Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGIDA SUT VA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING HOZIRGI HOLAT TAHLILI'

QISHLOQ XO’JALIGIDA SUT VA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING HOZIRGI HOLAT TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

543
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishlab chiqarish / sut va sut mahsulotlari / assortiment / rekonstruksiya / pasterizatsiya / sigir suti / echki suti.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Umidjon Abdurahim O’G’Li Xoshimov

Sut va sut mahsulotlari kundalik iste‟mol qilinadigan mahsulotlar guruhiga kiradi va chorvachilikning asosini tashkil qiladi. Ushbu maqolada sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni va uning mamlakatimizdagi hozirgi holati tahlil qilingan. Sut va uni ishlab chiqarish jarayonida etibor berilishi lozim bo‟lgan asosiy jihatlar aytilib statistik tahlil natijalari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Молоко и молочные продукты относятся к группе продуктов повседневного потребления и составляют основу животноводства. В данной статье анализируется процесс производства молока и молочных продуктов и его современное состояние в нашей стране. Упомянуты основные аспекты, на которые следует обратить внимание в процессе производства молока и его производства, и представлены результаты статистического анализа

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGIDA SUT VA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING HOZIRGI HOLAT TAHLILI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

QISHLOQ XO'JALIGIDA SUT VA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNING HOZIRGI HOLAT TAHLILI

Umidjon Abdurahim o'g'li Xoshimov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti Iqtisodiyot(qishloq xo'jaligida) yo'nalishi, 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Sut va sut mahsulotlari kundalik iste'mol qilinadigan mahsulotlar guruhiga kiradi va chorvachilikning asosini tashkil qiladi. Ushbu maqolada sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni va uning mamlakatimizdagi hozirgi holati tahlil qilingan. Sut va uni ishlab chiqarish jarayonida etibor berilishi lozim bo'lgan asosiy jihatlar aytilib statistik tahlil natijalari bayon qilingan.

Kalit so'zlar. ishlab chiqarish, sut va sut mahsulotlari, assortiment, rekonstruksiya, pasterizatsiya, sigir suti, echki suti.

АННОТАЦИЯ

Молоко и молочные продукты относятся к группе продуктов повседневного потребления и составляют основу животноводства. В данной статье анализируется процесс производства молока и молочных продуктов и его современное состояние в нашей стране. Упомянуты основные аспекты, на которые следует обратить внимание в процессе производства молока и его производства, и представлены результаты статистического анализа.

ABSTRACT

Milk and milk products belong to the group of daily consumed products and form the basis of animal husbandry. This article analyzes the production process of milk and dairy products and it's current state in our country. The main aspects that should be paid attention to in the process of milk and its production are mentioned and the results of the statistical analysis are presented.

Kirish. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab oziq-ovqat xavfsizligi masalalari O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida markaziy o'rinlardan birida turadi. Endilikda aholi turmush farovonligini va sifatini yanada oshirish, aholini oziq-ovqat bilan tolaqonli ta'minlash masalalari

May 12-13

860

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash muammosi bilan chambarchas bog'liqdir. Shu boisdan, O'zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning nazariy asoslarini va ustuvor yo'nalishlarini ilmiynazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish zarurati mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab berdi.

Chorvachilik va sut ishlab chiqarish hamda ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi. Aholi tomonidan iste'mol qilinadigan sutning 95 %ga yaqinini sigir suti tashkil etadi va asosan sutning shu turi haqida so'z yuritiladi1.

Sut to'g'risida, hozirgi kunga qadar to'plab kelingan katta hajmdagi ilmiy va amaliy bilimlar odamzod uchun bebaho qiymatga ega bo'lgan shu boylikni munosib ravishda qadrlashga imkon beradi.

Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarga ko'ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog' kislotalari, sut qandi ya'ni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir ma'lum bo'lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun organizmga zarur bo'lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir.

Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo'ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog'lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to'la hazm bo'ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo'lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog'ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog'liq bo'ladi. Bu omillardan eng asosiysi - chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog'imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi.

Oxirgi yillarda sut va sut mahsulotlarining yangi assortimentini ishlab chiqarishga e'tibor bcrilmoqda. Buning uchun sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruksiyalash, ularni yangi, takomillashgan texnika va tcxnologiyalar bilan boyitishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish-yangi fizik usullarni qo'llash yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ko'pgina mamlakatlarda yangi texnologik jarayonlar, sut mahsulotlarini infraqizil nurlar va yuqori chastotali

"5

elektr toki yordamida pasterizatsiyalash ishlari yo'lga qo'yilgan.

1 O'zbekiston respublikasi statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

2 O'zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi ma'lumotlari. 2021-yil, 1-mart.

3 M.G'.Vasiyev, Q.O.Dadayev, "Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari" Toshkent,

May 12-13

861

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Ma'lumki, har qanday tarmoqni innovatsion rivojlantirish, avvalambor, ishlab chiqarishni intensivlashtirish bilan bevosita bog'liq bo'lib, takomillashgan, innovatsion texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni, shuningdek, mehnatni tashkil etishning yangi shakllaridan foydalanish natijasida mavjud resurslardan samarali va to'liq foydalanish hamda mehnat unumdorligining oshishini ta'minlaydi.4

Chorvachilikda innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning o'ziga xos jihatlariga quyidagilar kiradi:

a) ishlab chiqarishning tabiiy-iqlim sharoitlariga bog'liqligi;

b) ishlab chiqarish jarayonida biologik aktivlarni ishlatish - o'simliklar va yerlar;

c) innovatsion jarayonlarni boshqarishning yetarli darajada rivojlanmaganligi;

d) mazkur sohada ishlab chiqarish va moliyaviy tavakkalchilikning boshqa sohalarga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi.5Chorvachilikda innovatsion rivojlantirishning nazariy-uslubiy jihatlari, innovatsion faoliyat samaradorligini baholashning uslublari hamda mintaqa chorvachiligi6ni innovatsiya asosida rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari tahlil etilganda, chorvachilik tarmog'ini innovatsion rivojlantirish natijasida ishlab chiqarish samaradorligi o'sishi hamda bu jarayonni jadallashtirish maqsadida ishlanma va intensivlashtirishning yangi vositalarini qo'llashni rag'batlantiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ta'minlash zarurligi aniqlandi.

Chorvachilik sohasini innonovatsion rivojlantirish samaradorlik ko'rsatkichlari olingan samara turidan kelib chiqqan holda tizimlashtiriladi va turlicha xarajatlar bilan solishtiriladi. Chorvachilik sohasida samaradorlik turlari tarkibida biologik samaradorlik alohida ahamiyat kasb etib, chorvachilikda mahsuldorlikning, sarflangan ozuqa hajmiga nisbatan olingan Chorvachilik sohasini innonovatsion rivojlantirish samaradorlik ko'rsatkichlari olingan samara turidan kelib chiqqan holda tizimlashtiriladi va turlicha xarajatlar bilan solishtiriladi. Chorvachilik sohasida samaradorlik turlari tarkibida biologik samaradorlik alohida ahamiyat kasb etib,

'^оп51аг-№зЫ1уой" 2012-УП, 240-Ь.

4 Xasanov.A "СИогуасЫШ та^и1ойап isЫab chiqarishni inovatsion rivojlantirish va unda xiznat ko'rsatuvchi 1пйашПта1агт^ ro'li", "Iqtisodiy va inovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnal №4, iyul-avgust , 2018-УИ, 1-Ь

5 Доброволский В.В. Актуалные проблемы и возможные перспективы развития животноводства в Украине с помощю инноватсий.

6 Кузмицкая А.А, Бабяк М.А, Бабяк Е.Е. Опыт инноватсионного развития животноводства в Брянской области. Вестник Брянской государственной селскохозяйственной академии, 2013, №5, С.22-29

May 12-13

862

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaliginijoriy etishning nazariy va amaliy asoslari

chorvachilikda mahsuldorlikning, sarflangan ozuqa hajmiga nisbatan olingan mahsulot hajmining oshishi bilan ifodalanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Sut ishlab chiqarishning hajmini oshirish uchun avvalo ushbu korxonalarni zamonaviy va jahon standartlariga mos keladigan asbob-uskunalar bilan taminlash lozimdir.

Respublikamizda aholi is'temol qiladigan sutning 95%i dehqon xo'jaliklarida yetishtiriladi. Shulardan eng asosiysini qoramol suti tashkil qiladi. Qolgan qismi boshqa chorva hayvonlar: echki suti, tuya suti va boshqalar tashkil qiladi. Hayvonlarning sut mahsulotlari miqdor va sifat ko'rsatkichlari bilan baholanadi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Biz xalqimiz farovonligi yo'lida oziq-ovqat tarkibidagi eng zarur mahsulotlardan bo'lgan sutning dasturxonimizda ko'p bo'lishi tarafdorimiz. Shular qatorida sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud.(fermir xo'jaiklari< dehqon xojaliklaron qishloq xo'jalik kor)

№ Yillar Sut, ming tonna Tuxum, mln dona Asal, tonna Qirqib olingan jun, tonna Pilla, tonna

1 2018-y 10466,4 7459,3 12578,4 34615 17912,3

2 2019-y 10714,3 7771,2 13001,7 35115 21374,1

3 2020-y 10976,9 7781,2 13357,8 35422 20941,9

4 2021-y 11274 7788 14067 36345 22769,9

5 2022-y 11629,4 8129,3 14698,4 37269 24300,2

6 2018-yilga nisbatan,foizda 111,1 108,9 116,8 107,6 135,6

1-rasm. O'zbekiston Respublikasida 2018-2022 yillarda barcha toifadagi xo'jaliklarda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari to'g'risida ma'lumot.

Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari

May 12-13

863

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

to'g'risida"gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqilayotgan O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030- yillarga mo'ljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir.

40000

35000 -

30000

25000 -

20000

15000 -

10000 5000 0

2018-y Sut, ming tonna

2019-y Tuxum, mln tonna

2020-y Asal, tonna

2021-y Qirqib olingan jun

2022-y Pilla, tonna

2-rasm. Chorvachilik mahsulotlarini 2018-2022-yillar oralig'idagi tahlili.

Mamlakatda 2018-2022-yilar oralig'ida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tahlil qilindi. Unga ko'ra sut mahsulotlarini ishlab chiqarish 2018-2019-yilar oralig'ida o'sgan. Keyingi sillarda esa o'zgarib 2022-yilda sut ishlab chiqarish hajmi oshganligini ko'rishimiz mumkin.

1600000 1400000 1200000 1000000 800000 600000 400000 200000 0

Andijon Namangan

2021-y yanvar-dekabr

■ Buxoro

■ Samarqand

Qoraqalpog'iston ■ Farg'ona

Jizzax

iSurxandaryo Xorazm

2022-y yanvar-dekabr I Qashqadaryo ■ Navoiy iSirdaryo BToshkent

3-rasm. Hududlar bo'yicha sut ishlab chiqarish ko'rsatkichlari 2021-2022-yillar tahlili.

Ushbu grafikda(3-rasm) 2021-2022-yillar oralig'ida hududlar bo'yicha sut mahsulotlarini ishlab chiqarish holati tahlil qilindi. Bunga ko'ra sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda

May 12-13

864

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iy

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda, buni sut mahsulotlarini ishlab chiqarish barqaror rivojlanganligi hamda sohaga yangi texnika va texnologiyalarni jalb qilinganligi bilan baholash mumkin. Qoraqalpog'iston va Sirdaryo viloyatlarida ushbu ko'rsatkichlarni pastligini ko'rishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab hududlarda sut ishlab chiqarish va ularni joylashtirish integratsiyasi kuchli rivojlanmaganligi hisoblanadi. XULOSA VA TAVSIYALAR

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish viloyatlar kesimida turli xil joylashgan. Qashqadaryo, Samarqand, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yuqori bo'lsa, Qoraqalpog'iston, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida bu ko'rsatkichlar eng pastligini ko'rishimiz mumkin.(2021-2022-yil ma'lumotlariga ko'ra) Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini jalb qilish, hududlar kesimida integratsiyalarni rivojlantirishni taminlash zarur.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'zbekistonda sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni taklif etilmoqda:

-sut va sut mahsulotlari, shu jumladan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, saqlash va sotish sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;

-sut mahsulotlarini yetkazib berish tizimini barqaror rivojlantirish uchun sut va sut mahsulotlarini qabul qilish va tashish uchun kichik fermalar tashkil etish zarur.

-sut mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish uchun ozuqa bazasini mustahkamlash;

-aholi keng qatlamlarining sut mahsulotlariga bo'lgan talabini mahsulot turlari, hajmi va sifati bo'yicha ichki ishlab chiqarish hisobiga ta'minlash uchun sussiydiyalar ajratish zarur.

REFERENCES

1. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida. T. 2022-yil 28-yanvar, PF-60-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to'g'risida"gi qonuni. T. 1997-yil 30-avgust. 483-I-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'laqonli ta'minlashga doir chora-tadbirlar" to'g'risida 2020-yil 9-sentyabr. PQ-4821-son

4. Jonixonov.M, Rahmonov.S, Oziq-ovqat dasturi: mamlakat iqtisodiyoti, iqtisodiyot barqarorligi va farovonlikning mustahkam asosi. Xalq so'zi, 2014-y 7-iyul

5. Fayziyev. J.S, Qurbonov J.M, "Oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqotining fizik kimyoviy uslublari, Toshkent, Ilm Ziyo 2009-y, 179-b.

6. Доброволский В.В. Актуалные проблемы и возможные перспективы развития животноводства в Украине с помощю инноватсий.

7. Кузмицкая А.А, Бабяк М.А, Бабяк Е.Е. Опыт инноватсионного развития животноводства в Брянской области. Вестник Брянской государственной селскохозяйственной академии, 2013, №5, С.22-29

8. "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" statistik to'plam. -Toshkent. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi, 2018-2022 yy.

9. Rasm va ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy saytidan olindi. http://stat.uz

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.