Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING YARATILISH TARIXI'

O‘ZBEKISTONDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING YARATILISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
608
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq qo'g'irchoq teatri / qo'g'irchoqbozlar / masxarabozlar. qo'g'irchoq teatri va zamonaviylik / teatrning namoyish usullari. / folk puppet theater / puppeteers / clowns. Puppet theater and modernity. Theater performance methods.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nazarova D.

O'rta Osiyoda qo'g'irchoq teatri tarixi va rivojlanish bosqichlari, ijro yo'llari haqida ma'lumot beriladi. Qo'girchoq teatri uchun tanlangan mavzular tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF CREATION OF PUPPET THEATER IN UZBEKISTAN

Information is given about the history and stages of development of the puppet theater in Central Asia, methods of performance. An analysis of selected topics for the puppet theater is presented.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING YARATILISH TARIXI»

Nazarova D. "Maktabgacha, boshlang'ich ta'lim va texnologiya" kafedrasi assistenti

SamDU

O'ZBEKISTONDA QO'G'IRCHOQ TEATRINING YARATILISH

TARIXI

Annotatsiya. O'rta Osiyoda qo'g'irchoq teatri tarixi va rivojlanish bosqichlari, ijro yo'llari haqida ma'lumot beriladi. Qo'girchoq teatri uchun tanlangan mavzular tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: xalq qo'g'irchoq teatri, qo'g'irchoqbozlar, masxarabozlar. qo'g'irchoq teatri va zamonaviylik, teatrning namoyish usullari.

Nazarova D. assistant

department "Preschool, primary education and technology"

Samarkand State University

HISTORY OF CREATION OF PUPPET THEATER IN UZBEKISTAN

Abstract. Information is given about the history and stages of development of the puppet theater in Central Asia, methods of performance. An analysis of selected topics for the puppet theater is presented.

Key words: folk puppet theater, puppeteers, clowns. Puppet theater and modernity. Theater performance methods.

O'zbek xalqining bolalar tarbiyasi bilanbog'liq sharqona, o'ziga xos ananalari olis moziyga borib taqaladi. Bu fikrlami tasdiqlovchi allomalarimizning bolalar tarbiyasiga oid hikmatlari, afsona-yu, rivoyatlari, qolaversa, xalqimiz tomonidan to'qilgan turli mavzudagi ertaklari, topishmoqlari, sher-u baytlari tasdiqlaydi.

Eng muhumi, avlodlarimizning bolalarga atalgan adabiy merosida milliy ruh, umuminsoniy qadriyatlar, ma'naviy-ahloqiy g'oyalar ustuvor ekanligi ko'zga yaqqol tashlanadi.

O'tmishimizning qadim tarixiga nazar solar ekanmiz, kattalar tamonidan tashkil etilgan yil fasllariva turli marosimlarga bag'ishlangantamosha-o'yinlar, bayramlar va bularga bag'ishlangan turlo tadbirlarning kichik tomoshabinlarining asosini Bolalar tashkil etgan. Ular kattalarga nisbatan o'zgacha qiziqish bilan qiziqchi masxarabozlarning harakatlarini, kulguli so'z va iboralarini diqqat bilan kuzatganlar, askiyachilarning so'z o'yinlarini maroq bilan tinglaganlar. Ayniqsa, qo'g'irchoqbozlarning ko'rsatgan tomoshalari ularning sevimli, maroqli va zavqli tomosholari sanalgan.

Bolalarning ilk tomosha ko'rinishlarini tashkil etgan qo'g'irchoq teatri tarixini ilmiy tadqiq qilgan olimlardan biri, Muhsin Qodirov o'zining "Qo'g'irchoq teatri" va "O'zbek xalq tomosha san'ati" kitoblarida atroflicha ma'lumotlar keltiradi. Ayniqsa olimning quyida keltirgan ma'lumotlari diqqatga sazovardir. "Bizda-deb yozadi M. Qodirov - "Qo'g'rchoq o'yin" deb boshqariladigan va soyasi tushiriladigan turlari o'tmishda keng tarqalgan. Ular "Chodir jamol", "chodir xayol" va "Fonus xayol" deb atalgan. "Chodir xayol" teatri "Chodir jamol"ga nisbatan ancha murakkab va mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda, kechqurunlari ko'rsatilgani, shu'la va shovqindan foydalanilgani tufayli qora pardalar ichidagi qo'g'irchoqlarning iplari ko'rinmay, xuddi qo'g'irchoqlarning o'zlari harakat qilayotgandek tabiiy va ajab manzara hosil qilgan. Har bir mohir qo'g'rchqboz ayni vaqtda iplar yordamida 8-10 qo'g'irchoqni harakatga keltira olgan. "Qo'l qo'g'irchoq" teatrida bir tomosha ko'pi bilan o'n qo'g'irchoq ishtirok etgan bo'lsa, "Chodir xayol" da bir yo'la ellikdan ortiq qo'g'rchoq o'ynagan. Bu teatrlarda musiqa badiiy bezak sifatida, ko'proq qaxramonlar xolatini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo'g'irchoqboz - sozandalar qo'g'irchoq o'yinlar uchun maxsus "Ufor", "Miyonxona", "Charx", "Duchava parron", "Chag'olloq", "Ot eroniy", "Qum pishig'i", "To'rg'ay chirillama" kabi bir qancha ajoyib kuylar yaratganlar"1

Qo'g'irchoqbozlar tomonidan yaratilgan, qiziqrli lavhalar ular ijrosida an'anaviy xalq teatri, tomoshalari avloddan-avlodga og'zaki ravishda o'tib kelgan badiiy ijodning maxsus turini tashkil qiladi.

Qo'g'irchoq o'yinlarida asosan badiiy so'z, turli shakllarda, harakatlari, kulguli qiyofalari katta yoshdagi tomoshabinlar bilan bir qatorda bolalarning diqqat e'tiborlarini tortgan. Qo'g'irchoqbozlar xalq teatrlarining aktyorlari bo'lib, ular qiziqchi va masxarabozlarning turmush sharoiti taqozosi bilan tomosha san'atining bir necha turidan yaxshigina xabardor bo'ganlar. Chunonchi, nayrangbozning dor ustida o'ynashi, darbozning karnay, sunray chalishi, surnaychining qo'g'irch o'ynashi, qo'g'irchoqbozning yo'g'och oyoqda yurishi kabilar bir xol bo'lgan. Shuninhgdek, yaxshi masxaraboz va qiziqchi xalq tadbirlarida soz chalishi raqsga tushushi, xofizlik qilishi, ko'z bo'g'lovchi bo'lib, o'mbaloq oshishi, qo'g'irchoq, qo'g'rchoqlarni o'ynatishi mumkin. Ammo, san'atkorlarning o'zi tanlagan, sevgan ijro usullariga ega bo'lgan sohasini tomoshabinlarga namoyish qilishga intilganlar.

Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, uzoq zamonlardan buyon xalq teatrining qiziqchi va masxarabozlar hamda qo'g'irchoqbozlar teatri kabi ikki turi mavjud bo'lgan. Aslida, har ikkala tur ham halqni o'z nutqi, hatti-harakati bilan odamlarni kuldirib ularga xursandchilik ulashishdan iborat bo'lib, asosan haqiqiy tomoshabin sifatida bolalar ham maroq bilan tomosho qilganlar. Mazkur xalq teatrlarining maxsus faoliyat olib boradigan maskanlari bo'lmay, balki ko'chma, yurtma-yurt yurib yo'l-yo'lakay tomosho ko'rsatib keteverganlar. Keyinchalik, XIX asrning 70 yillaridan boshlab to 1917 yiliga qadar yurtimizda rus ziyolilari kelib, Turkistonning tarixini madaniyatini o'rganadilar va turli muassasalar,

bosmaxona va matbuotni tashkil qilish barobarida ilk teatrga ham asos soadilar. Natijada, 1913-yilda Toshkentda 2000 o'rinli Kolizey nomli teatr o'z faoliyatini boshladi. Yevropacha uslubidagi miliy teatr dramaturgiyaga asos solina boshladi. Bu o'rinda ma'rifatparvarlardan Mxmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalar teatr uchun asarlar yozib sahnalashtira boshladilar. Shorolar davriga kelib yanada takomillashib bordi va bir necha teatrlar maydoncha qildi. "Respublika qo'g'irchoq teatri" "Katta Ivan" spektakli premyerasi bilan 1939 yil 25 dekabrda ochilgan. Mazkur spektakl I. Liozin va N.Raximov tomonidan sahnalashtirilgan. Teatr 1999 yilda Mexikoda "Buyuk mahorati va yosh avlodni estetik tarbiyalashdagi xizmatlari uchun" Xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan. Teatrning yana bir spektakli "Va yana Andersen" ham katta yutuqlarga erishgan. Mazkur spektakl 2003 yilda S. Obrasov nomidagi ikkinchi Xalqaro festivalga taklif qilinadi va Moskvadagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng Krasnodardagi "Art-Vizit" oltinchi Xalqaro festivaliga tanlab olindi. 2004 yilda Krasnodar qo'g'irchoq teatrlar festivalining ochilishi "Va yana Andersen" spektakli bilan boshlab berildi. Spektaklning bu festivaldagi ishtiroki esa "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi qo'llab-quvvatlashi natijasida amalga oshdi.

Qo'g'irchoq teatri — teatr san'ati turi, Chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qo'g'irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib ko'rsatiladigan qo'g'irchoqlar tomoshasi. Qo'g'irchoqlarning turi (to'la, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qo'lga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va mexanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam bo'yidan ham yuqori qo'girchoqlar) bilan bog'liq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milliy an'analar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Qo'g'irchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga ta'sir ko'rsatadi. Inson xarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy bo'rttirma Qo'g'irchoq teatrida satirik hamda qahramonlik yo'nalishlar qaror topishini ta'minlagan. Qo'g'irchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, Goratsiy, Avreliy ma'lumotlari bo'yicha 5—6-asrlardayoq qo'g'irchoq teatri paydo bo'lgan. Sharqda qo'g'irchoq teatrning barcha shakllari mavjud bo'lgan, biroq shundan soya teatri (O'zbekiston hududida «Fonus xayol» deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11—12-asrlarda simlar bilan boshqariladigan qo'girchoq tomoshalari bo'lgan. Sharqda hamon qo'g'irchoq teatrining an'anaviy turlari va shakllari yashab keladi. G'arb mamlakatlarida esa 19-asrning o'rtalaridan boshlab xalq qo'g'irchoq teatri inqirozga uchrab, uning o'rnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim professional truppalar maydonga kela boshladi. 20-asrning boshida Rossiyadagi xalq qo'g'irchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning an'analari, tajribasi yangi shakldagi qo'g'rchoq teatrining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1924 yilda Ye. S. Demmeni rahbarligidagi Leningrad qo'g'irchoq teatri,

1931 yilda S. V. Obrasov rahbarligidagi Markaziy qo'g'irchoq teatri tashkil qilindi.

O'zbekistonda qo'g'irchoq teatri o'tmishda taraqqiy etgan bo'lib, uning «chodir xayol», «chodir jamol», «fonus xayol» turlari faoliyat ko'rsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham xalq qo'g'irchoqbozlarining 40 ga yaqin to'dasi (har to'dada qo'g'irchoqboz, korfarmon, 2—3 sozanda bo'lgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Qo'g'irchoq teatri havaskorligi 20-a. ning boshlaridan boshlangan. 1939 y. Toshkentda Respublika qo'g'irchoq teatri, 1968 y. Andijonda «Lola» teatri tashkil topdi. O'zbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va ko'plab havaskor qo'g'irchoqteatrlari faoliyat ko'rsatadi (2005).

Samarqandda Quli bobo Novvotov ijrosida yozib olingan " Kachal polvon sarguzashtlari" komediyasida uch sahna mavjud. Sahnalardan birida Polvon Kachalning boshqa bir ayol deb o'z xotiniga ro'para bo'lishi ko'rsatiladi. Ikkinchi sahnada Kachal polvon Korfarmonga ovchi kuchuk sovg'a qilib olib kelganini aytadi. Voqyea davomida o'sha it polvonni tishlaydi, Korfarmon zo'r-bazor uni ajratib oladi. Uchinchi sahnada esa sutxo'r boy bilan Kachal polvon to'qnashuvi ko'rsatiladi. Sutho'r qarzini talab qiladi. BechoraKachal polvonning o'n baravar ko'paygan qarzini to'lashga imkoniyati yo'q. Ikki o'rtada rosa jang bo'ladi. Bizga yetib kelgan sahnalardan birida eski zamonda bozor nazoratchisi bo'lgan raisning ikkiyuzlamachiligi, poraxo'rligi fosh qilinadi. Juldur kiyingan poyaki bozorda keng zardo'z to'n kiyib, katta salla o'rab, tasbeh ushlab olgan raisga chilimini tutadi. Rais avval: "Shariat bunga yo'l bermaydi", deb olmaydi, keyin u yon - bu yonga olazarak bo'lib chilimni oladi-da, rosa tortadi va poyakiga qaytib berib indamay ketaveradi. Poyaki uni to'xtatib, haq talab qilganida, raisni jahli chiqadi va uni jazolashga shaylanadi, poyaki bechora pora cho'zib kaltakdan qutulib qoladi. Bulardan tashqari, "Ajdarhoning hoji kampirni yutishi", "Oyimxola bilan uning kuchugi Qoravoy", "Ikki masxaraboz", "Maymun o'yin", "Toshboz", "Tergovchi" kabi sahnalar ham ko'rsatilgan. "Chodir jamol" tomoshalari Kachal polvon sarguzashtlari qissasini bayon qilgani, har epizodning tugal bir voqeadan tashkil topishi o'ziga hos kompozitsiyani yuzaga keltirgan bo'lib, u yangi epizodlar kiritish yoki sharoitga qarab bir an'anaviy epizod o'rniga boshqasini ko'rsatishga keng yo'l ochgan. "Chodir xayol" teatri "Chodir jamol" ga nisbatan ancha murakkab va mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda, kechqurunlari ko'rsatilgani, shu'la va shovqindan foydalanilgani tufayli qora pardalar ichidagi qo'g'irchoqlarning iplari ko'rinmay, xuddi qo'g'irchoqlarning o'zlari harakat qilayotganday tabiiy chiqqan. Har bir mohir qo'g'irchoqboz ayni vaqtda ishlar yordamida 8-10 qo'g'irchoqni harakatga keltira olgan.

"Qo'l qo'g'irchoq" teatrida bir tomoshada ko'pi bilan o'n qo'g'irchoq ishtirok etgan bo'lsa, "Chodir xayol" da bir yo'la ellikdan ortiq qo'g'irchoq o'ynagan. "Chodir xayol" qo'g'irchoqlari kattaroq qilib yasalgan, qo'1-oyoqlari bo'lgan. Bizga ma'lum qo'g'irchoqlar orasida Ernazar maymunchi, Toshpo'lat dorboz, Orif jarchi, Oysha xotin olmaboz, Xitoy tabib, Yo'ldosh yasavul, Saydulla yuzboshi,

farrosh, otashxo'r, toshboz, to'pchi, yallachi kabi personajlar, laylak, maymun, eshshak ajdar kabi mahluqlar va hayvonlar qiyofasi uchraydi.

Jumladan, bolalar uchun alohida qo'girchoq teatrlarini tashkil etish maqsadida mutaxassislar tayyorlash asosida Teatr va rassomchilik institutida maxsus fakultet va kafedralar tashkil etiladi va yosh tomoshabinlar teatri bilan bir qatorda kichkintoylar uchun qo'g'irchoq teatri ham tashkil etildi. Hozirda, yurtimizda uchta qo'g'irchoq teatri faoliyat olib bormoqda. Mazkur teatrlarning asosiy maqsadi, bolalarni teatr san'atiga qiziqish uyg'otish bilan bir qatorda ularning estetik va madaniy didlarini shakllantirishga qaratilgan. Zero, teatr olami sehrli maskan bo'lib, unda Bolalar go'zallikni, odob-axloqni anglaydilar va saboq oladilar.

Hozirgi kunda «Fonus hayol» teatri asbob-uskunalarining oddiyligi va ko'rsatishning osonligi tufayli borgan sari keng tarqalmoqda. Bunday teatr bolalarni estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. «Fonus hayol» teatrida ish hammaga topiladi birining ishi ikkinchisining ish natijasiga bog'liq bo'ladi. Demak, «Fonus hayol» teatri bolalar nutqini rivojlantirishda ularning lug'at fondlarini boyitishda roli bebahodir. «Fonus hayol» teatrining jixozlari oddiy. Ingichka plyonkalar yordamida maxsus shirma-ekran yasaladi. U ayni bir vaqtda figura va dekoratsiyalar solinadigan chamadon rolini ham o'taydi. Agarda ekranning hajmi 50x60 sm bo'lsa har qanday chiroq yorug'lik manbai xizmatini o'tay oladi. Bunday teatrda qog'ozdan yasalgan dekoratsiyalar bevosita ekranga o'rnatiladi. Shakllar ekranga taqab ushlanadi. Ularning silueti shakllarning katta -kichikligi bilan bir xil bo'ladi.

Dekoratsiyalar kartondan yasaladi. Ularni qo'lda chizish, nusxa qog'oz yoki kal'kadan o'tkazish yohud andaza asosida qirqish mumkin. Dekoratsiyalarga tabiiy ko'rinish berish mumkin agarda uy derazasiga qizil qog'oz yopishtirilsa ekranda u yorug'roq ko'rinadi yoki cho'pdan qilinadigan daraxt tanasiga kartondan shoxlar va ularga yupqa qog'ozdan barglar yopishtirilsa ular xilpiraydi ekranda esa barglar guyo shamolda qimirlayotgandek ko'rinadi. Agarda shartli tarzda dengizni ifodalovchi kun rangini asta harakatlantirib uning ustidan kema yurgizilsa ekranda to'lqinlar osha suzib ketayotgan kemani ko'rish mumkin bo'ladi. Teatr personajlari kartondan tayyorlanib, qora rangga bo'yaladi. Ularni harakat qiladigan qilish ham mumkin. Personajlarni qo'lda chizish, nusxa qog'oz yoki kal'kadan o'tkazish mumkin. Agarda o'tkizilishi kerak bo'lgan rasm katta yoki kichik bo'lsa rasmlarni kataklar bo'yicha ko'chirish usulidan foydalaniladi. Qo'g'irchoqlarda ko'z, og'iz teshiklari qilinadi. Ulardan o'tgan yorug'lik figuralarni jonlantiradi. Figuraning bir yoki bir nechta qismini harakatlanadigan qilish mumkin. Agarda figuraning biror qismi yupqaroq qog'ozdan qilins a unga jonlilik tusini berish mumkin bo'ladi. Qo'g'irchoqlar yasashda fantaziya cheklanmagan. Shakllar ekran bo'ylab harakat qiladi shuning uchun ularning old tomonidan ko'rinishini yasash kerak. Qimirlamay o'tiradigan yoki turadigan shakllar yon tomondan yasaladi. Shakllar cho'pga mustahamlanadi. Ularning uzunligi pastki to'siq bilan baravar ya'ni 6-8 sm bo'ladi. Pastki to'siq

qo'g'irchoqni o'ynatayotgan ijrochining qo'lini to'sib turadi. Tomosha vaqtida bir o'quvchi matnni o'qiydi boshqasi shakllarni boshqaradi.

Ertak syujetini gapirib berish personajlar nutqini berish bolalar nutqini erkin bayon qilishga tasavvurining kengayishiga yordam beradi. Xuddi shu maqsad uchun guruhda flanelegraf ham bo'lishi kerak.Vaqt fazodagi sahna harakati bilan bog'lik bo'lgan teatr faoliyati joy va jihozlarning shunga muvofiq tashkil qilinishini talab qiladi.

Dekoratsiya elementlarini joylashtirish va personajlar figurasini harakatlantirish mumkin bo'lgan har qanday gorizontal tekislik stol teatri uchun sahna maydoni bo'la oladi. Ko'pincha bu stolning ustki qoplamasidir. Undan foydalanishda sahna harakati uchun satxni bir oz cheklashni unitmaslik kerak aks xolda u yoyiq noaniq bo'lib qoladi. Maxsus sahna ham tayyorlash mumkin.Uning atrofida bolalar bemalol harakat qilib shakillarni yurgizadilar. Bu tekislikka rang berish unda bo'ladigan harakatlarga muvofik keladigan konstruksiya qilish va shu orqali bolalardagi arxitektura kompozitsiyasini his qilish sezgisini dekorativ bezash qobiliyatlarini o'stirish mumkin.

«Fonus hayol» teatri shakillarini spektakillar uchun dekoratsiyallarni tarbiyachi bolalar bilan hamkorlikda tayyorlashi mumkin. Soya teatrining ekran yassiligida ochib berilayotgan harakatning yassi chiziq-tarxli tasviri beriladi. Qo'g'irchoq teatriga mo'ljallangan shirmaga ega bo'lgan chodir boshqacha jihazlanadi.U odatda tomoshabinlarning ko'zini charchatmaslik e'tiborni asosiy voqealardan chetga tortmaslik maqsadida vazmin tusdagi bir tomonli mato bilan qoplanadi. Chodirning qator deb ataladigan old tomoni dekoratsiyalarni va personajlar ish ko'radigan boshqa teatr atributlarini o'rnatishni nazarda tutishi kerak. Bunday chodir soya teatri chodiri singari ijrochilar bo'yicha muvofiq bo'lishi kerak. Chodirning ich tomonidan tomosha ko'rsatish vaqtida qo'g'irchoqlarni bolalarga qulay bo'lishini nazarda tutib joylashtirish maqsadga muvofiqdir.

Maktabgacha ta'lim toshkilatlarida qo'g'irchoq teatrini tashkil qilish muayyan qo'g'irchoqlar dasturda tavsiya qilingan ertak personajlari shuningdek bolalarga ko'proq yoqadigan ayrim personajlarning mavjud bo'lishini toqozo qiladi. Teatr spektakllarining dekoratsiyalari hamda boshqa atributlari kattalar yoki bolalar tomonidan tayyorlanishi mumkin. Bunday holda bolalardan harakati sintetik xarakter kasb etib tarbiyachi uchun bolararning turli mustaqil ijodiy faoliyatlarini birlashtirish imkoniyati tug'iladi.Teatr tomoshalarini bezashda turli hajmli geometrik shakillarrni turli kattalikdagi kublar gullar oval yoki dumaloq shakillarni birlashtirishda katta imkoniyatlar mavjud.

Maktabgacha ta'lim toshkilati bolalarning teatr faoliyatlari uchun joyni tashkil qilish va bezash bolalarda bu faoliyatga nisbatan doimiy qiziqishni saqlash ularning teatr-o'yinida ijodiy namoyon bo'lishlariga rag'bat berish hamda bolalarni san'atning maskur turi vositalari yordamida estetik o'stirishning muqim sharti hisablanadi. Aytib o'tilgan chodirlardan tashqari rollarni bolalarning o'zlari ijro etadigan-dramalashtirilgan o'yinlarni jihozlashda foydalanish mumkin

bo'lganlari ham mavjud. Ularni ijro etiladigan sahna maydonchasiga o'rganish lozim. Afsuski bundai chodirlar bolalar bog'chalarida kam qo'llaniladi ularning o'rniga an'anaviy uychalar o'rindiqchalar buta yoki daraxtchalarni uchratish mumkin.

Xolatlarni harakatlar yordamida qayta ko'rsatish metodi kabi samaralidir. Bunda gap imprivizatsiya haqida hammadan k'proq esda qolgan sahnalarni qayta berish tug'risida boradi. Imprivizatsiya-bolalar idrokining emotsionalligi va samimiyligini sahnada ko'rilgan narsalarni ham fikran ham harakatlar yordamida takrorlash imkonini beradi.

Bolalar onigiga milliy urf-odatlarimizdi an'analarimizni singdirishda ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish har tomonlama ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda tevarak-atrofda bo'layotgan voqea hodisalarni o'zini odobidagi axloqiy kamchiliklarini tabiatni asrab avaylash unga mehr uyg'otishda qo'g'rchoq teatrining ahamiyati kattadir. Chunki teatrda tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko'rib tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar qo'g'irchoq teatrini ko'rganlaridan so'ng qahramonlarning harakati axloqi odobini birgalikda muhokama qilish bola qalbida ezgulikka xayrli ishlar qilishga odamlarga yaxshilik qilishga intilish tuyg'usini tarb iyalaydi.

Maktabgacha ta'lim toshkilatlarida ko'ngil ochish soatlarida quydagi teatr turlaridan faydalanadilar.

1.Soya teatri

2.Stol teatri.

3.Barmoq teatri

4.Paxmaq teatri

5.Qo'g'irchoq qo'lqop teatri

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Bolalarga teatr qo'yishdan maqsad bolalar ongigi milliy urf-odatlarimizni, an'analarimizni singdirishda ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda, tevarak-atrofda bo'layotgan voqea hodisalarni, o'zining odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab-avaylash, unga mehr uyg'otishda qo'g'irchoq teatrining ahamiyati kattadir. Chunki teatrda tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko'rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar qo'g'irchoq teatrini ko'rganlaridan so'ng, qahramonlarning harakati, ahloqi, odobini, birgalikda muhokama qilish bola qalbida ezgulikka, hayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish tuyg'usini tarbiyalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz". T.: O'zbekiston, 2017 yil.

2. Qodirov M. "Xalq qo'g'rchoq" teatri T "Adabiyot va san'at"1972.

3. Jumanazarov U. "Tarix haqiqati va xalq ijodibadiyati". Toshkent Elmuz press media 2007.

4. Dolimov U. "Milliy uyg'onish pedagogikasi". Toshkent 2012 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.