Научная статья на тему 'TURKMAN MANDRAGORASINI (MANDRAGORA TURCOMANICA MIZGIR.) KO‘PAYTIRISH VA YETISHTIRISH USULLARI'

TURKMAN MANDRAGORASINI (MANDRAGORA TURCOMANICA MIZGIR.) KO‘PAYTIRISH VA YETISHTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

253
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urug„ / ildiz qalamchalari / koʼpaytirish / yetishtirish / seeds / root cuttings / reproduction / cultivation

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — G. I. Bahodirova, T. X. Maxkamov

Maqolada Mandragora turcomanica Mizgir. ning botanik tavsifi, koʼpaytirish va yetishtirish yoʼllari batafsil bayon etilgan. Shu bilan birga Mandragora turcomanica Mizgir. ning biomorfologik xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article gives a detailed botanical description, methods of reproduction and cultivation of Mandragora turcomanica. In addition, the biomorphological features of Mandragora turcomanica were studied

Текст научной работы на тему «TURKMAN MANDRAGORASINI (MANDRAGORA TURCOMANICA MIZGIR.) KO‘PAYTIRISH VA YETISHTIRISH USULLARI»

TURKMAN MANDRAGORASINI (MANDRAGORA TURCOMANICA MIZGIR.) KO'PAYTIRISH VA YETISHTIRISH USULLARI

G. I. Bahodirova

Toshkent davlat agrar universiteti [email protected]

T. X. Maxkamov

Toshkent davlat agrar universiteti, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy

universiteti, Guliston davlat universiteti mturobzhon@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada Mandragora turcomanica Mizgir. ning botanik tavsifi, ko'paytirish va yetishtirish yo'llari batafsil bayon etilgan. Shu bilan birga Mandragora turcomanica Mizgir. ning biomorfologik xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: urug„, ildiz qalamchalari, ko'paytirish, yetishtirish.

ABSTRACT

The article gives a detailed botanical description, methods of reproduction and cultivation of Mandragora turcomanica. In addition, the biomorphological features of Mandragora turcomanica were studied.

Keywords: seeds, root cuttings, reproduction, cultivation.

KIRISH

Solanaceae oilasining 3000 turi mavjud bo'lib, asosan tropik va tropik oldi hududlarida tarqalgan. Yorqin namoyondalari Amerika qit'asida ko„p uchrashi adabiyotlarda keltirilgan [1].

Mandragora turkumining dunyoda 4 turi mavjud bo'lib ular quyidagilar: Mandragora autumnalis Bertol.; Mandragora caulescens C.B.Clarke; Mandragora officinarum L.; Mandragora turcomanica Mizgir.

Mandragora turcomanica Mizgir. turning tabiiy tarqalish areallari Eron va Turkmaniston hisoblanib, boshqa hududlarda uchramaydi [2].

I.A. Linchevskiy [3, 4] tavsifiga kura, o'simlik quyidagi diagnostik ko'rsatkichlariga ega: Turkman mandragorasi ko„p yillik o't o'simlik. Barglari yoyma tupbarg xolatda diametriga 160 sm gacha yetadi: pastki barglari keng ovalsimon yoki tuxumsimon,

June, 2022

171

uzunligi 90 sm, eni 60 sm gacha, yuqori qismida yirik, 2 sm gacha uchburchaksimon tishchali: yuqori barglari mayda, uzun tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, barglarining atrofining ko'p qismi tekis, pastidan tuklangan: yosh davrda tepa qismidan siyrak tuklangan, egri bugri bo'rtmali, atroflaridan mavjli, pastdan ko'rinishi to'rsimon tomirlangan. Gullari barg qo'ltig'ida 3 tadan joylashgan. Dastlabki gullari qisqaroq, keyingilari esa uzunroq bo'lib, kuchsiz tuklangan gulbandlarda joylashgan. Gul kosasi 1.5-2sm uzunlikda, 5 bo'lakli, uzunligi 1-1.5 sm, eni 0.5-0.3sm, kuchsiz tuklangan nashtarsimon yoki uchburchak nashtarsimon, uchki qismi o'tkirlashgan, mevalarning yetilish davrida tez o'sadi va mevalarni 3\4 qismini qamraydi. Gultojsimon qo'ngiroqsimon, tashqi tomonidan kuchsiz tuklangan, och binafsha rangda, asosi uchta oq chiziqdan iborat, 2.5 sm gacha uzunlikda bo'ladi. Changchisi -5(6) ta: ipchalari 0.7 sm uzunlikda bo'lib, asosi qalin oq yaltiroq tuklangan: changdoni och ko'k, 0.4 sm uzunlikda bo'ladi. Changlari sarg'ishsimon oq sariq. Tugunchasi ikki uyali. Ustunchasi chanchilarga nisbatan uch karra baland, uchki qismi egilgan. Tumshuqchasi boshoqchali, ikki bo'lakli, yashil tusda. Mevalari rezavor, ko'p urug'li, yumaloq shaklda, aylanma o'lchami 6 sm gacha, sillik, yaltirok, yetilgan davrda to'q sariq rangda. Urug'lari buyraksimon, urug' qobigi qattiq, uzunligi 0.6-0.7 sm, eni 0.4-0.5 sm, sariq yoki och jigar rang tusli, endospermli (1-rasm).

O'zbekistonda dorivor o'simliklarga bo'lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. O'simliklarni ko'paytirish va yetishtirish yo'llarini ilmiy asoslangan usullarini aniqlash bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan [5, 6, 7, 8, 9, 10].

1-rasm. Mandragora turcomanica ypyrnHHHr Tarnen KypHHHmn

June, 2022

172

Ushbu maqolada Mandragora turcomanica ni urug'idan hamda ildiz qalamchalaridan ko'paytirish usullari va yetishtirish yo'llari bo'yicha ilmiy tadqiqt natijalari keltirilgan.

TADQIQOT OB'EKTI VA USLUBLARI

Tadqiqot ob'ekti Solanaceae Juss. oilasiga mansub Mandragora turcomanica Mizgir. - Turkman mandragorasi.

Eksperiment uchun o'simlikning urug'lari Toshkent botanika bog'i Dorivor o'simliklar kollektsiyasidan 2021 yilda (tahminan) 7-8 yoshli o'simlik tuplaridan olindi. Tajribalar Toshkent voxasi sharoitida (Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi axborot maslahat markazi "EXTENSION CENTER" DUK hududida) olib borildi (2-rasm).

Mandragora turcomanica Mizgir. ning biomorfologik xususiyatlari I.G. Serebryakov [11, 12], o'simlikning morfologik belgilarini aniqlashda "Atlas po opisatel'noy morfologii vysshix rasteniy" [13] asaridan foydalanildi. Nihollar paydo bo'lganidan to nihollar o'zini yaxshi tutib olguncha, ular har 5 kunda kuzatib borildi. Keyingi kuzatuvlar o'simlikning o'sish va rivojlanish tezligiga qarab har 7 va 10 kunda olib borildi.

2-rasm. Dala tajribalarida kuzatuv ishlari olib borilayotgan jarayon

O'simlikning mavsumiy rivojlanish maromini o'rganishda G.N. Zaytsev [14] va I.N. Beydeman [15] usullaridan foydalanildi. Bunda vegetativ davrlar qayd etildi. Vegetativ davrida o'sishning boshlanishi, faol o'sishi, barglarning paydo bo'lishi, o'lchami va to'kilishi, ildizpoyaning paydo bo'lishi, o'lchami va soni kuzatilib borildi.

June, 2022

173

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI

O'simlik asosan urug'idan ko'paytiriladi. Shu bilan birga kamdan kam hollarda ildiz qalamchalaridan ham foydalanib ko'paytiriladi. Undan tashqari o'simlikni in vitro usulida ham ko'paytirish mumkin.

1. Urug'dan ko'paytirilganda maxsus pollarda ko'chatlar tayyorlanadi. Urug' dastlab urug' qobig'i qatttiq bo'lganligi uchun kichik tegirmonda shikastlanadi yoki 1-1,5 oy muddatda urug' bo'rtishi uchun nam qumda saqlanadi. Bu tadbirlar amalga oshirilgandan so'ng urug'lar maxsus pollarda saqlanadi. Bu usulda urug'dan ekishning eng optimal muddati kuzning dastlabki oylari hisoblanadi. Urug'lar ustiga maxsus (1-1-3 nisbatda qum-go'ng-tuproq) substrat 2-3 sm qalinlikda sepiladi. Erta bahorda havo harorrati 15-20 0C ni tashkil etganda urug'lar unib chiqadi (3-4-rasmlar).

3-rasm. Urug'palla barglarining 4-rasm. Urug „idan chiqqan nihollar

ko'rinishi.

Urug' unuvchanligi 60-70% ni tashkil etadi. Dastlabki chin bargi och yashil bo „lib, 20-30 kunda bu bargning uzunligi 5-6 sm gacha yetadi. Ana shu davrda 2-barg namoyon bo'ladi. Barg qalin, to'rlangan, och yashil rangda bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan bargning rangi to'q tusga kiradi. O'simlik iyun oyida ko'chat sifatida ishlatish uchun tayyor bo'ladi. O'simlikning yer ustki qismi yoki ikki bargning uzunligi 10-15 sm gacha yetadi. Ildizning uzunligi 7-8 sm ni tashkil etadi. Bu nihollar maxsus pollardan sentabr oyida maydonlarga ko'chiriladi. E.T. Ahmedov (2002) ilmiy tadqiqotiga ko'ra [16], o'simlik urug'larining optimal ekish chuqurligi 3-5 sm ni tashkil etgan, urug' unuvchanligi ularning saqlash muddatiga bog'liqligi qayd etilmagan, turli yillari terib olingan urug'larning unuvchanligi barcha uslublarda 1-2-3-yillari ham 70-80% ni tashkil etgan.

June, 2022

174

ldona urug'ning vazni o'rtacha 39 mgni, 1000dona urug' vazni esa 39000mg yoki 39grni tashkil etadi. 1ga hisobiga o'rtacha hisobda 60000 dona ildiz yoki urug' sarflansa, demak urug vazni gektar hisobiga 1000 dona urug' 39gr 60000 dona x=2340gr yoki 2,340 kg. Demak gektar hisobiga 70x30 sxemada toza holatdagi 2,5-3 kg urug' sarflanadi.

Ma'lumki, ko'p yillik o't o'simiklarning ildiz qalamchalari orqali ko'paytirilishi, vegetativ ko'paytirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.

2. O.F.Mizgirova ning (1955) ma'lumotlariga ko'ra, Turkmaniston sharoitida bu o'simlikning vegetativ ko'paytirish usullari uchun qulay vaqt vegetatsiya boshlanishidan oldin va vegetatsiyaning boshlanish davrlari hisoblanadi [17]. Kesib qoldirilgan 6-7 sm li qalamchalar yarim soya bo'lgan lalmi yerlarga, yarim soyadan iborat bo'lgan adirliklar, buta va daraxtlardan iborat bo'lgan tog'oldi hududlariga 40x40 sm tizimidagi chuqurlarga ekiladi. Hosildorlik gektar hisobiga bargidan o'simlik vegetatsiyasining 2-yilidan boshlab, 3-4 sentnerni tashkil etadi. Ildizining hosildorlik ko'rsatkichi 12-13 sentnerni tashkil etadi.

Kraxmal saqlovchi va kaudeks qismli ildiz qalamchalar dastlab har xil o'lchamdagi 1-5 smli bo'laklarga bo'linib, so'ngra bu bo'laklar ko „ndalangiga yana ikki qismga ajratildi. Vegetatsiyadan so'ng ekilgan ildiz qalamchalarda kurtak bo'rtmalarining paydo bo'lishi oktabr oyining oxirlaridan boshlab kuzatildi va bu davr 3-4 oyni tashkil etdi.

Bir yillik ildizlarni ekishdan oldin ToshDAU Axborot-masahat markazi (Extension center) DUK dorivor o'simliklar kolleksiyasi maydonida tuproqqa agrotexnik ishlov berildi. Yer tekislanib egatlar va jo'yaklar olindi, 40x40 sm tizimidagi chuqurlarga o'simlik ildizlari 18.02.2021da ekildi. Qator orasi 70 sm qilib ekildi. Tajriba tizimi ikki xil variantda amalga oshirilidi. 1-sida o'simliklar orasi keng holatda 40 sm oraliqda ekildi. 2-variantda o'simliklar orasi yaqin holatda ya'ni 10 sm qilib ekildi. O'simlikning birinchi vegetatsiya yili mart oyining o'rtalarida (1517.03.2021) dastlabki rozetka barglar hosil bo'ldi. Ildizning ko'karuvchanligi 80-83%ni tashkil etdi. O'simlik vegetatsiyasining birinchi yilida fenologik va biometrik kuzatuvlar amalga oshirilib borildi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar ildiz qalamchalari chuqurroq qilib ekilsa yoki kaudeksli qismi yer ostiga qaratib ekilsa ham ildiz o'sib rivojlanadi, ammo yer ustiga rozetka barglarini chiqishi kechikadi. Ikkita variantdagi o'simliklar ham yaxshi o'sib rivojlanib, 3 tadan 7 tagacha to'p barglar hosil qildi. Barglarning uzunligi 912,5 sm ni, eni 3-5 sm ni tashkil etdi. May oyining dastlabki kunlarida (7.05.2022) o'simlikning ayrim barglarida sarg'ayish jarayoni kuzatildi. Barglarning chetlari sarg'ayib so'ngra butun barg yaprog'i sargaya boshladi. Mayning oxiri iyunning dastlabki kunlarida (1.06.20221)

June, 2022

1?5

o'simlikning yer ustki qismi batamom qurib tinim davri boshlandi. O'simlik vegetatsiyasining birinchi yili vegetatsiya davri davomiyligi 77-78 kun yoki ikki yarim oyni tashkil etdi. Tinim davri davomiyligi 281 kunni yoki 9 oyni tashkil etdi. Tinim davridan so'ng ikkinchi vegetatsiya yili bahorning dastlabki kunlarida kuzatildi. 1-variantdagi o'simliklarda barglar martning dastlabki o'n kunligida (9.03.2022) hosil bo'ldi. 19.03.2022 holatiga ko'ra birinchi variantdagi o'simliklar uchun unuvchanlik 100%ni tashkil etdi. Ayrim sabablarga ko 'ra avvalgi yili o'sib rivojlanmagan ildiz qalamchalarda qishning oxiri bahorning dastlabki oylarida yog'ingarchilik mo'l bo'lganligi hamda tuproqda yetarli ozuqa moddalari mavjud bo'lganligi sababli yashirin kurtaklar uyg'ondi, so'ngra to'pbarglarni hosil qildi. 1-variantdagi o'simliklarda (o'simliklar orasi 40 sm) ikkinchi vegetatsiya yilida 4 tadan 18 tagacha to'pbarglar hosil bo'lib, o'simlikning maksimal balandligi 17,5 sm ni hamda minimal 11,5 sm ni tashkil qildi. 2-variantdagi o'simliklarda 1 tadan 10 tagacha tupbarglar hosil qilib, o'simlikning maksimal balandligi 12,3 sm, minimal 4 sm ni tashkil etdi. Ildizi chirib ketgan o'simliklarda 2 tadan 5 tagacha to'pbarglar hosil bo'lib, o'simlikning maksimal balandligi 8,5 sm ni hamda minimal 3,5 sm ni tashkil etdi. Tajriba natijalariga ko'ra o'simlik ildizlari sovuqqa chidamli bo'lib, yog'ingarchilik miqdori ko'p bo'lganda tezroq unib chiqadi, bahorning dastlabki oyida namgarchilikning mo'l bo'lishi ildizlarning chirib ketishiga olib kelmaydi. Undan tashqari o'simlik tuproqning suv erroziyasi natijasida yemirilishini oldini oladi. Shuni ta'kidlash joizki, dastlabki barglarning ayrimlari keng ovalsimon holatda emas, balki uzun ovalsimon holatda ham tuproqning yuzasiga chiqishi mumkin. Buning sababi tuproqda yog'ingarchilik tufayli qatqaloqning hosil bo'lib, barglarning yer yuzasiga chiqishiga to'sqinlik qilishidir.

3. Mandragorani in vitro usulida ko'paytirish uchun barg plastinkasi to'qimalaridan foydalaniladi, dastlabki material sifatida yosh (1,5 -2 oylik) barglar zarur. Aniqlanishicha, ularni sterilizatsiya qilish uchun eng yaxshi agentlar 70% li etil spirti (10 min) va 1% li kumush nitrat eritmasi hisoblanib, barg plastinkalari 3 daqiqa davomida saqlanadi. Sterillangan distillangan suv bilan yaxshilab yuvib bo'lgach, ular

л

1 sm o'lchamdagi bo'laklar ko'rinishida kesiladi hamda auksin va sitokinin kabi o'simlik gormonlarini o'zida saqlovchi MS ozuqa muhitiga ko'chirildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, 4 haftadan so'ng 3000 luks yorug'lik ta'sirida kallus to'qima hosil bo'lgan [18].

Xomashyo tayyorlanishi va uning sifati. O'simlikning bargi va ildizi xom-ashyo hisoblanadi (5-rasm).

June, 2022

5-rasm. O'simlikdan homashyo tayyorlash jarayoni

O'simlikning barglari 2-yildan boshlab, may oyida ildiz bo'g'zidan 3-4 sm qoldirib kesib olinadi. Barglar soya joyda quritilib, 20 kg li qoplarga joylanadi. Saqlash muddati ikki yil. Ildizi o'simlik vegetatsiyasining 4-5 yillarida kovlab olinadi. Ildiz darhol bo'laklarga bo'lib, soya joyga quritishga qo'yiladi. 10kg.li qog'oz qutilarga joylanadi. Saqlash muddati 3 yil [19].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki istiqbolli dorivor o'simlik Turkman mandragorasidan O'zbekiston sharoitida sifatli homashyo olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

REFERENCES

1. Raj S. P., Solomon P. R., Thangaraj B. Solanaceae //Biodiesel from Flowering Plants. - Springer, Singapore, 2022. - С. 40.

2. POWO. Plants of the world online //Facilitated by the Royal Botanic Gardens, Kew. [WWW Document]. - 2022.

3. Линчевский И. А. Род MandragoraL. \\ Флора СССР. - М.: АН СССР, 1955. Т-22. С.75-77.

4. Линчевский И.А. Род MandragoraL. \\ Жизнь растений. М.: Просвящение, 1981.Т.5.(2). - С. 417.

5. Жумабоев Г.Ш., Иноятова М.Х., Махкамов Т.Х. Инвазив усимлик - Испан мингбоши (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) ни маданийлаштириш истикболлари ва уруг унувчанлиги //

XULOSA

ГулДУ ахборотномаси. - Гулистон, 2022. №1. - Б. 17-23.

June, 2022

6. Пулатова А.Р., Усмонова Б.К., Иноятова М.Х., Махкамов Т.Х. Codonopsis clematidea (Schrenk) C.B.Clarke уругларининг унувчанлиги // "Таълим фидойилари" Республика илмий-услубий журнали. - Тошкент, 2021. 12-сон, 1-жилд. 265-273 б.

7. Иноятова М.Х., Махкамов Т.Х. Melissa officinalis L. ни in vitro усулида микроклонал купайтиришнинг оптимал ечимлари // "Таълим фидойилари" Республика илмий-услубий журнали. - Тошкент, 2021. 12-сон, 1-жилд 207-213 б.

8. Yuldasheva N. E., Aminova M. Albuca bracteata-hind piyozini etishtirish usullari va shifobahshlik xususiyatlari //Academic research in educational sciences. - 2022. -Т. 3. - №. 2. - С. 376-384.

9. Туракулов А.А., Холмуротов М.З. Артишок уругларининг дала унувчанлиги ва майсаларнинг ривожланиши // Журнал агро процессинг. - 2019. - №2. 4.

10. Бердиев Э. Т., Холмуротов М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе // Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса: Международная научнопрактическая конференция, посвященная. - Т. 70. - С. 130-135.

11. Серебряков И.Г. Типы развития побегов у травянистых многолетников и факторы их формирования // Вопросы биологии растений: уч. записки МГПИ им. В.П. Потемкина. - М., 1959. - С. 3-37.

12. Серебрякова Т.И. О вариантах моделей побегообразования у многолетних трав // Морфогенез и ритм развития высших растений. - М., 1987. - С.3-19.

13. Артюшенко З.Т., Федоров А.А. Атлас по описательной морфологии высших растений: Плод. - Л.: Наука, 1986. - 392 с.

14. Зайцев Г. Н. Методика биометрических расчетов. - М.: Наука, 1973. 256 с.

15. Бейдеман И.Н. Методика изучения фенологии растений и растительных сообществ. Новосибирск: Наука, 1974. - 154 с.

16. Ahmedov E. T. Mandragora turcomanica Mizg. ning Toshkent vohasi sharoitidagi introduksiyasi // Biologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. T.: 2002 y.

17. Мизгирева О.Ф. Мандрагора туркменская (Mandragora turkomanica Mizgir.) // Проблемы бот., М.-Л.; Изд-во АН СССР. - 1955. - №. 2. - C. 167-205.

18. Atayev E., Bilishova U. Kopetdagyn kumu§da§ ?aginin geobotaniki barlaglary //Qolleri ozle§dirmegm meseleleri (Problems of desert development). - S. 29-32.

19. Тухтаев, Б. Ё., Махкамов, Т. Х., Тулаганов, А. А., Маматкаримов, А. И., Махмудов, А. В., & Аллаяров, М. У. (2015). Доривор ва озукабоп усимликлар плантацияларини ташкил килиш ва хом ашесини тайерлаш буйича йурикнома.

June, 2022

178

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.