Научная статья на тему 'QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERTA BAHORDA BODRING ETISHTIRISHNING ENG SAMARALI USULINI ANIQLASH'

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERTA BAHORDA BODRING ETISHTIRISHNING ENG SAMARALI USULINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bodring / o‘simlik / usul / variant / natija / plyonka / urug‘ / sxema / Cucumber / plant / method / option / result / film / seed / scheme

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Allamjarova Gulbaxar Axmedovna

Ushbu maqolada, bodring o‘simligini erta bahorda Qaroqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirishning eng qulay ekish usullarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy taqdiqotlarning tahliliy natijalari va ishlab chiqarishga tavsiyalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE CONDITIONS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN DETERMINE THE MOST EFFICIENT METHOD OF GROWING CUCUMBER IN EARLY SPRING

This article presents the analytical results of the studies and recommendations for production on determining the most convenient planting methods for growing cucumbers in the conditions of the Republic of Karakalpakstan

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERTA BAHORDA BODRING ETISHTIRISHNING ENG SAMARALI USULINI ANIQLASH»

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

IN THE CONDITIONS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN DETERMINE THE MOST EFFICIENT METHOD OF GROWING CUCUMBER IN EARLY SPRING Allamjarova Gulbakhar Akhmedovna

Karakalpakstan Institute of Agriculture and Agrotechnologies foundation doctoral student. https://doi.org/10.5281/zenodo.13753874

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th September 2024 Accepted: 11th September 2024 Online: 12th September 2024

KEYWORDS Cucumber, plant, method, option, result, film, seed, scheme.

This article presents the analytical results of the studies and recommendations for production on determining the most convenient planting methods for growing cucumbers in the conditions of the Republic of Karakalpakstan.

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERTA BAHORDA BODRING ETISHTIRISHNING ENG SAMARALI USULINI ANIQLASH

Allamjarova Gulbaxar Axmedovna

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13753874

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th September 2024 Accepted: 11th September 2024 Online: 12th September 2024

KEYWORDS Bodring, o'simlik, usul, variant, natija, plyonka, urug', sxema.

Ushbu maqolada, bodring o'simligini erta bahorda Qaroqalpog'iston Respublikasi sharoitida etishtirishning eng qulay ekish usullarini aniqlash bo'yicha olib borilgan ilmiy taqdiqotlarning tahliliy natijalari va ishlab chiqarishga tavsiyalar keltirilgan.

KIRISH. Dunyo miqyosida sodir bo'layotgan oziq-ovqat muammosini bartaraf etish, aholi sonining ortib borishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirishga, bodringning yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarini yaratish hamda etishtirishning innovacion texnologik elementlarini ishlab chiqishni taqazo etadi.

Sabzavotlar ichida bodring asosiy ekinlardan biri bo'lib, uni ishlab chiqarish hajmini oshirish va sifatini yaqshilash katta ahamiyatga ega. 2023-yil 20-oktyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda silliq katta bodringning o'rtacha ulgurji narxi o'tgan yilning shu sanasiga nisbatan 22 foizga va 2021-yilning shu sanasiga roppa-rosa 2 baravariga yuqori. Mavzuning yana bir dolzarb tomoni shundan iboratki, Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida bodringni etishtirishda qulay usullarini aniqlash dolzarb masalardan hisoblanadi.

Ushbu dolzarblik masalani ishlab chiqishda quyidagicha ilmiy taqdiqot ishlar olib borildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI. Bodring (Cucumis sativus L.) - qovoqdoshlar (Cu-curbitceae) oilasiga mansub bir yillik o'tsimon o'simlik. Poyalari 4-5 ta barg paydo qilgach, yerga yotib, yoyilib palak otadigan yoki atrofdagi narsalarga (jingaklari bilan) chirmashib yuqoriga

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

o'sadigan lianadir. Asosiy poyasi shoxlanuvchan, qirrali, tuklangan, yotib o'suvchan. Uning uzunligi naviga va o'sayotgan sharoitiga qarab 50-80 sm dan 2 m gacha yetadi, bazan bundan ham oshib ketadi. Asosiy poyadagi barg qo'ltiqlaridan chiqadigan yon poyadan ikkinchi tartib poyalar o'sib chiqadi. Bir necha (7-10 ta) barg chiqargandan keyin poyada jingalaklar hosil bo'ladi.[1].

Bodring poyasi shoxlanuvchan, qirrali, tuklangan, yotib o'suvchan. Uning uzunligi naviga va o'sayotgan sharoitiga qarab 50-80 sm dan 2 m gacha yetadi, bazan bundan ham oshib ketadi. Asosiy poyadagi barg qo'ltiqlaridan chiqadigan yon poyadan ikkinchi tartib poyalar o'sib chiqadi. Bir necha (7-10 ta) barg chiqargandan keyin poyada jingalaklar hosil bo'ladi.[2].

Ustiga vaqtincha plyonka yopib bodring etishtirish. Bunday usulda urug' yoki ko'chatlar ochiq joydagiga qaraganda 15-25 kun oldin (respublikaning markaziy qismida martning birinchi yarmida) ekiladi. Bunda eng tez hosil to'plab, erta pishadigan Ranniy - 645 va Uzbeksiy - 740 navlarini ekish samaralidir.[3].

Bodring erta bahordan parniklarda, pushta orasi 110 sm, tup orasi navlariga qarab 40-50 sm qilib belgilanadi. Bodring urug'larini ekishdan oldin ivitish unib chiqishini tezlashtiradi. Urug'lari 4-5 sm chuqurlikka tashlanadi, maysalar zich unib chiqqan bo'lsa, ularni albatta yagan qilish lozim.[4].

METODOLOGIYA. Ilmiy taqdiqot ishlari 2024-yilning 20-mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tumani Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari institutiga qarashli "Uchxo'z" o'quv tajriyba xo'jaligida olib borildi. Tajriybani olib borishda bodring o'simligining Nafis, Navruz, Zilol mahalliy navlari va Accent F1, Sakata F1, Lider F1 duragaylari tanlab olindi.

Bodring etishtirishning qulay usullarini aniqlash maqsadida 20-martda olib borilgan tajriybada to'rt variantning faqat I-variant nazorat varianti sifatida olinib vaqtinchalik plyonka bostirib yani mulchalash usulida ekildi, qolgan II-III-IV variantlar esa taqqoslash variantlar sifatida tanlab olindi.[5].

Tajriybalarda bodring urug'lari 70x40 sm sxemada 4 variantda 4-5 sm chuqurlikta ekildi.

Tajriyba mobaynida bodring urug'larining fenologik kuzatuvlari (barglarning ko'karishi, urug'lar ko'karib chiqish vaqti, gulga kirishi, meva tugishi), biometrik o'lchamlari (o'simlik poyaning uzunligi, barglar soni, poya uzunligi, mevasining uzunligi, mevasining og'irligi gramm) olib borildi.[6].

Olib borilgan malumotlarga qaraganda urug'ning yer yuziga ko'karib chiqishi, chin barglarning paydo bo'lishi davrlarida otalik va onalik gullarning ochilish fazalarida bo'yicha sezilarli farqlar paydo bo'ldi.

NATIJALAR. Bodring urug'lari ekilgach plyonka bostirib ekilgan I-varianda 9 kundan so'ng ko'karib chiqa boshladi. Keyingi II-III-IV taqqoslash variantlarda esa 14-16 kundan keyin ko'karib chiqa boshladi. Ko'chatlar ko'karib chiqqach, 8-10 kundan so'ng birinchi marta qator oralariga ishlov berildi. O'simliklardan 12-15 sm kenglikda himoya maydonchasi qoldirildip, qator oralari 6-8 sm chuqurlikda yumshartildi. Keyin ikkinchi marta 7 kundan so'ng 4-5 sm chuqurlikda ishlov berildi, bir uyada bittadan o'simlik qoldirilip yagonalandi.

Olib borilgan fenologik kuzatuv natijalariga qaraganda urug'ning yer yuziga ko'karib chiqishi, chin barglarning paydo bo'lishi davrlarida otalik va onalik gullarning ochilish, meva tugish va mevalar pishishi bo'yicha sezilarli farqlar paydo bo'ladi. Urug'larning ko'karib chiqishi

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

I-variantda 9 kunda, II-III-IV variantlarda esa 15-16 kunni tashkil qildi. O'simlikning birinchi chin barg chiqarishi esa, I-variantda 11 kunni, II-III-IV variantlarda 18-19 kunda ro'y berdi. Birinchi gul chiqarish jarayoni I-variantda boshqa II-III-IV variantlarga taqqoslaganda 4-6 kun oldin boshlandi. Meva tugish jarayoni, I-nazorat variantidagi o'simliklarda, II-III-IV variantlardagi o'simliklardan 5-8 kun oldin boshlandi. Birinchi meva pishishi esa, I-variantdagi o'simliklarda, II-III-IV variantlardagi o'simliklardan 10-13 kun oldin boshlanishini ko'rsatdi.

Bodring o'simligining fenologik kuzatuvlari tahlili.

1-jadval

Variantlar Urug'ning Birinchi Birinchi gul Birinchi Birinchi

ko'karib chin barg chiqarishi, meva meva

chiqishi, chiqishi, kun tugishi, kun pishishi,

kun kun kun

I 29.03 31.04 09.05 18.05 21.05

II 03.04 06.04 13.05 23.05 31.05

III 04.04 07.04 15.05 25.05 03.06

IV 04.04 07.04 14.05 26.05 02.06

Kuzatuvlar natijalarida biometrik o'lchovlar hisobi tahlilli natijalariga ko'ra, I-variantdagi mulchalash usuli bilan ekilgan nazorat variantidagi o'simlikning taqqoslash varinati hisoblangan II-III-IV variantlarga nisbatan uning umumiy uzunligi, barglari soni, mevalar soni esa, mevalaning o'lchami yani grammi, mevalarining uzunligida sezilarli darajada farqi bo'lganligini ko'rsatdi. I-variantdagi o'simlikning umumiy uzunligi II-III-IV variantdagi o'simlikning umumiy uzunligidan 12-18-20 sm ga yuqori, barglari soni 2,7-5-10 donaga ko'p, mevalari soni 2,1-3,1-4,3 donaga ziyot, mevalari o'lchami yani og'irligi 36,7-41,7-44,2 gramga ko'p, mevalar uzunligi esa, 2-2,3-2,5 sm ga uzunligi aniqlandi.

Bodring o'simligining biometric o'lchovlar hisobi va tahlillar.

2-jadval

Variantlar O'simlikning O'simlikdagi Mevalar Mevalar Mevalar

umumiy barglar soni, soni,dona og'irligi,gr uzunligi,sm

uzunligi,sm dona

I 115 59,3 14,6 133,3 12,8

II 98,3 54,3 11,5 89,1 10,3

III 97,1 49,8 10,3 91,6 10,5

IV 95,6 56,6 12,5 96,6 10,8

XULOSA l. Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida ekin larni mulchalash samarali

usullardan ekanligi aniqlandi. Mulchalash usulining abzalliklari:

- o'simlikning o'sishi sharoitiga ijobiy ta'sir etadi,

- tuproqda namlikni saqlaydi,

- tuproq tarkibidagi zararli tuzlarning tuproqning yuqori qatlaiga ko'tarilishini (migratsiyani) kamaytiradi,

- yer betidan namning bug'lanishini kamaytiradi,

- sutka davomida haroratning o'zgarish amplitudasi muqobil bo'lishini ta'minlaydi,

- yer betini suv yuvib ketishi va shamol uchirib ketishidan himoya qiladi,

- tuproq strukturasini saqlash va yaxshilash imkonini beradi,

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

- tuproqda kechadigan biokimyoviy foydali jarayonlarni kuchaytiradi,

- o'simlikning oziqlanishi yaxshilanadi, yer betini qatqaloq bosishdan saqlaydi,

- begona o'tlarning o'sishini susayttiradi.

Mulchalash usuli orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproq iqlim sharoitida erta bahorda bodring ekishdan yaqshi natija olish imkonini beradi. Bu esa bodring etishtirishni yanada qulaylashtiradi.

References:

1. Ostonaqulov T.E, Zuyev V.I, Qodirxo'jaev O.Q. "Sabzavotchilik". Toshkent - 2010.312-b.

2. Abdunazarov Ya.Ya, Zokirov Q.G'. "Sabzavotchilik". Toshkent 2019. 71-b.

3. Abdunazarov Ya. Ya, Zokirov Q.G'. "Sabzavotchilik". Toshkent-2019. 74-75-b.

4. Yormatova D.Y, Ibrohimov M.Y, Yormatova D.S. "Meva-Sabzavotchilik".Toshkent - 2008. 100-b.

5. Azimov B.J, Azimov B.B. "Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajriybalar o'tkazish metodikasi".Toshkent -2002.166-b.

6. Ostonaqulov T.E, Zuyev V.I, Qodirxo'jaev O.Q. "Sabzavotchilik". Toshkent - 2010. 77-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.