Научная статья на тему 'KARTOSHKA YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG’CHILIGINI TASHKIL ETISH'

KARTOSHKA YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG’CHILIGINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
656
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tugunak / urug’lik / ertapishar / o’simta / nav / hosildorlik / gala / santé. / tuber / seed / early ripening / tumor / variety / yield / gala / santé

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G’ayratbek Davronbekovich Rahmatullayev, Abdurahimov Diyorbek Dilshodjon O’g’li, Solijonov Shaxbozbek Zafarjon O’g’li

Ushbu maqolamizda kartoshka yetishtirishning o’ziga xos xususiyatlari jumladan ekish bilan birgalikda yilllik azotli o’g’it me’yorining 20%i, fosforli o’g’itlarning qolgan me’yori solinishi, kartoshka xosilini belgilaydigan asosiy elementlaridan biri tupdagi poyalar soni ekanligi hamda urug’chiligi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF POTATO GROWING AND ORGANIZATION OF SEEDS

This article describes the specifics of potato cultivation, including the fact that 20% of the annual norm of nitrogen fertilizer with planting, the remaining amount of phosphorus fertilizers, one of the main elements determining the yield of potatoes is the number of stems in the bush and seed is described.

Текст научной работы на тему «KARTOSHKA YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG’CHILIGINI TASHKIL ETISH»

KARTOSHKA YETISHTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG'CHILIGINI TASHKIL ETISH G'ayratbek Davronbekovich Rahmatullayev,

qishloq xo'jalik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Abdurahimov Diyorbek Dilshodjon o'g'li

magistr

Solijonov Shaxbozbek Zafarjon o'g'li

Magistr Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute https://doi.org/10.5281/zenodo.6634145

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda kartoshka yetishtirishning o'ziga xos xususiyatlari jumladan ekish bilan birgalikda yilllik azotli o'g'it me'yorining 20%i, fosforli o'g'itlarning qolgan me 'yori solinishi, kartoshka xosilini belgilaydigan asosiy elementlaridan biri tupdagi poyalar soni ekanligi hamda urug'chiligi bayon etilgan.

Kalit so'z: tugunak, urug'lik, ertapishar, o'simta, nav,hosildorlik, gala, santé.

CHARACTERISTICS OF POTATO GROWING AND ORGANIZATION OF

SEEDS

Annotation. This article describes the specifics of potato cultivation, including the fact that 20% of the annual norm of nitrogen fertilizer with planting, the remaining amount of phosphorus fertilizers, one of the main elements determining the yield of potatoes is the number of stems in the bush and seed is described.

Keywords: tuber, seed, early ripening, tumor, variety, yield, gala, santé.

ОСОБЕННОСТИ ВЫРАЩИВАНИЯ КАРТОФЕЛЯ И ОРГАНИЗАЦИЯ

СЕМЯН

Аннотация. В данной статье рассмотрена специфика возделывания картофеля, в том числе то, что 20% годовой нормы азотных удобрений при посадке, остальное количество фосфорных удобрений, одним из основных элементов, определяющих урожайность картофеля, является количество стеблей в кусте. и описано семя.

Ключевые слова: клубень, семя, раннеспелость, опухоль, сорт, урожайность, гала, санте.

KIRISH

Kartoshka tomatdoshlar oilasiga (Solanaceae) mansub bo'lib Solanum avlodini tashkil etadi. Bu avlod 200 dan ziyod yovvoyi, yarim yovvoyi va madaniy turlarni o'z ichiga olib, shundan faqat bitta Solanum tuberosum L. madaniy holda keng ekiladi. Biz kartoshka o'simligini tugunaklaridan ko'paytirib sevib iste'mol qilamiz. Mevasi- rezavor, ikki uyali, ko'p urug'li, sariq-yashil rangli. Urug'i mayda, yassi, sariq rangda bo'lib, 1000 dona urug' vazni 0,5 gram.

Tuganak- shakli o'zgargan (metamorfozlashgan) poyadir. Chunki yer ostki poyaning yon kurtaklaridan rivojlangan oq poya (stolon) uchida oziq moddalarning kengayib hosil bo'ladi. Stolonning tugunakka birikkan joyi "kindik" deyiladi. Kartoshka qorong'uda saqlanganda ko'karib uzun, mo'rt, oq yoki xira rangli o'simtalar, yorug' joyda saqlanganda esa yo'g'on kalta, to'q yashil va boshqa rangdagi o'simtalar hosil qiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kartoshka yumshoq tuproq ekini, chunki uning tugunagi yer ostida shakllanadi. Shuning uchun u tuproqning havo rejimiga yuqori talabchan. Kartoshka tuproqdagi oziq elementlarga talabchan o'simlik. Bu uning biologik xususiyatlari, ko'p miqdorda biomassa to'plashi va nisbatan ildiz sistemasining kuchsiz rivojlanganligi bilan bog'liq. O'rtacha xar 100 sentner (10 tonna) kartoshka hosili o'zi bilan 50 kg azot, 20 kg fosfor, 90 kg kaliyni olib chiqib ketadi. Oziq elementlarni yerdan olish bo'yicha kartoshka lavlagi va ba'zi texnik hamda sabzavot ekinlarni hisobga olmaganda ko'pchilik ekinlardan ustun turadi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston respublikasi davlat reystriga kartoshkaning 100 dan ortiq navlari kiritilgan. Jumladan quvonch, red scarlet, gala, santé, romano, kondor, pikasso, marfona, sarnav, piskom, serhosil, umid, saviola, silvana, arizona, arnova, kabi navlari keng maydonlarda ekilmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Kartoshka hosildorligini oshirish va ishlab chiqarishni ko'paytirishning asosiy vositalaridan biri ekin navini to'g'ri tanlash va sifatli urug'lik materialini ekish hisoblanadi. Nav va urug'lik tugunaklarini to'g'ri tanlab ekish orqali hosildorlikni 2-2,5 hissa oshirish mumkun. Kartoshka navlari pishib yetilish muddatiga qarab tezpishar, o'rta tezpishar, o'rtapishar, o'rta kechpishar va kech pishar navlarga bo'linadi. O'suv davri naviga qarab 75 kundan 105 kungacha, hosildorligi esa gektariga 35-40 tonnani tashkil etadi. Iste'mol uchun yetishtirilgan kartoshka tugunak ko'zchalari yuza, nisbatan tekis,ya'ni archilganda etining ko'p qismi chiqimga chiqmaydigan navlar maqsadga muvofiqdir. Kartoshkaning fitoftora, so'lish, turli chirishlar, rak, viruslarga, nematodalarga, zararkunandalarga bardoshliligining ahamyati katta, ayniqsa aynimaydigan yuqori haroratga chidamli, virusli, zamburug', mikoplazma hamda bakteriyali kasalliklarni yuqtirmaydigan navlarning bo'lishi muhimdir.

MUHOKAMA

Urug'shunosligi. Ertapishar kartoshkani barvaqt yetishtirishda urug'lik tugunaklarni ekishga tayyorlashning eng muhim va majburiy elementlaridan biri uni kattaligiga qaarab saralash, 80 gramdan ziyod tugunaklarni esa ko'zchalar sonini hisobga olib kesib ekish hisoblanadi. Yuqorihosil olish ko'p jihatdan urug'likning sifatiga bog'liq. Ekish uchun sog'lom ekilayotgan navga xos shaklga ega bo'lgan 30 gramdan 80 gramgacha kattalikdagi tugunaklar saralab olinadi. Yirik tugunaklar kesilgach har biri tonnasiga chirich va kasallanmaslik uchun 100 litr suvga urug' dorilagichlar 5-6 kg TMTD parashogi yoki roslin eritmasi 4 kg amafos qo'shib yoki 0,05 % ivin, marganets sulfat eritmasida ivitib tayyorlash yaxshi natija berib hosildorlik 11-20% ga oshishi aniqlandi. Yuqoridagi tartibda urug'lik tugunaklar tayyorlangach ekish oldidan 20-25 kun davomida yorug' ham issiq honalarda 2-3 qatlam qalinlikda nishlatiladi. Natijada yashil, baquvvat 0,5-1 sm uzunlikdagi o'simtalar hosil qiladi. Urug'likni ana shunday nishlatib ekish mo'l hosil olish qaratilgan muhim tadbir bo'lib natijada kartoshka hosili 18-25% gacha oshib 12 kun erta pishib yetiladi. Nishlatilgan tugunaklar o'simtasi sinmasligi uchun dalalarga qattiq idishlarga solib yuboriladi.

XULOSA

rtapishar kartoshka hosildorligi ko'p jihatdan uning tup qalinligiga bog'liq. Har gektar maydonda 57000 dan 71000 gacha ko'chat bo'lgani yoki 70x20-25 sm tartibda ya'ni, qator orasi 70sm tugunaklar orasi 20-25 smqilib ekilgani maqsadga muvofiq. Buning uchun har gektarga 3-

3,5 tonna urug'lik tugunaklar ekilishi, ekiladigan tugunaklarning vazni esa 30-80 gram bo'lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston respublikasi prezidentining respublikada kartoshka yrtishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish to'g'risidagi 2020-yil 6-maydagi PQ-4704- son qarori.

2. Ostonaqulov TE, Zuyev VI, Qodirxo'jayev OK. Sabzavotchilik; Darslik. Navro'z.-Toshkent; 2018 (2020)- 552 bet

3. Ostonaqulov. O'zbekistonda tugunak mevali ekinlar. Monografiya; Navro'z-Toshkent: 2020- 324 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.