Научная статья на тему 'QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAHAR MANZILGOHLARINING GENETIK TIPOLOGIYASI'

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAHAR MANZILGOHLARINING GENETIK TIPOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shahar / urbanizatsiya / shaharlar tipologiyasi / funktsional tipologiya / genetik tipologiya / tipologizatsiya / geourbanizm / resurs shaharlar. / city / urbanization / typology of cities / functional typology / genetic typology / typology / geourbanism / resource cities.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dauletbayeva D.D.

Qoraqalpog’iston Respublikasi shaharlarining shahar maqomini olish davrlari, kelip chiqishidagi asosiy omillar, ixtisoslik yo’nalishlari o’rganilgan. Shahar manzilgohlarining o’rganilayotgan hududda shakllanishi va rivojlanishi davrlarga bo’linip, jadval asosida aniq tizimga solingan. Bu jadvalda paydo bo’lgan shahar manzilgohlarining genetik-funksinal tasnifini ko’rishingizga bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENETIC TYPOLOGY OF URBAN ADDRESSES OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN

The periods of obtaining the city status of the cities of the Republic of Karakalpakstan, the main factors in their emergence, and the areas of specialization were studied. The formation and development of urban settlements in the studied area is divided into periods and put into a precise system based on the table. You can see the genetic-functional classification of urban settlements that appeared in this table.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAHAR MANZILGOHLARINING GENETIK TIPOLOGIYASI»

УДК 91

Dauletbayeva D.D.

3-kurs tayanch doktarani «Iqtisodiy va ijtimoiy geografya»kafedrasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI SHAHAR MANZILGOHLARINING GENETIK TIPOLOGIYASI

Annotatsiya. Qoraqalpog'iston Respublikasi shaharlarining shahar maqomini olish davrlari, kelip chiqishidagi asosiy omillar, ixtisoslikyo 'nalishlari o 'rganilgan. Shahar manzilgohlarining o 'rganilayotgan hududda shakllanishi va rivojlanishi davrlarga bo 'linip, jadval asosida aniq tizimga solingan. Bu jadvalda paydo bo 'lgan shahar manzilgohlarining genetik-funksinal tasnifini ko 'rishingizga bo 'ladi.

Kalit so 'zlar: shahar, urbanizatsiya, shaharlar tipologiyasi, funktsional tipologiya, genetik tipologiya, tipologizatsiya, geourbanizm, resurs shaharlar.

Dauletbaeva D.D.

3rd year basic doctorate "Economic and social geography" department Karakalpak State University named after Berdak

GENETIC TYPOLOGY OF URBAN ADDRESSES OF THE REPUBLIC

OF KARAKALPAGISTAN

Annotation. The periods of obtaining the city status of the cities of the Republic of Karakalpakstan, the main factors in their emergence, and the areas of specialization were studied. The formation and development of urban settlements in the studied area is divided into periods and put into a precise system based on the table. You can see the genetic-functional classification of urban settlements that appeared in this table.

Key words: city, urbanization, typology of cities, functional typology, genetic typology, typology, geourbanism, resource cities.

Kirish. Har qanday yangi ilimiy tadqiqodni olib borishda avvalo ilimiy tadqiqod mavzusining obyekti tanlanar ekan, uning kelip chiqish asoslari va qonuniyatlarini o'rganish asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. O'rganilayotgan obyektning asosiy xususiyatlarini aniqlashga asoslangan murakkab o'rganish usuli - tipologiya deb ataladi. [1]. Ilimiy izlanishlarning har qaysisida tipologizatsiya jarayoni muhim hisoblanib, bundan mavzuning natijalari yaqqol ko'rinadi va aniq tasavvur uyg'otadi.

Umumiy etip olganda tipologiya - bu turli xil o'rganish obyektlarini

ularning umumiy yoki o'xshash jixatlari va belgilarini aniqlash, ushbu yaqinlik birligini hisobga olish orqali o'rganish usuli bo'lib, olingan natijalarni ba'zi sinflarga (guruhlarga, turlarga) guruhlashdir. Shahar aholi punktlarini tipologiyalashtirganda - belgilangan tadqiqot vazifalari asosida amalga oshirilishi kerak. Bu vazifalar bir-biriga yaqin va o'zaro bog'liq, ammo bir xil emas va barchasi ham aholi punktlarini tadqiq qilishda muhim o'rinni egallaydi.

Geografiyada shahar aholi punktlarini tasniflashning quyidagi yo'nalishlari qo'llaniladi:

1) kattaligi bo'yicha (aholi soni);

2) funktsiyalari (shahar manzilgohlarining vazifalari) bo'yicha;

3) hududiy mehnat taqsimotida ishtirok etish darajasi;

4) kelib chiqishi (genetik tasnifi);

5) shahar manzilgohlarining iqtisodiy geografik joylashuv (IGJ)xususiyatlari. [2]

Ushbu maqolada biz yuqoridagi iliniy kriteriyalarni inobatga olgan holda, Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar manzilgohlarining tarixiy kelib chiqish ya'niy genetik tipologiyasi bo'yicha tasniflashni mavzumizning asosiy maqsadi etib oldik.

O'rganilish darajasi: Shaharlarni tipologiya usuli yordamida tadqiq etish dastlab 1891-yil -F.Ratsel, 1910-yil Semyonov -Tyanshanskiy, keyinchalik C.Garris, V.Konstantinov, B.Xorev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.Ilk tipologiyalar sodda va shaharlar mexanik tarzda aholi soni bo'yicha ajratib tasniflangan. 1960-yillarda matematik modellashtirish, ayniqsa, kompyuterlarning paydo bo'lishi bilan ko'plab belgilarni (60 ga yaqin) qamrab oluvchi guruhlashtirish keng rivojlandi.

Buyuk urbanolog olim G.Lappo tasniflashni tipologiyaning boshlanishi deb hisoblaydi [3, 40 bet]. Agar tasniflash biror miqdoriy ko'rsatgichga asoslansa (E.Alayev bo'yicha), tipologiya bir qancha sifat ko'rsatkichlarini o'z ichiga oladi. Tipologiya shaharlar haqidagi bilimlarni ham umumlashtiradi ham chuqurlashtiradi. [4., 39-bet]

Taniqli rus olimi N. N. Baranskiy (1956-yilda) "Shaharlar tipologiyasi shaharlarni o'rganishda yuzaga keladigan ikkita asosiy umumiy masalalardan biridir", - deb hisoblagan. N. N. Baranskiy genetik tipologiyaning ahamiyatini yuqori baholaydi va "... ammo u shaharlarning kelib chiqish davrini bildiradi, kelgusi rivojlanish yo'nalishlarini ko'rsatmaydi" - deydi. [5., 452-bet]

Aholi yashash punktining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun shahar aholi punktlarining tipologiyasi zarur. Bu ularning har birida rivojlanishning umumiy qonuniyatlari tomonidan yaratilgan eng muhimini topishga imkon beradi.

Genetik yondashuv bilan shaharlar paydo bo'lish vaqti va sabablari, shuningdek, turli tarixiy xususiyatlarning zamonaviy joylashuvi va tashqi ko'rinishida saqlanib qolish darajasi bo'yicha bo'linadi. E. N. Pertsik yozganidek, shaharning genetik turi sintetik tushunchadir. U rivojlanish

jarayonida sifat jihatidan ma'lum bir shahar turini shakllantirishni belgilaydigan xususiyatlar to'plamini o'z ichiga oladi. Genetik xususiyatlarni tanlash tasniflash amalga oshiriladigan vazifaga bo'ysunadi [6, 246-247-betlar]. Ushbu yondashuv tarixiy usulga eng yaqin bo'lib, uni tadqiqot yo'nalishiga muvofiq rivojlantirish uchun asos sifatida olish mumkin.

Shunday qilib, genetik tipologiya, hatto nisbatan qisqa vaqt ichida ham, mintaqadagi urbogenezning dinamikasi va o'ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Biroq, uni shaharning asosiy xususiyatlari va shakllantirish funktsiyalari bilan birgalikda ko'rib chiqilishi kerak.

Material va metodlar. Har qanday mintaqada shaharlaming tashkil topishi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar natijasi bo'lsa, ulaming rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishida o'z ifodasini topadi. Mintaqa shaharlar to'ri va tizimini shakllanish nuqfai nazaridan qaralganda, u 1989-yilga nisbatan deyarli o'zgarmagan. Mustaqillik yillarida faqatgina shaharchalar sonida o'zgarishlar kuzatildi (11tadan 26 taga ko'paygan).

2023-yil oxiri ma'lumotiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasida 12 ta shahar va 26 ta shaharchalar mavjud bo'lib, umumiy urbanizatsiya darajasi 49,0 foizni tashkil etadi (1-jadval). Ulardan faqatgina Nukus shahrigina O'zbekistonning 18 katta shaharlari qatoriga kiradi (aholisi 334,6 ming kishi. 2023). Aholi soni nisbatan boshqa shaharlardan ko'proq bo'lgan Beruniy,To'rtko'l, Xo'jayli, Taxiatosh, Chimboy shaharlari Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar aholisi ulushining 32,8 foizini tashkil etadi.

Tahlillar shahar aholisining son jihatdan ortib borishini, birinchidan, Respublikaning ma'muriy-hududiy tizimidagi o'zgarishlar, ya'ni yangi tashkil etilgan tuman markazlariga shahar maqomining berilishi, ikkinchidan, Respublikaga chetdan kelayotgan migrantlaming asosan shaharlarda to'planishini ko'rsatmoqda. Umuman olganda, Qoraqalpog'iston Respublikasining urbanizatsiya darajasi O'zbekiston Respublikasining o'rtacha ko'rsatkichidan pastligi yaqqol ko'rinadi va ko'rsatkichlar saqlanip kelmoqda.

2009-yilda urbanistik o'zgarishlar tufayli viloyatning 11ta qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berilgan. Natijada, umumiy urbanizatsiya darajasi 2005-yildagi 48,7 foizga teng bo'lgani holda, u birdaniga 50,1 foizga ortdi. Yangi shaharchalar, ayniqsa To'rtko'l, Amudaryo, tumanlarida ko'p. To'rtko'lda bunday maqomga 5 ta, Amudaryoda 3, Beruniyda, Taxiatosh, Chimboy tumanlarida 1 tadan bunyod etildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar manzilgohlar soni va urbanizatsiya darajasi 2010-jilgacha bo'lgan davrda muntazam ortib borib, so'ng hozirgi kunga kelib sekin pasayib borishi kuzatilmoqda. Chunonchi, 1970-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasining atigi 11ta shahar joylarida 33,5 foiz shahar aholisi yashagan bo'lsa, 1989-yilga kelib jami 23ta shahar manzilgohlarida 48,1 foizga yoki 583,7 ming kishiga ortdi. 2010-yilda 26ta shahar joylarida 50,1 foiz shahar aholisi yashagan bo'lsa, 2023-yilga kelib jami shu shahar manzilgohlarida 49,0 foizga yoki 967,3 ming kishiga yetti. (1-jadval).

1-jadval

Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar manzilgohlari va urbanizatsiya _ darajasining dinamikasi_

Qoraqalpog'iston Respublikasi Yillar

1939 1959 1970 1979 1989 2005 2009 2015 2023

Urbanizatsiya darajasi (%da) 12,2 27,2 33,5 41,9 48,1 48,7 51,7 49,5 49,0

Shaharlar 3 4 7 9 12 12 12 12 12

Shaharchalar - 1 4 7 11 13 26 26 26

Jami: 3 5 11 16 23 25 38 38 38

Jadval: Qoraqalpog'iston Respublikasi Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

Shaharlarning shakllanishi qadimgi davrlarda savdo-sotiq va hunarmandchilik asosida vujudga kelgan. Keyinroq bunga eng ko'p sanoat va transportning rivojlanishi sababchi bo'lgan. Qazilma boylik konlari o'zlastirish asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarga «resurs shaharlar» deb yuritiladi. Bunday shaharlar, odatda, o'z atrofida qishloq joylar bilan kam aloqada bo'ladi.

Shaharlar kelib chiqishiga qarab «yangi» va «eski» shaharlar bo'lishi mumkin. Lekin bu tushunchalar nisbiy aytiladigan tushunchalardir. Sababi, biz yaqinga qadar sobiq uyushma davrida vujudga kelgan shaharlarning barchasini «yangi shaharlar» guruhiga kiritadigan edik. Hozir esa yangi shaharlarni «mustaqillik davri» bilan belgilash to'g'ridir.

Shaharlarning kelib chiqishi, ularning genetik xususiyatlarini o'rganish tarixiy yondoshuvni talab qiladi. Mana shunday tarixiy tahlil asosida ularning o'tmishi va hozirgi ahvoli baholanadi. Bu o'z navbatida, shaharlarning kelajagini bashorat qilish (prognozlash) uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

1-jadval

Qoraqalpog'iston Respublikasida shaharlarining genetik tipologiyasi.

№ Qoraqalpog'iston Respublikasida Shahar manzilgohlarining rivojlanishining tariyxiy bosqichlari Shahar manzilgohlarining shakllanishidagi asosiy ixtisoslik tarmog'i Shahar nomlari va shahar maqomini olgan yili Shaha rlar soni Umumiy shahar manzilgohlarin ing ulushi(%)da

1. 1-davr. 1926-yildan 1939- yilgacha davr Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxti iqtisodiy siyosiy markaz No'kis (1932) 3 25%

Tuman markazlari Xo'jeli (1926), Shimbay (1926)

2. 2- davr. 1939- yildan 1959- yilgacha bo'lgan davr IES (energetika) Taqiyatas (1953) 1 8,3%

3. 3- davr. 1959-1990-yillar oraligidagi davr Yirik hududiy ishlab chiqarish kompleksi Beruniy (1962), Moynaq (1963), Qonirat (1969)

Tuman markazlari Mangit (1973), Xalqabad (1986), Tórtkúl (1973), Shomanay (1983), Bostan (1983) 8 66,7%

Jami: 12 100%

Keste: Avtor tarafidan tuzilgan.

1- davr ya'ni 1926-yildan 1939-yilgacha Qoгaqalpog'iston hududida ilk shahaг maqomini olgan shahar manzilgohlaгi vujudga keldi, ya'ni Xo'jeli (1926-yil), Shimbay (1926- yil) va Nókis (1932- yil) shaharlariga berildi. Asosan shahaгlaг Respublika iqtisodiy rivojida asosiy va ahamiyatli o'rinni egallab, tuman markazlari va poytaxt shahar sifatida yuzaga keldi.

Ushbu davr oгalig'ida Qoгaqalpog'iston Respublikasining shahar aholisi qishloq aholisiga nisbatan juda tez o'sganligini ta'kidlashimiz keгak. 1926-yilda гespublikaning shahaг manzilgohlaгida 17,0 ming kishi bo'lib, shahaг aholisining umumiy aholisidan ulushi atigi 5,1 foizni tashkil etgan.

Qoraqalpog'istonning qishloq xo'jaligi tarmoqlariga ixtisoslashganligi sababli unda yashovchi aholining ko'pchiligini qishloq aholisi tashkil etip kelgan. 1926-yilgi aholini ro'yxatga olish bo'yicha Qoraqalpog'istonning qishloq aholisi 94%ni, ya'ni 314 ming kishini tashkil etgan. 1926-yildan 1939-yilgacha qishloq aholisi 103,9 ming kishiga ko'paygan. Bu davrda qishloq aholisining salmog'i 87,8% foizga kamaygan, o'rtacha yillik o'sish 2,2% foizga teng bo'lgan.

1932-yil 20-martda Qoraqalpoqiston avtonom viloyati Qoraqalpoqiston avtonom Respublikasiga aylantirildi va 1936-yildan boshlab O'zbekiston tarkibiga kiritildi. Joriy yilning 1-aprelidan boshlab Nukis shahri Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxti etib belgilandi.

2-davr. 1939-yildan 1959-yillar oralig'ini qamrab oladi. Asosan bu davr II-jahon urishi davriga tog'ri keladi. Bunday siyosiy og'ir ahvolda hududimizda shahar maqomini olgan birgina Taqiyatas (1953-yili) shahri bo'lib, bu shaharning yuzaga kelishida Taxyatash IESining o'rni kattadir.

Ushbu davrning 1939-yiliga kelip Qoraqalpog'istonning shahar aholisi 57,8 mingga ko'payib, 1926-yilga nisbatan uch barobarga ortdi. Bu davrda shahar aholisining o'rtacha yillik o'sishi 9,9 % ni tashkil etdi, bu Qoraqalpog'istonning demografîk tarixidagi eng yuqori o'sish davri edi5.(7)

1939-1959 yillar oralig'ida Qoraqalpog'iston aholisi 80,9 ming kishiga yetdi, shahar aholisining ulushi esa 27,2 foizni tashkil etdi. Biz ko'rib chiqqan davrda shahar aholisi 2,3 barobarga ko'paydi va uning o'rtacha yillik o'sishi 4,5 foizni tashkil etdi.

Industrializatsiya jarayonining rivojlanishi bilan bog'liq shahar va qishloq aholisining salmog'i orasida sezilarli darajada o'zgarishlar yuz berdi. 1939-1959 yillar oralig'ida qishloq aholisi 46,5 ming kishiga kamayib, yillik o'rtacha minus ko'rsatkichni (-0,6%) ko'rsatti. Bu ayniqsa hozirgi kungacha sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

1939 yilda Qoraqalpog'istonning shaharlar tarmog'i jami 4 ta shahar va bitta shaharchadan iborat edi. Nokis shahri - Qoraqalpog'iston avtonom viloyatining poytaxti sifatida paydo bo'lgan bo'lsa, sobiq poytaxt- To'rtko'l shahri, sobiq Petro-Aleksandrovsk edi. Shahar bo'linmalarini tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan Qo'ng'irot shaharchasi qishloq posyolkasiga aylantirildi.

Shahar tarmoqlarining va shahar aholisining sezilarli darajada o'sishi urash yillari va urishdan keyingi davrga xos bo'lib, Qoraqalpog'istonning ishlab chiqarish kuchlarining ko'payishi ham o'sgan industriyalangan davrga to'g'ri keladi.

3-davr. 1959-1990-yillar oralig'ini o'z ichiga olib, Respublikamizda urushdan keyingi yillarda yuz bergan qulay demografik vaziyat aholi sonining ko'payishiga imkon yaratdi. 1959-1970-yillarda Qoraqalpoqistonning qishloq aholisining o'rtacha yillik o'sishi 1,8% ni tashkil etdi. Keyinchalik qishloq

5 Ходжаева Г.А., Нуранов М.З., Алланазаров К.Ж., Особенности современной урбанизации Каракалпакстана Узбекистан География Жамияти 22 жилд Тошкент, 2002

aholisining o'sishi yil sayin oshdi, ammo bu ko'rsatkich so'nggi yillarda va hozirgi davrda biroz pasayib yiliga 0,7-0,8% ga teng bo'ldi.

Shahar aholisi 1959-yildan 1970-yilgacha 110,9 ming kishiga yetib, jami aholi ulushidan 35,5 foizni tashkil etdi. Bu davrda yillik o'rtacha ko'rsatkichi 5,5 foizga oshdi.

1979-yilgacha bo'lgan aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi shaharlarida 378,5 ming shahar aholisi bo'lgan. Bu 1970-yilga nisbatan 128,9 ming kishiga ko'p ekanligini anglatadi. Shahar aholisi jami aholining 41,9% ni egallagan. Shahar aholisining yillik o'rtacha o'sishi 4,7% ga teng edi. 1979-yildan so'ng bu ko'rsatkich pasayishni boshlagan.

So'nggi hisob-kitoblarga ko'ra, 1979-1989-yillar oralig'ida shahar aholisi 205,2 ming kishiga ko'payib, jami 583,7 ming kishiniashkiletti. Shahar aholisining ulushi jami aholining 48,1 foizini tashkil etdi.

1959-yilda Qoraqalpoqistonda 5 ta shahar va 4 ta shaharcha ro'yhatga olinib, ularda 138,7 ming kishi istiqomat qilgan.

Keyingi yigirma yil ichida (1959 - 1979) Qoraqalpoqiston shaharlari soni ikki baravar ko'paydi va 9 ta shahar, 10 ta shaharchadan iborat 19 ta shahar manzilgohlarini tashkil etdi. Bu davrda respublikadagi shaharlar soni eng faol o'sgan davr bo'ldi. Yangi shaharlardan yirik hududiy ishlab chiqarish komplekslari asosida - Beruniy (1962), Moynaq (1963), Qonirat (1969), tuman markazlari sifatida - Mangit (1973), Xalqabad (1986), Tortkul (1973), Shomanay (1983), Bostan (1983)shaharlari paydo bo'ldi[1,35].

Shahar manzilgohlari rivojlanishning bu bosqichida shahar manzilgohlarining yangi kategoriyasi - shaharchalar (shahar tipidagi posyolkalar) paydo bo'lib, keyinchalik shahar nomiga ega bo'ldi.

Qishloq aholisi shaharlarga ko'chib o'tishi natijasida, yirik qishloqlar shahar va shaharchalarga aylantirildi. Ularda sanoat, qurilish, transport va ular bilan bog'liq xizmat ko'rsatuvchi korxonalar ochilib, ishchi kuchi sifatida jalb qilindi.

Sobiq ittifoq davrida Qoraqalpoqistonning shaharlar tarmog'i tez rivojlandi, bu davrda uning yangi shaharlari soni 10 taga, shaharchalar soni 16 taga yetdi. Shaharlar soni 6 barobar ko'paydi.

Xulosa. O'rganilayotgan hududda aholi yashash manzilgohlari qadim-qadimdan paydo bo'lib rivojlanib kelgan bo'lsa shahar tipidagi manzilgohlar ham har bir davrda o'ziga xos rivojlanib kelgan. Birinchi davrda jami shaharlarning 25%i (3ta shahar) paydo bo'lgan bo'lsa, 2-davr ya'ni, 1939- yildan 1959- yilgacha bo'lgan vaqtta 8,3% (1ta shahar), 3- davr ya'ni 1959-1990-yillar oraligidagi davrda 66,7% (8 ta shahar) paydo bo'lgan va rivojlangan. Shaharlarning genetik kelip chiqishi va genetik funksional tasnifi bo'yicha unchalik ko'p turlarga bo'linmaydi. Shaharlar asosan tuman markazlari, yirik hududiy ishlab chiqarish komplekslari asosida tashkil etilgan va rivojlanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Uspenskiy B.A., Strukturnaya tipologiya yazikov, M., 1965;

2. Ковалев, С.А. География населения СССР/ С.А. Ковалев [и д.р.]. - М.: Издательство МГУ, 1980. - 287 с.

3. Лаппо Г.М.География городов. -М., ВЛАДОС, 1997. Б-39.

4. A.S.Soliyev, S.Tashtayeva, M.Egamberdiyev Shaharlar geografiyasi. -T.: VNESHINVESTROM, 2019, 39-bet

5. Баранский Н.Н. Экономическая география. Экономическая картография -М.: Географгиз, 1960. - 452 с.

6. ПерцикЕ.Н. Города мира. География мировой урбанизации. М., 1999. 384 с.

7. Ходжаева Г.А., Нуранов М.З., Алланазаров К.Ж., Особенности современной урбанизации Каракалпакстана Узбекистон География Жамияти 22 жилд Тошкент, 2002

8. Ходжаева Г.А., Даулетбаева Д., Байрамова М. Проблемы формирования городских поселений Республики Каракалпакстан. Вестник Каракалпакского государственного университета, №1., 2020. стр.35-37

9. Khodjaeva G.A., Dauletbaeva D.D., Oteuliev M.O. Formation and development of towns and modern urban processes of Karakalpakstan./ Сборник научных статей «Общественно географические исследования на евразийском пространстве: традиции и инновации», Ташкент, «Zebo print», стр. 2023, 158-169

10. Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi maxsus sayti: https://www.qrstat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.