Научная статья на тему 'OCH TUSLI BOʼZ TUPROQLАR AGROKIMYOVIY KURSATKICHLARI HAMDA KАRTOSHKАNI TURLI MUDDАT VА USULLАRDА OʼSTIRILGАNDА MAHSULDORLIGI'

OCH TUSLI BOʼZ TUPROQLАR AGROKIMYOVIY KURSATKICHLARI HAMDA KАRTOSHKАNI TURLI MUDDАT VА USULLАRDА OʼSTIRILGАNDА MAHSULDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
33
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kartoshka navlari / urug‘lik tuganaklari / o‘simtalar / o‘stiruvchi stimulyatorlar / ko‘payish koeffisienti / hosildorlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — N.N.Shabarova, T.E.Ostonaqulov, А I. Ismoyilov

Maqolada kartoshkaning turli tezpishar Gala, Arizona, Ultraeshim, Yangishahar, o‘rtatezpishar Sylvana, Evolytion, Sifra, Bog‘izog‘on navlarining turli vazndagi 1-reproduksiya urug‘lik tuganaklari har xil muddatda o‘simtali, o‘simtasiz urug‘lik tuganaklari va o‘simtasini ekib o‘rganish natijalari bayon etilgan. Natijalarga ko‘ra, qayd etilgan sharoitda kartoshka Evolytion, Gala, Sylvana, Arizona, Ultraeshim navlarining 3,5-4,0 t/ga urug‘lik-laridan 15 fevralda yetishtirilgan o‘simtalarini 1,2-1,4 gektar maydonga, tuganaklarini esa 4 % li ammofos va o‘stiruvchi stimulyatorning eritmasida 1-2 soat davomida ishlanib dalaga ekish orqali, jami 2,2-2,4 ga maydonga kartoshka o‘stirish imkonini berib, o‘simtali tuganaklar ekilganda gektaridan navlar bo‘yicha 27,7-30,8, o‘simtalar ekilganda 20,7-23,2, o‘simtasiz tuganaklar 15 fevralda ekilganda esa 24,6-27,5 tonna hosil olishni ta’minladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OCH TUSLI BOʼZ TUPROQLАR AGROKIMYOVIY KURSATKICHLARI HAMDA KАRTOSHKАNI TURLI MUDDАT VА USULLАRDА OʼSTIRILGАNDА MAHSULDORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

OCH TUSLI BO'Z TUPROQLAR AGROKIMYOVIY KURSATKICHLARI HAMDA

KARTOSHKANI TURLI MUDDAT VA USULLARDA O'STIRILGANDA

MAHSULDORLIGI 1N.N.Shabarova, 2T.E.Ostonaqulov , 3A.I.Ismoyilov

1QarMII

2QarDU, SPEKITI Samarqand ITS 3SPEKITI Samarqand ITS https://doi.org/10.5281/zenodo.8002089

Annatotsiya.Maqolada kartoshkaning turli tezpishar Gala, Arizona, Ultraeshim, Yangishahar, o 'rtatezpishar Sylvana, Evolytion, Sifra, Bog 'izog 'on navlarining turli vazndagi 1-reproduksiya urug 'lik tuganaklari har xil muddatda o'simtali, o'simtasiz urug'lik tuganaklari va o'simtasini ekib o'rganish natijalari bayon etilgan. Natijalarga ko'ra, qayd etilgan sharoitda kartoshka Evolytion, Gala, Sylvana, Arizona, Ultraeshim navlarining 3,5-4,0 t/ga urug'lik-laridan 15 fevralda yetishtirilgan o'simtalarini 1,2-1,4 gektar maydonga, tuganaklarini esa 4 % li ammofos va o'stiruvchi stimulyatorning eritmasida 1-2 soat davomida ishlanib dalaga ekish orqali, jami 2,2-2,4 ga maydonga kartoshka o'stirish imkonini berib, o'simtali tuganaklar ekilganda gektaridan navlar bo'yicha 27,7-30,8, o'simtalar ekilganda 20,7-23,2, o'simtasiz tuganaklar 15 fevralda ekilganda esa 24,6-27,5 tonna hosil olishni ta'minladi.

Kalit so'zlar: kartoshka navlari, urug'lik tuganaklari, o'simtalar, o'stiruvchi stimulyatorlar, ko'payish koeffisienti, hosildorlik.

Kirish: Qashqadaryo viloyatida kartoshkachilikning asosiy muammolaridan biri mahalliy sharoitning noqulayliklariga chidamli navlar, ularning navdorlik va ekish sifatlari talabga javob beradigan urug'lik materiallarining yetishmasligi hamda yuqori hosil olishni ta'minlovchi agrotexnologik tadbirlar majmuasining ishlab chiqilmaganligi hisoblanadi. Kartoshka maydon birligiga eng ko'p (3,5-4,0 t/ga) urug'lik material sarflanadigan ekin bo'lib, ekinni yetishtirish uchun qilinadigan xarajatlarning 60-70 foizi uruqqa to'g'ri keladi. Shuning uchun mavjud urug'lik materiallardan samarali foydalanib, ko'payish koeffitsientini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi [1,2].

Bugungi kunda ko'payish koeffitsienti 4-5 ni tashkil etib turganda, kartoshkani o'simtalaridan o'stirish, urug'lik materialdan samarali foydalanish bilan birga uni oshirish imkonini beradi. Bu esa har bir tuproq-iqlim sharoitida maxsus tadqiqotlar o'tkazib, ekin navlarini o'simta chiqimi bo'yicha baholashni, ularning tutuvchanligi va hosildorligini baholashni talab etadi [3,4,5].

Shuni hisobga olib, biz Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani "Akmal Radjabov" fermer xo'jaligi sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida 2021-2022 yillar mobaynida maxsus dala tajribasi o'tkazdik.

Tajriba uchastkasining tuprog'i mexanik tarkibiga o'rta qumoq, sizot suvlari sathi 3-5 m chuqurlikda joylashganligi, haydov (0-30 sm) qatlamida gumus miqdori 0,69 %, umumiy azot-0,07 %, fosfor-0,10 %, haydov osti (31-50 sm) qatlamida esa, mos ravishda, gumis-0,55, umumiy azot-0,05 va fosfor-0,08% tashkil etadi.

Nitrat azoti miqdori haydov va haydov osti qatlamlarining 1 kg tuprog'ida 1,46-3,74 mg, harakatchan fosfor-14,23-16,35 va almashinuvchan kaliy 180-206 mg/kg bo'lib, tajriba

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

dalasining haydov qatlami harakatchan azot bilan juda kam, harakatchan fosfor bilan kam va almashinuvchi kaliy bilan o'rtacha darajada ta'minlangan.

Tadqiqotning maqsadi - kartoshka yangi tezpishar va o'rtatezpishar navlar to'plamini turli vazndagi urug'lik tuganaklarini ekib, o'simta chiqimi va tutuvchanligini aniqlash, maydon birligiga mo'ljallangan urug'lik tuganaklaridan o'simtalar olish, tuganak va o'simtalaridan turli muddatlarda o'stirilganda hosildorligi va urug'bop tuganaklar chiqimini belgilashdan iborat.

Tadqiqot metodlari va ob'ektlari: Kartoshkaning turli tezpishar - Gala, Arizona, Ulbtraeshim, Yangishahar, o'rtatezpishar - Sylvana, Evolytion, Sifra, Bog'izog'on navlarining vazni 30-50, 50-70, va 80-100 gramm bo'lgan 1 - reproduktsiya urug'lik tuganaklari olinib, o'simtalar chiqimi aniqlandi. Buning uchun nishlatilgan urug'lik tuganaklari 15.02, 01.03 va 15.03 kunlari plyonkali ko'chatxonaga bir tekis terilib, usti 6-7 sm qalinlikda qoraqum bilan ko'milib, 18-25 kun davomida ko'kartirilib, uzunligi 12-15 sm o'simtalar tayyorlandi. Navlar va turli vazndagi urug'lik tuganaklar bo'yicha 4 takrorda 50 donadan, jami 200 dona tuganaklar ekilib, o'simtalar chiqimi aniqlandi. Ular tuganaklardan sindirib olinib, 5-10 kun nam tuproqqa yoki qoraqumga qo'mib qo'yildi. Tuganaklardan sindirib olingan o'simtalar ildizi baquvvat, yo'g'on poyali, 4-5 ta chinbarg chiqargan bo'lib, tutuvchanligi bilan xarakterlandi.

Tadqiqot natijalari: O'simta chiqimi bo'yicha tajribada o'rganilgan kartoshka navlarining turli vazndagi urug'lik tuganaklari ekilganda sezilarli farqlanib, vazni 30-50 grammlik urug'lik tuganaklar ekilganda o'simta chiqimi navlar bo'yicha 2,0-2,5, 50-70 grammlik tuganaklar ekilganda 2,2-2,8, 80-100 grammlik tuganaklar ekilganda esa 2,4-3,0 donadan tashkil etdi. Barcha vaznidagi urug'lik tuganaklar 15 fevralda ekilganda eng ko'p o'simta chiqimi Evolytion (2,4-3,1 dona), Gala (2,5 -2,9 dona), Bog'izog'on (2,6-3,2 dona), Sylvana (2,2-2,7dona), Ulbtraeshim (2,3-2,8 dona) navlarida qayd etildi. Boshqa o'rganilgan navlarda esa o'simta chiqimi 2,0 -2,6 dona bo'lgani aniqlandi.

Demak, o'simta olish uchun vazni 50-70 grammlik tuganaklardan 15 fevral muddatida ekib foydalanish samarali bo'lib, har bir tuganakdan ajratilgan navlar 2,5-2,8 donani ta'minlar ekan. Boshqacha qilib aytganda, bir gektarga mo'ljallangan 3,5-4,0 tonna urug'lik tuganaklardan olingan o'simtalar 1,2-1,4 gektarga o'tkazish uchun yetarli bo'ladi.

O'simtasi olingan urug'lik tuganaklar 4% ammofos + 0,005% gibberillin + 0,02% qahrabo kislotasi eritmasida 1-2 soat davomida ishlanib 15 fevralda ekilganda, dala unuvchanligi jadal kechib, bir tuganakda qulay poya hosil bo'lishi ta'minlandi. Shunda o'rganilgan navlar dala unuvchanligi 90,4 - 98,0 % ni, poya soni 2,8 - 3,5 donani tashkil etdi . Eng yuqori dala unuvchanligi (92,4 -98,0 %), poya shakllanishi (3,0-3,5 dona) Evolytion, Gala, Sylvana, Arizona, Ultraeshim navlarida kuzatildi.

Kartoshka navlari urug'lik tuganaklari o'simtasi bilan ekilganda dala unuvchanlik 91,698,6% ni, bir tupdagi poyalar 3,0-3,7 donani, o'simlik bo'yi 76-86 sm ni, palak vazni 310-333 grammni, o'suv davri 78-88 kunni, hosildorlik 27,7-30,8 t/ga ni, urug'bop tuganaklar chiqimi esa gektaridan 10,2-13,5 tonnani tashkil etib, o'simtasi olingan urug'lik tuganaklar yoki o'simtalar ekilgan variantlardan ancha yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi.

Uzunligi 12-15 sm o'simtalar 90x20 sm tartibda har uyaga 2 donadan 15 fevralda ekilganda o'simlik o'sishi, hosil shakllanishi uchun nisbatan kulay sharoit tug'ilib, har gektardan navlar bo'yicha 20,7-23,2 tonna hosildorlik kuzatilib, urug'bop tuganaklar chiqimi gektardan 8,0-9,3 tonnani yoki 35,8-45,0% ni tashkil etdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Eng kam hosildorlik(17,3-21,5 t/ga) o'rganilgan navlar 15 martda ekilganda olinib, urug'bop tuganaklar chiqimi 33,5-40,0% ni yoki gektaridan 6,6-8,2 tonna bo'lishi aniqlandi.

Xulosalar: Qashqadaryo hududining sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida kartoshka Evolytion, Gala, Sylvana, Arizona, Ulbtraeshim navlarining 3,5-4,0 t/ga urug'liklaridan 15 fevralda yetishtirilgan o'simtalarini 1,2 -1,4 gektar maydonga, tuganaklarini esa 4 % li ammofos va o'stiruvchi stimulyatorlar eritmasida 1 -2 soat davomida ishlanib, dalaga ekish orqali 2,2-2,4 ga maydonda kartoshka o'stirish imkonini beradi. Shunda o'simtasi bilan ekilgan tuganaklar eng yuqori hosildorlikni gektaridan navlar bo'yicha 27,7-30,8, o'simtalar 90x20x2 sm tartibda ekilganda 20,7-23,2, o'simtasiz tuganaklar ammofos o'g'iti va o'stiruvchi moddalarda ishlanib 15 fevralda ekilganda esa 24,6-27,5 tonna hosil olishni ta'minladi.

REFERENCES

1. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.Q. Mevachilik-sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Toshkent. Navro'z. 2019.-B.552.

2. Ostonaqulov T.E. O'zbekistonda tuganakmevali ekinlar. Toshkent. Navro'z. 2020.-B.324.

3. Ostonaqulov T.E., Sanaev S.T. Kartoshkani tuganak va o'simtalaridan o'stirish texnologiyasining ilmiy asoslari. Monografiya. Toshkent.2017. -B. 244

4. Ostonaqulov T.E. Kartoshka yetishtirish. Toshkent. Agrobank. 2021.-B.96.

5. Ostonaqulov T.E.,Hamzaev A.H.,Sanaev S.T. Kartoshkani tuganaksiz ko'paytirish usuli. O'zR Davlat patent idorasi. Patent IAP04698.Toshkent.2013.-B.1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.