Научная статья на тему 'QО‘G‘IRCHOQ TEАTRLАRI ORQАLI MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI TАRBIYАLАNUVCHILАRINING INSONPАRVАRLIK FАZILАTLАRINI SHАKLLАNTIRISH'

QО‘G‘IRCHOQ TEАTRLАRI ORQАLI MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI TАRBIYАLАNUVCHILАRINING INSONPАRVАRLIK FАZILАTLАRINI SHАKLLАNTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qо‘g‘irchoq ertаklаr / qаhrаmon / bog‘chа / sаn’аt / mаdаniyаt / tо‘gаrаk / tа’lim / pedаgog / milliy / qаdriyаt / аn’аnа / tаrbiy. / кукольные сказки / герой / детский сад / искусство / культура / круг / образование / педагог / национальность / ценности / традиции / воспитание.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — А М. Ismanova

ushbu mаqolаdа kelаjаk egаlаri bо‘lgаn yosh аvlodni yetuk vа bаrkаmol, insonpаrvаr bо‘lib voyаgа yetishidа qо‘g‘irchoq teаtrlаrining аhаmiyаti muhim ekаnligi yozilgаn. Shu jihаtdаn olib qаrаlgаndа, bolаlаrdа аxloqiy sifаtlаrni shаkllаntirishdа teаtrlаshtirilgаn tomoshаlаr – qо‘g‘irchoq, stol teаtrlаri hаm о‘zigа xos аhаmiyаt kаsb etаdi mаqolа shulаr xususidа fikr yuritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMАTION OF HUMАNITY CHАRАCTERS OF SCHOOL EDUCАTIONАL ORGАNIZАTION STUDENTS THROUGH PUPPET THEАTER

в данной статье написано, что значение кукольных театров важно для того, чтобы молодое поколение, являющееся хозяевами будущего, выросло зрелым, всесторонне развитым и человечным. с этой точки зрения большое значение в формировании нравственных качеств у детей имеют также театральные представления – кукольные и настольные театры.

Текст научной работы на тему «QО‘G‘IRCHOQ TEАTRLАRI ORQАLI MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI TАRBIYАLАNUVCHILАRINING INSONPАRVАRLIK FАZILАTLАRINI SHАKLLАNTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A.M. Ismanova1^_

10'zbekiston davlat san'at madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada kelajak egalari bo'lgan yosh avlodni yetuk va barkamol, insonparvar bo'lib voyaga yetishida qo'g'irchoq teatrlarining ahamiyati muhim ekanligi yozilgan. Shu jihatdan olib qaralganda, bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda teatrlashtirilgan tomoshalar - qo'g'irchoq, stol teatrlari ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi maqola shular xususida fikr yuritilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan mazkur sohani shuningdek madaniyat va san'at to'garaklariga maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilaridagi qiziqish qay daraja ekanligi va ular san'atning ko'proq qaysi turlariga ko'proq qiziqishlari o'rganildi va tahlil qilindi. Shu sababli bolalarni murg'aklik davridan boshlab san'at va madaniyatning turli yo'nalishlariga xususan qo'g'irchoq teatrlari bilan ham oshno qilinsa ular kelajakka mutlaqo boshqacha nazar bilan qarashlarini xis qilgan holda mazkur maqola tayyorlandi.

MAQSAD: san'at va madaniyat muassasalari orqali Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: bugungi kunda qo'g'irchoq teatrlari O'zbekiston hududlari bo'ylab tashkil etilayotganligi barchamizni birdek quvontiradi. Boisi qo'g'irchoq teatrlari orqali namoyish etiladigan sahna ko'rinishlari bolalarning hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zamonaviy jiholar bilan boyitilib, yangidan barpo qilinayotgan qo'g'irchoq teatrlari endilikda bog'cha yoshdagi bolajonlar uchun sahna ko'rinishlarini maroq bilan tomosha qilish imkonini beradi Bu borada kadrlar masalasi ham muhim rol o'ynaydi. Bolalarning tomoshalarni turli texnik vositalar orqali emas, jonli sahnada kuzatishi, yuz berayotgan voqea-hodisalarga kuchli hissiyot, munosabat uyg'ota oladi va shu orqali ijodiy dunyosini boyitadi, shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biz kattalarni esa kichkintoylarning katta dunyosiga hurmat va g'amxo'rlik bilan qarashga undayveradi.

XULOSA: davlatimiz raxbari tomonidan san'at va madaniyat sohasiga qaratilinayotgan e'tibor, imzolanayotgan yangi qarorlar, bularning barchasi yurtimizda madaniyat va san'atni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Jumladan yosh avlodni madaniy xordiq chiqarishlari, shuningdek yurtimizda ijodkor yoshlar safini yanada kengaytirishga katta zamin bo'la oladi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq ertaklar, qahramon, bog'cha, san'at, madaniyat, to'garak, ta'lim, pedagog, milliy, qadriyat, an'ana, tarbiy.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Ismanova А.М. Qo'g'irchoq teatrlari orqali maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish. // Inter education & global study. 2024. №5. B.459-468.

ФОРМИРОВАНИЕ ЧЕЛОВЕЧЕСТВЕННОСТИ УЧАЩИХСЯ ШКОЛЬНОЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ЧЕРЕЗ КУКОЛЬНЫЙ ТЕАТР_

© А.М. McMaHOBa1^

1Гocудaрcтвенный институт художественной культуры в Узбекиcтaнa, Тaшкент,

Узбекиcтaн_

Аннoтaция

ВВЕДЕНИЕ: в дaннoй cтaтье нaпиcaнo, что знaчение кукольных теaтрoв вaжнo для того, чтобы молодое поколение, являющееся хoзяевaми будущего, выросло зрелым, всесторонне рaзвитым и человечным. с этой точки зрения большое знaчение в фoрмирoвaнии нрaвcтвенных кaчеcтв у детей имеют тaкже теaтрaльные предcтaвления - кукольные и нacтoльные теaтры.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: был изучен и прoaнaлизирoвaн уровень интереca дошкольников к дaннoй сфере, a тaкже кругов культуры и иcкуccтвa, и гакие виды иcкуccтвa им больше интересны. По этой причине дaннaя CTa^ пoдгoтoвленa с той мыслью, что если пoзнaкoмить детей с рaзными нaпрaвлениями иcкуccтвa и культуры, особенно с кукольными теaтрaми, они взглянут нa будущее совершенно с другой стороны.

ЦЕЛЬ: фoрмирoвaние гумaнных ячеств дошкольников через учреждения иcкуccтвa и культуры.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: нac всех рaдует тот фaкт, что сегодня в региoнaх Узбекиcтaнa организуются кукольные теaтры. Потому что кукольные спеткли положительно влияют нa жизнь детей. Обoгaщaющиеcя современным oбoрудoвaнием и строящиеся зaнoвo кукольные теaтры теперь позволяют детям детcaдoвcкoгo вoзрacтa с интересом смотреть спеткли. Наблюдение у детей зa выступлениями нa живой сцене, a не с помощью рaзличных технических средств, способно вь^ть сильные эмоции и реaкции нa происходящие события, тем caмым oбoгaщaя их творческий мир и о^зышя сильное положительное влияние нa их фoрмирoвaние кaк личности. И это пoбуждaет нac, взрослых, смотреть нa большой мир мaлышей с увaжением и зaбoтoй.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: внимaние, уделяемое гтавой нaшегo гocудaрcтвa сфере иcкуccтвa и культуры, пoдпиcывaемые новые решения, все это служит дaльнейшему рaзвитию культуры и иcкуccтвa в нaшей cтрaне. В чacтнocти, культурно-рaзвлекaтельнaя деятельность молодого поколения может cra^ прекрacнoй плoщaдкoй для рacширения рядов творческой молодежи в нaшей cтрaне.

Ключевые слова: кукольные cкaзки, герой, детский caд, искусство, культурa, круг, oбрaзoвaние, педaгoг, нaциoнaльнocть, ценности, трaдиции, вocпитaние.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ^учно-теоретический и методический журнaл Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Иcмaнoвa А.М. Фoрмирoвaние человечественности учaщихcя школьной oбрaзoвaтельнoй oргaнизaции через кукольный теaтр. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 459-468.

FORMАTЮN OF HUMАNITY CHАRАCTERS OF SCHOOL EDUCАTIONАL

ORGАNIZАTЮN STUDENTS THROUGH PUPPET THEАTER_

© Azizakhon M. Ismanova1H

1 State Art and Culture Institute of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in this article, it is written that the importance of puppet theaters is important in making the young generation, who are the owners of the future, grow up to be mature and well-rounded and humane. From this point of view, theatrical performances -puppet theaters and table theaters are also very important in the formation of moral qualities in children.

MАTERIАLS АND METHODS: it was studied and analyzed the level of interest of preschoolers in this field, as well as culture and art circles, and what types of art they are more interested in. For this reason, this article was prepared with the idea that if children are introduced to different directions of art and culture, especially puppet theaters, they will look at the future from a completely different perspective.

АМ: formation of humanistic qualities of preschoolers through art and culture institutions.

DISCUSSION АND RESULTS: the fact that puppet theaters are being organized in the regions of Uzbekistan today makes us all happy. Because puppet shows have a positive impact on children's lives. Puppet theaters, which are enriched with modern facilities and are being built anew, now allow children of kindergarten age to watch the performances with interest. Children's observation of performances on a live stage, not through various technical means, can arouse strong emotions and reactions to the happening events, thereby enriching their creative world and having a strong positive effect on their formation as individuals. And it encourages us adults to look at the big world of little ones with respect and care.

CONCLUSION: the attention paid by the head of our state to the sphere of art and culture, the new decisions being signed, all this serves to further develop culture and art in our country. In particular, cultural entertainment of the young generation can be a great ground for expanding the ranks of creative youth in our country.

Key words: puppet fairy tales, hero, kindergarten, art, culture, circle, education, teacher, nationality, values, traditions, upbringing

For citation: Azizakhon M. Ismanova. (2024) 'Formation of humanity characters of school educational organization students through puppet theater', Inter education & global study, (5), pp. 459-468. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb vazifalar bugungi kunda ustuvor maqsadlardan biridir.

Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish jumladan, bolalarni murg'aklik davridan boshlab san'at va madaniyatga qiziqtirish lozimligini ham alohida ta'kidlash lozim.

Aholi, ayniqsa, yosh avlodning san'atning turli yo'nalishlari bo'yicha maxsus to'garaklarda qatnashish, qo'shiq kuylash, musiqa tinglash, raqs, estrada, opera, cholg'u ijrochiligi hamda qo'g'irchoq teatrlari orqali yosh avlodni Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli san'atsevar bolalarni saralab olish ishlarini tizimli tashkil etish, san'at va madaniyat masalalarini yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Bolalarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda oila va maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan bir qatorda madaniyat muassasalarining o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolalar maktabgacha yoshdan boshlab san'atga oshno etib tarbiyalanishi natijasida ota-onaga mehribon, Vatan va xalqiga sodiq inson bo'lib yetishadi, yurtiga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, yurtimizni har tomonlama ravnaq topishida o'zining munosib hissasini qo'shadigan bo'lib voyaga yetadi.

O'zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari

va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PF-79-sonli farmoni qabul qilindi.

Yosh avlodga mustaqillik mafkurasini singdirish, ongi va qalbini ezgulik hislariga to'ldirish, ularni barkamol, vatanparvar shaxslar qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha bo'lgan davr bolalarning bilim olishga intilishi kuchli bo'lgan, taqlid hissi rivojlangan davrdir. Ularning barkamol shaxs bo'lib yetishishida maktabgacha ta'lim muassasalari va tarbiyachi-pedagoglarning o'rni muhimdir.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Shuningdek Imamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Uning samarali rivoji uzluksiz ravishda ta'lim sohasiga singib borayotgan islohotlarda ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu kabi islohotlardan ko'zda tutilgan maqsad yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhdagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, o'quv-bilim faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir.

Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma'naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta'lim tizimining ilk bo'g'ini sifatida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga har tomonlama e'tibor berish zaruratini kun tartibiga olib chiqadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishini ko'p qirrali deb hisoblash mumkin. Shu jihatdan olib qaralganda, bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda teatrlashtirilgan tomoshalar - qo'g'irchoq, stol teatrlari ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Teatrlashtirilgan tomoshalar bolalar bilan bevosita muloqotda bo'lish, ularning "tili"da fikr almashish, maxsus ifoda vositalariga egaligi, bolalarni ishontirish, voqea-hodisalarga nisbatan his-tuyg'ularini bildira olish hususiyatiga ko'ra pedagogik ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyalashda teatrlashtirilgan tomoshalar bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratish bilan yanada ahamiyatli bo'lishi bilan birgalikda bolalarni milliy ma'daniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, ularni rivojlantirish asosiy maqsadlardan biridir.

Bolaga maktabgacha yoshida berilgan bilim uning butun hayoti davomida yetakchi o'rinni egallaydi. Bu hayotiy zaruriyat "Ilk qadam" davlat dasturining asosini tashkil etadi. Jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar ko'lami, rivojlanib borayotgan fan-texnika taraqqiyoti asrida ota-onalar farzandlariga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, ularning yoshiga munosib va o'ziga xos hususiyatlarni inobatga olgan holda kerakli ta'lim-tarbiyani berib borish, ma'naviyati yuksak, har tomonlama yetuk inson qilib voyaga yetkazish lozimligini tobora anglab yetmoqdalar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak atrofni o'rganishdagi bog'lanishli nutqini rivojlantirish, aqliy rivojlanish hususiyatlari, bolalarning harakat salohiyatini maqsadli rivojlantirish texnologiyasi, bolalarning tasviriy savodxonlik, ekologik tushunchalarini shakllantirish, teatr masalalari, talabalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga estetik tarbiya berishga tayyorlash, bo'lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish, bolalarni milliy qadriyatlar asosida ahloqiy tarbiyalash biz pedagoglarning asosiy vazifamizdir. Bunda stol teatri, qo'g'irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhitga bo'lgan munosabati, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu hodisalarni tushunish, go'zallikni ko'ra bilish va his etishga mas'uliyat hissi oshadi.

Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asari asosida ishlangan o'zbek filmi barchamizga ma'lum. Filmni Takror, qariyb bir necha yillardan buyon tomosha qilib kelar ekanmiz, bu borada qo'g'irchoq tomoshasi aks etgan kichik epizodni eslatib o'tmoqchimiz. Ha, o'sha epizod ko'z oldingizda gavdalandi. Aytmoqchimizki, qo'g'irchoqbozlar tomosha bahona qo'g'irchoq vositasida elu-yurtga ozor bergan, g'am-kulfat keltirgan zamon zo'ravonlarini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tanqid qilish, turmushdagi ayrim qoloqliklar, nopokliklar, ziddiyat va egriliklar ustidan kulishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar. Bu esa o'z navbatida oddiy xalq uchun zarur bo'lgan katta ijtimoiy vazifani o'taydi. Qo'g'irchoq o'ynatuvchilarning maqsadi qanchalik xolis, samimiy va yuksak bo'lmasin, jamiyatda qo'g'irchoqbozlar past tabaqa hisoblangan. Ayrim hollarda, hatto, tahqirlangan. M.Qodirovning fikricha, "Ulamolar qo'g'irchoq teatrini "shayton ishi", qo'g'irchoqbozni shakkok va diyonatsiz, degan uydirma gaplarni tarqatib kelishgan. O'tmishda qo'g'irchoq teatriga olimlarimizning yetarli e'tibor bermaganliklarining boisi ham shunda".1

Maktabgacha yoshdagi bolalarda teatrlashtirilgan tomoshalar (stol va qo'g'irchoq teatrlari) vositasida ahloqiy sifatlarni shakllantirishda qo'g'irchoqlarning xatti-harakatlariga munosabat bildirish, bolalarda teatr ko'rish odobi hamda go'zallikni ko'ra bilish hissini uyg'otuvchi samarali ishlar amalga oshiriladi.

Hattoki, tili endigina chiqib, so'zlarni buzib gapirayotgan bolajonlar tarbiyasida ham teatrlashtirilgan tomoshalarning o'rni beqiyosdir. Chunki olalar oddiygina salomlashish, xayrlashish odobini teatr qahramonlaridan o'rganishlari ehtimoldan xoli emas. Teatrlashtirilgan tomoshalar (qo'g'irchoq teatrlari) dunyoning ko'plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan ma'lum. Ular jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo'g'irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, hajmda, o'ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan.

Shulardan qo'g'irchoq teatrining to'rt turini alohida ajratib ko'rsatish mumkin: qo'lga kiyib o'ynatiladigan qo'g'irchoqlar; soyali qo'g'irchoqlar; ip bilan boshqariladigan qo'g'irchoqlar; aktyori ko'rinadigan qo'g'irchoqlar.

Har bir teatr turidagi tomoshalarda sahna bezaklari, ulardagi xilma - hil ranglar va albatta undagi qahramonlar bola tafakkurini shakllantiribgina qolmay, uning dunyoqarashini o'zgartirib, go'zallikka intilishi, fikrlash doirasining kengayishiga yordam beradi.

Umar Hayyom esa o'z ruboiylarida ilm-ma'rifat, aqlu-zakovatni ulug'laydi. Qabohat, razolatni qattiq qoralaydi. Bundan tashqari Umar Hayyomning lu'batbozlik xususidagi ruboiysida "dastlab diniy ruhdagi masnaviy beriladi, shundan so'ng qo'g'irchoq teatrining ikki turi, ularning mazmuni qurilishi bayon qilinadi qo'g'irchoqboz kabi dil iplarini harakatga keltirmas ekan, inson harakatga kelmaydi deb, yana shu manodagi bir bayt bilan yakun yasaladi"2

Tomosha qiluvchilar sahna ro'parasida o'tirib, ekranda yorug'lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin. Soya teatr uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o'zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarning boshlari, dumlarini qimirlatadigan qilishni o'rgatish kerak. Buning uchun tarbiyachi yordamida detallar simlar bilan biriktirilib, spiral holatda aylantirib qo'yiladi. Yillar o'tib iplar yordamida harakatlanadigan qo'g'irchoqlar urf bo'lib borgan. Teatrning bu turida

1 Крдиров M., K1одировa С. КУ^ирчок, теaтри тaриxи. -Т.: Тaлк,ин. 2006. 6-бет

2 Кодиров M., Kодировa С. КУ^ирчок, теaтри тaриxи. -Т.: Тaлк,ин. 2006. 26-бет.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ko'proq xalq mifologiyasi yoritib berilgan. Hozirgacha yetib kelgan ipli qo'g'irchoq tomoshasida dev, yalmog'iz kabi qadimiy obrazlarni ko'rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan teatr turlaridan tubdan farq qiluvchi yana bir teatr turi bu aktyori ko'rinadigan qo'g'irchoq teatridir.

Teatrlashtirilgan tomoshalar - qo'g'irchoq, stol teatrlari haqida fikr yuritilar ekan, shu o'rinda qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo'lgan teatr san'ati xususida so'z borar ekan, buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiyning "Teatr - bu ibratxonadur", deb aytgan fikrini eslash o'rinlidir. Bizning milliy teatr san'atimiz tarixan juda katta yo'lni bosib o'tgan bo'lib, uning qadimiy ildizlari xalq o'yin va tomoshalariga borib bog'lanadi». Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etish bolalarni Vatanni sevishga, ularning ijtimoiy hissiy rivojlanishlariga, dunyoqarashlarining kengayishiga, axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyachilar bolalarni erkin ishlatishlari ya'ni, turli ertak qahramonlari timsolida teatrlashtirilgan tomoshalarni o'zlariga rol berib, ahloqiy yo'naltirib va albatta rag'batlantirib borishlari zarur. Buning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida teatrlashgan tomoshalar uchun kerakli jihozlar, qahramonlar kiyimlari va kichik bo'lsa ham sahna bo'lishi kerak. Bunday tomoshalarni tashkil etish bolalarni xotirasi rivojlanishida ham yaxshi samara beradi.

Ayniqsa, ular qiziqib tinglaydigan yoki tomosha qiladigan qahramonlar rollarini jonu dillari bilan ijro etishadi va matnlarini ham tezda yodlashadi. Bolalarning bir-birlariga bo'lgan ishonchi, katta-kichikni hurmat qilishi, do'stlikka bo'lgan sadoqatini mustahkamlaydi. Shulardan o'zbek an'anaviy teatrlashtirilgan tomoshalari qahramonlaridan biri "Kachal polvon" hisoblanadi. Kachal polvon qo'g'irchog'i, asosan, qo'lga kiyib o'ynatilgan. Uning bosh qismi yog'ochdan yasalgan bo'lib, egnida ko'ylak, chopon, boshida do'ppi, tashqi ko'rinishi qirra burun, qalin qoshli bo'lgan. U oddiy xalq vakili sifatida tomoshalarda qatnashgan. Ushbu tomoshalar XIV asrdan boshlab xalqning e'tiboriga tushgan. Manbalarda keltirilishicha, Bizgacha turli ko'rinishlarda Kachal polvon sarguzashtlari, komediyalari yetib kelgan. U hamisha hushchaqchaq holda hayotida uchragan to'siqlarni yengib o'tgan, yomon amaldor va sudxo'rlarni fosh etgan, adolat va rostgo'ylarni himoya qilgan.

Keyingi yarim asrdan ortiq davr ichida xalq teatrlari yangicha mazmun va shakllarda rivojlandi hamda professional teatrlar paydo bo'ldi. Masharaboz-qiziqchilar, dorbozlar sirkning yaratilishida, qo'g'irchoq o'yinlari, ashulachi va raqqoslar yangi dramatik teatrlar paydo bo'lishiga zamin yaratdi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda taqlid hissi yuqori darajada rivojlangan bo'ladi. Shuning uchun ham bolalarga mo'ljallangan teatrlashtirilgan tomoshalar qahramonlarini to'g'ri tanlay bilish, ularning kiyinishi, bir-birlari bilan so'zlashishlari, odob-axloqiga alohida e'tibor berilishi lozim.

Shunday ekan, salbiy rolda o'ynayotgan qahramonlarimizni ham bolalar ongiga yomon ta'sir etmaydigan qilib, aksincha bunday obrazlar oqibati yomonlikka olib kelishi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

haqida tushuntira olishimiz zarur. Shundan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim muasssasalarida katta yoshdagi bolalar bilan hamkorlikda qo'l mehnatidan foydalangan holda, o'zlari teatr qahramonlarini yaratishsa ularning estetik didi va shu bilan bir qatorda qo'l motorikalari ham rivojlanib boradi. O'zlari yaratgan qahramonlar yordamida do'stlari yoki o'zlaridan kichik guruh bolalari uchun milliy urf-odatlarimizdan kelib chiqib kichik sahna ko'rinishlarini tashkil qilishsa yanada bola rivojlanishiga ta'sir etadi. Ularning nutqi rivojlanadi, fikrlash qobiliyatlari kengayadi.

Bolalarga qo'g'irchoq teatri tomoshalarini ko'rsatish, ularning ongiga milliy urf-odatlarimiz, an'analarimizni singdirish, shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash, tevarak-atrofda bo'layotgan voqea-hodisalar, o'zining odobidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tabiatni asrab-avaylash, unga mehr uyg'otishda yordam beradi. Milliy iftixorimiz hazrati Alisher Navoiy asarlarini o'qir ekanmiz, unda Navoiy o'z zamonasidagi ayrim xodisalar haqida, axloq, odob, tarbiya, hulq-atvor, odamgarchilik, yaxshilik to'g'risida fikr yuritar ekan, ba'zan san'at olamidan olingan ajoyib o'xshatishlarni ishlatgan.

Kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarni ertangi kuni qanday bo'lishi, ko'p jihatdan ularni bugun qanday ta'lim-tarbiya olaètganiga, u yashaètgan, nafas olaètgan ijtimoiy muhitga bog'liq. Shu jihatdan olib qaralganda, bugun ustoz, murabbiy, ota-ona, tarbiyachi va keng jamoatchilik bolaning ertangi kuni uchun birdek mas'uldir. Shu o'rinda xorij olimasi Hillari Rodem Klintonning quyidagi fikrini keltirib o'tish g'oyat o'rinlidir: "...aksariyat bolalar bog'chaga boradigan èshga yetganlarida, ular miyasining arxitekturasi qurilib bo'lgan bo'ladi. Shu vaqtdan balog'atga yetgunga qadar miya 22 ishtièqi sust o'rganuvchiga aylanib qoladi, ammo ba'zan keyinchalik ham "bolalik g'ayrati" ning qayta tiklanish hollari uchraydi. Ammo u dunèni qaytib hech qachon haètining dastlabki bir-ikki yilidagi kabi shiddat bilan o'rgana olmaydi"3

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ongida yuksak axloqiy-estetik sifatlarning shakllanishida oila a'zolari va tarbiyachilarning faoliyati alohida ahamiyatga ega. Zero, oila a'zolari, tarbiyachi va bola o'rtasida sofdillik, xushmuomalalik, kamtarlik, o'zaro hurmat bir so'z bilan aytganda samimiy munosabat kabi hislatlar mavjud bo'lsa, bu ibratli axloqiy-estetik sifatlar bolalarga ijobiy ta'sir etadi. Bola o'z oilasida, atrofida ko'rgan xatti-harakatlardan to'g'ri xulosa chiqarib, o'z yaqinlarini hurmat qilish va o'z burchini vijdonan bajarishga intila boradi. Axloqiy-estetik sifatlar keng ma'noli tushuncha bo'lib, uning zamiriga tabiat, ijtimoiy hayot, turmush va san'atga munosabatni tarbiyalash yotadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni Ona vatanga muhabbat, atrofdagilarga mehribonlik, rahmdillik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, xulq-atvor sifatlarini o'z ichiga oladi. Bolalarni go'zallikni idrok etish orqali tarbiyalab borilar ekan, asta-sekin ularda o'zgalarning xursandchiliklariga sherik bo'lish, hamdardlik bildirish, qayg'urish kabi xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O'zbek xalqida "Qush uyasida ko'rganini

3 ^иллaри Родэм Клинтон. Бир болara етти мa^aллa отa-онa Ba болaлaр бизга берaèтraн бошкэ габок^р. (Инr.тилидaн тaржимa). -Т.: Узбекистон.1997. -67 б.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qiladi", degan naql bor. Bundan ko'rinadiki, farzandlarimizning xushmuomala, saxiy va hurmatga loyiq kishi bo'lib yetishishini istasak, biz ularga beraètgan tarbiya aynan shu xislatlarni o'zida mujassam etishi lozim. Agar biz farzandlarimizning tevarak-atrof va borliq haqida ko'p narsani bilishga qiziquvchi, mustaqil fikrlovchi inson bo'lib yetishishini istasak, ularga ta'lim-tarbiya bera boshlagan ilk kunlarimizdanoq o'zimizning bunday xususiyatlarimizni ularga ko'rsata olish darajasida ibrat-namuna bo'lishimiz lozim.4

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishda bolalar ijodiy mehnatini tashkil etish, qo'g'irchoq o'yinlarida bolalarning rol ijro etishlarini ta'minlash bu sohada kutilgan samaradorlikka erishish imkonini beradi. Qo'g'irchoq teatrida bevosita o'zi ishtirok etishi natijasida ancha mustahkam odatlar hosil bo'ladi. U tengqurlari bilan muloqotda bo'lishga intilishga, birgalikdagi faoliyatga ehtiyoj sezadi hamda xatti-harakatning ko'pgina qoidalarini o'zlashtiradi. Tarbiyachi kelajak poydevori bo'lgan yosh avlodning axloqiy-estetik sifatlarni shaklantirish, ularni har tomonlama ma'naviy yetuk inson qilib tarbiyalashdek muhim va mas'uliyatli vazifani bajarar ekan, avvalo uning o'zi tarbiyalangan bo'lishi, yuksak odob-axloqqa ega bo'lishi, bolalarni tarbiyalash sifati uchun jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini chuqur anglashi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga o'zbek xalq madaniy merosi - xalq og'zaki ijodi, hikoya va ertaklardagi bosh asosiy g'oyani singdirish, ularning qo'g'irchoq teatriga, san'atga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va shu orqali ularda Vatanga muhabbat, o'tmish tariximizga hurmat, xalqqa sadoqat, do'stga vafo, ota-onaga g'amxo'rlik tuyg'ularini singdirish muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari sharoitida ma'lum yo'nalishlarda qo'g'irchoq teatrlarining keng yo'lga qo'yilishi, qo'g'irchoq o'yinlardan mashg'ulotlar jarayonida samarali foydalanish, bu borada mavjud qo'g'irchoq teatrlari bilan hamkorlik o'rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish jarayonini yanada takomillashtirish, ularning milliy kadriyatlar, an'analarimiz haqida yanada teran mushohada yuritishlari maqsadida turli ertaklar, hikoyalar o'qib berish, asar qahramonlari orqali ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish samarali natija beradi.

Zero, oila, tarbiyachi va bola o'rtasida sofdillik, hushmuomalalik, kamtarlik, o'zaro hurmat bir so'z bilan aytganda samimiy munosabat kabi hislatlar mavjud bo'lsa, bu ibratli ahloqiy sifatlar bolalarga ijobiy ta'sir etadi. Bola o'z yaqinlarini hurmat qilish va o'z burchini vijdonan bajarishga intila boradi.

Bolalarda ahloqiy sifatlarni shakllantirish jarayonini yanada takomillashtirish, ularning milliy qadriyatlar, an'analarimiz haqida yanada teran mushohada yuritishlari maqsadida turli ertaklar, hikoyalar o'qib berish, asar qahramonlari orqali ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish samarali natija beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

4 Зулфизар Aзизoвa.Maктaбгaчa катта ёшдаги болаларда ку^рчок, театри воситасида ахлокий-эстетик сифатларни шакллантириш. 2010

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi".

2. Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. -T.: Talqin. 2006.

3. Hillari Rodem Klinton. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona va bolalar bizga berayotgan boshqa saboqlar. (Ing.tilidan tarjima). -T.: O'zbekiston.1997.

4. Zulfizar Azizova. "Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo'g'irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish".-T.: 2010.

5. Madaniyat. Ma'rifat. Ma'naviyat. Rahimbergan Sapayev nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2019.

6. "Xalq so'zi" gazetasi. Toshkent - 2017 yil.

7. "Umumiy psixologiya". E.G'oziyev.Toshkent - 2002 yil.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi".Toshkent "Ilm Ziyo" 2011 yil.

9. www.lex.uz

10. www.ziyonet.uz

11. www.google.uz

12. www.gazeta.uz

13. www.madaniyat.uz

I^LUF XАQIDА MА'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [АUTHORS INFO]

HIsmanova Аzizаxon Maxammadali qizi, mustaqil izlanuvchi [Исманова Азизахон Махаммадалиевна, сoискaтель], [Аzizakhon M. Ismanova. the

applicant]; мaнзил: Узбекистан Республикaси Тошкент шaхaр Мирзо Улугбек тум^ни, Пaркент ^aw 11-уй. [aдрес: Республики Узбекистaн, Тaшкент, Мирзо Улугбек, ули^ Пaркент дом-11]; [address, Republic of Uzbekistan, Tashkent city, Mirzo Ulugbek district, Parkent street 11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.