Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQLARNI BOSHQARISHDA QO‘L HARAKATI'

QO‘G‘IRCHOQLARNI BOSHQARISHDA QO‘L HARAKATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
94
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq teatri / qo‘g‘irchoq turlari / qo‘l harakati / boshqarish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O.Madaminov

Ushbu maqola qo‘g‘irchoq teatrining o‘ziga hos hususiyatlari va qo‘g‘irchoqlarni boshqarishda qo‘l harakatining ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQLARNI BOSHQARISHDA QO‘L HARAKATI»

QO'G'IRCHOQLARNI BOSHQARISHDA QO'L HARAKATI

O.Madaminov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos hususiyatlari va qo'g'irchoqlarni boshqarishda qo'l harakatining ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq teatri, qo'g'irchoq turlari, qo'l harakati, boshqarish.

HAND MOVEMENT IN MANAGING PUPPETS

O.Madaminov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information about the unique characteristics of puppetry and the importance of hand movements in puppetry.

Keywords: puppet theater, types of puppets, hand movement, management.

Bugungi kunda mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari muvofaqqiyatli faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Teatrning inson kamoloti uchun zarurligini hisobga olsak bu holat quvonarlidir. Teatr kuzatuvchilaring ichida jajji kichkintoylarning sevimli teatri, bu ko'g'irchoq teatridir. Bolalarda axloqiy - estetik sifatlarni shakllantirish turli yo'llar, shakllar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olib qaralganda, qo'g'irchoq teatri - estetik tuyg'ularni, bolalarning qiziquvchanligi va tasavvurini rivojlantirish uchun juda qulay vosita hisoblanadi. Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Maktabgacha ta'lim muassalarida katta spektakllarni qo'yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o'zlarining o'yinchoqlari yordamida qo'yish mumkin. Bu kichik ko'rinishlarning har biri ham bolalarda katta taassurot uyg'otadi va bayram ertaklariga ko'tarinki rux baxsh etadi. Har qanday badiiy asar qo'g'irchoq teatri orqali ko'rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo'ladi.

Qo'g'irchoq teatrining boshqa teatrlardan ajratib turuvchi jihati ushbu teatrda bosh qahramon qo'g'irchoqdir. Ushbu teatr aktyori o'zi ustida qo'g'irchoq bilan hamohang tarzda shug'ullanadi, u bilan birga o'sadi. Qo'g'irchoqlarni boshqarishda qo'l harakati qo'g'irchoq teatri aktyori uchun eng zarur bo'lgan yo'nalish bu uning qo'l harakatchanligidir. Xaqiqatdan ham inson xatti-harakatining eng faol ijrochisi bo'lgan qo'l qo'g'irchoq teatrida o'zining mo'jizakorligi, sehrgarlik kuchini yanada yaqqol namoyon qiladi. Drammaturg asaridagi qiyofalar musavvir va qo'g'irchoq ustasining

I icclT^^^^H 779 http://oac.dsmi-qf.uz

ijodiy ko'magida dunyoga kelgan qahramonlar qo'g'irchoq teatri aktyori qo'li bilan jonlanib, mantiqli, maqsadli xatti-harakatga moyil qilinadi. Bu o'z o'rnida qo'g'irchoq teatri aktyoridan qo'llarining naqadar harakatchan, chiniqqan, chidamli bo'lishini taqozo etadi. Shuning uchun qo'g'irchoqlarni katta mahorat bilan boshqarib, turli mantiqli xatti-harakatlar sodir qilish bilan birga, qo'l yalang'och holda, qo'lqopli holatda yoki dumaloqcha kiygan holatda turli harakatlarni amalga oshirib, turfa obrazlar yaratadi va boy imkoniyatlarini namoyon etadi. Demak, qo'g'irchoq teatri aktyorning qo'l harakatchanligi cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.

Sahnada bajarilayotgan harakat uch xil holatda bo'ladi:

1. Jismoniy harakat bajariladigan ishning tashqi holati (kiyinish, gul taqdim qilish, o'sma qo'yish va boshqalar). Bu harakat asosan psixik harakatni amalga oshirish uchun moslama sifatida xizmat qiladi.

2. Psixik harakat inson ongiga, ruhiga, holatiga ta'sir qilib, uni o'zgartirishga olib keladi (tushuntirish, maqtash, rad etish, kulish va h.k.).

3. So'zli harakat- so'z bu fikr bayoni. So'zni sahnada aniq maqsadga erishmoq uchun aytiladi. So'z inson psixikasiga, ya'ni intellektiga, tasavvuriga va his-tuyg'usiga har tomonlama ta'sir qilish kuchiga ega. Fizik, psixik va so'zli xatti-harakatlarning barchasi sahnada bir maqsadga erishish uchun yo'naltiriladi.

Qo'g'irchoq qo'l barmoqlarining qo'g'irchoqda joylashishi, qo'g'irchoqni egishda barmoqlar holati, sahna ortidagi aktyor holati, qo'g'irchoq teatrida qo'g'irchoqboz jonsiz o'yinchoqqa jon baxsh etadi. Qo'g'irchoqboz soatlab oyna oldida mashq qilib, obrazni jonlashtirishga harakat kiladi. Shuning uchun qo'g'irchoqboz jismoniy sog'lom, qo'l va barmoqlari abjir, epchil bo'lishi lozim. Chunki, qo'g'irchoqbozning har bir qo'l harakati qahramon fikrini ifodalab berishi kerak. Qo'g'irchoqboz har xil holatda, tizzalab o'tirgan holatda, yotgan holda to'siq ortida rol ijro etishi mumkin. Ishtirokchilarning bo'yiga moslab to'siq yaratish kerak. To'siq qanday balandlikda bo'lishidan qat'iy nazar, uning ustki qismiga biriktirilgan taxta reyka qo'g'irchoq uchun taxminiy yuradigan maydon hisoblanadi. Aktyor sahnada qanday yursa, qo'g'irchoq ham shartli maydonda xuddi shunday yurishi kerak, ya'ni reykadan pastga tushib ham, chiqib ham ketmasligi kerak. To'siqdan qo'g'irchoqni uchdan ikki qismi tomoshabinga aniq ko'rinishi shart. Sahna ichkarisiga uzoqlashgani sari qo'g'irchoqni balandroq ko'tarish kerak, chunki to'siqdan uzoqlashganda qo'g'irchoq tomoshabinga kichrayib ko'rinadi. Qo'g'irchoq teatri dekoratsiyalari ixcham bo'lishi kerak. To'siqda jihozlar qancha kam bo'lsa shuncha yaxshi, chunki qo'g'irchoqlar harakati va ijrochilari uchun erkinlik va osonlik tug'iladi.

Qo'g'irchoq spektaklini musiqasiz tasavvur qilish qiyin, musiqa parda ochilganda, yopilganda, ko'rinish o'rtasida, sahna o'zgarishidagi bo'shliqlarni to'ldirib turadi, spektaklni mukammalashtiradi.

780

http://oac.dsmi-qf.uz

Qo'g'irchoq teatrida bolalar ruhiyati e'tiborga olinib rang-barang obrazlar yaratiladi. Demak, qo'g'irchoq teatri aktyori faqatgina tasavvurga emas, balki kuchli fantaziyaga ham ega bo'lishi shart. Fantaziya bu yo'q narsani, voqealikda uchramaydigan voqea, hodisalarni, hech qachon bo'lmagan va bo'la olmaydigan narsalarni yaratadi. Fantaziya aynan qo'g'irchoq teatri aktyori uchun kerakli jarayon hisoblanadi. Chunki qo'g'irchoq teatri sahnasida hech qaysi teatrda bo'lmaydigan va bo'lishi mumkin bo'lmagan voqea va hodisalar sodir bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda qo'g'irchoq teatrida tasavvur bilan fantaziya bir-biriga bog'langan holda aktyor ijodiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O.U. Xasanboeva va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

2. Л.В.Куцакова. «Конструирование и ручной труд в детском саду». М.: «Просвещение»..1990.

781

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.