Научная статья на тему 'BALIQCHILIK KLASTERLARIDA TARMOQ XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

BALIQCHILIK KLASTERLARIDA TARMOQ XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

179
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Klasterlar / tabiiy suv havzalari / sun‟iy suv havzalari / tayyor mahsulot / sotish kanallari / xo„jalik operasiyalari / schyotlar bog„lanishi / yalpi tushum / sof tushum / mahsulot tannarxi / moliyaviy natija / Fisheries / Cost / Initial Accounting / Cost Item / Cost Object / Cluster / Innovation / Calculation.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — A. R. Shodiyev

Maqolada baliqchilik fermer xo„jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, baliq mahsulotlarini daromadga olish, sotish kanallari bo„yicha realizasiya qilish va moliyaviy natijalarni aniqlash bo„yicha bo„ladigan xo„jalik operasiyalariga schyotlar bog„lanishi tuzish hamda moliyaviy hisobotda moliyaviy natijalarni aks ettirishni takomillashtirish bo„yicha takliflar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the creation of accounts for economic operations on the calculation of production costs in fishery farms, income from sales of fish products, sales through sales channels and determination of financial results, as well as improving the reflection of financial results in the financial statements.

Текст научной работы на тему «BALIQCHILIK KLASTERLARIDA TARMOQ XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

BALIQCHILIK KLASTERLARIDA TARMOQ XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

A. R. Shodiyev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi assistenti

Maqolada baliqchilik fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, baliq mahsulotlarini daromadga olish, sotish kanallari bo'yicha realizasiya qilish va moliyaviy natijalarni aniqlash bo'yicha bo'ladigan xo'jalik operasiyalariga schyotlar bog'lanishi tuzish hamda moliyaviy hisobotda moliyaviy natijalarni aks ettirishni takomillashtirish bo'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Klasterlar, tabiiy suv havzalari, sun'iy suv havzalari, tayyor mahsulot, sotish kanallari, xo'jalik operasiyalari, schyotlar bog'lanishi, yalpi tushum, sof tushum, mahsulot tannarxi, moliyaviy natija.

The article discusses the creation of accounts for economic operations on the calculation of production costs in fishery farms, income from sales of fish products, sales through sales channels and determination of financial results, as well as improving the reflection of financial results in the financial statements.

Keywords: Fisheries, Cost, Initial Accounting, Cost Item, Cost Object, Cluster, Innovation, Calculation.

Mamlakatimiz ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022- 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmonida belgilab berilgan bo'lib, mazkur farmonda 7 bo'limdan iborat 100 ta maqsad belgilab berilgan. Bevosita iqtisodiyotni jadal rivojlantirish vazifasi ushbu qabul qilingan "Taraqqiyot strategiyasi"ning "3-Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" bo'limida, 21-36 maqsadlarda o'z aksini

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Kirish

topgan. Bu maqsadlarning bevosita

32-maqsadi

October 5-6

chorvachilik sohasiga tegishli bo'lib, bunda "Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 baravar ko'paytirish" vazifasi qo'yilgan. 2022 yilda ushbu qo'yilgan maqsadga erishish uchun, baliqchilik sohasida:

- "Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmi ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash;

- hosildorligi past bo'lgan 31 ming gektar sun'iy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish;

- baliqchilik klasterlari sonini 15 taga yetkazish va 10 mingta aholi xonadonlarida kooperasiya usulida intensiv baliq yetishtirishni yo'lga qo'yish;

- qimmatbaho sovuq suv baliqlari yetishtiruvchi korxonalar quvvatini 2 barobarga oshirish (hozirda 3,5 ming tn) va yiliga 6 ming tonna sovuq suv (forel, osyotr, losos) baliqlarini yetishtirish;

- qayta ishlash korxonalari sonini 84 taga (2 barobarga), omuxta yem korxonalar sonini 84 taga (2,5 barobarga) yetkazish" vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu vazifalarni bajarish bilan birga, baliqchilik tarmog'ini rivojlantirishda mavjud bo'lgan kamchilik va muammolar samarali hal etish, tarmoqda ishchanlik faolligini oshirish, xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish, baliq yetishtirishning ilg'or texnologiyalarni keng joriy qilish asosida samradorlikni oshirish, aholini baliq mahsulotlariga bo'lgan talabini to'liq qondtrish, baliqchilik bilan shug'ullanadigan sohada yangi ish o'rinlarini yaratish bilan birga, mahsulot miqdori va sifatini oshirish, yetishtirilayotgan mahsulotlarni tannarxini pasaytirishda baliqchilik klasterlarida buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil etish va yuritish muhim ahamiyatga ega.

Materiallar va metodlar

Baliqchilik sohasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish bo'yicha mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarlarda belgilab berilgan vazifalardan, shu soha bo'yicha iqtisodchi olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqotlaridan, faoliyat yuritayotgan baliqchilik klasterlari va xo'jaliklarining iqtisodiy ko'rsatkichlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobi va hisoboti ma'lumotlaridan foydalanildi. Shuningdek, ushbu maqolani tayyorlashda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda qo'llaniladigan kuzatish, guruhlash, tahlil qilish va boshqa usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Mamlakatimizda baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning strategik

October 5-6

152

yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Balikchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish uchun keyingi yillarda ko'rilayotgan chora-tadbirlar tufayli baliq va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko'payib, mamlakat iqtisodiyotining tarkibida baliqchilik ulushi izchil ortib bormoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13- yanvardagi "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-83-sonli qarori baliqchilik sohasida ishlab chiqarishTsamaradorligini oshirish, baliq yetishtirish va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va eksport imkoniyatini oshirish, respublikada mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirishni ko'paytirish hamda baliqchilik xo'jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash vazifalari belgilab berildi. Mazkur qarorda baliqchilik klasterlarining aholi xonadonlari bilan kooperasiya asosida ishlashini yo'lga qo'yish hamda "2022 yilda:

- respublikada baliq yetishtirish hajmini 700 ming tonnaga yetkazish;

- qo'shimcha kamida 10 mingta aholi xonadonida intensiv usulda baliq yetishtirishni yo'lga qo'yish hamda yangi 15 ta baliqchilik klasterini tashkil etish;

- hosildorligi 25 sentnerdan past bo'lgan 31 ming gektar sun'iy suv havzalarida 78 mingta aerator moslamasini o'rnatish" vazifalari belgilab berildi.

Baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlar hisobi "Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizom" asosida olib boriladi. Baliq yetishtirish jarayoni texnogiyasi xususiyatlaridan kelib mazkur Nizom asosida xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash tashkil etiladi. Shu bilan birga, baliqchilikda xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini hisoblashning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, ushbu hususiyatlar hozirgi kunda to'liq o'z yechimini topmagan.

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish boshqaruv hisobining tarkibiy qismi bo'lib, xarajatlar hisobini to'g'ri tashkil etish va yuritish tannarxni pasaytirishda, baliqchilik klasterlarni moliyaviy barqarorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Chunki, resurslardan foydalanish samaradorligi va mulkchilikning barcha shakllarida korxonalarning faoliyatini baholash chog'ida xarajatlar va mahsulotning tannarxi, ularning tarkibi o'zgarishi qanday talqin qilinishidan qat'iy nazar katta ahamiyatga ega.

October 5-6

Balikchilik klasterlarida ishlab chiqarish xarajatlar hisobini tashkil etishga quyidagi tarmoq va texnologik xususiyatlar bevosita ta'sir etadi:

-ishlab chiqarish jarayoni mavsumiy xarakterga ega bo'lib, baliq urug'ini qo'yish oylarida (may-iyul oylarida) odatda baliq ovlanmasligi;

-ozuqa sarflashda baliq havzalari bo'yicha hisob yuritilib, alohida ozuqa sarfini hisobga olish imkoniyatini cheklanganligi.

Bundan tashqari, baliqchilik tarmog'iga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish xarajatlari hisobini quyidagi xususiyatlari ham mavjud:

-yil davomidagi xarajatlarni ikkiga bo'linishi: joriy yilda va kelgusi yillarda baliq yetishtirish uchun qilingan xarajatlar;

-umumishlab chiqarish xarajatlarini yetishtirilgan baliq tannarxiga olib borish tartibini o'ziga xos xususiyati;

-mahsulot tannarxini yil oxirida emas, mavsum tugagandan so'ng aniqlash imkoni mavjudligi.

Tahlillarning ko'rsatishicha, baliqchilik tarmog'i xarajatlarini hisobga olishda fermer xo'jaliklari buxgalteriya hisobining 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida «Baliqchilik tarmog'i xarajatlari» analitik schyotni yuritib, uning debet tomonida tarmoq xarajatlarini, kredit tomonida olingan tirik baliqni hisobga olib boradi. Xarajatlarni bitta analitik schyotda hisobga olib boriladi.

«Baliqchilik tarmog'i xarajatlari» analitik schyotida bevosita baliqchilik tarmog'idagi xarajatlar hisobga olib borilib, quyidagicha schyotlar bog'lanishi tuziladi(l-jadval):

1-jadval

Baliq ishlab chiqarish jarayonlarida buxgalteriya hisobi schyotlari bog'lanishi

T/ r Xo'jalik muomalalarining mazmuni Schyotlar korres-pondensiyasi

Debet Kredit

1 Baliq urug'i yetishtiruvchllardan baliq urug'i sotib olinganda 2010 6010

2 Baliq boqiladigan havzalar xizmat ko'rsatuchi korxonalar tomonidan ta'mirlanganda 2010 6010

3 Baliq yetishtirish ishlarida band bo'lgan ishchilarga ish haqi hisoblanganda 2010 6710

4 Ijtimoiy soliq hisoblanganda 2010 6520

5 Baliq yetishtiruvchilariga foydalanish uchun xo'jalik buyumlari va inventarlar berilganda 2010 1080

® ©

October 5-6)

Republican Scientific and Practical Conference

©

o1

©

154

6 Baliq yetishtirish jarayonida band bo'lgan asosiy vositalarga hamda sun'iy baliq havzalariga eskirish hisoblanganda 2010 02200290

7 Baliq yetishtishda foydalanish uchun idish va idishbop materiallar berilganda 2010 1060

8 Baliq yetishtirish jarayonida ozuqa sarflanganda 2010 1090

9 Baliq yetishtirish jarayonida elektr energiyasi sarflanganda 2010 6990

10 Baliq yetishtirish jarayonida transport vositalari xizmatidan foydalanilganda 2010 2310

11 Baliq yetishtirishda sun'iy havzalardagi suv uchun to'lovlar hisoblanganda 2010 6410

12 Tirik baliq daromadga olinganda 2810 2010

Schyotlar bog'lanishidan ko'rinib turibdiki, baliqchiliq xususiyatidan kelib chiqib, xarajatlar hisobi va mahsulot chiqishini hisobga olishda baliqchilik xarajatlari alohida yillar kesimida hisobga olinib, kelgusi yillarga tegishli xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanib, kelgusi yilga o'tkaziladi.

Bundan tashqari, baliqchilikda foydalaniladigan sun'iy baliq havzalari asosiy vosita hisoblanib, ulardan ma'lum bir davr mobaynida foydalaniladi. Shuning uchun, sun'iy baliq havzalaridan foydalanish muddatiga qarab ularga eskirish normasi belgilanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xulosa va takliflar

Baliqchilik klasterlari o'zida ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish jarayonlarini qamrab oluvchi ishlab chiqarish bo'linmalaridan iborat. Ushbu bo'linmalardagi xarajatlar turlari, ularning xususiyatlaridan kelib chiqib bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun baliqchilik klasterlarida xarajatlar hisobini takomillashtirish bo'yicha quyidagilarni taklif qilamiz:

- baliq hovzalarini asosiy vositalar tarkibiga kiritish;

- baliq yetishtirish bilan shug'ullanadigan bo'linmalarda, baliq hovzalari bo'yicha xarajatlarni hisobga olib borish;

- xarajat moddalari tarkibiga baliq hovzalari eskirishi (amartizasiyasi) xarajat maddasini kiritish;

- ochiq maydonlardagi va tabiiy suv havzalarida yetishtiriladigan baliqchilikchilik xarajatlari moddasi tarkibiga "qo'riqlash xarajatlari" xarajat moddasini kiritish;

- schyotlar bog'lanishida, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari mavjudligi hisobga olgan holda, analitik schyotlar yuritish.

October 5-6

155

Takliflarimizni amaliyotda qo'llanilishi, qishloq xo'jaligining muhim sohalaridan biri bo'lgan baliqchilikda ishlab chiqarish xarajalari hisobini to'g'ri tashkil etilishi va yuritilishini ta'minlab, tirik baliq tannarxini pasaytirish bilan birga tannarxni iqtisodiy asoslangan holda aniqlanishiga olib keladi. Bu o'z navbatida, baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimiz aholisini arzon va sifatli baliq mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. www.Lex.uz

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-83-sonli qarori. www.Lex.uz

3.O'zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi Nizomi, 1999-yil 5-fevral. 54-son. www.Lex.uz

4.Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi". 2020.558bet.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.