Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’ATDA QALAMTASVIR TEXNOLOGIYASINI O’QITISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI'

TASVIRIY SAN’ATDA QALAMTASVIR TEXNOLOGIYASINI O’QITISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
229
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qalamtasvir qonun qoidalari / realizm / kompozitsiya / xaykaltaroshlik grafika / tur / janrlar / didaktik printsiplar / ertak / illyustratsiya / me’morchilik. / Pencil drawing rules / realism / composition / sculptural graphics / arts / genres / didactic principles / fairy tales / illustrations.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R.Jalilova

Mazkur maqolada O’zbekistonning mustaqillik yillarida tasviriy san’at qalamtasvir kompozitsiyasi didaktik prinsiplarni uzliksiz ta’lim tarbiya jarayonlari metadologik asoslari haqida bahs yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIDACTIC PRINCIPLES OF TEACHING PEN TECHNOLOGY IN FINE ARTS

The article examines the methodological foundations of the process of continuous teaching of the didactic principles of the fine arts of the pen during the years of Uzbekistan's independence

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’ATDA QALAMTASVIR TEXNOLOGIYASINI O’QITISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI»

TASVIRIY SAN'ATDA QALAMTASVIR TEXNOLOGIYASINI O'QITISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI

R.Jalilova

FarDU. Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi rassomlar ijodiy uyushma a'zosi. https:Moi.org/10.5281/zenodo.6578348

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonning mustaqillik yillarida tasviriy san'at qalamtasvir kompozitsiyasi didaktik prinsiplarni uzliksiz ta'lim tarbiya jarayonlari metadologik asoslari haqida bahs yuritilgan.

Kalit so'zlar: qalamtasvir qonun - qoidalari, realizm, kompozitsiya, xaykaltaroshlik grafika, tur, janrlar, didaktik printsiplar, ertak, illyustratsiya, me'morchilik.

ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ОБУЧЕНИЯ ПЕРЬЕВОЙ ТЕХНИКЕ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ

Аннотация. В статье рассматриваются методологические основы процесса непрерывного обучения дидактическим принципам изобразительного искусства пера в годы независимости Узбекистана.

Ключевые слова: Правила рисования каранндашом, реализм, композиция, скул 'птурная графика, виды искуство, жанры, дидактические принципы, сказки, иллюстрации.

DIDACTIC PRINCIPLES OF TEACHING PEN TECHNOLOGY IN FINE ARTS

Annotation. The article examines the methodological foundations of the process of continuous teaching of the didactic principles of the fine arts of the pen during the years of Uzbekistan's independence.

Keys words: Pencil drawing rules, realism, composition, sculptural graphics, arts, genres, didactic principles, fairy tales, illustrations.

Kirish. Qalamtasvir — chiziqlar asosida grafika vositalari (qalam, pero, tush va boshqalar) yordamida yaratiladigan tasvir, chizgi. Tarixdan ma'lumki ne-ne buyuk allomalar ko'p asrlar yaratib qoldirgan ilmiy asarlari shundan dalolat beradi . Misol uchun, qadimiy xind, xitoy yoki yunon faylasuflarini olasizmi, o'rta asrlardagi Sharq va G'arb Uyg'onish davri nomoyandalari, o'zbek mutafakkurlarini ilmiy merosida moddiy va ma'naviy olam o'rtasidagi munosabatlariga keng o'rin berilganligini ko'rish mumkin. Masalan antik davr faylasuflari bo'lmush Sokrat va Platon, Epikur va Demokrat, Xitoy donishmandi Konfutsiy va boshqa allomalarning nazariy qarashlari fan tarixida ma'lum. Albatta o'z davri falsafiy yondoshuvlarning har biri mavjud siyosiy -ijtimoiy vaziyat, xukmron mafkura, jamiyatning huquqiy va madaniy saviyasi, turli sotsial guruh va toifalarning qarashlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Tasviriy san'atda o'rgatish metodlari Qadimgi Misr,Yunon Yevropa, Rim maktablari yuksak madaniyatini rivojlanganligi misolida kursatish mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi. Insonga xos orzu-intilishlarni ro'yobga chiqarish, uning ongli hayoti kechiriishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy olamini bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o'ylaymanki, o'rinli bo'ladi. Qachonki ana shu ikki muhim omil o'zaro o'yg'unlashsa, tom ma'nodagi qo'sh qanotiga aylansa, shundagina inson davlat va jamiyat hayotda o'sish-o'zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo'ladi.

Tasviriy san'at turi va janrlarida ijodiy erkinlikning ahamiyati katta. Ma'naviy qadiryatlar, urf odatlar va an'analarimiz mustaqillik yillari qayta tiklandi. Milliy qalamtasvir, rangtasvir kompozitsiya yangi tarixi yoshlarimiz tasavvur asosi tasvirlar ma'naviy jarayonlarning o'zaro rivojlanish va taraqqiyotining kelajak avlodlar tasavvur yetishga mustahkam garovi bo'lib xizmat qiladi.

Tasviriy san'at darslarini didaktik printsiplarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Mutaxasis fanlari tasvirlanishiga ko'ra: ikkiga bo'linadi.

1. Akademik- uzoq vaqt davomida tasvirlash

2. Ijodiy-obrazli ifodalash dunyoqarashi, rassom fikri hissiyoti va dunyoqarashi obrazli ifodalovchi tasvirdir.

Qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, tasvirlari amaliy metodik bosqich qonunlari asosini o'z ichiga oladi. Tasviriy san'at darslarini amaliy, nazariya bilan uzviy bog'lagan holda darsdan tashqari mustaqil tasvirlash, ijodiy to'garaklarda taniqli rassom ustozlar hamkorligi orqali ta'lim va tarbiyaning samarali rivojlanishiga erishish mumkin.

Boshqa fanlarda bo'lganidek, tasviriy san'at darslarida ham materiallarni muntazam va ketma-ket bayon etish prinsipi muhim ahamiyatga ega. Bu printsip butun kurs davomida o'quv materiallarini mantiqan izchil joylashish va har bir mavzudan olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan holda, yangi materiallarni o'tilganlar bilan bog'lab bayon etilishi lozimligini nazarda tutadi.

O'qitishiing o'quvchilar yoshiga va kuchiga mos bo'lishi printsipi berilayotgan bilimlar yoki ular o'zlashtirilishi lozim bo'lgan materiallarni murakkablik darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bo'lishini nazarda tutadi. Masalan, O'.Tansiqboevning «Jonajon o'lka», X.Rahmonovning «May tongi», N.Karaxanning «Oltin kuz», Z.Inog'omovning «Choyga», Ro'zixon Djalilovaning turli mavzu janrlarni rangtasvir kompozitsiyasi asosi didaktik printsplar ko'rgazmalilik, onglilik va faollik, bolalar yoshiga va kuchiga moslik, muntazamlik va ketma-ketlikni qo'llagan. Tasviriy san'at kompozitsiyasi natyurmot, O'zbekiston viloyat shahar qishloq manzaralari milliy obraz portretlari asarlari O'zbekiston ko'rik-jamolini gullab yashnashi Shoximardon, Yordon bahor, kuz, yoz manzarasi yorqin turli texnologiyalar asosida aks ettirilgan. O'quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirish ona-vatanimizga bo'lgan ilk muhabbat paydo bo'ladi. Shu zaylda ularda ona-vatanga, o'lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg'ulari yanada kuchayadi. Tasviriy san'at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozidiya ishlash, boshqa millat va xalqlar hayotini didaktik ilmiylik, ko'rgazmalilik, onglilik va faollik, bolalar yoshiga va kuchiga moslik, muntazamlik va ketma-ketlik printsipiolar asosini o'z ichiga oladi. Suratlarning Reproduktsiyalarini ifodalovchi, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi. «Mehmonlarimiz», «Chet el delegadiyasini kutib olish», «Turistlar» mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarda o'quvchilar ongiga millatlararo totuvlik, do'stlik tushunchalarini singdirishga harakat qilinadi. Asar mazmunini ochishga yordamlashuvchi suhbatlar, turli millat va xalqlarning qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining boyishiga olib keladi.

Muxokama va natijalar. Turli millat yozuvchilarning asarlari va xalklarining og'zaki ijodiga xos illyustratsiyalar o'quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g'oyalari bilan tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi.

Tasviriy san'at darslarida millatlararo do'stlik, totuvlik Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham amalga oshiriladi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o'zbek xalqining hayoti va mehnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba'zi chet xalqlarning hayoti va mehnati aks ettirilgan suratlarli ko'rish mumkin. P.P.Ben'kov («Dugonalar»), A.Abdullaev («Shomahmudovlar oilasi»), LAbdullaev («Demobilizatsiya qilinganlarni kutib olish»), X.Husniddinxo'jaev («Navoiy va Jomiy»), A.TSiglintsev («Mening uyim, sizning ham uyingiz»), O'.Tansiqboev («Issiqko'l oqshomi») va boshqalarning bir qator asarlari millatlataro totuvlik, do'stlik g'oyalarini aks etgarganligi bilan ajralib turadi.

Tasviriy san'at dasturiga bir qator Sharq va G'arb mamlakatlari rassomlarining ijodini o'rganish ham kiritilgan. Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo, Rembrant, Rubens, Kent, Pikasso, Matiss va boshqa chet el rassomlarining asarlari do'stlik va hamkorlik g'oyalarini amalga oshirishda boy material bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, dasturda Misr, Hindiston, Xitoy, Eron, Yaponiya kabi mamlakatlarning me'morchiligini o'rgatish ham nazarda tutilgan. O'qituvchi bunday san'at asarlarini tahlil qilar ekan, ularning o'ziga xos xamda umumiy belgilarini ta'kidlab o'tishi maqsadga muvofiq. O'quvchilar tasviriy san'at asarlarini o'rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining mehnati va mehnatdagi jasoratlari, an'analari, odatlari, turmush tarzi hamda tabiati bilan oshno bo'ladilar.

Xulosa. Tasviriy san'at qalamtasvir rangtasvir, kompozitsiya darslari didaktik printsiplari bolalar yoshiga va kuchiga moslik, muntazamlik va ketma-ketlik printsipiolar asosini o'z ichiga oladi. O'zbekiston rassomlari asarlari, O'rta Osiyo, Sharq, Yevropa mamlakatlari san'atini badiy an'ana -inson faolyatining adabiyot, san'at kabi sohalarda erishilgan va saqlanib qolgan ilg'or yutiqlar va tajribalari majmuidir. Tarixiy va xozirgi mustaqillik yillari amalda qalamtasvir rangtasvir kompozitsiya fanlarini uzluksiz ta'lim jarayonida turli texnologiyani qo'llab tasvirlash, nazariy yangi tarxini taxlil etishga o'rgatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boymetov B, Abdurasulov S. " Chizmatasvir" o'quv qo'llanma. G'ofur G'ulom

tomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2004

2. Ro'zixon Djalilova . "Qalamtasvir". Sa'at jurnali nashiryoti o'quv qo'llanma Tashkent - 2009

3. Rahim Hasanov.Tasviriy san'at asoslari. G'ofur G'ulom tomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.