Научная статья на тему 'IJODKOR AYOL TIMSOLIDA RANGLAR JILOSI'

IJODKOR AYOL TIMSOLIDA RANGLAR JILOSI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
175
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musavvira / tasviriy sanʼat / portret / rangtasvir / faktura / naturmort / ekskursovod / muzey / obraz. / Musavvira / fine art / portrait / painting / texture / still life / tour / museum / picture.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Saloyeva Ozoda, Ismatova Shahrizoda

Ushbu maqolada oʻzbek tasviriy sanʼatida ilk ayol rassom, musavvira Shamsiroʻy Hasanova hayoti va ijodi haqida soʻz boradi.Uning ijodi bugungi kunda juda keng targʻib qilinib, jamoatchilik nazariga tushib kelmoqda. Shamsro‘y Hasanova shoiralar portreti turkumi bilan bir qatorda, o‘z zamondoshlari portretlarini ham ishlaganligi va asarlar tahlili to‘g‘risida so‘z ketadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the life and work of Shamsiroi Hasanova, the first female artist in Uzbek fine art. In addition to the series of portraits of poets, Shamsroi Hasanova worked on the portraits of her contemporaries and the analysis of the works.

Текст научной работы на тему «IJODKOR AYOL TIMSOLIDA RANGLAR JILOSI»

IJODKOR AYOL TIMSOLIDA RANGLAR JILOSI

Saloyeva Ozoda Ismatova Shahrizoda

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs muzey menejmenti va madaniy turizm yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.7583071

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tasviriy san'atida ilk ayol rassom, musavvira Shamsiro'y Hasanova hayoti va ijodi haqida so'z boradi.Uning ijodi bugungi kunda juda keng targ'ib qilinib, jamoatchilik nazariga tushib kelmoqda. Shamsro'y Hasanova shoiralar portreti turkumi bilan bir qatorda, o'z zamondoshlari portretlarini ham ishlaganligi va asarlar tahlili to'g'risida so'z ketadi.

Kalit so'zlar: Musavvira, tasviriy san'at, portret, rangtasvir, faktura, naturmort, ekskursovod, muzey, obraz.

Аннотация: В данной статье рассказывается о жизни и творчестве Шамсирой Гасановой, первой женщины-художницы в узбекском изобразительном искусстве. Помимо серии портретов поэтов, Шамсрой Гасанова работала над портретами современников и анализом произведений.

Ключевые слова: Мусаввира, изобразительное искусство, портрет, картина, фактура, натюрморт, экскурсия, музей, картина

Annatation: This article talks about the life and work of Shamsiroi Hasanova, the first female artist in Uzbek fine art. In addition to the series of portraits of poets, Shamsroi Hasanova worked on the portraits of her contemporaries and the analysis of the works.

Key words: Musavvira, fine art, portrait, painting, texture, still life, tour, museum, picture.

Ilk o'zbek musavvira ayollaridan biri, ijodkor ayol o'z hayotini san'atga bag'ishlab, noyob asarlarni yaratgan rangtasvir ustasi Shamsro'y Hasanova O'zbekiston tasviriy san'ati tarixida munosib o'rnini egallagan. U o'zining ajoyib san'at asarlari bilan bir qancha xalqaro ko'rgazmalarida ishtirok etgan.

Shamsro'y Hasanova 1917 yil Toshkentda hunarmandlar oilasida dunyoga keldi. Otasi mohir duradgor, onasi esa kashtachilik san'ati bilan shug'ullanar edi. 1933 yilda Shamsro'y Hasanova Toshkentdagi rassomlik bilim yurtiga o'qishga kirdi. Bu ta'lim dargohida u mashhur rassomlar A. Volkov, P. Benkov va P. Gan kabilardan tasviriy san'at asoslarini chuqur o'rgandi. Keyinroq taniqli rassom V. Rojdestvenskiy va M. Shemyakinlardan shu soha bo'yicha katta bilimga ega bo'ldi.

1938 yilda Shamsro'y Hasanova O'zbekiston Davlat san'at muzeyiga ishga kirdi va bu madaniy maskanda ekskursovod vazifasidan rahbar lavozimigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi.

Aynan muzeydagi faoliyati SH. Hasanovaga tasviriy san'at durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratib berdi. U sharq miniatyurasi san'atini o'rgana boshladi. Tarixiy portretlarni yaratishga alohida e'tibor qaratib, o'rta asrlar madaniyati va adabiyoti sohasida faoliyat yuritgan bir qator sharq ayollarining suratini aks ettirdi. Ya'ni, Zebuniso, Nodirabegim, Uvaysiy, Mutriba singari shoiralarning obrazi orqali Sharq ayolining ruhiy erkinligini ifoda etishga harakat qildi. Bu mavzu rassomlik bilim yurtida o'z yaqinlaridan pinhona ta'lim olgan Shamsro'y uchun juda yaqin edi.

Shamsro'y Hasanova 39 yil umr ko'rdi. Shu qisqa umr davomida u tasviriy san'atning tarixiy portret yo'nalishi rivojiga katta hissa qo'shdi, zamonaviy o'zbek san'atida birinchilardan bo'lib natyurmort janriga qo'l urdi. Uning asarlari xalqaro maydonda namoyish etilgan.

Jumladan, 1947 yilda Moskva va Pragada, 1948 yilda Parijdagi ko'rgazmalarda namoyish etilgan. Shamsiro'y Hasanova tomonidan yaratilgan san'at asarlari O'zbekiston tasviriy san'ati tarixida o'zining munosib o'rnini egalladi. Shu bilan bir qatorda Shamsro'y Hasanova O'zbek xotin-qizlaridan yetishib chiqqan birinchi musavvira.

Chaqmoq qizi, sening uchun dunyo oq mato

Sehrlidir qo'lingdagi nurli mo'yqalam.

Tovlanadi ranglar mavji, bo'lmagay ado,

Yomg'ir raqsi, gul-chechaklar, yashnagay olam.

Chiziqlarda jonlanadi umr daftari

Musavvira ko'zlarida umid va hayrat.

Qalb titrog'i ko'chib borar mangulik sari,

Ana shunday evriladi buyuk muhabbat.

Shamsro'y yurtimizda inqilobiy to'ntarishlaru turli siyosiy o'zgarishlar ro'y berayotgan murakkab, chigal bir davrda — 1917 yilda Toshkentdagi ishchilar shaharchasida tug'ildi. Bu shaharchada o'sha kezlarda ko'plab usta san'atkorlar, hunarmandlar istiqomat qilganlar... Shu bois, Shamsro'y ilk bor ana shunday mu'tabar zotlar yaratgan ijod namunalarini ko'rib, tasviriy san'atga ishqi tushgandir. Balki, mohir kashtachi bo'lgan onasining ranglar tanlash iste'dodi, ehtimol, ganch va yog'och ustasi bo'lgan otasining shakllar yasash mahorati unga meros o'tgandir. Ammo, nima bo'lganda ham, o'sha alg'ov-dalg'ovli davrlarda, o'tgan asrning o'ttizinchi yillarida ayol kishining rassom bo'lishi g'ayritabiiy hodisa, ko'pchilik uchun andozaga tushmaydigan bir hol edi.

Shamsro'y Zebunniso nomidagi to'liqsiz o'rta maktabni tugatgach, rassom bo'lishga ahd qildi. U ota-onasidan yashirincha Toshkent badiiy bilim yurtida o'qidi. Talabalar orasida yagona bo'lgan bu o'zbek qizi boshqa millat vakillari bilan bab-baravar chizdi, kuzatdi, ijod qildi.

Shamsro'y Hasanova ilk ijodini har qanday bo'lajak rassom singari o'zi tug'ilib o'sgan makon — ko'chalar, uylar, bog'lar, xiyobonlar, bozorlar, turli kasbdagi odamlar, gullar, yil fasllari, tanish va notanish zamondoshlarini tasvirlashdan boshlagan. Yosh musavvira odatda ketma- ket, bir yo'la bir necha portret, kompozitsiya, natyurmort ustida ishlar edi. Uning asarlarida O'zbekiston quyoshida evrilgan ming bir xil rang tuslari, jilvalari ko'rindi. Hayotdan olgan turli tassurotlarini qog'ozga, matoga ko'chirdi. Uning uchun hayotiy lavhalar ijod manbai edi.

O'sha kezlarda qadimiy va navqiron Samarqandda esa badiiy maktabning o'ziga xos realistik maktabi mashhur bo'layotgan edi. Unga XX asarning buyuk rassomlaridan biri, o'tgan asarning 30-yillarida mashhur bo'lgan Pavel Bentkov va shogirdi, ajoyib rassom Zinaida Kovalevskaya boshchilik qilardi. Shamsro'y ilmga chanqoq edi, u imkon darajasida bu ulug' rassom maktabidan ham bahramand bo'ldi.

Chingiz Ahmarov keyinchalik o'zining butun ijodi davomida Sharq go'zallari timsoliga murojaat etar ekan, ularga ana shu musavvira qiz —turmush o'rtog'i Shamsro'y Hasanovani prototip qilib olgan edi. «Men Shamsro'yning qator portretlarini ishlab ko'rganman. Alisher Navoiy nomidagi teatrga tasvir etganim obrazlarning barchasida Shamsro'ydan ilhom olganman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Biroq shulardan eng muvaffaqiyatlisi, 1943-44 yillarda sevib tasvir etganim - «Shirin» asarim deb hisoblayman.

Bu rasmda Shamsro'y qiyofasi o'ychan, go'zal obraz siymosiga mos tushganidan tashqari, Shirinnnig qandaydir kelgusidagi baxtsizligidan ham darak berib turganday» deb yozgan edi atoqli rassom Chingiz Ahmarov. Bu ikki ijodkor olami bir-biriga juda-juda yaqin edi. Shamsro'y Chingiz Ahmarov bilan hamnafas bo'lgan, birga yashagan kezlarida rassomning ruhiy madadiga suyandi. Ijod musavviraning yashash tarziga, hayotiga aylangan edi.

Rassom Sharq shoiralari degan turkum portretlar ustida ishlay boshladi. Zebunniso, Nodira, Uvaysiy, Mutriba... Rassomning o'z polotnolaridagi qahramonlari bilan ruhiy aloqasi uning dastlabki asari - Zebunniso portreti bilanoq o'rnatildi. Bir paytlar Zebunniso nomidagi maktabda o'qigan musavvira uning obrazida o'z qiyofasini ko'rdi, uni yurakdan his qildi.

Shamsro'y Sharq she'riyatining chinakam maftuni edi. U o'zbek shoiralari tarixi bilan qiziqar ekan, ularning portretlarini yaratishga bel bog'ladi. Ishdan sal vaqt topishi bilan ularning obrazi ustida etyudlar ishlashga o'tirar edi. Nodira. Bu portretda u Nodirani nafaqat taxt malikasi, balki nafosat, oqilalik go'zallik ma'budasi sifatida tarannum eta oldi.

Uvaysiy portreti Nodira portretidan so'ng bir yil o'tib, 1947 yilda ishlandi. Unda biz oliymaqom zot ayollariga xos viqor, jiddiy nigoh, musibatlarni iroda kuchi bilan yenggan matonatli bir timsolni ko'ramiz.

1947 yilda yaratilgan «Mutriba» asari uyg'ur xalqining sevimli shoirasi hayotiga bag'ishlangan. Uning merosini o'rgangan Shamsro'y bu dilbar shoiraning xalqona she'riyati maftuni bo'ldi. Rassom shoirani o'zining milliy libosida,qalbi olovlangan, tafakkuri o'tkir shoira sifatida ko'rdi, portretini yaratishda ana shu xislatlarni tasvirga joyladi.

Shamsro'y Hasanova shoiralar portreti turkumi bilan bir qatorda, o'z zamondoshlari portretlarini ham ishlagan. 1950-yillar boshlarida ishlangan «Avtoportret» asari alohida diqqatga sazovor. Muallif unda «Avtoportret»da romantik obraz yaratishga intiladi. Asar bir-biriga uyg'unlashib ketgan chiziqlar o'yinida yaratilgan. Portret kompozitsiyasida qat'iy tartib va aniq mutanosiblikka erishilgan. Bu obrazga uyg'unlik va hamohanglik baxsh etgan.

Shamsiro'y Hasanova asarlaridagi bunday xususiyatlar keyingi yillarda ijod qilgan O'zbekistonning ko'pgina rassomlari ijodiga bevosita ta'sir ko'rsatgan edi. Ba'zi bir asarlarida, xususan, "Nodira", "Mehri", "Mutriba" asarlarida sharqona miniatyuralar tamoyillari mumtoz frantsuz rassomi Polt Gogen asarlari an'analari bilan chatishgan ko'rinadi. Ularda miniatyuraning nozik jilvasi, yorqin rangdorligi, qat'iy kompozitsion shakli, fakturada tasvirning yassi yuza talqini singib ketgan.

Muallif qahramonlarning lirik kechinmalariga alohida e'tibor qiladi. Asarlarda katta rang surtmalari keng va tekis qilib ishlov berilgan, yuqoridan pastga surtma chizgilarda qoplanadi. Bunday hajmni o'ziga xos tarzda andozalash usuli bir qadar Gogen rangtasvirini eslatadi. Shamsiro'y Hasanova yaratgan shoirlar portretlari shakli, darajasi bir xil emas, ammo ularning barchasida shoirona hissiyot, hayajon, salobat xosligi ko'zga tashlanadi.

Musavviraning "Bog'bon qiz", "Skripkachi qiz", "Avtoportret", "Qashqar shoirasi "Mutriba", "Zebunniso","Nodirabegim" kabi durdona asarlari o'zbek tasviriy san'ati xazinasidan mustahkam joy oldi. Musavvira o'zbek tasviriy san'atida birinchilardan bo'lib, natyurmort janriga asos soldi. Uning "Koptok gul","Xitoy chinnisi", "Mevalar" kabi natyurmortlarida aks etgan tasvirlar o'zbekona ang'analar, xalqimizning kundalik yashash tarzining bir ulgusi sifatida namoyon bo'ladi. Ayniqsa, "Natyurmort" asarida och qizg'ish ranglar fonida oppoq kuzgi xrizentemalar, piyola, chinni idishlar, kichik ayol haykalchasi, xatdon va maktub mayin ranglarda yo'g'rilgan, ularda ziyoli bir ayol qalbining ichki hissiy kechinmalarini anglash mumkin.

Shamsro'y Hasanova g'oyat kamtar inson edi. Muzeyga kelib turgan talabalarga o'z mehrini bergan, o'zbek san'at va madaniyati tarixining qadimgi sahifalari haqida hikoya qilishni burchi deb bilgan, rantasvirdagi tajribalarini o'rgatishga intilgan.

Katta orzu va umidlar bilan yashagan. Bu haqda keksa pedagog rassom To'xtamurod Sodiqov shunday xotirlaydi:

"Men Benkov nomli respublika bilim yurti talabasi edim. San'at muzeyida Vereshchaginning "Ko'knori chekuvchilar" kartinasidan nusxa ko'chirar edim. O'shanda Shamsro'y opa muzey direktori. Men shu yerda uch oycha bo'lib, muntazam kelib turdim. Opa meni tez-tez o'z xonasiga olib kirib, choy bilan siylardi, rassomlik mahorati haqida gapirar, meni o'z tengidek ko'rardi. Opa mendan o'n to'rt yosh katta edi, qarangki, men institutga kirganimda, u kishi shu yoshida uchinchi kursda o'qir ekan. U kishining "O'zbek ayollari" degan kartinasi, diplom ishi respublika rassomlik bilim yurti binosi foyesida osiqlik turardi. Undan ko'p meros qolgan. Bunday deyishimga sabab bor. Bir kuni men bilan birgan ishlaydigan Nosir Husanov degan odam bir nima ish bilan bir mahallaga borib qoladi. Shunda u bu xonadonda uy chordog' idan o'ram-o'ram qilib qo'yilgan asarlarni ko'rib qoladi. Shunda u: "sizlarning oilangizda rassom bormi?"deb so'raganida, uy egasi Shamsro'y Hasanova ularning yaqin qarindoshi bo'lganligini, bu asarlar undan meros ekanini aytadi. Afsuski, men Nosirdan uning manzilini so'ramagan edim. Nosir ham bundan o'n yilcha avval olamdan o'tgan".

Afsuski, bu ayolning umri qisqa bo'ldi. 1956 yil kuzida og'ir dardga chalinib, vafot etdi. Undan bir-biridan go'zal rangtasvir asarlari meros qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Shamsro'y Xasanova xayoti va ijodi | Образовательная социальная

сеть

https://nsportal.ru/user/1256013/page/shamsroy-xasanova-xayoti-va-ij odi

2. Нетленный свет. А. Хакимов.Ташкент-2018.

3. Выставка Шамсрой Хасановой — первой узбекской художницы -Kultura.uz

https://kultura.uz/view 3 r 526.html

4. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.