Olimqulov Ya.M.
Madanov I.A.
Samadov J.E.
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'limyo'nalishi talabasi
SURXONDARYO VILOYATIDA FERMER XO'JALIKLARINI RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Annotatsiya: Ushbu yozilgan maqolada yurtimizda dehqonchilikka qaratilgan e 'tibor hamda uning istiqbollari, Surxondaryo viloyatida xususan bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar, viloyat va tumanlarda joylashgan dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari oziq-ovqat maxsulotlarini yetkazish va undan xalqimiz extiyoji uchun zarur bo'lgan mahsulotlar tayyorlanishi yoritilib o'tilgan. Xulosa o'rnida qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishda xorij davlatlari tajribalaridan o'rganish katta samara ekanligi keltirilgan.
Kalit so'zlar: Qulay tabiiy geografik sharoit, chorvachilik sohalari, intensiv xojalik, tog' va tog'oldiyaylovlar.
Olimkulov Ya.M.
Madanov I.A.
Samadov J.E. student
majoring in Geography Faculty of Natural Sciences Termiz State University
FACTORS AFFECTING FARM DEVELOPMENT IN SURKHONDARYO REGION
Abstract: In this written article, the focus on agriculture in our country and its prospects, the projects implemented in this regard, especially in Surkhandarya region, the agricultural and livestock sectors located in the regions and districts, the delivery of food products and the preparation of products necessary for the needs of our people are highlighted. In the conclusion, it is stated that learning from the experiences offoreign countries is a great benefit in the development of the agricultural sector.
Key words: Favorable natural geographical conditions, livestock sectors, intensive farming, mountain and sub-mountain pastures.
Asosiy qism: Qishloq xo'jaligi barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari ichida eng qadimiysi tarmog'i hisoblansa, fermer xo'jaliklari uning zamonaviy ko'rinishi hisoblanadi. Bu esa, o'z navbatida kishilik jamiyatining
rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning eng muhim va yirik tarmog'i sanaladi. U aholi uchun oziq-ovqat, sanoat tarmoqlari uchun qimmatbaho xom ashyo, tashqi savdoga esa turli tuman xom-ashyo va tovarlar yetkazib beradi. Aholining moddiy farovonligini oshirishda qishloq xo'jaligining o'rni beqiyos bo'lib, aholi ehtiyoji uchun zarur tovarlarning 85 % ga yaqin mazkur tarmoq zimmasiga to'g'ri keladi. Respublika Yalpi Ichki mahsulotining 1/4 qismidan ko'prog'i agrar sektorda yaratiladi
1 jadval
Surxondaryo viloyatini ma'muriy-hududiy tuzilishi, (01. 01. 2020 yil)
t/r Shahar va tumanlar Aholi soni, ming kishi Maydoni, ming kv. km. Aholi zichligi, 1 kv. km. -kishi Viloy atga bo'ysi nuvch i shaha rlar Tuman ga bo'sinu vchi shaharl ar Shahar posyol kalari Qishl. fuqaro. yig'inl. Qishlo q aholi punktl ari
Viloyat jami: 2054, 6 20. 1 102 1 7 114 112 865
Termiz shaxri. 129, 9 0. 03 4, 3 1
1. Angor 101, 5 0. 39 260 12 7 27
2. Bandixon 44, 7 0, 20 223 6 5 37
3. Boysun 93. 9 3, 72 25 1 5 7 51
4. Denov 312, 8 0, 76 411 1 7 16 115
5. Jarqo'rg'on 167, 7 1, 14 147 1 5 7 66
6. Qiziriq 88, 4 0. 35 252 5 5 42
7. Qumqo'rg'on 173, 1 2, 21 78 1 11 8 75
8. Muzrabot 111, 2 0. 74 150 10 9 48
9. Oltinsoy 133, 0 0, 56 237 14 8 46
10. Sariosiyo 162, 8 3, 93 41 1 4 9 108
11. Termiz 85, 5 0, 86 99 9 5 33
12. Uzun 138, 0 1, 63 85 9 7 79
13. Sherobod 147, 4 2, 73 54 1 7 9 96
14.
Sho'rchi
1б4, V
0, S5
194
10
10
42
Izoh: Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma'lumoti bo'yicha tuzilgan.
2 jadval
Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish
l
01. 01. 2019 yil 01. 01. 2020 yil
T/ r Ko'rsatkichlar Hajmi, mlrd. O'sish sur'ati, % Struk tura, Hajmi, mlrd. O'sish surati, Struk tua,
so'm % so'm % %
1 Yalpi hududiy mahsulot 1390, 0 10V, 4 100, 0 1V05, V 10б, S 100, 0
Shu jumladan:
2 Sanoat ishlab chiqarish 109, S 10S, 5 V, 9 11V, S 101, 4 б, 9
3 Qurilish S9, V 121, 1 б, 5 119, 4 114, 9 V, 0
4 Qishloq xo'jaligi 5S5, б 101, 2 42, 1 V24, 4 105, 9 42, 5
5 Transport va aloqa 145, б 12S, 5 10, 5 191, б 10S, 1 11, 2
б Savdo va umumiy ovqatlanish 11V, б 112, 1 S, 5 139, 1 111, 0 S, 2
V Soliqlar 6S, S 10S, 2 4, 9 S0, 5 10б, 5 4, V
S Boshqalar 42, б 103, 5 3, 1 4V, 9 104, 0 2, S
9 Nomoddiy sohalarda shu jumladan: 230, 4 - 1б, б 2S5, 1 10б, 0 1б, V
10 YaHMdagi kichik biznesning ulushi - - 6V, 2 - - 6S, 1
11 YaHMdagi xizmatlar ulishi - - 3S, б - - 3S, 9
Izoh: Jadval viloyat statistika boshqarmasi ma'lumoti bo'yicha tuzilgan.
Mamlakat aholisining б3, 9 % i yoki 1б, S mln. kishidan ortiq aholisi qishloq aholi punktlarida yashaydi(2019). Mamlakat aholisining o'rtacha yoshi 24 yoshga teng bo'lsa, qishloq aholi punktlarida bu ko'rsatkich 23, 3 yoshga to'g'ri keladi. Respublika mehnat resurslarining 1/3 qismiga yaqini agrar sektorda faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillik yillarida respublika aholisining ehtiyojini qondirish, paxta yakkahokimligiga barham berish maqsadida "don mustaqilligi" uchun qizg'in kurash olib borildi. Paxta maydonlari kamaytirilib donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Natijada don yalpi hosili keskin ortdi. Respublikada yiliga б mln. t dan ortiq don mahsulotlari yetishtirib kelinmoqda.
O'zbekiston qadimdan shirindan-shakar poliz va bog'dorchilik mahsulotlari bilan ham mashhur bo'lib kelgan. Istiqbolda respublikaning 30 % hududini egallagan tog' oldi va tog'li zonalarida bog'dorchilik, uzumchilik mahsulotlari yetishtirishning yangi manbalari vujudga keladi. Yetishtiriladigan mahsulotlar esa nafaqat ichki ehtiyojni qondiribgina qolmasdan jahon bozorida mustahkam joy egallashiga olib keladi.
O'zbekistonning tabiiy sharoiti dehqonchilikni rivojlanishiga qanchalik qulaylik yaratgan bo'lsa chorvachilik uchun ham shunchalik qulaydir. Obikor dehqonchilik hududlarida qoramolchilik, parrandachilik, asalarichilik, qo'ychilik, cho'l va tog' oldi zonalarida qorako'lchilik, yilqichilik, tuyachilik, echkichilik, daryo va ko'l havzalarida baliqchilik, darrandachilik kabi fermer xo'jaliklari tashkil qilindi va istiqbolli rejalar tuzildi. Respublika cho'llaridan ham fermer xo'jaligini rivojlantirishda muhim omil s ifatida qarash mumkin, yil davomida cho'llaridan yaylov sifatida keng foydalaniladi. Qishloq xo'jaligi yerlarining 7, 7 % i chorva mollari ozuqa bazasini yaratish uchun ajratilgan. Unda yiliga 10 mln. t. pichan va silos yig'ishtirib olinadi. Respublikaning cho'l zonasida joylashgan yaylovlardan yanada keng foydalanilsa yiliga o'rtacha 3-5 s. gacha yem-hashak tayyorlash mumkin.
O'zbekiston yer fondi 44, 7 mln. ga teng bo'lib, uning 4, 2 mln. ga qismida sug'orma dehqonchilik qilinadi. Respublikada har 100 ga yerdan faqat 7 ga yer dehqonchilikka yaroqli bo'lib, bu kelajakda dehqonchilikni rivojlantirishda muammolarning murakkablashishiga sababchi bo'ladi. Negaki, o'lkamiz cho'l zonasida joylashgan, sug'orib dehqonchilik qiladigan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Ayrim yillari bu ko'rsatkichdan ham kamayib ketadi. Bu esa, qishloq xo'jaligi taraqqiyotiga salbiy ta'sir etadi. Suvni iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berish maqsadida yirik suv omborlar va kanallar bunyod etilgan. Endilikda suv hajmi 18, 6 mlrd. m3 ga teng 53 ta suv ombor va suv sarfi 2500 m/sek ga teng 75 ta yirik kanallar tizimi sug'orma dehqonchilikka xizmat ko'rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligi xom ashyosini to'liq qayta ishlashga, tovar mahsuloti sifatida chetga chiqarilishiga katta e'tibor qaratildi. Chetdan qishloq xo'jaligi mahsulotlari olib kelinishi keskin kamaydi. Ayniqsa, don mahsulotlari importi ikki barovarga kamayganini va hozirda bu miqdor 0, 4 mln. t. ni tashkil etishini ta'kidlab o'tish joiz.
Qishloq xo'jaligi va fermer xo'jaliklarini rivojlantirishda ishlab chiqarish texnika bazasi omili tubdan o'zgartirilib, takomillashtirilmoqda. Eng yangi va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta'minlanmoqda. Qo'l mehnati kamaytirilib, asosiy jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi. Asosiy tarmoq-paxtachilikda barcha ishlab chiqarish jarayonining 78 % i mexanizatsiyalashtirilgan. Yetishtirilgan paxta yalpi hosilining 30 % dan ziyodrog'i mashinalarda terib olinadi.
Respublika agrosanoat majmuasini moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish uchun "O'zqishloqxo'jalikta'minotta'mir" davlat-kooperativ qo'mitasi tuzilgan. Respublika agroosanoat majmuiga tegishli korxonalarda 50 turdagi mashina va mexanizmlar ishlab chiqariladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari traktorlar, kombaynlar, avtobus va yengil avtomobillar, turli tirkamalar bilan ta'minlangan.
Qishloq xo'jaligi va fermer xo'jaliklarini rivojlantirishda ilmiy bazasi ham yuqori darajada rivojlantirilgan. G'o'za, bug'doy, sholi, poliz ekinlarining yangi, serhosil, tezpishar navlari yaratildi. Respublikada qishloq xo'jaligi ekinlarini takomillashtirish, yangi navlarini yaratish maqsadida ko'plab ilmiy tekshirish institutlari va stansiyalari tashkil etilgan. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida qishloq xo'jaligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. А. А. Soliyev "Qishloq xo'jaligi geografiyasi" Toshkent - 2002
2. XacaHOB П. А. "ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТЕОРИИ О ВЫСОТНЫХ ОБЛАСТЯХ И ЕЕ СВОЕОБРАЗНОЕ РАЗВИТИЕ" "Экономика и социум" №11(90) 2021
4. Rakhmatov Abdukholiq Farkhodovich "Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region | Middle European Scientific Bulletin" https://cejsr. academicjournal. io/index. php/journal/article/view/822
5. Raxmatov A. F. Olimqulov Y. M. АЗВИТИЕ ЖИВОТНОВОДСТВА НА ГОРНЫХ И ПРЕДГОРНЫХ ПАСТБИЩАХ СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ. "Экономика и социум" №11(90) 2021 https://www. iupr. ru/teknomer
6. www. agroinspeksiya. uz