Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ TEATR AKTYORI UCHUN MUSKULLAR ERKINLIGIGA ERISHISH YO‘LLARI'

QO‘G‘IRCHOQ TEATR AKTYORI UCHUN MUSKULLAR ERKINLIGIGA ERISHISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
56
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq teatri / qo‘g‘irchoq turlari / qo‘l harakati / boshqarish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.Rizqiyeva

Ushbu maqola qo‘g‘irchoq teatrining o‘ziga hos hususiyatlari va qo‘g‘irchoqlarni boshqarishda qo‘l harakatining ahamiyati hamda qo‘g‘irchoq teatr aktyori uchun maxsus mashqlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ TEATR AKTYORI UCHUN MUSKULLAR ERKINLIGIGA ERISHISH YO‘LLARI»

QO'G'IRCHOQ TEATR AKTYORI UCHUN MUSKULLAR ERKINLIGIGA

ERISHISH YO'LLARI

D.Rizqiyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos hususiyatlari va qo'g'irchoqlarni boshqarishda qo'l harakatining ahamiyati hamda qo'g'irchoq teatr aktyori uchun maxsus mashqlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq teatri, qo'g'irchoq turlari, qo'l harakati, boshqarish

WAYS TO ACHIEVE MUSCLE FREEDOM FOR A PUPPET ACTOR

D.Rizkiyeva

Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information on the unique characteristics of puppetry and the importance of hand movements in puppeteering and special exercises for a puppeteer.

Keywords: puppet theater, types of puppets, hand movement, control

Qo'g'irchoq teatri aktyorlari ish faoliyati davomida, ba'zida spektakl jarayonida, ko'p vaqt mobaynida qo'g'irchoq bilan ishlashi qo'g'irchoqni qo'yish imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Natijada qo'g'irchoqni ushlab turish va boshqarish jarayonida qo'ldagi charchoq, mushaklardagi og'riq paydo bo'ladi. Bu holatni yengillashtirish va oldini olishda, ongli ravishda mushaklardagi zo'riqishlarni farqlash va darajalash, qo'g'irchoqning holati yoki harakatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan mushaklarni bo'shashtira bilish ko'nikmasi yordam beradi.

Qo'g'irchoq teatrida sahna qahramonining barcha harakati, yengil harakatlardan tortib, uning eng murakkab tashqi hissiyotlarining namoyon bo'lishi, tomoshabinga, aktyor qo'llari panjalarining burilishidagi o'zgarishlari, bilaklarning egilishi, yelka, yelka gardi harakatlari, ya'ni aktyorning boshqaruvchi va vujudga keltiruvchi qo'l harakatlari orqali yetkaziladi.

Bu kabi, asosiydan ilgari va yo'nalishga qarshi keladigan harakatlar, takt orti harakatlari deya ataladi. Ular, uzun vokal yoki nutq so'zidan oldingi qilinadigan chuqur nafas olishga qiyoslanadi. Qo'g'irchqning harakatlanishidan avval, uning korpusini harakat yo'nalishiga qarshi tarzda yengilgina egish lozim.

Ma'lum bir harakatni yakunlashda, qo'g'irchoqning holatini plastik nuqta vazifasini o'taydigan va harakat yakunlanganligini anglatadigan holatda qo'yish lozim.

I icclT^^^^H 483 http://oac.dsmi-qf.uz

Bunda qo'g'irchoqning holati xaykallarga xos ravishda, ya'ni qo'g'irchoq tana qismlari o'zaro mutanosib holda bo'lib, sahnaviy qahramonning ichki dunyosini, uning xis-tuyg'uli holatini, o'sha damda obyektga nisbatan uning munosabatini ifodalashi kerak.

Insonlar va hayvonlar hayotida plastik nuqta, holatni belgilab, qayd qilmoq holatining yorqin namoyon bo'lishi, masalan, bizning qahramon biror narsani ko'rganida, eshitganida, his etganida va qo'zg'atuvchi obyektni baholab bo'lgan, o'zining butun e'tiborini jamlaganida ko'zga tashlanadi. Qo'g'irchoq, o'zining ko'rgan yoki eshitgan tarafiga nigohi yoki qulog'ini qaratib, ma'lum vaqtga go'yoki qotib qoladi. Bu jihat yorqin tarzda bolalar yoki hayvonlarda ham kuzatiladi, yangi qo'zg'atuvchiga javoban, ular bundan oldingi amalga oshirayotgan harakatlarini birdaniga to'xtatib qo'yadilar. Ularning tanalari, qo'zg'atuvchi ta'siri yetib borgan vaziyat, tugallanmagan harakat holatida qotib qoladi. Borib ko'rish kerakmi? Yoki qochib ketish? Balki bu e'tiborga arzimasdir va tinchgina tugallanmagan harakatni davom ettirish kerakdir?

Mazkur savollarga beriladigan javobga tayangan holda, keyingi harakatlar saflanadi. Agarda yaqinlashib qarash qarori qabul qilingan bo'lsa, navbat, o'rganish obyektini baholash, xatti-harakatlarni tanlash va nihoyat bajarishdan iborat bo'ladi. Shu o'rinda, kelib tushgan ma'lumotlarga muvofiq har bir yangi vaziyat, har bir yangi xulosa va sahnaviy qahramonning emotsional javobi albatta qo'g'irchoqning plastikasida o'z aksini topishi va o'rganish obyektiga nisbatan taalluqligini anglatuvchi plastik nuqta, holatning qotishi bilan yakunlanishi lozim.

Qo'g'irchoq teatri aktyori qo'g'irchoq bilan ishlash jarayonida qo'l va tana charchogini yengish uchun bir qator mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.

Qo 'Iqopli, trostli qo 'g'irchoq turi bilan ishlash mashqi

Mashq jarayonidagi qo'g'irchoqning har bir harakatiga alohida ahamiyat bilan yondashish zarur. Eng murakkab mashq ham, agarda uning ahamiyatiga yetilsa, juda ham qiziqrli bo'lishi mumkin.

Ilk mashqlar, hech bir so'zsiz bajarilishi lozim.

Shuni yodda tutish lozimki, qo'g'irchoqning har bir amalga oshirgan xatti-harakati-bu o'ziga xos plastik jumla bo'lib, undagi mazmun-mohiyat tomoshabin uchun tushunarli bo'lmog'i lozim. Plastik jumlaga hech shubhasiz, harakatning hissiy va mantiqiy tarkibini rag'batlantiradigan va ushbu harakatni bajarish harakateriga yo'nalish beradigan ichki nutqning jumlalari uyg'un mos bo'ladi.

Harakat, keng va davomli tarzda yoki buning aksi, unchalik sezilarli bo'lmagan, qisqa va tezkor tarzda bajarilishi mumkin. Shuni e'tirof etish joizki, mikroharakatlar deya ataladigan, qo'g'irchoqlarning kichik harakatlari, uning plastik mavjudligida juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, aynan kichik haraktalar orqali, tomoshabinga sahnaviy jarayonda, sahnaviy qahramonning hayotida ishtirok

I icclT^^^^H 484 http://oac.dsmi-qf.uz

etish tasavvuri yetkazadigan, fikrning, so'zning, xatti-harakatning tug'ilish jarayonini kuzatish mumukin.

Mashg'ulotlar vaqtida, qo'g'irchoqning tegishli harakatlarini oqlaydigan jumla yoki so'zlarni ovoz chiqarib yoki ichida aytishni tavsiya etamiz. Bu, sahna qahramonining xatti-harakati va fikrlarining mantiqiy aloqalarini his etish hamda aktyorni, uzluksiz holatda, sahna siymosida mavjud bo'lish ko'nikmalarini egallashga yordam beradi. "Qo'g'irchoq yaratuvchi rassom va konstruktor o'z g'oyalarini o'lik jon-qo'g'irchoq orqali qanchalik bayon etishga urinmasin, u faqat aktyor qo'lida, uning yonida, u bilan birga, hamkorlikda yoki ziddiyatda jonlanadi"1 Buning uchun, aktyor o'ziga tegishli shart-sharoitlarni o'ylab tashlashi zarur. Aktyorning tasavvuri, uning o'xshatish xususiyatlarining soni va sifatiga qarab, qo'g'irchoqning qul yoki tana harakatining mexanizmini ichki mazmun bilan to'ldirilishi bog'liq bo'ladi.

Mashq sharchalari bilan shaxsiy plastikani rivojlantirishga mashqlari

Qo'g'irchoq boshi holatining aniq boshqaruvi asoslarining zaruratini ta'kidlash joiz. Qo'g'irchoq boshining holatiga, egilishiga, burilishiga qarab, uning sahnaviy kayfiyati, fe'l-atvori va qahramonning sherigiga, sahnaviy hodisaga nisbatan munosabatini aniqlash mumkin. Qo'g'irchoq boshining burilishini salgina noto'g'ri amalga oshirsa, aktyorning tegishli o'ylanmasiga umuman zid keladigan ifoda namoyon bo'ladi.

Bunday harakatning sababi nimada? Har bir tirik jonzot doimiy tarzda atrof muxit bilan o'zaro munosabatda bo'ladi, uni o'rab, qamrab turgan ob'ektlarni o'rganadi, vaziyatga qarab harakat qiladi. Barcha o'rganishlar, tabiiyki, sezgi organlari orqali amalga oshirilib, ularning to'rttasi (ko'zlar, qo'loqlar, og'iz va burun) bosh qismida joylashgan. Qo'g'irchoqning boshi, tashqi olamdan kelayotgan ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashga qaratilgan, o'ziga xos tashqi olamni signallarini qabul qilish markazchasi sanaladi.

Bo'yin, boshning harakatchanligini ta'minlaydi, u yoki bu sezish organlarining faoliyati uchun qulay bo'lgan holatlar bilan ta'minlaydi. Albatta, ma'lumotlarning ko'p qismi ko'rish organlari, ko'zlar orqali qabul qilinadi. (Ko'zlar, o'rganilayotgan narsani har tarafdan paypaslab ko'radi go'yo). Odamning har doim ko'radiganlarini, ko'rish jabhalari deya ataladi. "Ko'ra olinadigan jabhalarning cheklanganligining sababi, bizning optik tizimimizga taalluqli bo'lib, u oval shakliga ega bo'lib, o'zining chegaralariga yaqinlashgan sari xiralashib, yoyilib ketadi...ko'rish jabhalari, ko'z harakatining ortidan harakatlanadi".

Shu o'rinda, ko'rilayotgan narsa qanchalik ko'z nigohiga yaqin bo'lsa, faraz qilingan nur ushbu predmetni yanada yorqinroq yoritadi, ammo, ko'rish maydoni shunchalik qisqaradi. Predmetning masofasi qanchalik yiroqroq bo'lsa, uning jihatlari, detallari kamroq yoritilgan bo'lsa-da, tekshirish maydoni anchayin kengayadi.

1 Смирнова Н.И. "Искусство играющих кукол". М., "Искусство", 1983 , 86 стр

ПсГГЙ^^^И 485 http://oac.dsmi-qf.uz

Odam, ko'zining harakatchanligi tufayli, boshining holatini o'zgartirmagan holda, ma'lum obyektning bir detalidan boshqa detaliga nigohini o'tkazishi mumkin. Qo'g'irchoqlarda esa, ba'zi kamyob hollardan tashqari, ko'zlar harakatsiz bo'ladi va nigoh yo'nalishini o'zgartirish, boshning holatini o'zgartirish bilan bog'liq. Shu bois, aktyor yangi qo'g'irchoqni olgach, eng avvalo qo'g'irchoqning boshini boshqarish mexanikasini o'zlashtira boshlaydi. Qo'g'irchoqning bosh holati o'zgarishi natijasida, e'tiborining kichik, o'rta va katta aylanasidagi predmetlarni qay yo'sinda ko'rish jihatlarini aniqlaydi. Ushbu holatda, qo'g'irchoq qanaqa tana shakliga ega bo'ladi? E'tibor ob'ektiga nisbatan qo'g'irchoqning yo'naltirilishi qanchalik aniq shaklda ifodalangan? Qo'g'irchoqning boshi qanchalik aniqlik bilan burilgan, iyagi ko'tarilganmi yoki tushirilgan?

Qo'g'irchoqning boshini harakatlantirish uzluksiz va uzuk-uzuk holda, ya'ni, e'tibordagi ob'ekt yo'nalishida nigohni ushlab qolish orqali amalga oshiriladi.

Ba'zi mashqlarni, haqiqatdan ko'rinib turadigan obyektlar bilan bajarish tavsiya etiladi. Bu aktyorga, qo'g'irchoq nigohining yo'nalishini aniq to'g'rilash imkonini berib, keyinchalik faraz qilingan e'tibor obyektlari bilan ishlashni va bajarilgan harakatlarni nazorat qilishda ko'mak beradi. Bu aktyor uchun muhim jarayondir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Смирнова Н.И. "Искусство играющих кукол". М., "Искусство", 1983

2. O.U. Xasanboeva va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

3. Л.В.Куцакова. «Конструирование и ручной труд в детском саду». М.: «Просвещение»..1990.

486

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.