Научная статья на тему 'NO‘XAT DAROMAD MANBAI'

NO‘XAT DAROMAD MANBAI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
369
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
No‘xat / oqsil / qishloq xo‘jalik ekini / ekish muddati / hosildorlik / iqtisodiy samaradorlik / donning tannarxi sof foyda / rentabellik darajasi. / Chickeas / protein / agricultural crops / sowing period / yield / economic efficiency / grain cost / net profit / level of profitability.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Zarif Rayimkulovich Bobokulov

Qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘stirishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarning afzalliklari iqtisodiy samaradorlik bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlik mahsulot hajmi, sifati va uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar miqdori bilan bog‘liqdir. Ushbu maqolada no‘xat navlarini kuzda turli xil ekish muddatlari va chuqurligida ekilganda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari keng yoritilgan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHICKPEA -A SOURCE OF INCOME

The advantages of technological processes used in the cultivation of agricultural crops are characterized by cost-effectiveness. Economic efficiency depends on the volume, quality and cost of production. This article describes in detail the cost-effectiveness of chickpea varieties when planted in the fall at different planting times and depths, and provides recommendations.

Текст научной работы на тему «NO‘XAT DAROMAD MANBAI»

NO'XAT - DAROMAD MANBAI

Zarif Rayimkulovich Bobokulov

TDAU Samarqand filiali katta o'qituvchisi q.x.d. (PhD) zarif [email protected]

ANNOTASIYA

Qishloq xo'jalik ekinlarini o'stirishda qo'llaniladigan texnologik jarayonlarning afzalliklari iqtisodiy samaradorlik bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlik mahsulot hajmi, sifati va uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar miqdori bilan bog'liqdir. Ushbu maqolada no'xat navlarini kuzda turli xil ekish muddatlari va chuqurligida ekilganda iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari keng yoritilgan va tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'zlar: No'xat, oqsil, qishloq xo'jalik ekini, ekish muddati, hosildorlik, iqtisodiy samaradorlik, donning tannarxi sof foyda, rentabellik darajasi.

The advantages of technological processes used in the cultivation of agricultural crops are characterized by cost-effectiveness. Economic efficiency depends on the volume, quality and cost of production. This article describes in detail the cost-effectiveness of chickpea varieties when planted in the fall at different planting times and depths, and provides recommendations.

Keywords: Chickeas , protein, agricultural crops, sowing period, yield, economic efficiency, grain cost, net profit, level of profitability.

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligini rivojlantirish, ushbu tarmoqda ilmiy yondoshuvlar va ilg'or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, meva-sabzavot, poliz, don va don mahsulotlarini ko'paytirishga, import-eksport masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada samarasiz g'o'za maydonlari qisqartirilib, tok va bog'zorlar kengaytirilishi bilan birga don dukkakli ekin maydonlari kengaytirilib, yuqori va sifatli mahsulotlar olishga erishilmoqda. "Yangi O'zbekiston"ning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" da qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini yesa kamida 5 foizga yetkazish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, aholining don va don

CHICKPEA -A SOURCE OF INCOME

ABSTRACT

KIRISH

mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda turli ekologik sharoitlarga mos no'xat navlarini tanlash, ularni yetishtirish texnologiyasini nav xususiyatlari asosida muvofiqlashtirish muhim hisoblanadi.

ASOSIY QISM

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Dukkakli - don ekinlari orasida yuqori miqdorda oqsil va sifatli moy beruvchi no'xat o'simligi alohida xususiyatga ega. Hozirgi kunda, yer sharidagi rivojlangan mamlakatlarda chorva mollari oziqasida dukkakli ekinlardan - no'xat muhim o'rinni egallaydi [2].

No'xat - qimmatli oziq-ovqat o'simligi bo'lib, doni oqsilga boy va xushbo'yligi bilan ajralib turadi, haroratga talabchan. Shu sababli keskin kontinental iqlim mintaqasida joylashgan O'rta Osiyoda no'xat qadimdan yetishtirib kelinadi. Hozirgi vaqtda suvli yerlarda yetishtirish texnologiyasi ham joriy qilinmoqda [9].

Dukkakli o'simliklar orasida yetishtirish bo'yicha no'xat yetakchi o'rinni egallaydi. U oziq-ovqat va yem-xashak sifatida keng qo'llanilmoqda. No'xat navlari tarkibida 20-30 % oqsil, 5-8 % yog' hamda 1 kg da 120 grammgacha hazm qilinadigan protiyen borligi aniqlangan [4].

No'xat doni tarkibida 25,8 % oqsil, 8,19 % yog', 60 % kraxmal va qandlar, 3 % klechatka mavjud bo'lib, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi [3].

Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bir qancha omillarga bog'liq. Bulardan asosiylari ekin hosildorligi va uning sifati, tannarxi va bozorda shakllanadigan sotish bahosi, hosil yetishtirishida kam harajat sarf etilishi hamda xo'jalikka kelayotgan daromad miqdori, ekinning xususiyati va xo'jalikning ixtisoslashuvi ilmiy asosda joylashtirilishi va tuproq - iqlim sharoitlari hisoblanadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini kam xarajat sarflab ishlab chiqarish, yangi navlarni yaratish, hamda ularni yetishtirish texnologiyasini mahalliy sharoitga mos hamda ishlab chiqish ekinlardan tannarxi past, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi [9].

No'xatdan oziq-ovqat sanoatida mahsulot ishlab chiqarishda keng foydalaniladi

G'.N. Aliqulovning ma'lumotlariga ko'ra, Qashqadaryo viloyatning tog' oldi va tog'li lalmikor yerlarida 2002-2007 yillarda olib borilgan tadqiqotlarida no'xat navlari yetishtirilgan maydonlardan so'ng bug'doy ekini ekilib, don hosildorligi 60 % gacha oshishi, olingan sof foyda gektariga 34143,5 so'mdan 66218,5 so'mgacha bo'lib, rentabellik 41,1 % dan 80,3 % gacha ortishi ta'kidlangan. [1].

J.Ergashev va boshqalarning ta'kidlashicha, Respublikamizning lalmikor mintaqalarida boshoqli don ekinlarini yetishtirishda no'xat va xashaki no'xatni almashlab ekish tizimida qo'llash hisobiga har bir gektardan olinadigan iqtisodiy samaradorlikni 1,5-2 baravar oshirish imkonini berishini ta'kidlagan. [10].

[2].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Dala tajribalari Samarqand viloyati Paxtachi tumani och tusli bo'z tuproqlar sharoitida o'tkazildi. Tajribada no'xatning Yulduz, Uzbekistanskiy-32 va Lazzat navlarini kuzda 20 noyabr, 30 noyabr va 10 dekabrda 3-5 sm, 6-9 sm va 10-12 sm chuqurlikda ekib o'rganildi.

Sug'oriladigan yerlarda no'xat navlarini o'stirishda bir gektar maydonga sarflangan xarajatlarni aniqlashda urug'lik bahosi, o'g'itlar, tuproqni ishlash, hosilni yig'ishtirish, mexnat haqi, qishloq xo'jalik mashinalarini joriy ta'mirlash va amortizasiya, yoqilg'i va moylash, umumishlab chiqarish va umumxo'jalik, sug'urta xarajatlari hisoblandi.

Dala tajribalari tadqiqotlar va boshqa tahlillar umumqabul qilingan O'zPITI va O'zDITI, Davlat nav sinash komissiyasi va B.A.Dospexov uslublari bo'yicha o'tkazildi.Hosildorlik bo'yicha olingan ma'lumotlarga B.A.Dospexovning dispersion tahlil usulida ishlov berildi. Bundan tashqari bugungi kunda qo'llanilgan boshqa tahlil usullaridan ham foydalanildi [5,6,7,8].

Tajriba variantlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash, hosilni yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar, olingan sof foyda va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlar tajriba yillarining o'rtacha bahosi bilan V.N.Polojiy uslubida aniqlandi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi natijasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Ushbu yutuqlar zamirida Respublikamiz rahbariyatining qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va sohani modernizasiya qilish tadbirlari izchillik bilan olib borilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish va iqtisodiy tanqislik sharoitida qishloq xo'jalik mahsulotlarini kam harajat evaziga yetishtirish muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bir qancha omillarga bog'liq. Bulardan asosiylari ekin hosildorligi va uning sifati, tannarxi va bozorda shakllanadigan sotish bahosi, hosil yetishtirishida kam harajat sarf etilishi hamda xo'jalikka kelayotgan daromad miqdori, ekinning xususiyati va xo'jalikning ixtisoslashuvi ilmiy asosda joylashtirilishi va tuproq - iqlim sharoitlari hisoblanadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini kam xarajat sarflab ishlab chiqarish, yangi navlarni yaratish, hamda ularni yetishtirish texnologiyasini mahalliy sharoitga mos hamda ishlab chiqish ekinlardan tannarxi past, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi.

O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida qishloq xujaligining barcha sohalarida bo'lgani kabi, axolini dukkakli don maxsulotlariga bo'lgan talabini ta'minlash maqsadida no'xatning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlarini aniqlash bugungi kunda dolzarb masala xisoblanadi. Iqtisodiy

samaradorlik mahsulot hajmi, sifati va uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar miqdori bilan bog'liqdir.

Sug'oriladigan yerlarda no'xat navlarini o'stirishda bir gektar maydonga sarflangan xarajatlarni aniqlashda urug'lik bahosi, o'g'itlar, tuproqni ishlash, hosilni yig'ishtirish, mexnat haqi, qishloq xo'jalik mashinalarini joriy ta'mirlash va amortizasiya, yoqilg'i va moylash, umumishlab chiqarish va umumxo'jalik, sug'urta xarajatlari hisoblandi.

Yetishtirilgan mahsulotning yalpi bahosi, 1 gektar ekinzorga sarflangan xarajatlar, yetishtirilgan 1 s donning tannarxi, 1 gektardan olingan shartli sof foyda, rentabellik darajasi ekish muddatlariga va ekish chuqurligiga bog'liq holda o'zgarib bordi.

Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari tahlil qilinganda navning biologik xususiyatlari, ekish muddati va ekish chuqurligiga bog'liq holda no'xatning hosildorligi ham o'zgarib borishi, shunga muvofiq holda bir gektardan olingan daromad, sof foyda, rentabellik darajasi, 1 s don tannarxi o'zgarib bordi.

Olib borilgan izlanishlarimiz jarayonida no'xat yetishtirish uchun sarf qilingan xarajatlar tarkibi aniqlandi. Bunda barcha ekish muddatlari va ekish chuqurligi variantlarida uchala nav uchun ham 1 gektarga sug'oriladigan yerda no'xat yetishtirish uchun variantlar bo'yicha Yulduz naviga 3909000-4800000 so'm, Uzbekistanskiy-32 naviga 3722000-4635000 so'm va Lazzat naviga 3271000-4261000 so'm xarajat qilindi.

Bir gektar yerga qilingan xarajatlar hisobiga olingan hosildorlik ko'rsatkichlari asosida bir sentner no'xatning tannarxi hisoblandi. Ekish muddati noyabr oyining uchinchi dekadasi (30.11) 6-9 sm chuqurlikda ekilgan variantlarda tannarx past bo'lib, bir sentner no'xatning tannarxi Yulduz navida 178438,7 so'm, Uzbekistanskiy-32 navida 182480,3 so'm va Lazzat navida 193681,8 so'mni tashkil qildi.

Bir kg no'xatning Yulduz va Uzbekistanskiy-32 navi bozor bahosi 4000 so'm va Lazzat navida 3500 so'mni tashkil etdi. 1 gektar sug'oriladigan yerga no'xat noyabr oyining uchinchi dekadasi (30.11)da 6-9 sm chuqurlikda ekilgan variantda Yulduz navidan 5960000 so'm sof foyda olingan bo'lsa, Uzbekistanskiy-32 navidan 5525000 so'm va Lazzat navidan 3439000 so'm foyda olindi. Bu esa noyabr oyining ikkinchi dekadasi (20.11) va dekabr oyining birinchi dekadasi (10.12)da ekilgan barcha ekish chuqurliklari bo'yicha ekilgan variantlarga nisbatan Yulduz navida 319000-2349000 so'mgacha, Uzbekistanskiy-32 navida 609000-2407000 so'mgacha, Lazzat navida esa 504000-2160000 so'mgacha ko'p sof foyda olindi demakdir.

No'xat navlari yetishtirishda rentabellik (daromadlilik) darajasini topish ekinni yetishtirishning samarasini ifodalaydi. Rentabellik darajasi sof daromadni jami pul xarajatga nisbati bilan topildi va foizlarda ifodalandi. Tajribamizda eng yuqori rentabellik darajasi barcha navlarda noyabr oyining uchinchi dekadasi (30.11) 6-9 sm

chuqurlikda ekilgan variantda kuzatilib, bunda rentabellik darajasi Yulduz navida 124,2 % ni, Uzbekistanskiy-32 navida 119,2 % ni va Lazzat navida 80,7 % ni tashkil etdi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda sug'oriladigan yerlarda no'xat bahorda ekilganga nisbatan kuzgi muddatlarda ekilsa yuqori samara beradi. Sug'oriladigan yerlarda no'xat kuzda har xil muddat va ekish chuqurliklarida ekib iqtisodiy samaradorligiga tasiri bo'yicha o'tkazilgan tajribalarning natijalarini tahlil qilish, maqbul ekish muddatlar va ekish chuqurliklarini qo'llash no'xatni yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatgichlari yuqori bo'lishini ko'rsatadi.

Demak, tahlillar natijasidan ma'lum bo'lishicha navlar orasidan eng yuqori sof foyda va rentabellik darajasi Yulduz navida noyabr oyining uchinchi dekadasi (30.11)da 6-9 sm chuqurlikda ekilgan variantda aniqlandi. Ushbu variantlarda yetishtirilgan Yulduz navi rentabellik ko'rsatkichi variantlar bo'yicha o'rtacha Uzbekistanskiy-32 navidan 5-40,4 %, Lazzat navidan 43,5-85,1 % gacha yuqori bo'lishi kuzda Yulduz navini noyabr oyining uchinchi dekadasi (30.11) muddatida 6-9 sm chuqurlikda ekishni taqoza etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Aliqulov G'.N. Lalmikor to'q tusli bo'z tuproqlar sharoitida bug'doy hosildorligiga o'tmishdosh no'xatning ta'siri (Qashqadaryo viloyati misolida). Avtoref. q.x.f.n. -Tashkent.: 2010. 20-b.

2. Bobokulov Z.R, Bobomurodov Z.S. Productivity Of Chikpea Varieties And The Effect Of Different Planting Times And Depths On Grain Quality Indicators. NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO, 7524-7532

3. Bobomuradov Z.S, Bobokulov Z.R. NO'XAT EKININING O'ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI (Fermerlarga kichik maslaxat). EVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR, 989-992

4. Bobokulov Z.R. VLIYaNIYe SROKOV POSEVA NA ROST, RAZVITIYe I UROJAYNOST SORTOV OZIMOGO NUTA. - Aktualnbiye problembi sovremennoy nauki, 2018.

5. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root Growth Changes in the Winter Planting of Young 'Miyabi Fuji'Apple Trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233. https://doi.org/10.22059/ijhst.2021.315746.428

6. Botirov, Alisher, Osamu Arakawa, and Shuhuai Zhang. "Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible/Near-Infrared Spectrometer." (2021).

7. Botirov Erkinovich, A. Promoting Young Apple Tree Growth after Planting in Water Limited Areas Non-destructive measurement for young apple trees. https://doi.org/10.15113/00015410

8. Togaymurodov, E., Islomova, R., & Botirov, A. (2016). Theoretical issues of formation of eco-agro tourism in Uzbekistan. Europaische Fachhochschule., (4), 51-53.

9. Soipov O. No'xat yetishtirishning iqtisodiy samaradorligiga urug' fraksiyalari va oziqlantirishning ta'siri. // AGRO ILM. -Toshkent, 2019. -№1 (57). - 22 b.

10. Ergashev J., Isakov K., Naholboyev J., Jo'rayev Sh., Nishonov J. No'xatning lalmi maydonlarda qurg'oqchilik yillardagi ko'rsatkichlari. // AGRO ILM. -Toshkent. 2016. -№1 (39). 16-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.