INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
KARTOSHKA ERTAPISHAR NAVLARINING EKISH USULLARI Toshmurodova Sohiba Normurodovna
2-kurs magistranti, Termiz agrotexnologiyalar va innavatsion rivojlanish institute https://doi.org/10.5281/zenodo.8002121
Annatatsiya.Ushbu maqolada Surxandaryo viloyati sharoitida ertapishar kartoshka navlarining ekish usullari va yangi navlarning hosildorligining o'zgarishi har xil ekish usullariga bog'liqligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Kartoshka, ertapishar navlar, yangi navlar, ekish usullari, hosildorlik va ekish usullarining hosildorlikka ta'siri.
Kartoshka (lotincha:Solanum tuberosum L) —Solanaceae oilasiga mansub tuganak mevali ko'p yillik o'tsimon o'simlik: asosiy oziq -ovqat mahsulotlaridan biri bo'lgan bir-yillik oziq-ovqat ,texnika va xashaki ekin. Vatani — Janubiy Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Janubiy va Markaziy Amerikada o'sadi. Dehqonchilikda 2 turi and kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshka yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir-yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming-yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565-yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. O'zbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga ko'chib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan
Kartoshka oziq-ovqat, yem- xashak va texnik ahamiyatga ega bo'lgan universal ekindir. U dunyo dehqonchiligida maydoni bo'yicha sholi, makkajo'xoridan keyingi o'rinda turadi. Shuning uchun ko'pchilik Yevropa mamlakatlarida "Ikkinchi non" deb yuritiladi. O'zbekiston kartoshka asosan oziq-ovqat sifatida is'temol qilish uchun ishlatiladi
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xukumati tomonidan respublikada kartoshka ishlab chiqarishni ko'paytirishga alohida e'tibor berilmoqda. Varirlar Maxkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda "Kartoshkachilikda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va Respublikada kartoshka yetishtirishni ko'paytirish chora tadbirlari to'g'risida" gi qaror qabul qilindi va bunga asosan kartoshka ekini maydonlari kengaytiridlmoqda va uning hosildorligini oshirishning barcha tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bizning respublikamiz aholisi kartoshkaga bo'lgan talabini qondirish, urug'lik fondini yaratish uchun ayni kartoshka mahsulotlarni, ikki martaga ko'paytirish zarur bo'ladi.
Hozirgi kelib kartoshka maydoni 50-55 ming gektarga yetkazilib, 0,7-0,8 mln. tonna yalpi hosil olinmoqda. Bunga albatta respublika sharoitida bajarilgan ilmiy- tadqiqot natijalari, ilg'orlar tajribasi va dunyoga mashhur texnologiya, fan texnika yutuqlarini joriy etish orqali erishilmoqda. Kartoshkachilikni rivojlantirishning asosiy yo'llaridan biri uni ekishda ekish usullarini tog'ri tanlashdan iborat.
Ertapishar kartoshkadan barvaqt hosil yetishtirishda pushta olib ustiga ekish eng istiqbolli usul hisoblanadi.Buning uchun qator oralari 70*20,80*20,90*20 santimetr qilinib,18-25 sm chuqurlikda pushtaga fevral oyi oxiri mart oyining birinchi o'n kunligida nishlatilgan yoki o'sturuvchi moddalar eritmasida ishlangan tugunaklar 6-7 sm chuqurlikda ekiladi.Ekish bilan darhol chirigan va elangan go'ng yoki biogumus solinadi.
Shuning uchun har gektar maydonda 57 mingtadan 71 mingtagacha ko'chat bo'lgani yoki 70x20-25 santimetr tartibda,yani qator orasi 70 santimetr,tugunaklar orasi 20-25 santimetr qilib ekilgani maqsadga muvofiq.Buning uchun har gektarga 3,0-3,5 tonna urug'lik tugunaklar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
ekilishi,ekiladigan tugunaklarning vazni esa 30-80 gramm bo'lishi lozim.Ekish normasi urug'lik tugunak vazni va ekish sxemasiga bog'liq.
Tadqiqot natijalari: Tajriba maydonida 1-5 mart kunlari kartoshkaning maysalari paydo bo'ldi.Gullash fazasi maysalashdan keyin navlarga bog'liq holda holda 37-40 kun o'tgandan keyin ya'ni 15-20 aprel kunlari sodir bo'di. Bahorning salqin va iliq kunlarida o'simliklar avj bilan o'sib rivojlandi.Siyrak ekilgan kartoshka navlari qalin ekilganga nisbatan yaxshi o'sib rivojlandi.O'simliklarda kasalliklar va hashoratlar bilan zararlanish kuzatilmadi. Maysalash davridan 84-85 o'tgandan keyin hosil yig'ishtirib olindi.Kartoshkaning Surxon-1 navidan yuqori hosil 23-28st/ga 70x20 tup qalinlikda qalinlikda o'stirilganda va Gala navidan yuqori hosil 32 st/ga 70x25 usularida o'stirish tufayli yetishtirildi.
Ekish sxemasi, sm Bir gektardagi tup soni,dona Urug'lik tuganak Vazni bo'yicha ekish normasi st/ga hisobida
30 40 50 60 70
70x15 93,7 28,1 37,5 46,9 56,2 65,6
70x20 71,0 21,3 28,4 35,5 42,6 49,7
70x25 57,1 17,1 22,8 28,5 34.,2 39,9
70x30 47,6 14,3 19,0 23,8 28,5 33,3
90x15 72,2 22,0 29,3 36,6 48,9 51,2
90x20 55,5 16,6 22,2 27,8 33,2 38,9
Xulosa :Kartoshkani 47,6 ming tubdan,95,2 ming tubgacha qalinlikda ekish tufayli ekish usullarining turli xillaridan foydalanganda,kartoshka hosildorligiga turlicha ta'sir o'tqazadi.Kartoshkani o'rta tezpishar navlarini 70x20 ,ertapishar navlarini 70x25 usulida o'stirish maqsadga muvofiq. Ekish normasining urug'lik tuganaklar vazni va ekish sxemasiga bog'liqligi.
REFERENCES
1. T.E.Ostanaqulov ,S.A.Yunusov " Kartoshka yetishtirish" kitobi Agrobank Toshkent-2021.
2. I.Ergashov ,B.Eshonqulov ,O.Taniberdiyev " Botanik urug'dan kartoshka yetishtirish "maqolasidan.Agro Ilm jurnali(43-44-bet) 1[29]son.2014 yil.
3. X.Xonqulov "Kartoshka tugunaklari va o'simligiga o'stiruvchi moddalarni qo'llash" maqolasidan.Agro Ilm jurnali( 42-43-bet) 5[43]2016.
4. B.A.Sulaymonov,X.CH.Bo'riyev,K.S.Sultanov ,Z.A.Abduqayumov, A.I.Nurbekov "Tomorqa sabzavotchiligi " Toshkent-2014 y 86-93-bet.
5. B. Sulaymonov, H. Bo'riyev, R. A. Nizomov "Tomorqa sabzavotchiligi " Toshkent-2017 y 12-19b
6. H. Bo'riyev, K. Sultonov, Z. Abdiqayumov "Tomorqa sabzavotchiligi " Toshkent-2014 y 83-90 b
7. H. Bo'riyev, A. Abdullayev "Tomorqa sabzavotchiligi " Toshkent-1994 y 49-55
8. T.E. Ostonaqulov, V. Zuyev, O. Q. Qodirxo'jayev, B. Azimov " Kartoshkachlik"kitob Toshkent 2018.
9. M.J.Xazratqulov, M.X.Aramov "Organik sabzavot,poliz va kartoshka yetishtirish texnologiyasi"fani bo'yicha o'quv uslubiy majmua.(84-bet) Termiz-2021.