Научная статья на тему 'OROLBO’YI REGIONIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNING TABIIY ATIROF MUHITNING O’ZGARISHIGA TASIRI'

OROLBO’YI REGIONIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNING TABIIY ATIROF MUHITNING O’ZGARISHIGA TASIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
24
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orol dengizi / ekologik omil / tabiiy muhit / ekologik muammo / region. / Aral Sea / environmental factor / natural environment / environmental problem / region.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A.S.Nurlanov

Orol dengizining qurishi natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ekologik inqirozning qurishi tabiiy markazning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatmadi, ayniqsa xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga taʼsir koʻrsatmadi. Maqolada ekologik inqirozning tabiiy markazga taʼsiri va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhimligi taʼkidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF ENVIRONMENTAL PROBLEMS ON ENVIRONMENTAL CHANGE IN THE ARAL SEA REGION

The consequence of drying the Aral Sea is negatively influencing to the deterioration of the ecolocial crisis upon changing natural ambiences and especially to all branches of public facilities in the Republic of Karakalpakstan. In the article mentioned the importance of using rationally natural sources and the affects of ecological crisis to the surrounding.

Текст научной работы на тему «OROLBO’YI REGIONIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNING TABIIY ATIROF MUHITNING O’ZGARISHIGA TASIRI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

THE IMPACT OF ENVIRONMENTAL PROBLEMS ON ENVIRONMENTAL CHANGE IN THE ARAL SEA REGION

A.S.Nurlanov

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz https://doi.org/10.5281/zenodo.10885461

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 19th March 2024 Accepted: 26th March 2024 Online: 27th March 2024

KEYWORDS Aral Sea, environmental factor, natural environment,

environmental problem, region.

The consequence of drying the Aral Sea is negatively influencing to the deterioration of the ecolocial crisis upon changing natural ambiences and especially to all branches of public facilities in the Republic of Karakalpakstan. In the article mentioned the importance of using rationally natural sources and the affects of ecological crisis to the surrounding.

OROLBO'YI REGIONIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNING TABIIY ATIROF

MUHITNING O'ZGARISHIGA TASIRI A.S.Nurlanov

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10885461

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 19th March 2024 Accepted: 26th March 2024 Online: 27th March 2024

KEYWORDS Orol dengizi, ekologik omil, tabiiy muhit, ekologik muammo, region.

Orol dengizining qurishi natijasida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida ekologik inqirozning qurishi tabiiy markazning o'zgarishiga ta'sir ko'rsatmadi, ayniqsa xalq xojaligining barcha tarmoqlariga ta'sir ko'rsatmadi. Maqolada ekologik inqirozning tabiiy markazga ta'siri va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhimligi ta'kidlangan.

1960-80-yillarda O'rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotining agrar tarmog'ida paxta xomashyosini yetishtirish bilan bog'liq ekinzor yerlarining haddan tashqari ochilishi natijasida, asrlar davomida dengiz suvi bilan ta'minlangan Sirdaryo va Amudaryaning suv resurslaridan oqilona foydalanmasligi natijasida Orol dengizining qurishi va ekologik inqiroz sharoitlari yuzaga keldi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda BMTning 72-sessiyasida so'zlagan nutqida «Bugungi kunning eng og'ir ekologik muammolaridan biri bu-Orol inqiroziga yana bir marta sizning e'tiboringizni jalb qilmoqchiman. Mana, mening qo'limda - Orol inqirozi tasvirlangan xarita. O'ylaymanki, buni ortiqcha tushintirishning hojati yo'q. Dengiz qurishi bilan bog'liq inqiroz oqibatlarini bartaraf etishning xalqaro miqyosdagi harakatlarni birlashtirish talab qilinmoqdi. Biz BMT tamonidan Orol inqirozidan jabrlangan aholiga

é

Ws,

moddiy yordam ko'rsatish bo'yicha shu yili qabul qilingan maxsus dasturning to'liq amalga oshirish tarafdorimiz [1]deb takidladi.

Orol dengizi so'nggi 45-50 yil ichida, maydoni 68 ming km2 dan, 3,5 km2 gacha qisqarib, dengiz sathi 53 m dan 8,7 m gacha pasaygan, suvning sho'rliligi esa Orolning g'arbiy qismida 110-160 g/l gacha ko'tarilgan, dengiz suvidan qurigan maydoni esa 4,8 million gektardan oshdi. Orol havzasiga Qozog'istonning Qizil-O'rda va Aktyub oblastlari, Turkmanistonning Karakum kanalining shimoliy sohillari va Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha hududlarini o'z ichiga olib uning atrofidagi ekologik ta'sir zonasida 38 milliondan ortiq aholi yashamoqda.

Agar transchegaraviy suv havzalaridan foydalanish bo'yicha qo'shni davlatlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko'rilmasa , daryoning quyi oqimida joylashgan davlatlar bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

So'ngi yillarda Orol dengizi atirofida iqlim sharoitlari sezilarli darajada o'zgarmoqda. Dengiz suvlarining qaytishi bilan quruqlik hududlarining maydoni ko'paydi, yer yuzidan o'rtacha suv bug'lanishi yiliga 1700 mm ga yetdi, havo namligi esa 10% ga kamaydi. Havo harorati qishda pasayib, yozda +50°C gacha ko'tarildi.

Orolbo'yi mintaqasida yer va suv resurslarining sifati pasayib, ekotizimning tabiiy holati va aloqadorligi buzilib, atrof-muhitning zaharlanishi ortib bormoqda. Yil davomida 90 kun davomida qumli, tuzli, changli davullar harakat qilib, qurigan dengiz osti qirg'oqlaridan atmosferaga yiliga 75 ming tonna qum va chang tarqaladi. Barcha qurigan dengiz osti hududlaridan har yili 39 ming tonna tuz tarqaladi. Dengiz qa'ri ostida Orolqum cho'li 2 million ga maydonda hosildor va o'tloqli yerlarni bosib oldi. Kosmik tasvirlarda Orol dengizi atirofi hududlari changlar bilan qoplangan va uning ta'siri Yaponiyadagi tog'li muzliklarida va G'arbiy Yevropaning Norvegiyadagi o'rmon zonalarigacha tarqalgan.

Orol dengizi qurigan yerdan ko'tarilgan 80-100 ming tonna tuzli, qumli changlar dengizdan 500 km masofada maksimal tarqalib qishloq xo'jalik ekin maydonlarining sho'rlanishiga sabab bo'lmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha umumiy ekin maydonlarining 26,2 foizi kam sho'rlangan, 37,2 foizi o'rtacha sho'rlangan, 35,2 foizi kuchli sho'rlangan, 1,2 foizi juda kuchli sho'rlangan tuproqlar qatoriga kiradi. Ekin maydonlarining kuchli sho'rlanishi natijasida tuproqning hosildorligini ta'minlaydigan gumus chirindilari pasayib tuproqning bonitetiga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda Masalan, 2008-yilda Qoraqalpog'istonda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi 1980-yilga nisbatan paxta yetishtirish 41,7% ga, g'alla yetishtirish 57,7% ga, sholi yetishtirish 5,8% ga kamaygan.

O'tloqli yerlarning hosildorligi teng yarmiga kamaydi, daryo vodiylarning o'simlik qoplamlarining hosildorligi esa 10 baravarga kamaydi. O'simlik to'plamlarining egallagan maydonlari 36 foizdan 8 foizga, vaqti bilan suvlanib turadigan maydonlar esa 40 foizdan 20 foizga kamaydi. Shu bilan birga suvlanib turadigan maydonlar va deltalarning sahroga aylangan maydonlari 25 foizdan 75 foizga ko'payib bormoqda.

Orol dengiz suv hajmining qisqarishi natijasida dengiz atirofidagi yerlarda 800 ming gektar qamishzorlar qurib qoldi, 1,3 million gektar o'rmonlar namlikning yetishmasligi natijasida yo'q bo'lib ketish xavfi mavjud. Tabiiy yaylovlarning hosildorligi 5 million

é

Ws,

sentinerga kamaygan, 100 ga yaqin katta va kichik ko'llar qurib, ularning o'rniga sho'rloqlar paydo bo'lgan [2].

Mintaqada sanitariya-ekologik sharoitlarning murakkablashuvi usha hududda yashaydigan aholi salomatligi, turmush tarzi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Havoning ifloslanishi, tuproqlarning sho'rlanishi va ichimlik suvlarining yaroqsizligi insonlar sog'lig'iga salbiy ta'sirini ko'rsatib, hozirgi vaqtda 200 mingdan ortiq kishi tez tibbiy yordamga muhtoj. Suvning kuchli mineralizatsiyasi bo'lajak onalarning hamladorlik davrida ayol jinsiga har xil ginekologik kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda.

Ekologik inqiroz markazida yashovchi aholi orasida anemiya, anesteziya, jigar, saraton, astma va yurak qon tomirlari kasalliklari ko'paymoqda. Qoraqalpog'istonda yosh bolalarning va onalarning o'limi bo'yicha MDH mamlakatlari ichida yuqori ko'rsatkichlar saqlanib qolmoqda. So'ngi 10 yil ichida - sil, onkologik, yuqumli va parazitli kasalliklar - paratif, tif, gepatit kasalliklari 2-3 baravarga ko'paygan [3].

Orol dengizining qurishi bilan bog'liq, iqlim o'zgarishi , qurg'oqchilikning ko'payishi, tuproqlarning sho'rlanishi, suvlarning ifloslanishi, o'simlik va hayvonot dunyosining kamayishi, mahalliy aholining salomatligi, oziq-ovqat va toza ichimlik suvlari bilan ta'minlash bilan bog'liq ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezidentmiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida Orolni ximoya qilishning xalqaro jamg'armasini tashkil etuvchi davlatlar rahbarlari kengashi majlisida BMTsarmoyasida Orol bo'yi mintaqasi uchun maxsus Trast fondini tashil qilish va konstruktiv mintaqaviy hamkorlik fikrini ilgari surdi.

Hozirgi vaqtda inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha dunyoning turli mintaqalarida 50 dan ortiq BMTning xalqaro trans fondlari ishlar olib bormoqda. 2019-yil 24-yanvar kuni Nukus shahridan 300 km uzoqlikda Orol dengizining qurigan qismida BMTning Orolbo'yi mintaqasida ekologik muammolarni bartaraf etish va inson xavfsizligini saqlash bo'yicha xalqaro trans fondi press-klubining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi .

Orolni qutqarishni xalqaro jamg'armasining asosiy vazifasi - dunyo davlatlarining donorlik aloqalarini mobillashtirish va ularni Orolbo'yi ekologik, siyosiy-iqtisodiy yo'nalishidagi sa'y-harakatlarga jalb qilish, mintaqadagi xalqlarning ekologik, iqtisodiy, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda innovatsion loyihalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'ziga xos klasterlar yaratishdir. Trust jamg'armasining tashkil etilishi bilan unga dastlabki kunlardan boshlab Yaponiya, Norvegiya, Qatar va Saudiya Arabistoni davlatlari donorlik mablag'larini jalb qildilar.

Prezidentimizning 2018-yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va qabul qilingan majlis bayonnomasida 2019-2021 yillarda Orol dengizi atirofida 500 ming gektar «Yashil o'simlik qoplamalar»ni yaratish vazifalari belgilangan. Orolning qurigan tagida yashil o'simliklar qoplamalarini hosil qilish, tuproqning namligini ta'minlanishda Mo'ynaq shahridan 200 kilometr shimolda joylashgan Vozrojdeniya orolining Shag'ala yerida 260-280 metr chuqurlikdan chuchuk suv arteziyan bulog'i ochildi. Orol bo'yi gidrogeologik ekspeditsiyasi tomonidan Mo'ynaq tumani, Surgil va Axantay yerlaridan 40 ga yaqin artezian suv manbalarini qidirish ishlari rejalashtirilgan.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Xulosa qilib aytganimizda Orolning qurigan yerlarida yashil qoplamalar va o'rmonzorlarni hosil qilish bilan ko'chmanchi qumlarning harakatlarini to'sishga, dengizning qurigan yerlaridan ko'tariladigan tuzli changli dovullarning kamayishiga olib keladi va ekinzor maydonlarining sho'rlanishini kamaytiradi. O'rmonzorlar paydo bo'lganidan so'ng, hududda yaylovlar paydo bo'ladi, charvachilik rivojlanadi. Bu esa iqtisodiy masalalarni hal qiladi va buning natijasida aholining ijtimoiy ahvoli yaxshilanadi.

Orolbo'yi mintaqasida ekologik xavfsizlikni ta'minlashda xalqaro hamkorlik asosida davlatlarning tizimli xarakatlarining ijobiy yechimi, davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri sifatida, birinchi navbatda quyidagi choralarni jadallashtirishni taqazo etadi.

- Suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Amudaryoning o'rta va quyi oqimi xo'jaliklarida suv taqsimotining xalqaro o'lchamlari bo'yicha berilishini nazorat qilish.

- Mintaqada ekologik inqirozni keltirib chiqaradigan qurigan dengiz tagidan qum va tuzlarning ko'tarilishini oldini olish maqsadida sho'rga chidamli o'simlik va o'rmonlar landshaftlarini barpo etish.

- Orolbo'yi sohillarida tabiiy komponentlarni hozirgi holatda saqlab qolish maqsadida qo'riqxonalarni ko'paytirish.

- Mahalliy aholi salomatligini ta'minlash maqsadida aholi zich joylashgan har bir shahar va tuman hududlariga aholini sifatli ichimlik suvi va tibbiy xizmat ko'rsatadigan zamanoviy jihozlar bilan ta'minlash zarur.

References:

1. Мирзиёев.Ш.М. 2017 жылы 19-сентябрьде БМШ ниц 72 сессиясы мэжилисинде сезге шыгыуы.

2. Бахиев Е.С., Ешанов Г., «Дэуиримиздиц экологияльщ машцалалары», Некис-Билим, 2001.

3. Четверная конференция министров "Окружающая среда для Европы". Государства Центральной Азии: Оценка окужающей среды, Дания, Орхус, июнь, 1998".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.