Научная статья на тему 'QO‘QON XONLIGIDA SARKORLIK BOSHQARUVI VA UNING TUZILISHI'

QO‘QON XONLIGIDA SARKORLIK BOSHQARUVI VA UNING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Juliboyev Alimardon Abdulmajid O‘G‘Li

Ushbu maqolada sarkardachilik va uning Qo‘qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvidagi o‘rni masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘QON XONLIGIDA SARKORLIK BOSHQARUVI VA UNING TUZILISHI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

QO'QON XONLIGIDA SARKORLIK BOSHQARUVI VA UNING

TUZILISHI

Juliboyev Alimardon Abdulmajid o'g'li

QDPI Tarix fakulteti Tarix yo'nalishi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada sarkardachilik va uning Qo'qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvidagi o'rni masalalari yoritilgan.

Kirish. Tarixdan ma'lumki, O'rta Osiyoda o'rta asrlarda yirik yer uchastkalari va tovar-hunarmandchilik korxonalarini boshqarishning ma'lum bir tizimi mavjud edi. Yirik feodallarning mamlakat turli viloyat va tumanlarida joylashgan yer egaliklarini mulkdor yoki mulkdorga hisobdor shaxslar boshqarar edi. Aksariyat hollarda shahar korxonalariga o'z kasbini yaxshi bilgan ishbilarmon xo'jayinlar boshchilik qilganlar[1.228-229].

Mulohaza. O'rta Osiyoda o'rta asrlarda mavjud bo'lgan sarkorlik boshqaruvi xonliklar davrida ham iqtisodiy munosabatlarda muhim o'rin tutgan muassasa hisoblangan. Ular yirik turli hududlarda joylashgan yirik yer mulklarni va savdo-hunarmandchilik korxonalarini boshqarish maqsadida tuzilgan. Sarkorlar nafaqat mulk egasining ishonchli vakili, shuningdek, o'z ishining mohir bilimdoni ham hisoblangan. Yirik, ko'p tarmoqli xo'jaliklarni boshqarishning bunday tizimi o'zbek xonliklari davrida ham mamlakat iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvida katta ahamiyat kasb etgan. Mazkur boshqaruv muassasasi Qo'qon xonligida ham keng tarqalgan bo'lib, sarkorlar mamlakatning qishloq xo'jaligi va savdo-sanoat munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etgan. Sarkorlar yirik ijarachi sifatida soliqlar yig'ish, hunarmandchilik korxonalari, yirik yer egaligi, chorvachilik xo'jaligini, qurilish ishlarini boshqarishga, aholini turli hashar ishlariga safarbar qilishga mas'ul hisoblangan. Qo'qon xonligi tarixiga mansub mahalliy va rus mualliflari asarlarida sarkorlik masalasiga oid ko'pgina ma'lumotlar mavjud bo'lib, ular xonlikning iqtisodiy va xo'jalik hayotini o'rganishda muhim o'rin tutadi. "Tasnifi G'arib", "Mirotul futuq", "Tavorixi manzuma" kabi mahalliy manbalarda, xonlik arxiviga

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

tegishli hujjatlarda va rus mualliflaridan A.Geyns asarlarida ushbu boshqaruv shakliga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan [1. 230-231]. Qo'qon xonligida yirik yerlar, bog'lar, qo'riq yerlar sarkarboshilar tomonidan boshqarilgan. Xonlik shaharlari va qishloqlari sarkorlarga ijara tarzida berilib, ular ishonchli vakil va o'z ishining mohir ustasi sifatida tanilgan shaxslar bo'lgan. Sarkorlar xiroj va boshqa soliqlarni yig'ish ishiga bevosita rahbarlik qilgan. Yirik sarkorlar yer solig'i bo'lgan xiroj yig'ish ishlarini ijarachi tarzida amalga oshirgan. "Tasnifi G'arib" muallifi ma'lumotlariga ko'ra, Muhammad Alixon hukmronligi davrida har bir shahar daromadlarini yig'ish sarkorlarga ijaraga berilgan [2.243]. Xonlik davriga mansub daftarda xonlikning turli hududlarida paxta yetishtirish bilan bog'liq ishlarga mas'ul bo'lgan 28 nafar sarkor nomi keltirilgan. Sarkorlar o'zlariga ijaraga berilgan hududlarda qishloq xo'jalik ishlariga rahbarlik qilish bilan birga soliq masalalariga ham javob bergan. Ijarachi sarkorlar va ularga ajratilgan hududdagi dehqon, chorvador, hunarmandlar o'rtasidagi munosabatlar xon yoki bek tomonidan yorliq asosida belgilab berilgan. Bunday yorliqlarda mazkur hududda yetishtiriladigan hosildan to'lanadigan mahsulot turi va miqdori ko'rsatilgan edi. Masalan, Qo'qon xoni Murodxon tomonidan Marg'ilon bekligi bo'yicha tayinlangan sarkorga berilgan yorliqda ushbu hududdagi Lag'on, Tomosha, Suppan, Valik qishloqlari aholisining sarkorga to'lashi kerak bo'lgan xiooj miqdori belgilangan edi [3.699] .

Hukmdor yoki bek tomonidan tayinlangan yoki ijarachi sifatida faoliyat yuritgan sarkorlar yuklatilgan vazifasiga ko'ra, muayyan hududda amalga oshiriladigan xo'jalik ishlariga butun mavsum davomida rahbarlik qilib, ishlarni nazorat qilib borganlar. Davlat tomonidan o'rnatilgan soliq yig'ib olingandan keyingina dehqonlarga o'zlarida qolgan hosilni tasarruf qilish huquqi berilgan. SHuningdek, ayrim hollarda xon va bek sarkorlari o'zlariga tegishli hududda yig'ilishi lozim bo'lgan xirojni to'liq yoki qisman to'plashni boshqa ijarachiga berish vakolatiga ham ega bo'lgan. Xonlik davriga mansub manbalarda keltirilishicha qishloq xo'jaligidagi asosiy mahsulot yetishtiruvchilar chorakor dehqonlar bo'lganligi ko'rinadi. Masalan, Yermachit tumaniga tegishli Qizil musht, Sari Osiyo, Eshon bobo, Qirqlar, Oqmachit, Amirobod qishloqlarining 593 nafar chorakorlari haqida xabar beriladi [42].

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

SHuningdek, qishloqning xiroj to'lanadigan mahsulotlari haqida ham ma'lumotlar mavjud. Yirik sarkorlar o'zlariga berilgan hududdan yig'iladigan xirojni butunlay yoki qisman kichik sarkorlarga, amin va boshqa kishilarga berish vakolatiga ega bo'lgan. Natijada mazkur kishilar yuqori hosil olishdan manfaatdor bo'lib, sug'orish tarmoqlari ta'miri va qurilishiga rahbarlik qilganlar. Muayyan hududga tayinlangan sarkorlar xirojni o'z vaqtida topshirish bilan birga yer egasiga qishloq xo'jalik, chorvachilik mahsulotlari yetkazib berishdan tashqari, turli xo'jalik va moliyaviy vazifalarni bajarganlar. Ular tomonidan xo'jalik jihozlari, ish hayvonlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak xarid qilgan va oshiqcha mahsulotlarni sotish bilan shug'ullangan. Xon oilasi va yirik mulk egalari tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari sarkorlar tomonidan boshqarilgan. Qisqa qilib aytganda, xonlikning murakkab xo'jalik tizimida sarkorlik boshqaruvi alohida mavqega ega bo'lgan. Ushbu boshqaruv shakli ma'muriy jihatdan ancha murakkab tizimdan tashkil topgan. SHahar va yirik qishloqlarning sarkorlariga xo'jalik va moliyaviy masalalarda amin va oqsoqollar bo'ysungan. SHaharlarda oqsoqollar shaharning ayrim hududlari va hunarmandchilik sohalarini boshqarganlar. Qishloqlarda mavjud bo'lgan quyi boshqaruv ma'muriyati to'g'risida yozma manbalarda ma'lumotlar saqlanib qolgan. "Tarixi Shohruhiy" asariga ko'ra Olimxon Angren, Chirchiq-Qurama yerlarini xonlik tarkibiga kiritgandan keyin ular boshqaruvini oldingi ma'murlarda qoldirgan. Qo'qon xonligida davlat tomonidan amalga oshiriladigan yirik qurilishlarga rahbarlik qilish o'z ishitning ustasi bo'lgan mashhur ustalar va me'morlarga topshirilganligi to'g'risida yozma manbalarda ko'plab ma'lumotlar saqlanib qolgan. Qishloq joylarda sarkorlarga ariq oqsoqollari ham bo'ysungan. Xonlikda yirik ariq oqsoqollari bek tomonidan tayinlangan bo'lsa, quyi ariq oqsoqollari sarkorning tavsiyasiga ko'ra tayinlangan. Rus mualliflarining asarlarida jamiyat quyi boshqaruvida mavjud bo'lgan aminlik boshqaruvi to'g'risida ma'lumotlar berilgan [4.125-126]. Ular sarkorlarga bo'ysungan.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, Qo'qon xonligi xo'jaligi boshqaruvida mavjud bo'lgan sarkorlik tizimi o'ziga xos murakkab tizim bo'lib, mazkur boshqaruv tarixini har tomonlama o'rganish xonlik davlat boshqaruvi, xo'jalik hayoti haqida to'liq

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ma'lumot olishga imkon beradi. Natijada Qo'qon xonbigidagi boshqaruv sarkorlik boshqaruvi yordamida siyosiy va shunga o'xshash iqtisoyuiy jixatdan ijobiy natijalar berdi, deb taxmin qilish mumkin. Davlatni sarkorlar yordamida boshqarish xonga qulayliklar yaratgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. Ташкент: Фан, 1973.

2. Бейсембиев Т.К. Тарихи Шахрухи. Алма-Ата: Наука, 1987.

3. Узбекистан миллий архиви, фонд -1043, руйхат-1, иш-709.

4. Бобобеков.Х,.Н Кукон тарихи. Тошкент: Фан, 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.