Научная статья на тему 'MILLIY QO‘G‘IRCHOQLARINING TARIXIY BOSQICHLARI'

MILLIY QO‘G‘IRCHOQLARINING TARIXIY BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1210
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq teatri / folklor / korfarmon / qo‘g‘irchoqboz / qo‘g‘irchoq o‘yini / hajv / satira / yumor / sahna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — K.Jabborova

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining milliy qo‘g‘irchoq teatri tarixi, an’analari va namoyandalari, milliy qo‘g‘irchoq tomoshalarining xalq ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahmiyati hamda hozirgi kundagi qo‘g‘irchoq teatrlarning roli haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY QO‘G‘IRCHOQLARINING TARIXIY BOSQICHLARI»

MILLIY QO'G'IRCHOQLARINING TARIXIY BOSQICHLARI

K.Jabborova O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek xalqining milliy qo'g'irchoq teatri tarixi, an'analari va namoyandalari, milliy qo'g'irchoq tomoshalarining xalq ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahmiyati hamda hozirgi kundagi qo'g'irchoq teatrlarning roli haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq teatri, folklor, korfarmon, qo'g'irchoqboz, qo'g'irchoq o'yini, hajv, satira, yumor, sahna

HISTORICAL STAGES OF NATIONAL DOLLS

K.Jabborova UzSIAC

Abstract: In this article, the history, traditions and representatives of the national puppet theater of the Uzbek people, the importance of national puppet shows in raising the national spirit, and the role of puppet theaters today are discussed. was conducted.

Keywords: puppet theater, folklore, corporal, puppeteer, puppet game, comic, satire, humor, scene

Qo'g'irchoq teatri san'atining ajoyib, ta'sirchan turlaridan biridir. Unda jonsiz, zabonsiz, oddiy qo'g'irchoqlar vositasida inson hayoti, munosabatlari, axloqi, odatlarini badiiy haqqoniy va jozibali qilib namoyish etish mo'jizaga o'xshaydi. Chunki qo'g'irchoqlar oddiy o'yinchoq, lekin qo'g'irchoqbozning qo'lida u jonlanadi, fikrlaydi, muloqot qiladi. Bu haqiqiy mo'jizadir.

Qo'g'irchoq teatri san'ati qadimiy va boy madaniyatimizning tarkibiy qismi bo'lib, o'zining yorqinligi, maftunkorligi bilan ajralib turadi. Bu san'at voqelikni qo'g'irchoq personajlar orqali o'ziga xos uslubda ba'zan jiddiy, ba'zan hazil, ba'zan esa kinoyali yo'llar bilan lo'nda, ravon va qiziqarli qilib ko'rsata olish imkoniyatiga ega bo'lgan, betakror san'at turlaridan biridir.

Taniqli olim San'atshunoslik fanlari doktori M.Qodirov qo'g'irchoq teatr tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlaridan birida: «Osiyo qo'g'irchoq teatri bu shunchaki ermak o'yin emas, balki bir qit'a xalqlarining falsafasi, dini, adabiyoti, eposi, musiqasi, folklori, tasviriy san'ati va albatta tillari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan muhim

255 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

tarixiy badiiy hodisadir»1, - deb ta'kidlaydi... Haqiqatdan ham o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri xalq ma'naviyati va badiiy tafakkurining ajralmas qismidir. Shu bois ham bu san'at ming yillar osha rivojlanib, o'zgarib, yangi shakl va yangi qirralar kashf etgan navqiron san'at sifatida hayotga kirib kelgan.

Qadimda o'zbek milliy qo'g'irchoq teatri "Qo'g'irchoq o'yini" deb yuritilgan. Bu san'atning qo'lga kiyib o'ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va soyasi tushiriladigan turlari keng tarqalgan.

"XV asrda Xuroson va Movarounnahrda boshqa san'atlar qatori qo'g'irchoq teatri ham taraqqiy etdi. Bu davrda "Chodir jamol", "Chodir xayol" va "Fonus xayol" deb ataluvchi hamda qo'g'irchoq yasash va uni o'ynatishda, shuningdek, tomosha mazmuniga ko'ra, bir-biridan keskin farqlanib turuvchi uch tur keng tarqalgan. Qo'g'irchoqlar qo'lga kiyib o'ynatiladigani "Chodir jamol"da, hayotiy voqealar, iplar vositasida boshqariladigan "Chodir xayol"da mifologiya, soyasi tushiriladigan "Fonus xayol"da xalq qahramonlik eposi aks ettirilgan."2

Hamma tur tomoshalarida ham musiqa muhim rol o'ynagan. Shuningdek, ularda korfarmon nomli usta va tajribali qo'g'irchoqboz, odatda truppa boshlig'i tomoshabinlar oldiga chiqib, qo'g'irchoq - qahramonlar bilan savol-javob qilib, ularning ba'zi gaplarini izohlab - shu yo'l bilan tomoshani boshqarib hamda ayni chog'da "zal" bilan sahnani bir-biriga yaqinlashtirib turgan.

"Chodir jamol"da ijtimoiy va maishiy hayot voqealari, muammolarini satira, yumor vositasi orqali aks ettirilgan. Qadimda qo'g'irchoq o'yinlari, asosan, xalq sayillarida, bayramlarda, odamlar ko'p to'planadigan bozorlarda namoyish etilgan. Qo'g'irchoqbozlar "Chodir jamol" teatrida o'sha davr ijtimoiy muhitini, amaldorlarning poraxo'rligi-yu, kambag'allarning zulm ostida ezilganligini achchiq kulgu orqali ifoda qilib berganlar. Qo'g'irchoq teatrida qo'g'irchoqboz jonsiz o'yinchoqqa jon baxsh etadi. Qo'g'irchoqbozdan qo'g'irchoq yordamida mahorat bilan obraz yaratish talab qilinadi. Qo'g'irchoqboz soatlab oyna oldida mashq qilib, obrazni jonlashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun qo'g'irchoqboz jismoniy sog'lom, qo'l va barmoqlari abjir, epchil, chaqqon bo'lishi kerak. Chunki, qo'g'irchoqbozning har bir qo'l harakati qahramon fikrini ifodalab berishi kerak. Qo'g'irchoqboz har xil holatda, tizzalab o'tirgan holatda, yotgan holda to'siq ortida rol ijro etadi.

Qo'g'irchoq teatri IX-XII asrlarda ancha rivojlanib, san'atning boshqa turlari qatoridan mustahkam o'rin egallagan. Buyuk shoir va olim Umar Hayyomning (10401123) quyidagi mashhur ruboiysida o'sha davrda Eron, Xuroson va Movarounnahrda qo'g'irchoq teatrlarining paydo bo'lib, xalqqa xizmat qilganligi bayon etiladi. Chunki u Balx, Samarqand va Buxoroda o'qigan, Movarounnahrni necha bor kezib chiqqan bo'lib, mahalliy xalqlarning san'atini bilgan.

1 Qodirov M. Tomosha san'ati o'tmishidan lavhalar. -T.: Fan, 1993, ,163-6eT.

2 Qodirov M. O'zbek xalq tomosha san'ati. -T.: O'qituvchi, 1981, 66-6eT.

rfccTii^^Bl 256 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Bizlar qo'g'irchog'u falak qo'g'irchoqboz,

Bu so'zim chin so'zdir, emasdir majoz.

Yo'qlik sandig'iga bir-bir tushamiz,

Vujud palosida o'ynagach biroz.3

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O'rta Osiyoda, xususan, O'zbekistonda qo'g'irchoq o'yinlari ancha jadallashib borgan. Bu san'at turi oilaviy shajara orqali avloddan-avlodga o'tib, davom etib kelagan. Toshkentlik Shofayzi (1870-1930) degan qo'g'irchoqbozning otasi Shomuxitdin bobosi Shoa'zim, katta bobosi Shosoliq taniqli qo'g'irchoqboz va mehtar (surnaychi) o'tganlar. Demak, bu avlodning to'rt bo'g'ini, ikki asr davomida shu san'at bilan shug'ullanib kelgan. Buxorolik yirik qo'g'irchoqboz va surnaychi Doniyor bobo (1876-1962) ning otasi Shoxsuvar (1830-1900) bobosi Abdulla (1740-1855) ham umrini qo'g'irchoq san'atiga bag'ishlagan. Shuningdek, Zarif misgar, Sharof chala, Sadriddin eshon, Rajab meshkob, Jo'ra qayroq, Hamro mehtar, Novvot lo'g'takboz, Mahmud mehtar kabi mashhur qo'g'irchoqbozlar o'zbek milliy qo'g'irchoq teatri rivojiga o'z hissalarini qo'shganlar. Ular sahnaga o'z davrlarining chirkin illatlarini, amaldorlarning zolimligi va tekintomoqligini qattiq hajv qilganlar hamda mehnatkash xalqqa kulgu, zavq bag'ishlaganlar.

Bugungi kunda Respublikamizda 11 ta Davlat qo'g'irchoq teatrlari yosh tomoshabinlarga hizmat ko'rsatib kelmoqda. Ularning repertuarlaridan milliy va xorijiy mualliflarning turli xil asarlari joy olgan. Oldingi an'analarni davom ettirgan holda milliy qo'g'irchoqlarni takomillashtirib bormoqda. Turli ertak qahramonlari obrazini yaratib, yosh tomoshabinlarni xushnud qilib kelmoqda.

Qo'g'irchoq teatri aktyori rassom va qo'g'irchoq ustasining hamkorligida yaratilgan sahnaviy qo'g'irchoqlarga «jon» bag'ishlaydi, yurak dardini, orzu umidlarini, tabiat va jonivorlarga bo'lgan munosabatini, Ona-Vatanga bo'lgan mehr-sadoqatini parda sahna orqasidan turib qo'g'irchoq obrazlari orqali bayon etadi. Bu esa faqat shu san'at turiga xos «jonlanish» mo'jizasidir.

Teatr sahnasida «jonlanib» tilga kirgan qo'g'irchoq bolalarga beqiyos zavq-shavq, ma'naviy ozuqa baxsh etadi. Bolalarimizni hayot jumboqlari ustida bosh qotirishga undaydi, go'zallik, do'stlik, adolat, halollik, poklik, mehnatsevarlik tuyg'ularini ularga singdiradi.

Bir so'z bilan aytganda, zamonaviy qo'g'irchoq teatri san'ati Mustaqil O'zbekiston kelajagi bo'lgan yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda, yoshlarini Vatanga sadoqat, ma'naviy barkamol va har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda o'ziga xos betakror san'atdir.

Yosh tomoshabinning san'atga oshnoligi ilk bor qo'g'irchoq teatridan boshlanadi. Shuning uchun u bu qo'g'irchoq teatrini tez-tez qumsaydi, o'zlarini o'ylantirgan

3 Umar Hayom. Ruboiylar. T., O'z adabiy nashr, 1960, 24-b. (Sh.Shomuhamedov tarjimasi).

ITiy^^^BI 257 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

savollariga shu dargohdan javob topadi. Shu sababdan qo'g'irchoq teatri spektakllari yosh tomoshabinlarga tushunarli, janr jihatidan rayag-barang, zamon talabiga javob bera oladigan mukammal mazmunga ega, g'oyaviy jihatidan yetuk asarlari bo'lishi shart.

Bugungi kun qo'g'irchoq tetrlari sahnalarida qo'yilayotgan tomoshalar bolalar yoshiga mos, zamon talablariga javob beradigan, tarbiyaviy ahmiyatga ega bo'lgan mavzulardagi asarlar bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M. Tomosha san'ati o'tmishidan lavhalar. -T.: Fan, 1993, 163-bet.

2. Qodirov M. O'zbek xalq tomosha san'ati. -T.: O'qituvchi, 1981, 66-bet.

3. Umar Hayyom. Ruboiylar. T., O'z adabiy nashr, 1960, 24-b. (Sh.Shomuhamedov tarjimasi).

4. Qodirov M. Qogirchoq teatri tarixi.-T.: Talqin, 2006

5. M.Jo'raeva. "Qo'g'irchoq teatri" to'garagi. -T.: 2013.

258

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.