Научная статья на тему 'JANUBIY QASHQADARYO VILOYATIDA ERTAGI KARTOSHKA NAVLARINI O‘STIRISHDA MAQBUL EKISH MUDDATLARI VA MULCHALASH TURLARI'

JANUBIY QASHQADARYO VILOYATIDA ERTAGI KARTOSHKA NAVLARINI O‘STIRISHDA MAQBUL EKISH MUDDATLARI VA MULCHALASH TURLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
98
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kartoshka navlari / ekish muddatlari / tuproqni mulchalash / o‘suv davri / o‘simlik bo‘yi / barg sathi / mahsuldorlik / tovar hosil

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ostonaqulov T.E., Amirov X.S., Toshpo‘latova C. T.

Maqolada kartoshka o‘rtatezpishar Sylvana va Saviola navlarini ertagi ekin sifatida turli muddatlarda ekish va mulchalash turlarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini o‘rganish natijalari keltirilgan. Ekishni yanvar oyi ikkinchi yarmi-fevral oyi birinchi dekadasida amalga oshirib, gektariga 5-8 tonna elangan go‘ng va plyonka bilan mulchalash o‘simlikning jadal sur’atlarda qulay o‘sishi (74,6-87,0 sm), barg apparati shakllantirishi (tupda 0,74-0,87 m2) va eni ko‘p hosil (28-30 t/ga va ziyod) ertagi muddatlarda (1 iyungacha ) kartoshka Sylvana va Saviola navlari ta’minlar ekan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JANUBIY QASHQADARYO VILOYATIDA ERTAGI KARTOSHKA NAVLARINI O‘STIRISHDA MAQBUL EKISH MUDDATLARI VA MULCHALASH TURLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

JANUBIY QASHQADARYO VILOYATIDA ERTAGI KARTOSHKA NAVLARINI O'STIRISHDA MAQBUL EKISH MUDDATLARI VA MULCHALASH TURLARI 1Ostonaqulov T.E., 2Amirov X.S., 3Toshpo'latova C.T

1QarDU professori 2QarDU dotsenti 3QarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002784

Annotatsiya.Maqolada kartoshka o'rtatezpishar Sylvana va Saviola navlarini ertagi ekin sifatida turli muddatlarda ekish va mulchalash turlarida o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini o'rganish natijalari keltirilgan. Ekishni yanvar oyi ikkinchi yarmi-fevral oyi birinchi dekadasida amalga oshirib, gektariga 5-8 tonna elangan go'ng va plyonka bilan mulchalash o'simlikning jadal sur'atlarda qulay o'sishi (74,6-87,0 sm), barg apparati shakllantirishi (tupda 0,74-0,87 m2) va eni ko'p hosil (28-30 t/ga va ziyod) ertagi muddatlarda (1 iyungacha ) kartoshka Sylvana va Saviola navlari ta'minlar ekan.

Kalit so'zlar: kartoshka navlari, ekish muddatlari, tuproqni mulchalash, o'suv davri, o'simlik bo'yi, barg sathi, mahsuldorlik, tovar hosil.

Kirish. Respublikamizning janubiy Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoiti qishning iliqligi, hatto yanvar-fevral oylarida haroratning 3,3-6,2oC dan yuqoriligi, asosiy yog'ingarchiliklar miqdorining 60-65% i yanvar-aprel oylarida tushishi, issiqlik, yorug'lik va sun'iy sug'orish imkoniyatlari ertagi kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishga sharoit beradi.

Kartoshkani ertagi ekin sifatida o'stirib, barvaqt hosil olish ko'p jihatdan ekin moslashgan mahsuldor navlarini tanlashga, urug'lik tuganaklarni ekisholdi tayyorlash texnologiyasi va qulay ekish muddatlarini belgilash hamda mulchalash turlariga bog'liq [4,5,6].

Shuni hisobga olib, biz Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Bog'obod MFY Parg'o'za qishlog'i Inoq Abdullayev tomorqa xo'jaligi sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida dala tajribasi o'tqazdik.

Material va metodlar. Tadqiqotning maqsadi - muayyan sharoitda kartoshka Sylvana va Saviola o'rtatezpishar navlarini turli ekish muddatlarida va mulchalash turlarida o'stirib, o'sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi, umumiy va tovar hosildorligi bo'yicha baholash asosida qulay ekish muddati va mulchalash turini belgilashdan iborat.

Dala tajribalarida kartoshka o'rtatezpishar Sylvana va Saviola navlari 4 ta muddatlarda (15-18, 30.01-05.02, 15-20.02 va 2-7.03 (nazorat) kunlari ekilib, har bir muddatda 4 xil mulchalash turlari - mulchasiz (nazorat), go'ng, plyonka va go'ng + plyonka bilan mulchalashlar) o'rganildi.

Ekish tartibi 90x20 cm bo'lib, delyankaning maydoni navlar bo'yicha 144 m2, mulchalash bo'yicha 36 m2, takrorlar soni 4 ta bo'ldi.

Tajriba uchastkasida barcha ishlar - ekish, parvarishlash tadbirlari, kuzatish, o'lchash, hisoblash, yig'ish kabilar umumqabul qilingan uslub va tavsiyalar asosida o'tkazildi [1,2,3,7,8].

Tadqiqot natijalari muhokamasi. O'tkazilgan kuzatishlarga ko'ra, ertagi kartoshka sinalgan navlari 15-18 yanvarda ekilganda tez va qiyg'os unib chiqish (31-32 - kunlari yoki mulchasiz variantga nisbatan 3-7 kun oldin) go'ng+plyonka bilan mulchalanganda kuzatildi. Lekin, 2021 yilda mulcha turiga qaramasdan ko'karib chiqqan o'simliklar sovuq ta'sirida nobud bo'ldi va qayta ko'karib o'sish va rivojlanishini keyin davom ettirdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ekish 30.01-5.02 muddatda o'tkazilganda mulchasiz (standart) variantda unib chiqish Saviola navida 25-kuni, Sylvana navida esa 21-kuni kuzatildi. Go'ng bilan ulchalanganda

esa, tegishli ravishda, 22 va 20-kunlari, plyonka bilan mulchalanganda esa 20 va 19-kunlari, ya'ni navlar bo'yicha 2-5 kun erta unib chiqish kuzatildi.

Ekish 15-20 fevralda o'tkazilganda mulchalash samarasi kamayib, unib chiqish o'rganilgan navlar bo'yicha 2-3 kungacha tezlashgani ma'lum bo'ldi.

Kartoshka o'rganilgan navlarida erta muddatlarda (30.01-5.02) ekish va go'ng hamda plyonkalar bilan mulchalash evaziga o'simlikning o'suv davri navlar bo'yicha 2-4 kungacha uzayganligi aniqlandi.

Kartoshka o'rtatezpishar Sylvana navi 30.01-5.02 muddatda mulchasiz (nazorat) ekilganda o'simlik bo'yi o'suv davri boshida (10-15.04) 24,5 santimetrni, mulchalangan variantlarda esa 30,1-33,8 santimetrni yoki 8,1-11,6 santimetr ziyodni tashkil etdi. Ushbu o'simlikning baland bo'yli bo'lish qonuniyati o'suv davri davomida saqlanib, oxirgi o'lchashda (20-25.05) tegishli ravishda 70,8 va 79,6-84,0 yoki 9,8-15,2 santimetr bo'ldi.

Boshqa o'rganilgan ekish muddatlari va tezpishar Saviola navida ham xuddi shunday qonuniyat kuzatildi.

Sinalgan kartoshka navlari erta (30.01-5.02) ekilganda o'simlikning bo'yi kech (2-7.03muddatda) ekilganga nisbatan mulchasiz variantda 8,3-10,2 santimetrga, mulchalangan variantlarda esa 6,6-10,0 santimetrga baland bo'yli bo'ldi.

Ertagi kartoshka navlarining poya hosil qilishiga ekish muddatlari va mulchalash turlarining ta'siri sezilmadi, lekin Sylvana navi har bir tupda 4,0-4,5, Saviola navi esa - 3,6-4,3 donani tashkil etdi.

Ertagi kartoshka o'rganilgan navlari tupi barg sathining o'zgarishiga ekish muddatlari va mulchalash turlarining ta'siri sezilarli bo'lib, erta 30.01-5..02 muddatda ekilganda o'rganilgan o'rtatezpishar navlar mulchasiz variantdagi o'simlik barg sathi o'suv davri boshida (10-15 aprelda) 0,18-0,21 m2 ni tashkil etgan.

Tupning mulchalangan variantlarda barg sathi shakllantirishdagi o'suv davri boshidagi ustunliklari oxirigacha saqlanib, yuqori barg sathi mulchalashda go'ng+plyonkadan foydalanilganda qayd etildi.

Kartoshkani kech 2-7 martda ekish amalga oshirilganda mulchasiz (nazorat) variantda navlar bo'yicha o'suv davri boshida (10-15.04) 0,12-0,15, mulchalangan variantlarda esa 0,250,26 m2 barg sathi hosil qilib, uning shakllanishi jadal sur'atlarda 10-15.05 gacha kechdi. So'ngra barg sathi shakllanishi o'rganilgan navlarda susaydi. O'suv davri oxirida erta (30.015.02 muddatda) mulchasiz ekilganda o'rganilgan navlarda 0,55-0,64 m2, go'ng bilan mulchalanganda tegishli ravishda 0,70-0,86 m2, plyonka bilan mulchalanganda 0,78-0,86 m2, go'ng+plyonka bilan mulchalanganda esa eng yuqori 0,81-0,93 m2 barg sathi hosil qilgan.

Ekish kechiktirilib, 2-7 martda o'tkazilganda o'simlik barg sathi mulchasiz variantda 0,43-0,53 m2 dan, mulchalangan variantlarda esa 0,50-0,76 m2 dan oshmadi. Ertagi kartoshka yetishtirishda tuproqni turli materiallar bilan mulchalash tuproq haroratini oshirish bilan birga namlik miqdori ko'payishini ham ta'minlaydi, ayni vaqtda ekish muddatini kechiktirib yuborishda tuproq namligi kam bo'lishiga va bu esa kartoshkaning keyingi o'sish va rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Ertagi kartoshka sinalgan navlarida turli ekish muddatlari va mulchalash turlarining palak, ildiz massasi va tuganak shakllanishiga ta'siri o'rganilganda, mulchalash evaziga palak vaznining oshib borishi, ekish muddati kechikishi bilan palak

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

vaznining kamayib borishi bo'yicha qonuniyat o'rganilgan barcha kartoshka navlarida kuzatilib, o'suv davrining oxirigacha saqlandi.

O'suv davri oxirida 20-25 mayda bir tup palak vazni 30.01-5.02 muddatda ekilganda mulchasiz variantda Sylvana navida - 345, Saviola navida - 320 grammni, mulchalangan variantlarda navlar bo'yicha tegishli ravishda 352-370;375-391;382-405 grammni tashkil etdi.

Ekish kech, ya'ni 2-7 martda ekilganda esa bu ko'rsatkichlar nisbatan kichik bo'lib, mulchasiz variantda bir tup palak vazni Sylvana navida - 305, Saviola navida - 297 grammni, mulchalangan variantlarda esa navlar bo'yicha tegishli ravishda 312-314,338-346,345-358 gramm bo'ldi.

Kartoshka o'rtatezpishar Sylvana navi erta 30.01-5.02 muddatida ekilganda mulchasiz (nazorat) variantda hosildorlik gektaridan 25,3 tonnani, chirigan go'ng bilan mulchalanganda 28,0 tonnani, plyonka bilan mulchalanganda 31,1 tonnani, go'ng+plyonka bilan mulchalanganda 32,9 tonnani ta'minlab, mulchalash turlari gektaridan 2,7-7,6 tonna qo'shimcha hosildorlikni ta'minladi. Bu ko'rsatkich Saviola navida gektaridan 2,2-6,4 tonnani tashkil etdi.

Eng yuqori hosildorlik o'rganilgan navlarda (29,7-32,9 t/ga) ekish 30.01-5.02 muddatda o'tkazilib, go'ng+plyonka bilan mulchalanganda olindi. Eng past hosildorlik (19,0-19,6 t/ga) ekish kech, ya'ni 2-7 martda mulchasiz ekilganda qayd qilindi.

Xulosa. Janubiy Qashqadaryo viloyati sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida ertagi kartoshka o'rtatezpishar Sylvana va Saviola navlarini erta yanvar oyi oxiri fevral oyi boshida ekib, go'ng va plyonka bilan mulchalash orqali tuproq harorati va namlik rejimini boshqarish bilan o'simlikning barvaqt o'sish va rivojlanishiga qulay sharoit yaratib, baland bo'yli (74,6-87,0sm), barg sathili (0,74-0,88 m2), baquvvat palakli (352-405 g) bo'lib shakllandi. Natijada har gektaridan 28,3-30,9 tonnadan oshirib, barvaqt (1 iyungacha) va sifatli hosil olish imkonini berar ekan.

REFERENCES

1. Азимов Б.Ж.,Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар утказиш методикаси. Тошкент.2002.-Б.181-185.

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва.1985.-С.280-289,

3. Методика исследований по культуре картофеля(ВНИИКХ). Москва.1967.-С.210.

4. Зуев В.И., Абдуллаев A.F. Сабзавот экинлари ва уларни устириш технологияси. Тошкент.1997.-Б.336.

5. Остонакулов Т.Э. Сабзавотлар етиштириш технологияси.Тошкент.2003.-Б.400.

6. Остонакулов Т.Э., Зуев В.И., ^одирхужаев ОД. Мева-сабзавотчилик(Сабзавотчилик). Тошкент.2019.-Б.552.

7. УзР худудида экишга тавсия этилган экинлар Давлат реестри.Тошкент.2021.-Б.103.

8. ^ишлок хужалик экинлари етиштириш ва хосилини йигиш буйича 2016-2020 йилларга мулжалланган технологик хариталар.ТошкентДХВ.2016.-Б.203.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.