Научная статья на тему 'QORAMOLLAR GIPODERMATOZINING BIOLOGIYASI VA EPIZOOTOLOGISI'

QORAMOLLAR GIPODERMATOZINING BIOLOGIYASI VA EPIZOOTOLOGISI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hypoderma bovis / Hypoderma lineatum / bo‘ka / so‘na / g‘umbak / lichinka / entomoz / gipodermatoz.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Bo‘ronov A. N., Qurbonov Sh.X, Shomaxsudov A.Sh, Tuyg‘unov T. N.

В статье приведены сведения о распространении возбудителей гиподерматоза крупного рогатого скота в Республике Узбекистан, особенностях биологического развития и экологии популяции, масштабах и интенсивности инвазии в различных природно-климатических зонах.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAMOLLAR GIPODERMATOZINING BIOLOGIYASI VA EPIZOOTOLOGISI»

UDK: 619:636.2:616.9

QORAMOLLAR GIPODERMATOZINING BIOLOGIYASI VA

EPIZOOTOLOGISI

Bo'ronov A.N.- tayanch doktorant, Qurbonov Sh.X.- dotsent, Shomaxsudov A.Sh.-

mustaqil izlanuvchi, Tuyg'unov T.N.— erkin tadqiqotchi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Аннотяция. В статье приведены сведения о распространении возбудителей гиподерматоза крупного рогатого скота в Республике Узбекистан, особенностях биологического развития и экологии популяции, масштабах и интенсивности инвазии в различных природно-климатических зонах.

Summary. The article provides information on the spread of pathogens of cattle hypodermatosis in the Republic of Uzbekistan, the characteristics of the biological development and ecology of the population, the scale and intensity of invasion in various natural and climatic zones.

Kalit so'zlar. Hypoderma bovis, Hypoderma lineatum, bo'ka, so'na, g'umbak, lichinka, entomoz, gipodermatoz.

Kirish. Dunyo miqyosida jumladan O'rta Osiyo, Kavkaz, Ukraina, Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida va boshqa mintaqalarda qishloq xo'jalik hayvonlari orasida uchraydigan invazion kasaliklarning epizootik holati, hayvon organizmidagi o'zgarishlar, klinik belgilar, davolash hamda oldini olish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada qoramollar orasida keng tarqalgan parazitar kasalliklarga ertachi tashxis qo'yish, ularni oldini olish borasida olib borilayotgan tadqiqotlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qoramollarda Hypoderma bovis va Hypoderma lineatum teri osti pashshalarining lichinkalari keltirib chiqaradigan kasallik. . Kasallangan hayvonlarda sut va go'sht mahsuldorligi pasayib, zaiflashgan chorva mollari tug'ilishi, ular yuqumli va yuqumli bo'lmagan etiologiyali boshqa kasalliklarga duchor bo'lishi aniqlangan.

Gipodermatoz patogenlari egallagan hududning kengligi va gipodermatozda veterinariya farovonligini ta'minlash zarurati fundamental va amaliy tadqiqotlar majmuasini talab qildi.

Qoramolchilik chorvachilikning eng muhim aholi bandligini ta'minlovchi tarmog'laridan bo'libgina qolmay, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari (go'sht, sut, sut mahsulotlari) va yengil sanoatga qimmatli hom ashyo (teri) yetkazib beruvchi soha hisoblanadi.

Hukumatimiz qarorlarini amalga oshirish, birinchi navbatda, mavjud chorva tuyoq sonini asrash, uni ko'paytirish respublika chorva mutaxasislarining oldidagi eng mas'ulyatli vazifalardan biri ekanligini ko'rsatib turibdi. Bu borada respublikamiz olimlari, amliyotchi soha mutaxasislari tomonidan olib borilayotgan davolash va profilaktika ishlari ko'lami kengligi hammamizga ayon. Keyingi yillarda ekologik muhitning bir tomondan hayvonlar rezistentligiga salbiy ta'sit o'tkazayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan kasallik qo'zg'atuvchi parazitlarning turli ekologik hududlarga keng tarqalishiga imkon yaratmoqda. Shuning uchun olib borilayotgan tadqiqotlar hududlarning ekologik holatini o'rganish bilan bo'g'liq holda olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Oldimizga qo'yilgan vazifalar turli hududlarda qoramollarning gepadermatozini o'z vaqtida aniqlashga, unga aniq tashxis qo'yishga, zamonaviy usulda davolashning yangi uslub va vositalarni yaratishga qaratilgan bo'lib, bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Yuqorida aytilganlar gipodermatozning tarqalishini o'rganish va yangi davolash usullari va ushbu kasallikning oldini olish samaradorligini tekshirish zarurligini oldindan belgilab berdi.

Ushbu masalalarni bilish gipodermatoz bilan kurashish bo'yicha davolash va profilaktika chora-tadbirlari jarayonini optimallashtirish, respublikaning turli iqlim zonalarida hayvonlarni davolash muddati va chastotasini aniqlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Gipodermatoz muammosini hal qilish qoramollar sonini ko'paytirish, hayvonlarning sut va go'sht mahsuldorligidagi yo'qotishlarni kamaytirish, teri sifatini yaxshilash uchun muhim zaxira hisoblanadi.

Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotlarda qoramol gipodermatozini o'rganishga oid adabiyot ma'lumotlari tahlil qilinib, umumqabul qilingan usullardan hamda klinik, epizootologik va entomologik tekshirish usullardan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalari. Olimlar qoramollarda gipodermatoz qo'zg'atuvchilarining tur tarkibi, tarqalishi va populyatsiya ekologiyasi bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar o'tkazdilar. Jumladan, I.X.Irgashev, T.Abduraxmonov, P.Haqberdiyev, R.Davlatov, T.Tayloqov, A.Tursunqulov, K.I.Abduladze, X.A.Axunov, U.Y.Uzaqov, X.M.Muydinov, N.X.Yenileyeva A.A.Nepoklonov, 1971, 1976, 1977, 1980; K.L. Grunin , 1962; D.N. Dyadechmov va boshqalar. Ammo, so'ngi yillarda qishloq xo'jaligida, xususan chorvachilikda qator islohatlarning amalga oshirilish natijasida sohani yangicha yuritish shakillari-fermer, shirkat, shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarini tashkil etilishi, endilikda ko'pchilik hollarda hayvonlarni asrash, oziqlantirish texnologiyalarini bir muncha o'zgarishi chorvachilikni rivojlantirishga qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga ba'zi bir ekologik omillarning ta'siri oqibatida yirik va mayda shohli hayvonlar orasida Respublikaning, ayniqsa sug'oriladigan biotsenozlarida ayrim parazit kasalliklarning, shu jumladan gipodermatozlarning kuchayib borishi, avj olishi kuzatilmoqda. Bunday salbiy holat

56

shaxsiy yordamchi va fermer xo'jaliklarda nafaqat qo'y va echkilar, balki qoramollarni mahsuldorlik pasayishiga yoki majburiy so'yilib ketishiga olib kelmoqda.

Bugungi kunda qoramollar gipodermatozi bilan zararlangan hayvonlarni davolash muolajalarni bir tomonlama, ya'ni faqat u yoki bu insiktisetlar qo'llash usuli bilan amalga oshirilshi kutilgan natijalar bermasdan kelmoqda. Bu esa o'z navbatida gipadermatoz kasalliklari qo'zg'atuvchilari bilan kuchli zararlangan qoramollarni davolash va oldini olish usullarini takomillashtirishni talab qiladi. Uning uchun esa kasalliklarga chalingan hayvonlarda kechadigan eng muhim morfobiokimyoviy va immunologik jarayonlarni chuqur o'rganish, olingan natijalarni har tomonlama tahlil qilish asosida ularni davolashda hozirgi mavjud an'anaviy usullar o'rniga, yangi zamonoviy takomillashtirilgan usul va vositalarini yaritish va amaliyatga joriy qilish talab etladi.

Gipodermatoz bu surunkali kechuvchi entomoz kasallik bo'lib, teri osti bo'kalari tomonidan qo'zg'atiladi va parazitlar yashash joylarining yallig'lanishi, organizmning umumiy zaharlanishi hamda hayvon mahsuldorligining kamayishi bilan xarakterlanadi. Gipodermatoz, asosan, qoramollarda uchraydigan surunkali invazion kasallik bo'lib, teri ostida Hypoderma bovis va Hypoderma lineatum lichinkalari qo'zg'atadi.

Hypoderma bovisning imagosining uzunligi 16 mm bo'lib, tanasi turli rangdagi junlar bilan qalin qoplangan va bosh, ko'krak va qorin qismlarga ajralgan. H.lineatus ning tanasining uzunligi 13 mm gacha bo'lib, oldingi ko'krak segmenti yon tomondan sarg'ish va qoramtir tusda bo'ladi.

H.bovis quyoshli kunda 14-150C da, H.lineatus undan pastdek haroratda ham faollashadi. H.bovis podalarni aylanib maxsus ovoz chiqaradi. Hayvon bunday ta'qibdan kuchli bezovtalanadi va hashorat hujumidan qutilishga harakat qiladi. H.lineatus esa sezdirmasdan hayvon juniga o'z tuxumlarini qo'yadi.

H.bovis qoramollarning oyoqlarining pastki qismidagi, qorinning yumshoq pastki qismidagi, yelin atrofidagi junlarga bittadan, H.lineatus esa har bir junga birnechtadan (20 tagacha) tuxum qo'yishadi. Tuxumlarning hajmi 0,85 mm gacha, ulardan chiqqan mitti lichinkalar 3 ta ko'krak, 8 ta qorin segmentlariga va 2 ta ilmoqchaga, ular o'rtasidagi kesuvchi apparatga ega. Ushbu moslamalar bilan terini teshib kirgan H.bovis lichinkalari yirik qon tomirlar va nerv tolalari bo'ylab bel qismiga harakat qilib umurtqa pag'onalari orasidagi teshikcha orqali bel miya kanali bo'shlig'iga tushadi. Bu joyda lichinkalar 3 oygacha yashaydi. H.lincatus lichinkalari esa teri ostidan migratsiya qilib qizilo'ngachning shilliq pardasi ostiga kiradi va unda 4-5 oy yashaydi. Shundan so'ng har ikkala so'nalarning lichinkalari qaytadan teri ostiga o'tadi va terining bel qismining teri osti kletchatkasida to'xtaydi. Tezda lichinkalar tullab II bosqich lichinkaga aylanadi. Lichinkalar atrofiga infiltrat yig'iladi. Hajmiga o'sgan lichinkalar atmosfera havosidan nafas olish uchun terini teshadi. Bir

57

hafta ichida lichinkalar ikkinchi marta tullaydi va III bosqichli lichinkaga aylanadi. H.bovis lichinkalar bel qismdagi teri ostida kamida 1 oy hayot kechiradi, shu orada u hajmiga kattalashib yetiladi, so'ngra yerga tushib g'umbak hosil qiladi. Havo haroratini va namlikni qay darajada bo'lishiga ko'ra g'o'mbakli faza 20 kundan 2 oygacha davom etishi mumkin.

H.bovis ning III bosqichli lichinkasining uzunligi 28 mm gacha, H.lineatus niki 24 mm gacha bo'ladi.

H.bovis lichinkalarining xo'jayin organizmida rivojlanish davri 5-6 oy, H.lineatus niki 4-5 oy davom etadi.

G'umbakda rivojlanib undan tashqi muhitga chiqqan ikki qanotli so'nalar quyoshli kunlarda 6-80C da, bulutli kunlarda 13-140C da ucha boshlaydi. Ularning erkak shakllari bir joyga to'planadi, urg'ochilari esa qo'shilish uchun ular atrofiga uchib keladi. Tuxumlari otalangach so'nalar qoramollarni qidirishga tushadi. Ularga hujum qilib tuxumlarini junlariga yopishtirib ketadi. Voyaga yetgan so'nalar lichinkalik fazasida yig'ilgan oziqa moddalar hisobiga yashaydi, shu sababli ular 3-8 kun yashaydi xolos.

Respublikamiz hududi uchta iqlim zonasiga bo'linadi: tekislik, tog'oldi va tog', ularning har biri tashqi tuzilishi, iqlimi, tuproq xususiyatlari, o'simlik va hayvonot dunyosining tarqalishi bilan ajralib turadi.

Adabiyot ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, o'rganilayotgan iqlim zonalarida gipodermatoz invaziyaning turli darajalari va intensivligi bilan tavsiflanadi. Tekislik zonasida hayvonlarda invaziyasi tog'oldi va tog' zonalariga qaraganda 48% ko'proq tarqalgan (tog'oldi zonasi -29%, tog' zonasi - 23%).

Klinik jihatdan aniq belgilarning rivojlanishi O'zbekiston Respublikasining turli tabiiy-iqlim zonalarida gipodermatoz turli muddatlarda davom etadi. Erta bahordan boshlab pasttekislik zonasida aprel oyining ikkinchi - uchinchi o'n kunligida, tog'oldi va tog' zonalarida may oyining 1-2 o'n kunligida boshlanadi.

Hasharotlar sonining eng yuqori o'sishi may oyining uchinchi o'n kunligida, iyun oyining birinchi va ikkinchi o'n kunligida qayd etildi. Keyinchalik, iyun oyining uchinchi o'n kunligida va iyul oyining ikki o'n kunligida hasharotlar sonining kamayishi qayd etiladi.

Qoramollarning gipodermatozining qo'zg'atuvchi patogenlari soni asosan ularning yashash joyidagi faollikning borishi, gipodermatoz patogenlari populyatsiyasiga antropogen ta'sir ko'rsatishi bilan belgilanadi, bu davrda akaritsidlarning ommaviy ishlatilishi bilan bog'liq. Qoramollarda parazit bo'lgan iksodid oqadilar bilan kurashish. Iyul oyining uchinchi o'n kunligida va avgustning birinchi o'n kunligida (tekislik zonasida) zararlanish soni ko'tarilishining yangi cho'qqisi hosil bo'ladi. Sentyabr-oktyabr oylarida hasharotlar sonining asta-sekin pasayishi kuzatildi.

58

Tog'oldi va tog' zonalarida hasharotlar sonining bir marta ko'payishi qayd etildi. Bahor oxirida, salqin, yomg'irli yozda, iyun oyining ikkinchi, uchinchi o'n soniga, gipodermatoz invaziyasining kengligi va intensivligiga ta'sir ko'rsatadi [8].

O'zbekiston Respublikasi hududida qoramollarda ikki turdagi bo'kalar bilan zararlanadi: Hypoderma bovis (oddiy teri osti) va Hypoderma lineatum (qizilo'ngach). Gipodermatozning qo'zg'atuvchilari turli xil tarqalish arealiga ega bo'lib, Hypoderma bovis hamma joyda keng tarqalgan. Hypoderma lineatum asosan respublikaning tekis va tog' oldi zonalarida uchraydi. Qoramollarning kasallanishi turlicha namoyon bo'ladi: pasttekislik zonasida 52,3% (oddiy teri osti), 47,7% qizilo'ngach; tog' oldi -60,7% va 39,3%; tog' - 96,9% va 3,1%. Respublikaning turli tabiiy-iqlim hududlarida turli yillar davomida may oyining ikkinchi o'n kunligidan sentyabrning ikkinchi o'n kunligiga qadar qayd etiladi.

Teri osti bo'kalari to'liq bosqichda rivojlanuvchi hashorotlar guruhiga kirib, ularning to'la rivojlanishi yil bo'yi davom etadi. G'umbakdan hashorotlarning chiqishi juda tez, 2-3 soniyada sodir bo'lib, 30-80 soniyadan keyin ular uchadi. Yetuk hashorotlar 3-10 kun, ba'zan past haroratda 28 kungacha yashaydi. Yetuk hashoratlar quyoshli kunlari havo harorati 6-80C da, tumanli havo harorati 13-140C bo'lganda uchadi.

Katta yoshdagi qoramollarga nisbatan yosh hayvonlar gipodermatozga ko'proq chalinadi. Qoramollar saqlanadigan hududlarda so'nalar doimo uchraydi. Kasallikka uchragan hayvonlarni bir hududdan ikkinchi hududga ko'chishi gipodermatozni yangi o'choqlarini paydo bo'lishiga, uni keng tarqalishiga olib keladi.

So'nalarning teri osti lichinkalari o'z xo'jayinlariga mexanik va toksik ta'sir ko'rsatadi. Ular parazitlik xususiyatiga ko'ra rivojlanishning dastlabki davridan oxirigacha xo'jayinning to'qimalaridagi oziqa moddalar hisobiga hayot kechiradi, ajratgan keraksiz mahsulotlari bilan organizmni zaharlaydi.

Kasallikni davolashda teri ostiga kirgan bo'ka lichinkalariga qarshi kurash katta ahamiyatga ega. Bu tadbir teri osti bo'kalari hasharotlarining uchish muddati tugagach o'tkazilsa, yuqori samaradorlikka erishiladi.

Klinik belgilar . Har qanday yoshdagi hayvonlar hipodermatozga moyil . Gipodermatozning belgilari o'ziga xosdir, ammo ularning namoyon bo'lishi parazitlarning soni va rivojlanish bosqichiga bog'liq.

Kasallikning aniq belgisi terida yallig'lanish jarayonlarini aniqlash, teri osti to'qimalarining shishishi, lichinkalardan ta'sirlangan hududda sezilarli shish va og'riqdir. Palpatsiya paytida teri ostida zich tüberküller topiladi, undan keyin yiringli yoki seroz-yiringli ekssudat kuzatiladi.

Ayni paytda lichinkalar teri qatlamlariga kirib boradi, hayvon bezovtalanadi va oyoqlarini yalaydi. Issiq kunlarda kasal hayvonlar salqin joylarga yoki suv havzalariga yopishadi, bu lichinkalar joylashgan joylarda kuchli qichishish bilan bog'liq.

Xulosa. Qoramol gipodermatoziga qarshi kurashda har bir hududning tabiiy iqlim sharoitlari va teri osti bo'kalari rivojlanishining biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda teri osti bo'kalarining lichinkalariga qarshi insektitsidlarni qo'llab, bo'ka hasharotlari uchish muddatlari tugagach, oldindan profilaktik ishlov berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Абуладзе К.И. "Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных". Москва, "Агропромиздат", 1990.

2. Вацаев Ш.В. Гиподерматоз крупного рогатого скота (эпизоотология, видовой состав, популяционная экология) и разработка мер борьбы с ним в Чеченской Республике: дис. канд. вет. наук /Ш.В. Вацаев. - СПб. 2008.

3. Толоконников, В.П. Гиподерматоз крупного рогатого скота и меры борьбы с ним: рекомендации для практ. вет. врачей. Луцук; СтГАУ. -Ставрополь: АГРУС, 2010.

4. Муйдинов Х.К. Подкожние оводи крупного рогатого скота Каракалпакской АССР и разработка мер борби с ними. Автореферат диссертации. Москва, 1986.

5. Haqberdiyev P.S., Qurbanov Sh.X. Parazitologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari. Toshkent, 2015.

6. Abbasov T. G. Veterinariya tibbiyotida zamonaviy insektoakaritsidlardan foydalanish asoslari // Rossiyada veterinariya fanining holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari / ed. Smirnova A. M. M.: Rossiya qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi, 1999.

7. Viktorov, A.V. Ivermektin, qarshilik rivojlanishi / A.V. , Drinyaev // Veterinariya. - 2002.

8. Parazitar kasalliklar uchun avermektinlarni intradermal yuborish Sut podasi / V. A. Drinyaev [va boshqalar] // Veterinariya tibbiyoti, - 2006. Anisimova, K. T. Teri osti infestatsiyasiga qarshi kurash tajribasidan / K. T. Anisimova I veterinariya. - 1971.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.