilning eng yaxshi rassomi" diplomi bilan taqdirlandi.Bugungi kunda rassomning asarlari O'zbekiston davlat san'at muzeyida, Moskvadagi "Nikor" muzeyida va Germaniya, Shveysariya, Angliya, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Avstraliya, Xindiston, Xitoy, Isroil va AQShdagi shaxsiy kolleksiyalardan joy olgan.

8. Shahnoza Abdullaeva1965 yilda Toshkentda tug'ilgan. 1989 yil Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Uning ilk va bosh ustozi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

professor Chingiz Ahmarov bo'ladi. Sh.Abdullaeva O'zbekiston Badiiy Akademiyasi a'zosi. Uning ijodida Sharq ayollari, afsonaviy obrazlar, shoiralar etakchilik qiladi. Ayniqsa, farishtalar mavzusiga ko'p murojaat qilgan. Sababi rassom farishtalar ko'rinmas bo'lsa-da, ularning mavjudligiga, bizning yonimizda bo'lishiga ishonadi.Sh.Abdullaevaning asarlari O'zbekiston davlat san'at muzeyi, Badiiy ko'rgazmalar direksiyasi, Urganch va Toshkentdagi tasviriy san'at galereyalaridan, shuningdek, AQSh, Germaniyadagi galereyalar, Yaponiya, Livan, Finlyandiya, BAA, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston kabi mamlakatlar elchixonalaridan o'rin olgan.

9.Djalilova Ro'zixon Qazakovna 1968-yil 23-noyabrda Farg'ona viloyati Quvasoy shaharda tug'ilgan. 1989- 1993 yillar Respublika Rassomchilik bilim yurtining "Rangtasvir" yo'nalishini tomomlagan. 1993-1999-yillarda Mannon Uyg'ur nomli Toshkent davlat san'at, Kamolidin Bexzod nomli milliy va rassomlik va dizayin instituti "Inter'er va jihozlash"kafedrasi," Me'moriy yodgorliklar bezaklarini ta'mirlash musavviri" yo'unalishini tamomladi. 1993-yildanO'zbekiston Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi ko'rgazmalarida o'z asarlari bilan faol qatnasha boshlagan. 2006-yilda O'zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi. 1999-yil "O'zbekiston Badiiy Akademiyasi" Respublika rassomlik kolleji "Ta'mirlash" yo'nalishida o'qituvchi. 2003-2022 yilllar Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakul'teti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi, katta o'qituvchisi, dotsenti. Tasviriy san'at o'quv ishlari: o'quv uslubiy majmualar, innovatsion, testlar tayorlagan. Asosiy ilmiy va uslubiy ishlari. 77 ta ish e'lon qilingan, shulardan 60 ta ilmiy maqola, o'quv-uslubiy qo'llanma 15 ta, 3 ta o'quv qo'llnma. 4 ta ijodiy albom. Ilmly-tadqiqot ishlari borasida "Hozirgi O'zbek badiiy madaniyatda falsafiy estetik tamoyillar uyg'inligi» (rang tasvir san'ati misoli ) nomli dissertatsiyasini himoya qilgan.

Asarlari realizim, zamonaviy yo'nalishlarida tasvirladi. Xar bir asar takrorlanmaydi yangi g'oya, O'zbekiston respublikasi memmorchiligi inson ruhiyatini kutaradi, turli janirlar natyurmort, manzara, portret, animal, batal, tarixiy, minyatura, kulolchilik san'ati kompozisiyalar turli texnalogiyani qullaydi.Dunyodagi borliqni turfa tasvir ranglar yorqinligi, O'zbekiston tabiati o'zbek iqlimi, kamalakdek ranglar olami kayfiyatni kutaruvchi asarlarda o'z aksini topgan. Uning asarlari davlatlar muzeylari, badiiy galereyalari va xususiy to'plamlardan o'rin olgan.

Alisher Aliqulov O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, "Shuhrat" medali sohibi Alisher Aliqulov ustoz rassomlar — G'afur Qodirov va Rustam Xudoyberganovdan rangtasvir sirlarini o'rgandi. Uning talabalik yillarida ishlagan "Buyuk imperiyaning halokati" nomli diplom asari hozirda Milliy rassomlik va dizayn institutida saqlanmoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Alisher Aliqulov rangtasvirning mahobatli va dastgohli janrlarida birdek ijod qiladi. Musavvirning 1996 yili poytaxtimizda bunyod etilgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga ishlangan "Qadimgi Baqtriya sport o'yinlari" nomli pannosini sara asarlar sirasiga kiritish mumkin. Shuningdek,"Uloq", "Kurash", "Poyga", "Yoyandozlik", "Nayza uloqtirish", "Tosh ko'tarish" kabi asarlarida ham milliy o'yinlarimiz rang-barang, murakkab kompozisiyaga ega realistik yo'nalishda yaratilgan.

Ijodkor 1996 yili Temuriylar tarixi davlat muzeyi uchun "Samarqand bozori" asarini ishlagan. Muzey zaliga ishlangan yana bir asarda "Amir Temurning To'xtamishxon ustidan qozongan g'alabasi" aks etgan.

2002 yili O'zbekiston tarixi davlat muzeyi uchun "Amir Temur va jahon tarixi" pannosini ishlagan. Hozirda uning mahobatli rangtasvir asarlari vatanimizning turli madaniy va ma'muriy binolarini bezab turibdi.

11. Rustam Xudoyberganov 1970 yilda Toshkent Davlat pedagogika instituti "Badiiy grafika" fakul'tetini (hozirgi TDPU)ni tugatgan. 1972-1975 y. Xar'kov (Ukraina) Badiiy Sanoat institutida o'qigan va 1979 yilda A.Ostrovskiy nomli teatr va rassomlik institutining "Mahobatli rangtasvir" bo'limini tamomlab, o'z ijodiy faoliyatini yoshlarga ta'lim berishga bag'ishladi. Uning monumental asarlari Toshkent davlat konservatoriyasi (Vitraj), Toshkent, Termiz, Urganch, shuningdek, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston kabi chet el shaharlaridagi jamoa binolarini bezab turmoqda. Rassomning "Amir Temur portreti", "Bobur", "Jaloliddin Manguberdi", "Sulton Abdusaid mirzo", "To'maris", "Feruz portreti", "Spitamen", "Momo", "Hojar xola", "Otam portreti" va "Aslo taslim bo'lmaymiz" (J.Manguberdi) tarixiy kartinalari kabi portret asarlari tomoshabinlar e'tiboriga tushgan.

Xulosa Mustaqillik yillari "Tasviriy san'at" yunalishlar qalamtasvir rangtasvir,kompozisiyasi fanlarida turli texnalogini rassomlar ijodida qullanishi rivojlandi.

Taniqli rassomlardan Chingiz Ahmarov, Ro'zi Choriev, Rahim Ahmedov, O'rol Tansiqboev, Akmal Nur, Akmal Ikromjonov, Javlon Umarbekov, Rustam Xudoyberganov, Alisher Aliqulov, Ro'zixonDjalilova, Dilorom Mamedova, L.Ibrohimov, Shahnoza Abdullaeva, Bahodir Jalolov, Ortiqali Qozoqov, Alisher Mirzarvlar tinmay rassomlik san'ati rivojlandi.

Amaliy mashg'ulotlar rassim tasvirlash, malakasini oshirishda kunikma xosil etadi. Ularni ijodiy tasvirlanishi bir- biriga uxshamasligidadir.

Xar bir rassom dunyoqarashi asari orqali dunyodagi voqiyalarni yangi qalamtasvir va rang mutanosibligi, milliy umuminsoniy munosabati,oylasi, maxalasi maktabi va jamiyat barkamol avlodlar kamolati uchun o'zining tasvirlagan asarini

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qoldiradi. Kelajak uchun milliy g'yadagi yangi kompozisiyalar tarix uchun meros sifatida xizma qiladi.

REFERENCES

1. Djalilova R. Akademik qalamtasvir asoslari. Darslik. Farg'ona nashiryoti 2023yil

2. Djalilova R. Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya. Darslik Farg'ona. nashiryoti 2023 yil.

3. Rahim Hasanov Tasviriy san'at asoslari. Qo'llanma. G'ofur G'ulom nomidagi nashiryot matbaa-ijodiy uyi. Toshkent. 2009 yil.

4. Djalilova R.Q. «Kompozitsiya». O'quv qo'llanma. Farg'ona -2012 yil

5. Abduraxmonov A. «Rantasvir va kompozitsiya asoslari». O'quv qo'llanma.Toshkent. 1995 yil.

6. Djalilova R. "Akademik qalamtasvir". O'quv qo'llanma. F: nashriyot- 2019yil.

1. Raxim Ahmedov O'zbekiston badiiy Akademiyasi «Yozuvchi» nashriyoti Toshkent 2021 yil. 80 yoshda Albomi.

2. Sadulla Abdullayev Albomi. Toshkent 2006 yil

3. Akmal Nuridinov Albomi. Toshkent 1998yil «Elviya» nashiryoti

4. Kamolidin Bexzod nomli milliy rassomlik va dizayin inistituti Albomi. San'at jurnali nashiryoti 2005 yil.

5. Ro'zixon Djalilova. Ijodiy albomi 1989-2012 yillar . Farg'ona 2012.

6. Ro'zixon Djalilova. Al'bomi Kalendar. Farg'ona 2006yil.

1. Nigora Ahmedova. «Nazim Falsafa o'yg'inligi» Akmal Nuridinov ijodi. 22-26 betlar / O'zbekiston badiiy Akademiyasi san'at jurnali nashiryot Toshkent

2. ^annnoBa, P. (2022). TACBHPHË CAHLAT ACAP.TAPH MH^^HË HCTH^TO-T FQACHHHHr TAPHXHË BA OA.TCAOHË ACOCTAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 243-250.

3. ^annnoBa, P. (2022). MYCTA^H^^HK ËHT.TAPH TACBHPHË CAHLAT KA.TAMTACBHP, PAHrTACBHP, KОMПОЗHTЦH£CH TAPAKKHETH. Science and innovation, 1(C3), 239-244.

4. RQ, D. (2021). METHOD OF DRAWING THE COMPOSITION OF DIFFERENT STATES OF THE HUMAN BODY IN THE INTERIOR. Thematics Journal of Arts and Culture, 5(1).

Ijodiy albomlar

Ilmiy maqolalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.