Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA CHORVACHILIK SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR (SURXONDARYO VOHASI MISOLIDA)
Tilakov Abdurahmon Iskandarovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari) yo'nalishi I bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida mamlakatimizda chorvachilik sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda ularning natijalari tahlil qilingan. Chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblangan Surxondaryo vohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: chorvachilik, naslli qoramol, qo'ychilik, yaylovlar, tog' va tog' oldi hududlar, go 'sht va sut mahsulotlari.
ABSTRACT
This article analyzes the work done in the field of animal husbandry in our country during the years of independence and their results. Conclusions are given regarding the measures implemented in the Surkhandarya oasis, which is considered a favorable area for the development of the livestock industry.
Key words: cattle breeding, breeding cattle, sheep breeding, pastures, mountain and sub-mountain areas, meat and dairy products.
KIRISH
Ma'lumki chorvachilik sohasi qishloq xo'jaligining eng muhim sohalaridan biri bo'lib, xalqimiz dasturxoniga go'sht, sut va sut mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, boshqa barcha sohalar qatori chorvachilik sohasini ham har tomonlama rivojlantirish, uni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, chorvadorlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish, xususan chorva mollari uchun yaylovlar ajratish masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib kelinmoqda.
Chorvachilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi ham sohada tub sifat o'zgarishlarining yuzaga kelishiga ijobiy turtki bermoqda. Jumladan, 2021-yil 3-mart kuni "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5017-sonli qarori, 2022-yil 8-fevraldagi "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Prezidentining PQ-121-sonli qarorlarining qabul qilinishi soha rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Surxondaryo viloyati o'ziga xos tabiiy-iqlim resurslari, kuchli qishloq xo'jaligi salohiyatiga ega bo'lgan mamlakatimizning eng janubiy viloyatlaridan biridir. Viloyat respublika hududining 4,5%, aholining 7,5% dan ortig'ini tashkil etadi. Surxondaryo viloyati o'zining joylashishi, yer yuzasining tuzilishi (relyefi) va chorvachilikning katta imkoniyatlari bilan respublikamizning boshqa viloyatlaridan ajralib turadi. G'arbda, ayniqsa shimol va sharqda tog'lar bilan o'ralgan, qishloq xo'jaligining rivojlanishi va uning hududiy tuzilishining shakllanishida ham muhim rol o'ynaydi. Viloyatning Boysun va Sariosiyo kabi tog'li qishloqlari tog' chorvachiligiga ko'proq ixtisoslashgan. Amudaryo bo'yidagi qishloqlar esa parrandachilik, asalarichilik, sut va go'shtli chorvachilikka ixtisoslashgan1.
Tarixdan ma'lumki, Surxon vohasi azal-azaldan chorvachilik sohasining rivojlanishi uchun qulay iqlim va tabiiy sharoitlarga ega bo'lgan hudud hisoblanadi. Qadimdan chorvachilik Surxondaryo ahlining doimiy mashg'ulotlaridan biri bo'lib kelgan. Har xonadonda bo'lmasa ham, har ikkidan bir uyda chorva mollari boqiladi. Odamlar kundalik iste'mol mahsulotlarining ma'lum qismini xonadonidagi chorva, parranda mollaridan oladi.
Vohada aholining go'sht, sut va tuxum maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'laroq qondirish maqsadida chorva mollarining tuyoq sonini oshirish, hududning iqlim sharoitiga mos keladigan zotli qoramollarni xorijdan bo'lsada olib kelinishi hamda xalqimizning oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan go'sht, sut va tuxum mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Natijada, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xo'jaliklarda yirik shoxli mollar 1 023,6 ming bosh, ya'ni o'tgan yilga nisbatan 103 foizga o'sgan. Shundan sigirlar 396,3 ming bosh, qo'y va echkilar 2 478,7 ming bosh, otlar 15 436 bosh, parrandalar 5 079,7 ming bosh ko'payishiga erishilgan.
Birgina Qumqo'rg'on tumani misolida oladigan bo'lsak, tumanda nafaqat qoramollar, balki parrandachilik sohasi rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan tadbirkorlar ham mavjud. Ulardan biri qumqo'rg'onlik Meliboy Boboyev bo'lib, u kishi tumanning adirlik joyidan 2 gektar yer maydoni olib, unga parrandachilik
1 Farmonov T. Yaylov ekologiyasini yaxshilashda chorvachilikning o'rni // Ekologiya xabarnomasi. 1-son. 2001. - B.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
kompleksi qurib ishga tushirdi. Natijada kompleksga 15 ming boshdan ziyod parranda parvarishlanmoqda, egaligidagi parrandalar kuniga 11 mingtadan ziyod tuxum mahsulotlari berishyapti. Olingan mahsulotlar nafaqat ichki bozorlar, balki qo'shni respublikalarga ham yetkazib berilmoqda. Pirovardida, yangi ishga tushirilgan parrandachilik kompleksida 10 nafar ish o'rni yaratilib, mahalliy aholimizning ish bilan bandligi ham ta'minlanmoqda. Viloyatda jami 35 nafar, jumladan, Qumqo'rg'onda 8, Qiziriqda 7, Denov va boshqa tumanlarda 4 nafar parrandachilik xo'jaliklari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu fermalarda tovuqlar, kurkalar va hatto tuyaqushlar bor. Parrandachilik xo'jaliklarini rivojlantirish, ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan boyitish borasida ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyatida 189 baliqchilik xo'jaligi, jumladan, tog'li va tog' oldi hududlarida 60 ga yaqin baliqchilik xo'jaligi mavjud bo'lib, ularning asosiy qismi Termiz, Jarqo'rg'on va Angor tumanlarida joylashgan2.
Vohada mazkur sohani rivojlantirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, 2017-yildan buyon "Surxonribprom" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan viloyatdagi baliqchilik xo'jaliklariga yordam ko'rsatilib kelinmoqda, tashkilot tomonidan 150 nafarga yaqin fermer xo'jaliklariga ko'mak berildi. Surxondaryo viloyatida fermer xo'jaliklari tarkibida asalarichilik ham katta ahamiyatga ega bo'lib, viloyatda 21 ta asalarichilik xo'jaligi mavjud. Ularning asosiy qismi Boysun, Sariosiyo va Uzun viloyatlarining tog' oldi va tog'li hududlarida joylashgan.
Surxon vohasida chorvachilik sohasini rivojlantirishga to'siq bo'lib kelayotgan bir qator muammolar ham mavjud bo'lib, ularni bartaraf etish sohani yanada rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Viloyatda yaylovlar bilan bog'liq vaziyat murakkab bo'lib, qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bergan ma'lumotlarga qaraganda 1991-yilda respublikadagi barcha yaylovlarning 92 foizi vazirlik tasarrufida edi. Chorva mollarining ko'p va tizimsiz boqilishi, yaylovlarni almashtirishga barham berilgani va yaylovlar sifati qayta tiklanmayotgani bois ularning maydoni 40 foizga kamayib ketdi. Yemirilgan yaylovlarning bir qismi zaxira yerlar toifasi, yana bir qismi o'rmon fondiga o'tkazildi3.
Bugun mamlakat chorvachiligi qariyb 13 million gektar yaylov yerlarga ega. Ularning aksariyati Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan. Yaylov chorva mollarining (qo'ylar) asosiy qismi shu yerlarda boqiladi. Surxondaryo viloyatida yaylovlar nisbatan kamroq edi. Shu sababli,
2 O'zbekistonda chorvachilik: bugungi holat, muammolar va taraqqiyot istiqbollari. Agrar sektorni rivojlantirish tendensiyalari nuqtai nazaridan tahlil. - Toshkent, Nasaf nashriyoti. 2010. - B.79.
3 Farmonov T. Yaylov ekologiyasini yaxshilashda chorvachilikning o'rni // Ekologiya xabarnomasi. 1-son. 2001. - B.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
qoramollar uchun tabiiy o'tlar tayyorlash ham muayyan qiyinchiliklar bilan bog'liqligini e'tiborga olish zarur. Qoramol parvarish qilishga yo'naltirilgan xo'jaliklar, odatda, sug'oriladigan hududlarda joylashgan, tabiiy o'tlar esa dasht va tog'oldi hududlarida tayyorlanadi. Bu hududlarga borib, ozuqa tayyorlash va olis masofaga olib kelish mehnat resurslarini jalb qilish, transport texnikasini talab qiladi hamda bu ozuqa qiymatini oshiradi. Dasht va tog'oldi hududlarda ozuqa tayyorlash bo'yicha maxsus brigadalarining tizimli ravishda tashkil etilmagani uni zarur miqdorda tayyorlash kafolatini bermaydi. 2000-yilda vohadagi yaylovlar maydoni jami 854,2 ming ga yerni tashkil etgan bo'lib, respublikamizdagi jami yaylovlarning umumiy maydoni 15881,2 ming ga yerni tashkil etgan. Asosan yaylovlardan chorvachilikda foydalanilgan. Vohadagi yaylovlarning katta maydoni tog'oldi hududlariga to'g'ri keladi (44 %). Aholi qishin-yozin turg'un yashayotganligi sababli, qishloqlar va quduqlar atroflaridagi yaylov hududlariga bo'lgan tazyiq kuchaymoqda, ya'ni yaylovlardan foydalanish tartibsiz holda olib borilib, ko'pchilik yaylov maydonlaridan haddan tashqari tinimsiz foydalanish oqibatida yaylovlar qurib borishi, sifatsiz yaylov ozuqasi bilan oziqlangan chorva mollarining mahsuldorligi esa past bo'lishi, ushbu yaylovlarning umuman yaroqsiz holatga kelib qolish xavfi yuzaga kelmoqda. Tabiiyki, yaylov, o'tloq maydonlarining tanqisligi chorva mollarining mahsuldorligining kamayishiga sabab bo'ladi.
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish lozimki, yuqorida qayd etib o'tilgan kamchiliklarning oldini olish, soha rivoji uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish chorvachilik rivojiga, bu esa o'z navbatida xalqimizning arzon sut va go'sht mahsulotlari bilan ta'minlanishiga xizmat qiladi. Buning uchun esa aholini chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu sohada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, chorvachilik sohasida sifat nazoratini kuchaytirish, eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish lozim4. Bundan tashqari, qulay tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni tizimli yo'lga qo'yish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi choralarni ko'rish, chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini yanada rivojlantirish, ularning sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish, ushbu sohaga zamonaviy bozor tamoyillarini keng joriy etish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog'ini modernizatsiya qilish, xususiy investitsi ya hamda xorijiy kapital
4 O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan dastur. 08.02.2022.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
oqimini ko'paytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish, chorvachilik xo'jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash ham soha rivojiga ta'sir korsatruvchi asosiy omillar hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)
1. "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5017-sonli qarori.
2. Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-121-sonli qarori.
3. Farmonov T. Yaylov ekologiyasini yaxshilashda chorvachilikning o'rni // Ekologiya xabarnomasi. 1-son. 2001. - B. 16.
4. O'zbekistonda chorvachilik: bugungi holat, muammolar va taraqqiyot istiqbollari. Agrar sektorni rivojlantirish tendensiyalari nuqtai nazaridan tahlil. - Toshkent, Nasaf nashriyoti. 2010. B.79.