Научная статья на тему 'QORAMOLCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH TAHLILI'

QORAMOLCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
113
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qoramolchilik / mahsulot / ozuqa bazasi / omillar / rivojlantirish / samaradorlik / yaxshilash / ko‘rsatkich / yetishtirish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Otaxonova Odinaxon Inomovna

O‘zbekistonda qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qoramolchilikning rivojlanishi va ishlab chiqarish faoliyatining samaradorlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlari, iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAMOLCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH TAHLILI»

QORAMOLCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH TAHLILI Otaxonova Odinaxon Inomovna

Mustaqil tadqiqotchi, TDAU https://doi.org/10.5281/zenodo.10900838

Annotatsiya. O'zbekistonda qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qoramolchilikning rivojlanishi va ishlab chiqarish faoliyatining samaradorlik darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlari, iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: qoramolchilik, mahsulot, ozuqa bazasi, omillar, rivojlantirish, samaradorlik, yaxshilash, ko'rsatkich, yetishtirish.

Аннотация. Представлены реформы, реализуемые с целью повышения экономической эффективности животноводческого производства в Узбекистане, показатели, отражающие уровень эффективности животноводческой и производственной деятельности, организационные, экономические и социальные аспекты повышения экономической эффективности.

Ключевые слова: скотоводство, продукт, кормовая база, факторы, развитие, эффективность, улучшение, показатель, выращивание.

Abstract. Reforms implemented to increase the economic efficiency of livestock production in Uzbekistan, indicators reflecting the level of efficiency of livestock and production activities, organizational, economic and social aspects of increasing economic efficiency are presented.

Keywords: cattle breeding, product, feed base, factors, development, efficiency, improvement, index, cultivation.

Jahonda yuzaga kelayotgan global muammolarning ta'siri hamda aholi sonining shiddat bilan o'sayotgani, aholining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlari tobora ortib borayotgan bir paytda, ularni ta'minlaydigan asosiy tarmoqlar, ya'ni dehqonchilik va chorvachilikda islohotlarni amalga oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlarning samarali tizimi yaratilishini taqozo etmoqda.

Chorvachilik tarmog'ida bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan keng ko'lamdagi islohotlar amalga oshirilib, xususiy mulk ustuvorligi ta'minlandi, ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy asoslari izchil mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, qishloq joylarida bandlikni oshirish, ichki bozorni go'sht, sut mahsulotlari bilan to'yintirishning muhim manbasi sifatida qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik kabi sohalar ham keng rivoj topmoqda. Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi "«O'zbekiston — 2030» strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmonida chorvachilik sohasida ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlardan unumli foydalanishni ta'minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan[1].

Respublikamizda chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim o'ringa egadir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chorvachilik sohasini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan muhim qarorlar, hukumat dasturlari asosida tizimli ishlar olib borilishi chorva mollari bosh sonini ko'payishini, ularning nasl va mahsuldorlik sifatlarining oshishini hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yildan-yilga ko'payishini ta'minlamoqda. Chorvachilik tarmog'ining asosiy

yo'nalishi hisoblangan qoramolchilikning rivojlanishini, ishlab chiqarish faoliyati samaradorlik darajasini quyidagi ko'rsatkichlar ifodalaydi [2]:

chorva hayvonlari bosh sonining o'zgarish darajasi;

chorva hayvonlarining mahsuldorligi;

chorva hayvonlarining sutkalik o'rtacha o'sish vazni;

chorvachilik mahsulotlarining 1 sentnerini yetishtirish uchun sarflangan ozuqa birligi; chorva hayvonlarining sutkalik o'rtacha o'sish vazni; chorvachilik tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi (kg/kk; kk/kg; so'm/kk..); chorvachilik tarmoqlarining, mahsulotlarining (turlari bo'yicha) rentabellik (foydalilik) darajasi.

Qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun davlat tomonidan qo'llat-quvvatlanib, turli xil imtiyozli kreditlar berilmoqda. Lekin amalga oshirilayotgan tadbirlar o'sib borayotgan talabni to'liq qondira olmayapti. Shuning uchun qoramolchilikda amalga oshirilayotgan barcha turdagi islohotlarni erkinlashtirish, ularni yanada chuqurlashtirish, malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa kelajakda qishloq xo'jaligining yuqori sur'atlarda rivojlanishini, respublika iqtisodiyotining yuksalishini ta'minlaydi. Shuningdek, qishloq xo'jaligini barqarorligini ta'minlash orqali oziq-ovqat xavfsizligi va aholini bandligini ta'minlashga imkoniyat yaratadi. Qishloq xo'jaligini oxirgi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida ijobiy tomonga o'zgariyotganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida barcha toifalardagi xo'jaliklarda yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari ko'rsatkichlari tahlil qilindi.

1-jadval ma'lumotlarini tahlilida, 2023-yilda 2019-yilga nisbatan barcha chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda ijobiy ko'rsatkichlarga erishilgan. Ya'ni, 2023-yilda 2019-yilga nisbatan respublika bo'yicha o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, So'yish uchun yetishtirilgan mollar va parrandalar jami 114,5 %ga, sut 111,7 %ga, Asal 120,1 %ga, 121,1 %ga oshgan. Albatta bu ko'rsatkichlarga erishishda qoramolchilik yo'nalishidagi xo'jaliklarni moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash, ularga imtiyozli kreditlar ajratilishi, xorijdan chorva mollarini olib kirishda imtiyozlar berilmoqda. Shu bois, tibbiy me'yorlar bo'yicha aholini go'sht mahsulotiga bo'lgan talabini qondirishda yirik qoramolchilik komplekslari va xo'jaliklari tashkil etildi (1-jadval). 1-jadval

O'zbekiston Respublikasida barcha toifalardagi xo'jaliklarda yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari to'g'risida ma'lumot

№ Mahsulot turi O'lchov birligi Yillar 2023 yilda 2019 yilga nisbatan o'zgarishi, %da

2019 2020 2021 2022 2023

1 So'yish uchun yetishtirilgan mollar va parrandalar -jami (tirik vaznda) ming tonna 2 473,6 2 519,6 2 635,1 2 725,9 2 833,3 114,5

2 Sut - jami ming tonna 10 714,3 10 976,9 11 274,2 11 627,2 11 968,7 111,7

3 Olingan tuxum - jami mln. dona 7 771,2 7 781,2 7 788,4 8 129,2 8 487,5 109,2

4 Asal tonna 13 001,7 13 357,8 14 066,9 14 700,4 15 620,6 120,1

5 Qirqib olingan jun tonna 35 115 35 422 36 345 37 307 38 639 110,0

6 Olingan qorako'l terilar ming dona 1 150,7 1 152,1 1 252,4 1 287,6 1 321,1 114.8

7 Pilla tonna 21 374,1 20 941,9 22 769,9 24 300,2 25 885,8 121,1

2023-yil yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari to'g'risidagi ma'lumotlarni xo'jalik toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan go'shtning umumiy hajmidan 6,3 % i fermer xo'jaliklari hissasiga, 84,9 % i dehqon va tomorqa xo'jaliklariga, 8,8 % i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelishini qayd etib o'tish lozim (2-jadval).

2-jadval

O'zbekistonda 2023-yilda yetishtirilgan asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarida xo'jalik toifalarining ulushi

№ Mahsulot turi Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo'jalik toifalari ulushi

Fermer xo'jaliklari, (%) da Dehqon va tomorqa xo'jaliklari, (%) da Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, (%) da

1 Go'sht 6,3 84,9 8,8

2 Sut 5,9 92,8 1,3

3 Tuxum 15,7 57,9 26,4

4 Jun 11,9 82,1 6,0

5 Qorako'l teri 10,8 79,1 10,1

6 Baliq 49,6 5,2 45,2

Chorvachilikning yetakchi yo'nalishi qoramolchilik ahamiyati eng avval mahsulotlarning yuqori to'yimliligi xossalari bilan belgilanadi. Bu mahsulotlar orasida ozuqaliligi, yuqoriligi bilan sut birinchi o'rinda turadi. Yirik shoxli qoramol va qo'y go'shti mazalilik sifati bo'yicha eng qimmatli hisoblanadi. Bu tarmoqdan, shuningdek, qimmatbaho charm va qo'ychilik xom-ashyosi olinadi. Chorvachilik tarmoq sifatida qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. Yirik shoxli qoramol o'stirishni boshqa turdagi hayvonlar bilan solishtirilganda yuqori samaradorligi, mahsulot ozuqasiga yuqori haq to'lanishi, arzon o'simlik ozuqalari va qayta ishlash sanoati chiqindilarini iste'mol qilishi bilan izohlanadi. Qoramolchilikda qoramol go'shti yetishtirishning iqtisodiy samaradorlik quyidagi ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi:

• olingan go' sht (tirik vaznda), tonna;

• bir sutkalik semirishi, gramm;

• 1 tonna tirik vazn uchun mehnat sarfi, kishi/kun; kishi/soat;

• 1 tonna tirik vazn uchun sarflangan ozuqa birligi;

• o'rtacha bir bosh sotilgan qoramol vazni, kg;

• 1 tonna tirik vaznda go'sht tannarxi, so'm;

• 1 tonna go'shtning o'rtacha sotish bahosi, so'm;

• 1 tonna go'shtdan olingan sof foyda yoki zarar, so'm;

• rentabellik darajasi, foiz.

Chorvachilikning samaradorligini oshirish yo'llarini aniqlash uchun birinchi navbatda tarmoqda mavjud bo'lgan samaradorlik turlarini aniqlash kerak. Har bir samaradorlik turi xususiyatlar va omillarni hisobga olgan holda alohida yondashuvni talab qiladi. Avvalo, sanoatning iqtisodiy va ishlab chiqarish samaradorligi muhim, ya'ni, xarajatlarni minimallashtirish, 1 birlik mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini tahlil qilishda zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bois, qoramolchilik subyektlarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, erkin bozor munosabatlari asosida faoliyatini yo'lga qo'yish, ozuqa bazasini yaxshilashda omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash muhim hisoblanadi. Xususan, qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagilar asosiy o'rinni egallaydi:

- sanoatning ijtimoiy samaradorligi kompleksning aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, mehnat sharoitlari, ish haqi va daromadlarning o'sishi;

- ekologik samaradorlik chiqindisiz ishlab chiqarish va atrof-muhitga zararni kamaytirish;

- hududiy samaradorlik sanoat tarmoqlaridan oqilona foydalanish.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida qoramolchilik yo'nalishida modernizatsiya va qayta jihozlashga investitsiyalar jalb etish zarur bo'ladi.

Shuning bilan birga, qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlarini quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin bo'ladi (3-jadval). Har bir jarayonni to'g'ri baholash davlatning qo'llab-quvvatlashini aniq maqsad bilan yo'naltirish qoramolchilikni samarali faoliyat ko'rsatishi uchun qonuniy-me'yoriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlarga bilan bog'liq chora-tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi.

3-jadval.

Qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlari

Yo'nalishlar Muhim jihatlar

Tashkiliy - aholining sifatli qoramolchilik mahsulotlariga bo'lgan talabani to'la qondirish; - qoramolchilik mahsulotlarini qayta ishlash natijasidan ulardan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish va ichki iste'moldan tashqari eksport hajmini oshirish; -qishloq hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish hisobidan yangi ish o'rinlarini yaratish va aholini bo'sh turgan qatlamini bandligini ta'minlash; - qoramolchilik tarmog'ida faoliyat olib boruvchi subyektlar o'rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni to'liq tartibga solish; - qoramolchilik mahsulotlarini yetishtirishda qiymat zanjirini yaratish va zamonaviy boshqaruv usullaridan keng foydalanish.

Iqtisodiy - qoramolchilik tarmog'ida faoliyat yuritayotgan korxonalarning iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlarini oshishiga imkoniyat yaratish; - mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurs tejamkor texnologiyalardan keng

foydalanishni yo'lga qo'yish; - qoramolchilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish orqali ho'l xolda sotishga nisbatan 15 baravardan ortiq daromad ko'rishga erishish; - bank va boshqa moliya tashkilotlar bilan pul-kredit siyosatini to'g'ri tashkil etish va kreditorlik qarzlarini vaqtida qaytarishlik imkoniyatini mavjudligi; - aholi daromadini oshirish va moliyaviy rag'batlantirish mexanizmini tashkil etilishi hisobiga; - qayta ishlangan mahsulotni eksport qilish natijasida valyuta tushumini oshirish va h.k.

Ijtimoiy - aholining sanitariya-gigiyena talablariga to'la javob bera oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish; - qishloq hududlarida agroturizm zonalarini tashkil etish va aholining yashash darajasini tubdan o'zgartirish; - ijtimoiy qo'llab-quvvatlash orqali aholining muhtoj qatlamini moddiy rag'batlantirish va h.k.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda qoramolchilik mahsulotlarini yetishtirishda har bir ko'rsatkichlar, ya'ni, ozuqa birligi, olingan go'sht, bir sutkalik semirishi, 1 tonna tirik vazn uchun mehnat sarfi, 1 tonna tirik vaznda go'sht tannarxi, rentabellik darajasi va boshqalarni hisobga olinishi zarur bo'ladi. Qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlarini hisobga olish, asosiysi, aholi farovonligini ta'minlash va go'sht va go'sht mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish orqali sog'lom turmush tarzini shakllantirish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "«O'zbekiston — 2030» strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

2. R.X.Ergashev, U.X.Beglayev, J.M.Roziqov. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarish iqtisodiyoti. Darslik / - T.: 2022 y. - 405 b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi https://stat.uz/uz/.

4. www.agriculture.uz - O'zbekiston agroaxborot tizimi portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.