Научная статья на тему 'QORAMOLCHILIK XO‘JALIKLARI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI'

QORAMOLCHILIK XO‘JALIKLARI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qoramolchilik / iqtisodiy omillar / rivojlantirish / samaradorlik / yaxshilash / yo‘nalish / mahsulot yetishtirish.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Otaxonova Odinaxon Inomovna

Qoramolchilik xo‘jaliklarida mahsulotlar yetishtirish samaradorligini oshirishda iqtisodiy omillar ta’siri, ularni bartaraf etish yo‘llari, qoramolchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi xo‘jalik misolida tahlil qilingan va qoramolchilikni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAMOLCHILIK XO‘JALIKLARI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QORAMOLCHILIK XO'JALIKLARI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'NALISHLARI

Otaxonova Odinaxon Inomovna

Mustaqil tadqiqotchi, TDAU https://doi.org/10.5281/zenodo.11421451

Annotatsiya. Qoramolchilik xo'jaliklarida mahsulotlar yetishtirish samaradorligini oshirishda iqtisodiy omillar ta'siri, ularni bartaraf etish yo'llari, qoramolchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi xo'jalik misolida tahlil qilingan va qoramolchilikni rivojlantirish yo'nalishlari bo 'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: qoramolchilik, iqtisodiy omillar, rivojlantirish, samaradorlik, yaxshilash, yo'nalish, mahsulot yetishtirish.

Аннотация. На примере фермы проанализировано влияние экономических факторов на повышение эффективности производства в животноводческих хозяйствах, пути их устранения, результаты реформ, проводимых в животноводстве, и разработаны предложения по развитию животноводства.

Ключевые слова: скотоводство, экономические факторы, развитие, эффективность, совершенствование, направление, производство.

Abstract. Using the example of a farm, the influence of economic factors on increasing the efficiency ofproduction in livestock farms, ways to eliminate them, the results of reforms carried out in livestock farming are analyzed, and proposals for the development of livestock farming are developed.

Keywords: cattle breeding, economic factors, development, efficiency, improvement, direction, production.

Bugungi kunda, respublikamiz chorvachiligida qoramolchilik muhim o'rinni egallaydi. Aynan shu tarmoqdan ishlab chiqarilayotgan go'sht va sutning asosiy ulushi yetishtiriladi. Shu tufayli ham bu tarmoqni ilmiy asosda rivojlantirish, urchitilayotgan qoramol zotlarining mahsuldorlik, nasl, pushtdorlik, texnologik xususiyatlarini takomillashtirish, ularning yangi sermahsul liniyalarini, oilalarini, tiplarini, podalarini yaratish muhim vazifalar bo'lib hisoblanadi. Bunday muhim vazifani amalga oshirishda naslchilik podalari tarmog'ini kengaytirish, sun'iy qochirishni keng qo'llash, podalarda tanlash va juftlash ishlarini maqsadli olib borish, sermahsul sigirlarning seleksiya podalarini yaratish, sof zotli urchitishdan keng foydalanish, xorijning naslli qoramol zotlarining iqtisodiy mahsuldorligini oshirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, mollarni to'la qiymatli oziqlantirishni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu esa fermer va dehqon xo'jaliklarida qoramollarning mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash, ularni to'la qiymatli oziqlantirish, asrash sharoitlarini yaxshilash, pushtdorlik xususiyatlaridan unumli foydalanish, yiliga har bir bosh sigirdan bir boshdan buzoq olish, sun'iy urug'lantirish usulidan keng foydalanish, buzoqlarni maqsadga muvofiq o'stirishni tashkil etish va qoramol zotlarining mahsuldorlik salohiyatidan to'liq foydalanishni taqozo etadi. Shu bois, qoramolchilik xo'jaliklarida mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillar ta'siri mavjud (1-jadval).

1-jadval

Qoramolchilik xo'jaliklarida mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillar

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

№ Ko'rsatkichlar Qoramolchilikda asosiy faoliyat ko'rsatayotgan xo'jaliklar

Dehqon xo'jaligi, tomorqa yer egalari Fermer xo'jaligi

1 Ishlab chiqarish darajasi bo'yicha Qo'l mehnatiga, avloddan-avlodga o'tadigan an'anaviy tajribalar Yuqori texnologiyalar bilan almashib boradigan ishlab chiqarish

2 Servis turlaridan foydalanish darajasiga ko'ra Qisman foydalanadi To'liq foydalanadi

3 Ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste'moli bo'yicha Natural va qisman tovar shakliga Tovar shakliga

4 Sotish kanallari bo'yicha Uydan, dehqon bozori bozor, qayta ishlash va qisman eksportga

5 Tovarlar narxi belgilanishi Bozordagi talab va taklifga qarab Bozordagi talab va taklifga qarab

6 Daromadlarning taqsimlanishi bo'yicha Oila a'zolari o'rtasida Intellektual va jismoniy mehnatiga qarab

7 Davlat yo'li bilan va boshqa tarzda qo'llab-quvvatlash Shartnoma asosida aralash ozuqa ajratadi Omixta yem sotib olishda ko'maklashadi

Mamlakatimizda "2026 yilga kelib qoramol bosh sonini 21,8 foizga va sut mahsulotlarini 36,8 foizga oshirish" uchun qoramolchilik tarmog'iga xizmat ko'rsatishda yangicha yondashuvni

ishlab chiqish, jumladan bunda "naslchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, ozuqabop ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish, ularning urug'chiligini tashkil etish, veterinariya xizmatlarini yaxshilash" kabi muhim ahamiyatga ega tadbirlar belgilab olindi. Tarmoqda mahsuldorlik va samaradorlikni oshirishda ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish asosiy omil hisoblanadi. Shunday ekan, mamlakatimizda qoramolchilik mahsulotlarini aholi iste'moli uchun belgilangan tibbiy me'yorlarga mos ravishda ishlab chiqarishni ta'minlashda ularga o'ziga xos servisni tashkil etishdagi mavjud muammolarni o'rganish va hal etish yo'llarini ko'rsatish dolzarb hisoblanadi.

Yangi O'zbekistonni barpo etishda ustuvor vazifa hisoblangan aholi daromadlarini oshirish, faravon hayot kechirishi uchun qulay shart-sharoit yaratishda chorvachilik, xususan, qoramolchilik yo'nalishida bir qator ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu amalga oshirilayotgan islohotlar davrida innovatsion texnologiyalar asosida qoramolchilik mahsulotlarini iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'nalishlari muhim hisoblanadi. Aholiga qulay imtiyozli kreditlar asosida qoramol yetkazib berilayotganligini ham aholi bandligini va oziq-ovqat mahsulotlari bozori barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar natijasini Andijon viloyati Shahrihon tumanidagi "Inomjon fayz" xususiy chorvachilik fermer xo'jaligi misolida ko'rib chiqamiz. (2-jadval). Ushbu fermer xo'jaligi 2007 yilda tashkil etilgan bo'lib, asosiy faoliyat turi chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanadi.

2-jadval

Andijon viloyati Shahrihon tumanidagi "Inomjon fayz" xususiy chorvachilik fermer xo'jaligi faoliyati to'g'risida ma'lumot

№ Ko'rsatkichlar nomi Ma'lumotlar

1 Fermer xo'jaligi manzili Andijon viloyati Shahrihon tumani Dulan mahalla fukarolar yig'ini

2 Tashkil etilgan yili 2003 yil 7-Iyun

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

3 Asosiy faoliya turi Chorvachilik

4 Jami ishchi va xodimlar 96 nafar, shundan: Chorvachilikda 40 nafar qishloq

soni xo'jaligida 40-nafar ishlab chiqarishda 16-nafar

5 Ishchi va xodimlarning o'rtacha oylik maoshi 1 000 000-10 000 000

Yer maydoni shu 2019 2020 2021 2022

jumladan: 219,4 299,4 347 347

6 Chorva ozuqa yetishtirish maydoni 219,4 299,4 347 347

G'alla 70 100 137 130

Makkajo'xori 119,4 154,4 150 157

Beda 30 45 60 60

7 Mavjud qora mollar 350 530 680 850

Shundan : sigir 106 245 331 520

8 Buzoq 95 158 191 202

Naslli g'unajin 149 127 158 128

Ishlab chiqarish sut (tn) 3 193,8 4 836,3 6 205,0 7 756,3

Mol go'shti (tn) 14 21,2 27,2 34

9 Silos 8000 8600 9200 10000

Beda (pres) 1000 1500 2000 2000

Somon (pres) 8000 10000 12000 15000

10 Sof foydasi (ming so'm) 4310,0 5853,6 6681,0 8660,0

11 Naslli tanalar yetishtirish 130 161 200 248

12 Ishlab chiqarish obyektlari va texnologiyalari 1. Germaniya texnologiyasi asosida 8 xil sut va sut mahsulotlar ishlab chiqarish sexi mavjud bo'lib, kunlik quvvati 50 tonna. 2. Italiya texnologiyasi asosida qurilgan 32 o'rinli sog'in sigirlar binosi mavjud.

2 ta "EURO MIX" ozuqa tarqatish agregati, 8 tonnali 6 dona tirkama, 4 tonnali 4 dona tirkama, 1 ta MTZ-1025 yuqori

unumli xaydov traktori, 2 ta o't o'rish kombayni, 3 ta "KlassMarkand" press moslamasi, 3 ta "Klass-Arion" haydov

13 Mavjud texnikalari traktori, 2 ta TTZ-80 traktori, 3 ta don ekish seyalkasi, 1 ta Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan Lazerniy planirovshik IMG 4,5 Omega, 1 ta bug'doy o'rish Dominator-130 kombayni, 2 ta Damas rusumli avto mashina, 1 ta Tiko

rusumidagi mashinasi mavjud.

14 Maishiy va servis xizmat ko'rsatuvchi obyektlari 1 ta 1000 tonna sig'imdagi muzlatkich, 2000 tonnali 2 ta dona saqlash ombori, 1 ta trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sexi qurish rejalashtirilmoqda.

Mazkur "Inomjon fayz" xususiy chorvachilik fermer xo'jaligi faoliyati tahlil qilinganda, fermer xo'jaligi chorvalik mahsulotlari ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyatini yo'lga qo'yganligini hamda iqtisodiy samaradorligini barqaror rivojlantirib borayotganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Fermer xo'jaligida 96 nafar, shundan: Chorvachilikda 40 nafar, dehqonchilikda 40 nafar hamda mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarishda 16 nafar ishchi xodimlar mehnat faoliyatini olib borib, ularga o'rtacha 1 mln.dan 10 mln.gacha oylik ish haqi to'lanmoqda. Shuningdek, yer maydoni hajmi 2022 yilda 2019 yilga nisbatan 158 %ga oshgan, xo'jalikning sof foydasi 201 %ga oshgan. Bundan

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

tashqari, Germaniya texnologiyasi asosida 8 xil sut va sut mahsulotlar ishlab chiqarish sexi mavjud bo'lib, kunlik quvvati 50 tonnani tashkl etadi. Italiya texnologiyasi asosida qurilgan 32 o'rinli sog'in sigirlar binosi mavjud. 2 ta "EURO MIX" ozuqa tarqatish agregati, 8 tonnali 6 dona tirkama, 4 tonnali 4 dona tirkama, 1 ta MTZ-1025 yuqori unumli haydov traktori, 2 ta o't o'rish kombayni, 3 ta "KlassMarkand" press moslamasi, 3 ta "Klass-Arion" haydov traktori, 2 ta TTZ-80 traktori, 3 ta don ekish seyalkasi, 1 ta Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan Lazerniy planirovshik IMG 4,5 Omega, 1 ta bug'doy o'rish Dominator-130 kombayni, 2 ta Damas rusumli avto mashina, 1 ta Tiko rusumidagi mashinasi mavjud. 1 ta 1000 tonna sig'imdagi muzlatkich, 2000 tonnali 2 ta dona saqlash ombori, 1 ta trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sexi qurish rejalashtirilmoqda. Albatta, ushbu fermer xo'jaligi faoliyatining tahlili shuni ko'rsatadiki, xo'jalik oxirgi yillarda iqtisodiy samaradorligini yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bu esa, ushbu ilg'or fermer xo'jaliklari tajribalarini boshqa xo'jaliklar faoliyatining samaradorligini oshirishda qo'llash muhim hisoblanadi. Shuningdek, fermer xo'jaligi tomonidan iqtisodiy samaradorlikni oshirishda ozuqa sifatiga ahamiyat berish, ekinlarni joylashtirish, siderat ekinlar ekish, almashlab ekishni samarali tashkil etish, ozuqa ekinlari urug'ligini yo'lga qo'yish, investitsiyalarni jalb etish, kooperatsiya aloqalarini shakllantirish lozim bo'ladi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi yo'nalishlarni amalga oshirishga alohida e'tibor berish kerak:

♦ chorvachilik tarmog'ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

♦ naslchilikni tubdan yaxshilash va modernizatsiya qilish;

♦ xo'jaliklarga zooveterinariya xizmatlari ko'rsatish tizimini rivojlantirish;

♦ tarmoqda servis xizmatlari ko'rsatish sifati va assortimentini oshirish;

♦ chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish, qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, sohaga investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish;

♦ chorva mollarini yuqumli kasalliklarga qarshi emlash va kasalliklarga qarshi kurashda davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash;

♦ yem-xashak bazasini mustahkamlash va sifatini yaxshilash;

♦ nasllik qoramolchilikni tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va rivojlantish;

♦ ozuqa ekinlarini joylashtirishning maqbul darajalariga erishish, bunda lalmi yerlardan chorva ozuqasi yetishtirish uchun foydalanishni kengaytirish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son.

2. M.Ashirov va boshqalar. "Fermer va dehqon xo'jaliklari hamda aholi xonadonlarida qoramolchilikni rivojlantirish bo'yicha" Amaliy qo'llanma. «KOMRON PRESS» nashriyoti. - T.: 2019 y. - 48 b.

3. Andijon viloyati Shahrihon tumanidagi "Inomj on fayz" xususiy chorvachilik fermer xo'jaligi ma'lumotlari.

4. www.agriculture.uz - O'zbekiston agroaxborot tizimi portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.