Научная статья на тему 'FARG`ONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKADAN ERTA XOSIL OLISH OMILLARI'

FARG`ONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKADAN ERTA XOSIL OLISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
9
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Kartoshka / tugunak / urug / ozuqa / stimulyator / egatlar / ekish chuqurligi / hosildorlik / namgarchilik / qimmatli hom – ashyo / solanin / ikkinchi non / sabzavot / dukkakli ekinlar / ertapishar / qaxrabo kislota / edagu

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — J. Qodirov, S. Muxtorov

Ertangi kartoshkadan yuqori hosil olishda ekishdan oldin yer tayyorlash, urug`likni to`g`ri tanlash va tayyorlash katta axamiyatga ega

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG`ONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKADAN ERTA XOSIL OLISH OMILLARI»

FARGONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKADAN ERTA XOSIL OLISH

OMILLARI 1J. Qodirov, 2S. Muxtorov

1q.f.x.n. dotsenti, 2talaba Farg'ona Davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10932991 Annotatsiya. Ertangi kartoshkadan yuqori hosil olishda ekishdan oldin yer tayyorlash, urug'likni togri tanlash va tayyorlash katta axamiyatga ega

Kalit so^zlar : Kartoshka, tugunak, urug, ozuqa, stimulyator, egatlar, ekish chuqurligi,, hosildorlik , namgarchilik , qimmatli hom - ashyo, solanin, ikkinchi non, sabzavot, dukkakli ekinlar, ertapishar, qaxrabo kislota, edagu

m ogiti, nishlatilgan, ertapishar, nav, maydon , dexqonchilik.

Qishloq xo'jalik ekinlari orasida kartoshka boshoqli don , sholi va makkajo'xoridan so'ng eng ko'p yetishtiriladigan asosiy oziq - ovqat hamda chorva hayvonlari uchun ozuqa va sanoat uchun qimmatli hom - ashyo mahsuloti hisoblanadi . Kartoshka tuygunagi o'simlik poyasining yer ostini o'zgarish qismi bo'lib , unda ko'plab zaxira ozuqalar to'planadi va uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega ( B. A . Pisarev 1 ) . Inson organizmi uchun yengil hazm bo'luvchi , to'yimli organik kraxmal , uglevodlar , qisman yog' mahsulotlari hamda ko'plab vitaminlar va bebaho mineral tuzlarga boy . Kartoshkaning tarkibida nav hususiyatlariga qarab tarkibida 75-80% suv, 23.7% quruq modda, shu jumladan, 17.5% kraxmal, 1-2% oqsil, 0.5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), po'stida esa zaharli modda - solonin bor. Kartoshka kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim o'rinda turadi. Shuning uchun u insonlar tomonidan bebaxo nemat " non" ga tenglashtirilib , xalq tilida " Ikkinchi non " deb ham yuritiladi. Kartoshkaning Vatani Janubiy Amerika bo'lib , bu yerda qadimdan kartoshka ekib kelingan . Uning 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Janubiy va Markaziy Amerikada o'sadi . Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan 14 ming yil ilgari ekib kelgan . Kartoshka ishlab chiqarish sanoatining qator tarmoqlari uchun muhim xom - ashyo hisoblanadi . Uni yetishtirish so'ngi 10 yillik ichida 12 - 15 % ga oshdi . Hozirgi kunda yer yuzining barcha mintaqalarida dexqonchilik bilan shug'ullanuvchi mamlakatlarda kartoshka keng tarqalgan va yiliga dunyo bo'yicha 300 mln tonna atrofida kartoshka yetishtiriladi . Shu jumladan , Farg'ona viloyatida bu ekinning keng miqyosda tarqalganiga hali ko'p bo'lmagan bo'lsada ( taxminan 100 yil ) , hozirgi kunda uni viloyatning barcha tuman va qishloqlarida aholi tomonidan yetishtirilayotganini guvohi bo'lishimiz mumkun . Yildan - yilga kartoshkani yetishtiriladigan maydonlar va hosil salmog'i ham ortib bormoqda . Tibbiyot meyorlariga ko'ra Respublikamizda aholi jon boshiga yiliga 45 - 50 kg kartoshka istemol qilish me'yori belgilangan bo'lib , hozircha bu meyorning bir qismi chetdan olib kelingan kartoshka hisobiga qondirilmoqda . Bizning sharoitimizda kartoshka yetishtirishning hajm va hosildorlik ko'rsatkichlarini oshirishning imkoni juda ham yuqori . Bizning iqlim sharoitimizda kartoshka asosan ertangi va yozgi muddatlarda yetshtiriladi. Yozgi muddatlarda asosiy ekin - boshoqli don , ertangi sabzavot va dukkakli ekinlardan keyin yetishtirilsa ; ertangi karoshka erta bahorda ochiq maydonlarda hamda politelin plyo'nka ostida juda ertagi hosil olish imkoniyatini beradi va shu yo'l bilan aholi va bozorning ehtiyojini to'liq qoplash imkoniyatiga ega bo'linadi ._

Ertangi kartoshka xosili ozini yangiligi bilan qimmatli xususiyatlarini saqlagan holda bahor faslini oxiri , yoz faslini boshlarida yetilib , to kechki kartoshka pishib yetilgunga qadar ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi . Ertangi kartoshkadan yuqori hosil olishda ertapishar navlarni tanlab olish bilan bir paytda ularni ekish oldidan nishlatish ham katta ahamiyatga ega ( V. I . Zuyev , T. E .Ostanaqulov , ( 2 , 3 ) Kartoshkachilik kitobi ) . Fargona viloyati sharoitida ochiq maydonga ekilgan ertangi kartoshkadan mol xosil olish imkoniyatini o rganish maqsadida biz quyidagi dala tajribalarini o tkazdik . Bunda biz kartoshkaning royo'nlashgan ertapishar Romano navi urug'ligidan foyadalandik:

I . Kartoshka ekiladigan yer maydonining egatlari kuzda olingan :

1 . Nishlatilgan ;

2 . Nishlatilgan hamda o'stiruvchi stimulyator va mikro (Edagum ) o'g'itlar bilan tayyorlangan egatlar

II . Erta baxorda yer tayyorlab , 70 smlik egatlar olinib , 2 xil usulda tayyorlangan urug'likdan foydalandik ;

1 . Nishlatilgan ;

2 . Nishlatilgan hamda o'stiruvchi stimulyator va mikro (Edagum ) o'g'tlar bilan tayyorlangan egatlardan foydalanildi .

Tajriba Fargona viloyati Fargona shaxridagi Orikzor fermer xo'jaligidagi 2 gektarlik maydonda o tkazilgan . Har ikkala variantda ham o tmishdosh ekin makkajo xoridan so ng yer kuzda haydalib qo'yilgan . 2 - variantda 70 smlik egatlar olib qo'yilgan . Ikkinchi variatda esa yer maydoni 25 - 26 - fevral kunlari ( erta bahorda )70 smlik egatlar olinib , har ikkalasida ham 70 x25 sxemada kartoshkaning Romano navi ekildi

Ekish uchun vazni ortacha 55 - 65 grlik bo'lgan urug'liklar tanlandi . Bunda o'simlik yetishtirilayotgan sharoitda Yantar ( Qaxrabo ) kislota ( 20 gr ) va unga Edagum ozuqasi (300 gr ) qo'shilib - 100 litr suvda aralashtirilib , 1 tonna urulikka ishlov berildi .

Bir xilda urug' , bir xilda chuqurlikda ekililishiga qaramasdan bahorda tayyorlangan maydonda tuproq namligi yetarli bo'lmaganligi uchun 12 - 13 - martda ekilgandan 15 kun o'tgach egatlarda yengil sug'orish ishlari olib borildi . Birinchi variantdagi urug'liklar yer yuzasini yorib chiqish holatida bolsada bu maydonga ham suv berishni lozim kordik va bir xilda agrotexnik tadbir otkazildi . Keyinchalik ham qator oralarini yumshatish va 2 marotaba mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish , 2 marotaba barg orqali oziqlantirish , sug'orish va zararkulandalarga qarshi 2 marotaba ishlov berish bir kunda , bir hilda otkazildi . Lekin fenalogik kuzatishlarimiz va olingan natijalar birinchi jadvalda ko rsatilgandek kuzda tayyorlab qo'yilgan egatlarga nishlatilgan hamda nishlatilgan urug'lilarga qoshimcha ishlov berilgan variantlarimizda kartoshkani unib chiqishi baxorda tayyorlangan maydonlarga qarganda 4 -5 kun yoki 20 - 22 % ga erta unganini ko'rish mumkin .

Ertangi kartoshka undirish va ishlov berish , urug'larni unib chiqishi , o'sib rivojlanishi va hosildorligi .

Variantlar O'sib chiqishi Poya soni Osimlikning Xosildorligi

o'sishi

Kuzda

tayyorlangan

egatlar :

l.Nishlatilgan I . 22 3 ,8 52 sm 256

2. Nishlatilgan

+qaxrabo kislota

va Edagum o'g'iti II . 19 4 ,2 58 sm 312

Bahorda

tayyorlangan

egatlar :

1. Nishlatilgan I . 28 3 ,7 47 sm 212

2 . Nishlatilgan +

qaxraba kislota va

Edagum o'g'iti II . 24 4 ,1 51 sm 346

Bunda eng asosiysi kuzda tayyorlangan yerlarimiz tuproq strukturasi kuz va qish faslidagi namgarchiliklar bilan to'yinganligi hamda tuproq yuzasidan muzlab , muzdan tushishi hisobiga donador bo'lganligi va egatni erta olinganligi hisobiga pushtani haroratini bahorda olinganga qaraganda yuqori bo'lganligi uchun urug'ni unib chiqishini 5 - 6 kunga erta paydo bolishini taminladi . Bu holat garchi unib chiqqan poyalar soniga katta tasir etmagan bolsada , lekin asosiy poyalar ortacha uzunligiga nisbatan sezilarli farq bo'lganini ko'rsatdi . Kuzda tayyorlangan maydonda qoshimcha ozuqa bilan ishlangan uruglikda bahorda tayyorlangan maydonga nisbatan asosiy poyalar uzunligi 8 - 9 sm ga uzun bo'lganligi va oz navbatida bu poyalardagi barg soni va yuzasi kop bo'lganligi aniqlandi . Provardida olingan hosildan korinib turibdiki , kuzda tayyorlangan maydonga qoshimcha ishlov berib ekilgan uruglikda hosildorlik, baxorda tayyorlangan maydondagiga nisbatan 25 - 30 % ga yuqori bo'lganligini ko'rsatdi .

Yuqoridagi olingan malumotlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki , kartoshkadan yuqori va mol hosil olishda :

1. Kartoshka ekish uchun egatlarni kuzda olish nihollarni erta unib chiqishi va o'simliklarning , rivojlanishi va yuqori hosil olishni taminlaydi .

2. Ertangi kartoshka yuqori va barvaqt hosil olishda kartoshka urug'lik tugunaklarni ekishdan oldin qoshimcha ozuqalar stimulyatorlar bilan ishlov berish hosildorlikni 20 - 30 % gacha oshirishi mumkinligini ko'rsatdi .

REFERENCES

1. B.A.Pisaryev , Ertagi kartoshka yetishtirish kitobi , 1986 .

2. V. I. Zuyev, Kartoshkachilik kitobi , 2017 ( 380 bet ) .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.