Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ TEATRI TURLARI'

QO‘G‘IRCHOQ TEATRI TURLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5080
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq teatri / soya teatri / qo‘lqopli teatr / fonus hayol / dekaratsiya / fantaziya / stol teatri

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R.Utaganov

Ushbu maqolada qo‘g‘irchoq teatri tarixi, qo‘g‘irchoq teatri turlari haqida so‘z boradi. Shuningdek qo‘g‘irchoq teatrlarining o‘xshash va farqli tomonlari haqida mulohaza yiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ TEATRI TURLARI»

QO'G'IRCHOQ TEATRI TURLARI

R.Utaganov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada qo'g'irchoq teatri tarixi, qo'g'irchoq teatri turlari haqida so'z boradi. Shuningdek qo'g'irchoq teatrlarining o'xshash va farqli tomonlari haqida mulohaza yiritilgan.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq teatri, soya teatri, qo'lqopli teatr, fonus hayol, dekaratsiya, fantaziya, stol teatri

TYPES OF PUPPET THEATER

R.Utaganov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about the history of puppet theater, types of puppet theater. Similarities and differences of puppet theaters were also discussed.

Keywords: puppet theater, shadow theater, glove theater, lantern fantasy, decoration, fantasy, table theater

Dunyo xalqlari madaniyati hamda xalqimiz madaniy hayotida qo'g'irchoq teatri o'zining uzoq tariхi va taraqqiyot yo'liga ga ega. Mamlakatimizda qo'g'irchoq o'yin deb yuritiluvchi bu san'atning ildizi qadim o'tmish bilan bog'liq. Qo'g'rrchoq teatrining qo'lga kiyib o'ynatiladigan va soyasi tushiriladigan turlari o'tmishda keng tarqalgan hamda teatr tomoshalarda musiqa muhim rol o'ynagan. Musiqa ham badiiy bezak sifatida, ham ko'proq qahramonlar holatini ifodalovchi vosita sifatida ham xizmat qilgan.

Qo'g'irchoq o'yini xalq og'zaki ijodiga asoslangan san'at hisoblanib dastlab uning yozma matni bo'lmagan. U uzoq yillar kuzatish, mashq qilish, yodlash, malaka hosil qilish orqali muayyan syujetlar vosita va uslublar bilan otadan-o'g'ilga, ustozdan-shogirdga o'tib kelavergan. Qo'g'irchoqbozlar qo'yillgan tomoshalar orqali jamiyatdagi illatlar: zo'ravanlik, poraxo'rlik, tekintomoq amaldorlarni qattiq tanqid qilganlar hamda zahmatkash xalqqa kulgi va zavq bag'ishlaganlar.

Hozirgi kungacha "Fonus hayol" bir qator afzalliklari: teatri asbob-uskunalarining oddiyligi, ko'rsatishning oson va qulayligi tufayli keng tarqalmoqda. Bunday teatr bolalarni estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. "Fonus hayol" teatrida ish hammaga topiladi birining ishi ikkinchisining ish natijasiga bog'liq bo'ladi. "Fonus hayol" teatri bolalarning nutqini rivojlantirishda hamda ularning so'z boyliklarini

boyitishda ahamiyatlidir. "Fonus hayol" teatrining jihozlari oddiy. Ingichka plyonkalar yordamida maxsus shirma-ekran yasaladi va u ayni bir vaqtda figura va dekoratsiyalar solinadigan chamadon rolini ham bajaradi. Agarda ekranning hajmi 50x60 sm bo'lsa har qanday chiroq yorug'lik manbai xizmatini bajara oladi. Bunday teatrda qog'ozdan yasalgan dekoratsiyalar bevosita ekranga o'rnatiladi. Shakllar ekranga taqab ushlanadi. Ularning silueti shakllarning katta-kichikligi bilan bir xil bo'ladi.

Dekoratsiyalar kartondan yasaladi. Ularni qo'lda chizish, nusxa qog'oz yoki kal'kadan o'tkazish, yoki andoza asosida qirqish mumkin. Dekoratsiyalarga tabiiy ko'rinish berish mumkin. Agarda uy derazasiga qizil qog'oz yopishtirilsa ekranda u yorug'roq ko'rinadi yoki cho'pdan qilinadigan daraxt tanasiga kartondan shoxlar va ularga yupqa qog'ozdan barglar yopishtirilsa ular xilpiraydi ekranda esa barglar go'yo shamolda qimirlayotgandek ko'rinadi. Agarda shartli tarzda dengizni ifodalovchi kun rangini asta harakatlantirib uning ustidan kema yurgizilsa ekranda to'lqinlar osha suzib ketayotgan kemani ko'rish mumkin bo'ladi. Teatr personajlari kartondan tayyorlanib, qora rangga bo'yaladi. Ularni harakatga keltirish ham mumkin. Personajlarni qo'lda chizish, nusxa qog'oz yoki kal'kadan o'tkazish mumkin. Agarda o'tkizilishi kerak bo'lgan rasm katta yoki kichik bo'lsa rasmlarni kataklar bo'yicha ko'chirish usulidan foydalaniladi. Qo'g'irchoqlarda ko'z, og'iz teshiklari yasaladi. Ulardan o'tgan yorug'lik figuralarni harakatga keltiradi. Figuraning bir yoki bir nechta qismini harakatlanadigan qilish mumkin. Agarda figuraning biror qismi yupqaroq qog'ozdan qilinsa unga jonlilik tusini berish mumkin bo'ladi. Qo'g'irchoqlar yasashda fantaziya cheklanmagan. Shakllar ekran bo'ylab harakat qiladi shuning uchun ularning old tomonidan ko'rinishini yasash kerak. Qimirlamay o'tiradigan yoki turadigan shakllar yon tomondan yasaladi va yasalgan shakllar cho'pga mustahkamlanadi. Ularning uzunligi pastki to'siq bilan baravar ya'ni 6-8 sm bo'ladi. Pastki to'siq qo'g'irchoqni o'ynatayotgan ijrochining qo'lini to'sib turishi kerak. Tomosha vaqtida bir o'quvchi matnni o'qiydi boshqasi esa shakllarni boshqaradi ya'ni harakatlantiradi.

Ertak syujetini bayon qilish, personajlar nutqini berish bevosita bolalar nutqini erkin bayon qilishga tasavvurining kengayishiga yordam beradi. Xuddi shu maqsad uchun guruhda flanelegraf ham bo'lishi kerak.Vaqt fazodagi sahna harakati bilan bog'liq bo'lgan teatr faoliyati joy va jihozlarning shunga muvofiq tashkil qilinishini talab qiladi.

Dekoratsiya elementlarini joylashtirish va personajlar figurasini harakatlantirish mumkin bo'lgan har qanday gorizontal tekislik stol teatri uchun sahna maydoni sifatida xizmat qiladi. Ko'pincha bu stolning ustki qoplamasidir. Undan foydalanishda sahna harakati uchun satxni bir oz cheklashni unitmaslik kerak aks holda u noaniq bo'lib qoladi. Maxsus sahna ham tayyorlash mumkin.Uning atrofida bolalar bemalol harakat qilib shakllarni yurgizadilar. Bu tekislikka rang berish unda bo'ladigan harakatlarga

muvofiq keladigan konstruksiya qilish va shu orqalí bolalardagi arxítektura kompozitsiyasini xis qilish sezgisini dekorativ bezash qobiliyatlarini o'stirish mumkin

"Fonus hayol" teatri shakllarini spektakllar uchun dekoratsiyalarni tarbiyachi bolalar bilan hamkorlikda tayyorlashi mumkin. Soya teatrining ekran yassiligida ochib berilayotgan harakatning yassi chiziq-tarxli tasviri beriladi. Qo'g'irchoq teatriga mo'ljallangan shirmaga ega bo'lgan chodir boshkacha jihozlanadi. U odatda tomoshabinlarning ko'zini charchatmaslik e'tiborni asosiy voqealardan chetga tortmaslik maqsadida vazmin tustagi bir tomonli mato bilan qoplanadi. Chodirning qator deb ataladigan old tomoni dekoratsiyalarni va personajlar ish ko'radigan boshqa teatr atributlarini o'rnatishni nazarda tutishi kerak. Bunday chodir soya teatri chodiri singari ijrochilar bo'yicha muvofiq bo'lishi kerak. Chodirning ich tomonidan tomosha ko'rsatish vaqtida qo'g'irchoqlarni bolalarga qulay bo'lishini nazarda tutib jonlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'g'irchoq teatrini tashkil qilish muayyan qo'g'irchoqlar dasturda tavsiya qilingan ertak personajlari shuningdek bolalarga ko'proq yoqadigan ayrim personajlarning mavjud bo'lishini toqozo qiladi. Teatr spektakllarining dekaratsiyalari hamda boshqa atributlari kattalar yoki bolalar tomonidan tayerlanishi mumkin .Bundai xolda bolalardin harakati sintetik xarakter kasb etib tarbiyachi uchun bolararning turli mustakil ijodiy faoliyatlarini birlashtirish imkaniyati tugiladi. Teatr tomoshalarini bezashda turli hajmli geometrik shakllarrni turli kattalikdagi kublar gullar oval yoki dumaloq shakllarni birlashtirishmumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarning teatr faliyatlarini tashkil etish uchun joyni tayyorlashi va bezashi bolalarda bu faoliyatga nisbatan doimiy qiziqishni shakllantirishi muhim.

Bolalar onigiga milliy urf-odatlarimizni, an'analarimizni sindirishda ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish har totonlama ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda tevarak-atrofda bo'layotgan voqea hodisalarni anglash va munosabat bildirish jarayonini shakllantirish ahamiyatlidir. Bu kabi jarayonni sakllanishida teatrning o'rni beqiyosdir. Chunki teatrda yosh tomashabinlar tomoshalarni faqat ko'rib tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar qo'g'irchoq teatrini ko'rganlaridan so'ng qahramonlarning harakati axloqi odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka xayrli ishlar qilishga odamlarga yaxshilik qilishga intilish tuyg'usini tarbiyalaydi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ko'ngil ochish soatlarida quyidagi teatr turlaridan foydanadilar.

1. Soya teatri

2. Stol teatri.

3. Barmoq teatri

4. Paxmoq teatri

5. Qo'lqopli qo'g'irchoq teatrí

Soya teatri-qo'g'irchoq teatrining o'ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo'g'irchoqlar emas balki, shakllardan iborat o'yinchoqlar ishtirok etadi.Tomosha qiluvchilar sahna ro'parasida o'tirib ekranda yorug'lik orqali harakatlaniyotgan soyalar, odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin.

Stol teatri. Stol teatrining bir necha turlari mavjud. Bu teatrlardagi aktyorlar jismlarni qo'l bilan tagliklar sim magnit orqali turlicha harakatga keltiradi. Shakllarning tuzilishi ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi. So'ngra unga mos personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar rasmli ertak kitoblardan kal'kaga ko'chirishlari mumkin. Kal'kadagi rasmni nusxa qog'oz yordamida ikkita oq qog'ozga tushiriladi. Bu rasmlarni rangli qalam bilan bo'yab bittasini kartonga yopishtiriladi va kartonni shu rasm konturi bo'ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi shu bilan figura tayyor bo'ladi. Shundan so'ng yarmiga g'altak va cho'p orqali balandligi 9-10 sm bo'lgan taglik tayyorlanadi. Shuning uchiga figura o'rnatiladi. G'altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagi mahkamlanadi. Sahna-shirma figuraning tagligi ko'rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. Shirmani bo'yash yoki unga rangli qog'oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm oraliqda dekoratsiya o'rnatiladi. Agarda o'rmon, dala, daryo, tog'larni tasvirlash lozim bo'lsa muvofiq keluvchi suratni tanlab unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekaratsiyani yarim doira shaklida y ig'ish mumkin. Sahna-shirma stol ustiga qo'yiladi. Uning orasida esa figurani yurgizadigan va ular uchun gapiradigan o'quvchilar turadi. Agarda pyesa davomida dekaratsiya o'zgarib turishi kerak bo'lsa kitob sifatli qilib birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekaratsiya bo'ladi.

Agar quyonning yasash kerak bo'lsa avval butun figurani so'ngra oldingi ayog'ini biroz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old oyog'ga sim o'tkalida. U mana shu sim vositasida boshqariladi. Tayyorlab qo'yilgan old oyog'ga teshik qilinib ip o'tkaziladi. Ipning bir uchi oyog'ga bir parcha qog'oz bilan tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan o'tkazilib tarangroq qilib tortiladi va fígarning ich tomoniga yopishtiriladi.

Karton teatri va uning jihozlari. Korton teatrida kartondan yasalgan yassi va hajmli qo'g'irchoq figuralar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrda yuqoridan turib ip sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi. Ular yengil harakat qiladilar, burila oladilar. Sahna uch bo'lak karton yoki fanerdan yasaladi. Sahnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o'zlaridan qattiqroq kartonga yopishtirish kerak, chunki ularda osgichlar qirqiladi. Pardaning rasmi ham o'zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni ko'tarish va tushirishga qulaydir. Ko'pgina spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak

bo'ladi. Bunday dekoratsiya shakllarining tez harakat qilayotganligini bildirish uchun qo'llaniladi. Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog'oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingag teshikdan o'tkaziladi va kerak vaqtda tortib, harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo'lsa, dekoratsiya o'ng tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi. Sahna boshqacha qurilishi ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga o'xshaydi. Unda peshtoq - sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho'p o'rnatiladi. Cho'pni o'rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda o'rnatiladi. Parda burma bo'lishi uchun kengroq bo'lishi kerak. Punktir bilan agarda ijrochilarning qo'lini yashirishning hojati bo'lmasa, olib tashlanishi oson 9-10 smli bo'lgan taxtacha ko'rsatilgan. Sahna bunday qurilganda dekoratsiyalar ko'p qavatli parda ko'rinishiga ega bo'ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani tezda almashtirish, ba'zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani ko'rsatish imkonini beradi. Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun ularni kanselyariya nakolkasiga o'xshash vertushkaga o'rnatiladi. Bu doira taxtaga o'rnatilgan bir bo'lak yo'g'on simdir. Doira yoki vertushka orqasiga doka yoki tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat parda joylanadi. Doka ko'k yoki och ko'k rangga bo'yaladi. Bunday to'siqdan ijarachilar sahnani bemalol ko'rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara oladilar.

Sahnani yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular sahnani yoritsin-u nuri tomoshabinlarga tushmasin.

Musiqa barcha teatr postanovkalarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug'lik effekti bilan birikkan musiqa "fonus xayol" teatrida ham, stol teatrida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu teatrlarda ovozga taqlid qilish ho'rozning qichqirishi, mushukning muyovlashi, ayiqning o'kirishi hamda shovqin effektlari - yog'ayotgan yomg'ir ovozi, paravozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi.

Barmoq teatri qahramonlarini qog'ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan. Qog'ozdan odam, hayvonlarning kichik shaklda barmoqqa tasvirini tayorlab uni barmoqqa qog'ozdan uzuk shaklida yasalgan qog'oz halqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayorlab qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig'adigan kichik teshikcha qilib qo'yiladi, masalan gugurt qutichasidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmay digan xili tanlanadi va uning teskari tomondan tikib so'ngra o'ngigi ag'dariladi, qolgan joyi tugib chiqiladi. Bolalarga andazaning teskari

tomonidan tikishni, ko'z, qosh, burun, og'iz kabilarni tikish yoki yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to'rdan bezaklarni o'zlari tikadilar.

Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki har bir ertak qahramoni bolalarning barmoqlariga mos kichik yoki ertak ko'rsatuvchining barmog'iga to'g'ri keladigan qilib tayorlanadi.

Qo'lqob qo'g'irchoqlar (barmoqsiz qo'lqob). Eski qo'lqobcha, qo'lqob qo'g'irchoqlarni yasash uchun ashyo bo'la oladi. Bunday o'yinchoqlarni ham bolalarning o'zlari yasashlari mumkin. Qo'lqob qo'g'irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo'lib xizmat qiladi. Qo'lqobni to'liq hayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o'taydi. Qo'lqob qo'g'irchoq tanasi bo'lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo'lqob topilmasa, unda to'qilgan eski buyum yoki matodan foydalanamiz. Bunda beshta barmoq o'rnini bichish shart emas, turli detallar unga tikib qo'yiladi.

Pahmoq teatri. Pahmoq teatrining tuzilishi va jihozlari. Ma'lumki, bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida turli o'yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda stol ustida o'ynaladigan o'yinchoqlar qo'g'irchoqlar keng foydalaniladi.

Pahmoq teatrining o'ziga hos tomoni shundaki, kichkintoylar, asosan ertak qahramonlarining aynan o'zini ko'radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40 uzunligi 60 smli qalin karton yoki faner ustiga pahmoq gazlamasi yaxshilab yopishtiriladi. Personajlar ekranda mana shu ekran orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun mo'ljallangan pahmoq teatri ertak ishtirokchilari, personajlar, dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo'ladi.

Pahmoq teatri uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar karton qog'ozdan qirqib olinadi va rangli bo'yoqda. Guashda bo'yaladi. Tayyor bo'lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qo'yiladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bolalarga teatr qo'yishdan maqsad bolalar ongigi milliy urf-odatlarimizni, an'analarimizni singdirishda ularga shu aziz vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda, tevarak-atrofda bo'layotgan voqea hodisalarni, o'zining adabidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab-avaylash, unga mehr uyg'otishda qo'g'irchoq teatrining ahamiyati kattadir. Chunki teatrda tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko'rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar qo'g'irchoq teatrini ko'rganlaridan so'ng, qahramonlarning harakati, ahloqi, odobini, birgalikda muhokama qilish bola qalbida ezgulikka, hayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish tuyg'usini tarbiyalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Сперанский Е. Актер театра кукол. М., ВТО, 1965 йил.

2. Кодиров М., Кодирова С. Кугирчок театри тарихи. Т.: 2006 йил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.