Научная статья на тему 'BATAT (Ipomoea batatas) NAVLARINING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI'

BATAT (Ipomoea batatas) NAVLARINING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

325
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Batat navlari / ekish muddati / hosildorlik / tuproq iqlim sharoti. / Varieties of sweet potato / planting dates / productivity / soil and climatic conditions.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Komiljon Aynaqulov, Shamsiyev Anvar

Maqolada batat navlarining o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri bo’yicha erishilgan natijalar bayon etilgan. Tajribalar Oqdaryo tumani sharoitida olib borilgan bo’lib, batatning 2 ta (Sochakinur, Toyloqi) navlari, 3 ta ekish muddatlari (25.04, 10.05, 25.05) da o’rganilgan. Natijalarga ko’ra eng yuqori hosildorlik 10.05 sanasida ekilgan variantlarda kuzatilgan. Batatning Sochakinur, Tayloqi navlari ko‘chatini qulay ekish muddati 10-25 mayda o‘stirib, eng arzon hosil, eng ko‘p sof daromad taʼminlanishi aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the results obtained on the effect of different planting dates on the growth, development and productivity of sweet potato varieties. The experiments were carried out in the conditions of the Okdarya region, 2 varieties of sweet potato (Sochakinur, Toyloki) and 3 planting dates (25.04, 10.05, 25.05) were studied. According to the results, the highest yield was noted in the variants planted on 10.05. It was determined that the optimal time for planting seedlings of sweet potato varieties Sochakinur and Tailoki is May 10-25, which provides the cheapest harvest and the highest net profit

Текст научной работы на тему «BATAT (Ipomoea batatas) NAVLARINING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

g

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development in Uzbekistan

BATAT (Ipomoea batatas) NAVLARINING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA'SIRI

Komiljon Aynaqulov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 2-bosqich magistarnti

Shamsiyev Anvar

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, O'simlikshunoslik va meva-

sabzavotchilik kafedrasi katta o'qituvchisi

Maqolada batat navlarining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta'siri bo'yicha erishilgan natijalar bayon etilgan. Tajribalar Oqdaryo tumani sharoitida olib borilgan bo'lib, batatning 2 ta (Sochakinur, Toyloqi) navlari, 3 ta ekish muddatlari (25.04, 10.05, 25.05) da o'rganilgan. Natijalarga ko'ra eng yuqori hosildorlik 10.05 sanasida ekilgan variantlarda kuzatilgan. Batatning Sochakinur, Tayloqi navlari ko'chatini qulay ekish muddati 10-25 mayda o'stirib, eng arzon hosil, eng ko'p sof daromad ta'minlanishi aniqlangan.

Kalit so'zlar. Batat navlari, ekish muddati, hosildorlik, tuproq iqlim sharoti.

The article describes the results obtained on the effect of different planting dates on the growth, development and productivity of sweet potato varieties. The experiments were carried out in the conditions of the Okdarya region, 2 varieties of sweet potato (Sochakinur, Toyloki) and 3 planting dates (25.04, 10.05, 25.05) were studied. According to the results, the highest yield was noted in the variants planted on 10.05. It was determined that the optimal time for planting seedlings of sweet potato varieties Sochakinur and Tailoki is May 10-25, which provides the cheapest harvest and the highest net profit.

Keywords. Varieties of sweet potato, planting dates, productivity, soil and climatic conditions.

Kirish Dunyo bo'yicha batat eng muhim oziq-ovqat ekinlari - guruch, bug'doy, kartoshka, makkajo'xori hamda maniok ekinlaridan keyingi oltinchi o'rinda turadi. Ammo rivojlanayotgan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

mamlakatlar orasida bu ekin beshinchi o'rindagi eng muhim oziq-

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

^oogle^cholar^ndexed^^^^^^^^^^^evelopminiii«

ovqat ekini hisoblanadi. Bu ekin sharqiy Osiyoda, jumladan Xitoy, Hindistonda, Yevropa davlatlari va Amerika qit'asida keng tarqalgan. Bu mamlakatlarda ushbu ekin, oziq-ovqat va texnika ekini sifatida keng ishlatiladi.

Batat tuganaklaridan sanoatda kraxmal, spirtli ichimliklar va shakar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Batat yetishtiruvchi davlatlar xalqi uchun u sevib iste'mol qilinadigan oziq-ovqat hisoblanadi. Ugandaliklar ertalab quritilgan batat barglarini choy bilan iste'mol qilishadi. Yaponiya, Xitoy va Koreya davlatlarida batatdan murabbo, chipslar, batat unidan turli pishiriqlar va shirinliklar tayyorlash keng yo'lga qo'yilgan. O'simlik pishib yetilgandan so'ng poyasi va barglari chorva mollarini oziqlantirishda foydalaniladi.

Batat oziq-ovqatda, uni esa non yopishda, konditer sanoatida, pivo tayyorlashda, spirt va qand ishlab chiqarishda ishlatiladi. Batat tuganagi tarkibida 69,1% suv, 1,7% azotli moddalar, 1,7% kletchatka, 26,4% azotsiz moddalar, 1,18% kul moddasi bor. Batat tarkibidagi azotsiz ekstraktiv moddalarning asosiy qismini kraxmal tashkil etib, uning miqdori 14,3-25,6%, qand esa monosaxarid va disaxarid (saxaroza) ko'rinishida bo'lib, u 1,4-6,1% ni tashkil etadi.Batat (shirin kartoshka) navlarini o'stirish va ko'paytirish texnologiyasini o'rganish bo'yicha mamlakatimizda N.N.Balashev, G.O.Zeman, B.V.Borisov, R.F.Mavlyanova, S.M.Mejidov, T.E.Ostonaqulov, A.A.Shamsiev, xorijda esa J.Cho, JG.Kang, PH.Long, J.Jing, (Xitoy); H.Ishida, H.Suzuno, N.Sugiyama, S.Innami, T.Tadokoro, (Yaponiya); J.S.Park, Y.H.Kim, J.C.Jeong, H.S.Lee, S.S.Kwak va boshqalar (Janubiy Koreya); C.C.Santos, A.N.P.Oliveira and N.V.Silva. (AQSh); S.Sunitha, J.George, M.N.Sheela, J.S.Kumar, Mukherjee (Hindiston); D.Uwah, U.Undie, N.John, G.Ukoha (Nigeriya); D.Hermes, D.N.Dudek, M.Maria, L.P.Horta, E.N.Lima, A.Fatima (Efiopiya); A.V.Fedorov, D.A.Zorin (Rossiya) kabilar tomonidan keng qamrovli tadqiqotlar olib borilgan va muayyan natijalarga erishilgan.

Lekin, batat navlarini turli muddatlarda o'stirish va maqbul ekish muddatlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga joriy etish borasida tadqiqotlar yetarlicha emas.

Foydalanilgan materiallar va usullar

Batatning yangi navlarini turli muddatlarda ekib, ko'chatlar tutuvchanligi, o'sishi va rivojlanishi, hosil to'plash jadalligi, mahsuldorligi, umumiy va tovar hosildorligi bo'yicha baholash va maqbul ekish muddatlarini belgilash. Tajribada batatning Xazina (standart), Sochakinur, Filial navlari 15 aprel, 10, 25 may muddatlarda 70x30 sm tartibda ekilib, o'zaro taqqoslandi. Barcha navlarning bir xil vaznli, ya'ni 120-150 grammli urug'lik tuganaklari olinib, plyonkali ko'chatxonalarda 4-5 sm chuqurlikda

October 5-6

250

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

^oogle^cholar^ndexed^^^^^^^^^^^evelopminiii«

ko'milib, 65-70 % namlikda 45-48 kun davomida parvarish qilinib, 4-5 chinbarglari ko'chatlari ekish muddatlari bo'yicha yetishtirildi va dalaga ekildi. Delyankaning maydoni 36 m , takrorlar soni 3-4 ta bo'ldi.

Dala tajribalarini o'tkazish, ekish, ekinni parvarish qilish, hosilni yig'ish, hisoblash va tahlillar umumqabul qilingan Qishloq xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jalik ekinlarining yangi navlarini sinash bo'yicha Davlat komissiyasi kabilar uslubi hamda tavsiyalar asosida olib borildi.

Tajribalarda fenologik kuzatish Davlat nav sinash komissiyasi uslubi bo'yicha, biometrik o'lchashlar (o'simlik bo'yi, poyasi, yon shoxlar soni, barg soni va sathi kabilar) kartoshka xo'jalik ilmiy tadqiqot instituti uslubi bo'yicha, mahsuldorlik ko'rsatkichlari turli nav va tajriba variantlarida har bir delyankadan 10 tadan o'simliklar tanlash orqali Butunrossiya kartoshka xo'jaligi ilmiy tadqiqot instituti uslubi bo'yicha, ko'chat dalaga o'tkazilgach, o'suv davrining 30, 60, 90 va 120-kunlari hosil to'plash jadalligi kovlash usulida o'rganildi.

Dala tajribalarida olingan natijalarning statistik tahlili Microsoft Ecxsel dasturi yordamida B.A.Dospexov usulida hamda O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan me'yoriy xujjatlar bo'yicha hisoblandi.

Olingan natijalar va ularning ma'nosi

O'simlikshunoslik eng muhim masalalaridan biri oziq-ovqat ekinlar introduktsiyasi hisoblanadi. Batat - nisbatan yangi oziq-ovqat ekini bo'lib, unga bo'lgan qiziqish kundan kun oshib bormoqda. Bu uning moslanuvchanligi, oson ko'payishi, yuqori hosildorligi bilan belgilanadi.

Batat navlari turli ekish muddatlarida o'stirib o'rganilganda hosildorlik gektaridan 45,3 dan 53,6 tonnagacha farqlandi (1-jadval).

1-jadval.

Turli ekish muddatlarida batat navlarining hosildorligi

№ Ko'chat o'tkazish muddati Takrorlar bo'yicha hosildorlik, t/ga O'rtacha hosildorlik t/ga

I II III IV

Sochakinur navida

1. 25 aprel 50,6 47,9 51,2 48,8 49,6

2. 10 may 52,8 52,7 52,4 53,6 52,9

3. 25 may 51,3 50,4 51,8 50,5 51,0

s-(%) = EKF05 (t/ga) = 1,82 1,96

October 5-6

Republican Scientific and Practical Conference

251

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

^oogle^cholar^ndexed^^^^^^^^^^^eveloPmiBiiB«

Toyloqi navida

4. 25 aprel 49,4 46,1 47,2 47,9 47,7

5. 10 may 53,5 47,8 50,6 50,2 50,5

6. 25 may 51,2 45,3 47,3 48,1 48,0

S ~к (%) = 1,76

EKF05 (t/ga) = 1,84

Sochakinur navi turli muddatlarda ekilganida hosildorlik gektariga 47,9 dan 53,6 tonnagacha o'zgardi. Eng yuqori (53,6 t/ga) hosildorlik, ko'chatlar 10 mayda dalaga o'tqazilganda olindi. Toyloqi navida esa turli muddatlarda ekilganida hosildorlik gektariga 45,3 dan 53,5 tonnagacha o'zgardi. Eng yuqori (53,5 t/ga) hosildorlik, ko'chatlar 10 mayda dalaga o'tqazilganda olindi.

Xulosalar

Demak, batat navlarini 10.05 muddatlarida yetishtirilib, har gektaridan 50 tonnadan oshirib, tovar hosil olish mumkin ekan. Aprel hamda May oylarining 25 sanasida ekilgan ko'chatlardan ham gektaridan 45-50 tonna hosil olish imkoniyati mavjud ekanligi tajriba natijalri tasdiqladi.

Samarqand viloyati sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlari sharoitida batat Sochakinur, Tayloqi navlari ko'chatini qulay ekish muddati 10-25 mayda o'stirib, eng arzon hosil, eng ko'p sof daromad ta'minlanar ekan.

REFERENCES

1. Atabayeva X.N., Xudoyqulov J.B., O'simlikshunoslik (darslik). Toshkent. 2018. -B. 279-282.

2. Балашев Н.Н., Земан Г.О., Овощеводство. Ташкент. Укдтувчи. 1981. - Б. 355-357.

3. Зорин Д. А., Черемных Е.Н. УдмФИЦУрО РАН. Интродукция батата в Удмуртской республике. Вестник Ижевской государственной сельскохозяйственной академии. -№ 4 (60) 2019. -С. 11-15.

4. Мавлянова Р.Ф., Межидов С.М., Технология выращивания батата в Узбекистане. Рекомендация. Ташкент. - 2003-С.18.

5. Магомедова Б.М. Батат как ценная пищевая культура для республики Дагестан (Первое сообшение)/ Б.М. Магомедова, З.М. Асадуллаев, Ю.М. Яровенко// Ботанический вестник Северного Кавказа. - 2017. -№ 4. - С. 24-33.

6. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo'jayev O.Q. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Toshkent. Navro'z. 2018. -B. 552.

October 5-6

252

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

g

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development in Uzbekistan

7. Abdissa T., Chali A., Tolessa K., Tadese F., Awas G. (2011). Yield and yield components of sweet potato as influenced by plant density: In Adami Tulu Jido Kombolcha district, Central Rift Valley of Ethiopia. Journal of Experimental Agriculture International, 40-48.

8. Agata W. (1982). characteristics of dry matter and yield production in sweet potato under field conditions. Paper presented at the sweet potato: proceedings of the first international symposium/edited by RL Villareal, TD Griggs. 119-128 r.

9. Ostonakulov, T. E., & Sanaev, S. (2017). Selection of potato varieties adapted for growing by sprouts. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 6(11), 59.

10. Hahn S., Hozyo Y. (1984). Sweet potato. In the physiology of tropical field crops. eds. gold worthy, PR and NM Fisher: John Wiley, Chichester.

11. Sharifov, K. F., Djuraev, A. M., & Rizaev, S. (2016). THE INFLUENCE OF THE DEPTH OF PLOWING ON WATER AND PHYSICAL PROPERTIES OF THE SOIL IN FIGHTING AGAINST WEEDS IN THE WHEAT FIELDS. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 135-137).

12. Isa, M., H. Setiado and L.A. Putri, 2015. The effect of internode number and the grow angle on the growth and yield of several sweet potatoes (Ipomoea batatas L.) varieties. J. Agron., 4: 45-52.

13. JN O.S., Asher C.J., Blarney F. (1997). Nutrient Disorders of Sweet Potato: Australian Centre for International Agricultural Research. 131 r.

14. Kano Y., Zeng J. (2000). Effects of soil temperature on the thickening growth and the quality of sweet potatoes [Ipomoea batatas] during the latter part of their growth. Environment Control in Biology (Japan). 113-120 r.

15. Kim J.Y. Sweet potato. Horticulture in Korea. 2007. -P. 101-103.

16. Shamsiev, A. A., Tursunov, G. S., & Ostonakulov, T. E. (2020). YIELD AND PRESERVABILITY OF SWEET POTATO VARIETIES UNDER DIFFERENT IRRIGATION REGIMES. In Prioritetbi mirovoy nauki: eksperiment i nauchnaya diskussiya (pp. 37-41).

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.