Научная статья на тему 'QOLDIQ DENGIZ BO‘YI AVTOMORF SHO‘RXOKLARINING XOSSA-XUSUSIYATLARI (OROL DENGIZI QURIGAN TUBI)'

QOLDIQ DENGIZ BO‘YI AVTOMORF SHO‘RXOKLARINING XOSSA-XUSUSIYATLARI (OROL DENGIZI QURIGAN TUBI) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orol dengizi qurigan qismi / Qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rxoklar / mexanik tarkib / gumus / oziqa moddalari / Singdirish sig‘imi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Egamberdiev J.A.

Maqolada Orol dengizi qurigan qismida tarqalgan Qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rxoklarning xossa-xususiyatlari to‘g‘risidagi olingan yangi ma’lumotlar yoritilgan. Qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rxoklarning agrokimyoviy tahlil ma’lumotlari keltirililgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOLDIQ DENGIZ BO‘YI AVTOMORF SHO‘RXOKLARINING XOSSA-XUSUSIYATLARI (OROL DENGIZI QURIGAN TUBI)»

QOLDIQ DENGIZ BO'YI AVTOMORF SHO'RXOKLARINING XOSSA-XUSUSIYATLARI (OROL DENGIZI QURIGAN TUBI) Egamberdiev J.A.

B.f.f.d. (RhD), Qalandarov N.N. b.f.f.d. (RhD), katta ilmiy xodim, Abduraxmonov N.Yu. b.f.d., professor, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10935309

Annotatsiya. Maqolada Orol dengizi qurigan qismida tarqalgan Qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarningxossa-xususiyatlari to'g'risidagi olinganyangi ma'lumotlaryoritilgan. Qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarning agrokimyoviy tahlil ma'lumotlari keltirililgan.

Kalit so'zlar: Orol dengizi qurigan qismi, Qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklar, mexanik tarkib, gumus, oziqa moddalari, Singdirish sig'imi.

Аннотация. В статье приведены новые сведения о свойствах остаточных автоморфных прибрежных солончаков, распространенных на обсохшей части Аральского моря. Представлены данные агрохимического анализа остаточных автоморфных прибрежных солончаков.

Ключевые слова: Сухая часть Аральского моря, автоморфные солончаки по остаточному морю, гумус, питательные вещества, поглотительная способность.

Abstract. The article provides new information about the properties of residual automorphic coastal salt marshes distributed in the dried part of the Aral Sea. Data from agrochemical analysis of residual automorphic coastal salt marshes are presented.

Keywords: Dry part of the Aral Sea, automorphic solonchaks along the residual sea, mechanical composition, humus, biogenic elements, absorption capacity.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda «dunyo bo'yicha barcha quruqlikdagi tuproqlarning uchdan bir qismidan ortig'i allaqachon degradatsiyaga uchragan. Qurg'oqchil hududlarda bu jarayon sahrolanishga aylanmoqda. Iqlim o'zgarishi, qishloq xo'jaligining kengayishi, urbanizatsiya va infratuzilma ob'ektlarini qurish natijasida yerlarning degradatsiyasi jiddiy ekologik va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Bu 3,2 milliarddan ortiq kishining farovonligini yomonlashishiga olib kelmoqda». Sayyoramizdagi degradatsiyaga uchragan yerlar butun insoniyatning yarmiga bevosita ta'sir ko'rsatgan va dunyo yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmiga tahdid solmoqda. Agar hech narsa o'zgarmasa, 2050 yilga kelib, degradatsiya uchragan yerlar hajmi Janubiy Amerika maydoniga teng maydonini qamrab olishi kutilmoqda». Shu sababli dunyoning barcha mamlakatlarida global iqlim o'zgarishi ta'sirida tuproqlarda yuzaga keladigan qurg'oqlanish, sahrolanish va degradatsiya jarayonlarini oldini olish yoki yumshatish orqali ularning unumdorligini saqlash va qayta tiklash hamda yer resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [1, 4, 5].

Bugungi kunda, Orol dengizining suvi qurishi natijasida so'nggi yillarda ekologik muhit va tabiiy muvozanat buzilib, iqlim salbiy tomonga o'zgarib bormoqda. Ushbu hududlardan qum, tuz va changlarning havoga ko'tarilishi va atrof-muhitga yog'ilishi natijasida Orol bo'yi mintaqasi hududida yashovchi aholiga, o'simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetmoqda. Qishloq xo'jaligi ekinlari, bog' va tokzorlar ekilgan yerlarda ikkilamchi sho'rlanishlar kuchayib, hosildorlikka salbiy ta'sir qilmoqda. Orol dengizining qurishi, ayniqsa, mintaqa xalqlarining eng dolzarb muammosi bo'lib qolmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, dengiz qurishi va sho'rlanishning tezlashuvi oqibatida so'nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo'jaligida

foydalanishga yaroqsiz bo'lib qoldi. Qurigan dengiz o'rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan «Orolqum» sahrosi paydo bo'ldi[3].

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bo'lib o'tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi ta'sischi davlatlar rahbarlari majlisidagi nutqida "Qum ko'chkilarini mustahkamlash, Orolning qurigan qismidan havoga zaharli aerozol changlari ko'tarilishini kamaytirish masalalari bizning e'tiborimiz markazida bo'lishi zarur. Shu maqsadda cho'l sharoitiga chidamli va ozuqa o'simliklari ko'chatlarini yetishtirish bo'yicha Mintaqaviy markaz tashkil qilish maqsadga muvofiq. Olimlarimiz bergan ma'lumotlarga ko'ra, 10-12 yil davomida dengizning qurigan qismini daraxtzor va butazorlarga aylantirishimiz mumkin. Bundan tashqari, yangi unumdor yaylovlar yaratishga qurbimiz yetadi, bu chorvachilikni izchil rivojlantirish va o'n minglab odamlarni ish bilan ta'minlash imkonini beradi. Mintaqaviy markaz esa ehtiyoj katta bo'lgan mutaxassislar tayyorlash bo'yicha o'ziga xos noyob ilmiy-ta'lim bazasiga aylanadi", degan taklifini bildirdi.

Zinoviy Noviskiy "...Mening hisob-kitobim bo'yicha bu jarayon 10 yil davom etadi va muvaffaqiyatli yakun topadi, degan umiddaman". Bugungi kunda asosan saksovul, qandim, qoraburoq kabi cho'l o'simliklari urug' va ko'chatlari ekib kelinmoqda.

Shuning uchun ham Orolning qurigan tubi hududlarida shakllangan va rivojlangan tuproq-gruntlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash, ularda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni tahlil etish, degradatsiya jarayonlarini oldini olishga qaratilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot ob'ekti. Amudaryoning quyi oqimidagi Qoraqalpog'iston Respublikasining Orol dengiz atrofidagi hududlar, shuningdek, dengiz sathining pasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol cho'lida shakllangan qumli cho'l tuproqlari tanlangan.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, Orol dengizi qurigan hududida o'simlar to'liq tiklanishi va uning tubi to'liq qoplanishi uchun kamida 40-45 yil vaqt kerak bo'ladi. Lekin shu 40-45 yil vaqt ichida dengizning qurigan tubidan ko'tarilgan changlarning boshqa hududlarga borishi, u yerdagi axoli ijtimoiy-iqtisodiy xolatining yomonlashishi va boshqa shu kabi jarayonlar sodir bo'lishi mumkin. Ma'lumki, tabiat o'zini o'zi tiklash salohiyatiga ega, biroq bunga inson aralashuvi mazkur jarayonni tezlatishi mumkin [2].

Orol dengizining qurishi ko'plab tadqiqotchilar, qishloq xo'jaligi mutaxasislari, ekologlarning e'tiborini o'ziga jalb etib kelmoqda. O'tgan asrning 70-yillaridan boshlab, geograflar, geologlar, gidrogeologlar, geobotaniklar, tuproqshunoslar kabi bir qator tadqiqotchilar ish olib bormoqda. Lekin bevosita tuproq tadqiqotlari daryo delta va qisman oldingi "tirik" delta hududlarida o'tkazilgan, xolos. Holbuki, tuproq qoplami landshaftning "oynasi" bo'lib, u barcha tabiiy va antropogen omillarning o'zaro ta'sirida hosil bo'ladi. Tabiiy sharoitlarning bunday anomal va jadal o'zgarishi oldingi davrda kuzatilmagan. Shuning uchun ham Orolning qurigan tubida tuproq qoplamining vujudga kelishi hozirgacha ma'lum bo'lgan qonuniyatlarga mos kelmaydi. Chunki, manbalarga qaraganda, Orol dengizi suvining satxi pasayishi, oldingi davrlarda ham kuzatilgan. Lekin bu jarayon daryo suvlarining kamayishi, qadimgi quruq deltalarning paydo bo'lishi uzoq yillar davomida asta-sekinlik bilan yuzaga kelgan[3].

Orol dengizining qurib qolgan tubida tuproq shakllanishi juda murakkab gidrotermik sharoitida gidrogeologik o'ta kuchli sho'rlangan jinslar ustida kechib, dengiz bo'yi sho'rxoklarining alohida tiplari hosil bo'ladi. Ular avtomorf, gidromorf va yarimgidromorflarga bo'linadi. Dengiz bo'yi sho'rxoklaridan tashqari, bu yerda sahro qum tuproqlari va qumlar majmuasi rivojlanadi. Do'nglik va yassi qumlarda shakllanadigan sahro qumli tuproqlar avtomorf

sharoitda rivojlanadi. Shunday qilib Orol dengizining qurigan qismi tuproqlarining quyidagi sistematik ruyhatini keltirishimiz mumkin:

1. Qumli cho'l tuproqlari;

2. Gidromorf va yarim gidromorf qumli cho'l tuproqlari;

3. Qoldiq dengiz bo'yi sho'rxoklari;

4. Dengiz bo'yi yarim avtoromorf sho'rxoklari;

5. Dengiz bo'yi yarim gidromorf sho'rxoklari;

6. Dengiz bo'yi gidromorf sho'rxoklari;

7. Akpetka massivining qumli sho'rxokli kompleksi;

O'rganilgan qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarida gumus miqdori yuqori qatlamda 0,635-0,992 % bo'lib, quyi qatlamlarga qarab 0,178-0,232 % gacha kamayganligi aniqlandi. Umumiy azot miqdori yuqori qatlamda 0,045-0,080 %, pastki qatlamlarda 0,039-0,064 % oralig'ida tebranadi. Umumiy fosfor miqdori avtomorf sho'rxoklarning ustki qatlamida 0,3070,323 % ni tashkil etgani holda, quyi qatlamlar tomon kamayib boradi. Umumiy kaliy esa 0,8281,104 %o oralig'ida tebranadi. Tadqiqot olib borilgan hudud avtomorf sho'rxoklaridagi harakatchan azot miqdori yuqori qatlamda 10,8-12,4 mg/kg, fosfor 21,1-25,3 mg/kg, avtomorf sho'rxoklarning ostki va quyi qatlamlarida 4,52-13,4 mg/kg ni tashkil etadi. Almashinuvchi kaliy miqdori avtomorf sho'rxoklarning yuqori qatlamida 427-569 mg/kg ko'rsatkichlarda kuzatildi. Ta'minlanish darajasiga ko'ra, harakatchan azot va fosfor bilan juda kam va kam, harakatchan kaliy miqdoriga ko'ra esa yuqori ta'minlangan sho'rxok guruhlarni tashkil etadi (1-jadval).

1-jadval. Orol dengizi qurigan tubidagi qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarining gumus va oziqa moddalarining miqdori, %, mg/kg

№ Qatlam Gum C:N Umumiy, % Harakatchan, mg/kg Karbona t

kes ma chuqur ligi, sm u, % Azot Fosfor Kaliy N- NO3 P2O5 K2O SO2 %

0-20 0,635 8,2 0,045 0,307 0,828 12,4 21,1 427 8,978

20-44 0,496 7,4 0,039 0,283 0,774 10,8 9,32 288 7,392

1 44-64 0,248 8,0 0,018 0,173 0,594 9,78 6,10 182 5,280

64-76 0,232 8,4 0,016 0,107 0,588 8,85 5,11 125 5,280

76-91 0,178 6,9 0,015 0,088 0,510 8,01 4,52 120 5,808

0-13 0,992 7,2 0,080 0,323 1,104 10,8 25,3 569 10,56

13-21 0,798 7,2 0,064 0,307 1,428 11,2 16,3 502 11,35

2 21-43 0,714 6,4 0,065 0,182 1,278 9,56 14,4 480 12,14

43-71 0,749 7,0 0,062 0,109 1,434 8,12 14,0 458 11,88

71-150 0,663 6,7 0,057 0,087 1,920 8,48 13,4 446 11,72

Tuproqlarning singdirish sig'imi va singdirilgan kationlar tarkibi tuproq xossalari va holatini, unumdorlik va mahsuldorlik darajasini belgilovchi muhim ko'rsatkichlardan hisoblanib, tuproq singdirish majmuasidagi singdirilgan magniy va natriyning kationlar umumiy yig'indisidan yuqori miqdorlarni tashkil etishi, sho'rlangan tuproqlarda yana sho'rtoblanish jarayonini sodir etadi. Haydalma osti qatlamida (20-30-70 sm qatlamgacha) jigarrang-qo'ng'ir tusli, o'ta zichlashgan qatlamlarni hosil qiladi, o'simliklarning bir me'yorda o'sib rivojlanishiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Singdirilgan asoslar (kationlar) orasida sho'rxoklar va sho'rtoblar uchun xos bo'lgan natriy (Na+) alohida o'rin tutadi. Agar natriy singdirish kompleksidagi singdirish sig'imiga nisbatan 5% dan kamroq bo'lsa, u tuproq fizikaviy va kimyoviy xossalarini salbiy holatlarga olib kelmaydi va

aksincha, tuproq unumdorligi nuqtai-nazaridan foydali hisoblanadi. Agar singdirish sig'imidagi natriy ulushi 5% dan ko'p bo'lsa, tuproqlarda kimyoviy va fizikaviy harakterdagi nomaqbul xossalarini shakllanishiga olib keladi, unumdorlik pasayadi, uning yanada yuqori miqdori tuproqlarni sug'orma dehqonchilik uchun to'liq yaroqsiz holga keltiradi.

Singdirish kompleksida natriyning mavjudligi tuproqda ishqoriylik muhitni belgilaydi va tuproq eritmasida o'simliklar uchun zararli bo'lgan sodani (Na2CO3) hosil bo'lishiga olib keladi. Tadqiqot olib borilgan Orol dengizi qurigan tubidagi qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarining singdirish sig'imi va singdirilgan kationlar tarkibi 2-jadvalda keltirilgan bo'lib, qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarining yuqori qatlamidagi singdirilgan asoslar yig'indisi (singdirish sig'imi) 100 gr. tuproqda 10,75-34,80 mg-ekv ni, quyi qatlamlarida 16,57-16,80 mg-ekv ni tashkil etadi.

2-jadval. Orol dengizi qurigan tubidagi qoldiq dengiz bo'yi avtomorf sho'rxoklarining singdirish sig'imi va sindirilgan kationlar tarkibi

№ kesm a Qatlam chuqurlig i, sm 100g. tuproqda mg-ekv hisobida. Yig'ind i (mg-ekv) Yig'indidan % hisobida.

Sa++ Mg++ K+ Na+ Sa++ Mg++ K+ Na+

1 0-20 3,4 4,8 0,38 2,17 10,75 31,63 44,65 3,53 20,18

20-44 4,1 6,8 0,38 5,15 16,43 24,95 41,39 2,31 31,34

44-64 3,9 7,7 0,25 5,15 17,00 22,94 45,29 1,47 30,29

64-76 4,1 7,8 0,25 5,15 17,30 23,70 45,08 1,44 29,77

76-91 4,2 7,2 0,25 5,15 16,80 25,00 42,86 1,49 30,65

2 0-13 4,0 11,4 0,38 19,0 2 34,80 11,49 31,72 1,09 54,65

13-21 4,0 11,3 0,38 19,0 2 34,70 11,53 31,79 1,09 54,81

21-43 4,0 10,07 0,38 17,0 3 32,11 12,46 31,36 1,18 53,04

43-71 3,9 10,7 0,25 19,2 33,87 11,51 31,59 0,74 56,15

71-150 4,5 8,8 0,25 3,02 16,57 27,16 53,11 1,51 18,22

Orol dengizi qurigan tubi tuproq-guruntlarining singdirilgan kationlar tarkibida magniy va natriy kationlari nisbatan ko'p bo'lib, kalsiyning miqdori yig'indidan 11,49-31,63 % ni, magniy 31,72-44,65 % ni, kaliy 1,09-3,53 % ni va natriy 20,18-54,65 % ni tashkil etib, asosan turli darajada sho'rtoblashgan (<10% mg/kg) tuproq-guruntlaridan iborat.

Xulosa qilib aytganda tadqiqot olib borilgan Orol dengizi qurigan tubidagi tuproq-guruntlari tarkibida gumus hamda oziqa moddalarining juda kam ta'minlangan guruhlarni tashkil qilishi, ushbu tuproq-guruntlari asosan sho'rhokli tuzli qatlamalardan iborat ekanligi, bu yerlarda tuproq - guruntlari asta sekin shakllanayotganligidan dalolat beradi.

Orol dengizi akvatoriyasining elementar tuproq jarayonlari orasida eng avvalo, sho'rlanish-sho'rsizlanish, tuzlar migratsiyasi, gleylanish, oksidlanish-qaytarilish, organik qoldiqlarning parchalanishi, gumus moddasining sintezi, degumifikatsiya jarayonlari alohida o'rin tutgan.

REFERENCES

1. https://www.fao.org/global-soil partnership/resources/highlights/detail/ru/c/1470631/.

2. https://strategy.uz/index.php?news=872._

3. Egamberdiev J.A. Orol bo'yi tuproqlarining xossa-xususiyatlari, Orolning qurigan tubi tuproqlarini shakllanishi. Biol. fan. fal. dokt ..diss. avtoref. - Farg'ona. 2023. B. 46.

4. Qo'ziev Q R., Abduraxmonov N.Yu., Ramazonov B.R. Orol bo'yi hududlarining tuproq resurslari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslari. Monografiya. Toshkent, 2020. -240 b.

5. Эгамбердиев Ж.А., Абдурахмонов Н.Ю. Гранулометрический состав почвогрунтов обсохшей части Аралского моря // Научное обозрение. Биологические науки. -Российская Федератсия. Российская академия естествознания. - Москва, 2023. - №1. -С. 91-97.

6. Abduraxmonov N.Yu., Эgamberdiyev J.A., Jurayev A.R., Ramazonov B.R. Orolbo'yi hududlari gidromorf tuproqlarining meliorativ holati // O'zbekiston zamini- Toshkent, 2022. - №1 - B. 19-22.

7. Egamberdiev J.A., Sobitov O'.T., Abduraxmonov N.Yu. Orol dengizi qurigan tubi qumli sahro tuproqlarining ayrim xossa-xususiyatlari // O'zbekiston agrar fani xabarnomasi. -Toshkent, 2023. - №2 - B. 53-57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.