Научная статья на тему 'BOLALARNI SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI ORQALI IJODKORLIK QOBILIYATLARINI O’STIRISH'

BOLALARNI SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI ORQALI IJODKORLIK QOBILIYATLARINI O’STIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkorlik / faoliyatlar / ta'lim / ota-ona tarbiyasi / kognitiv qobiliyatlar / muammolarni yechish / atrof-muhit.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Fozilova Odina Nabiyevna, To‘Ychiyeva Shoxidaxon Qaxramon Qizi

Ushbu ilmiy maqola turli tadbirlar orqali bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning rivojlanish jihatlarini o'rganadi. U yoshlikdan ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalashning ahamiyatini va turli faoliyat turlari bolalarning ijodiy qobiliyatlarini oshirishga qanday hissa qo‘shishini o‘rganadi. Shuningdek, maqolada bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda ota-onalar, o‘qituvchilar va atrof-muhitning roli haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI ORQALI IJODKORLIK QOBILIYATLARINI O’STIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

BOLALARNI SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI ORQALI IJODKORLIK

QOBILIYATLARINI O'STIRISH 1Fozilova Odina Nabiyevna, 2To'ychiyeva Shoxidaxon Qaxramon qizi

1 FarDU, Maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti, f.f.f.d (FhD) 2FarDU, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi, 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11045553

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola turli tadbirlar orqali bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning rivojlanish jihatlarini o'rganadi. U yoshlikdan ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalashning ahamiyatini va turli faoliyat turlari bolalarning ijodiy qobiliyatlarini oshirishga qanday hissa qo'shishini o'rganadi. Shuningdek, maqolada bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda ota-onalar, o'qituvchilar va atrof-muhitning roli haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ijodkorlik, faoliyatlar, ta'lim, ota-ona tarbiyasi, kognitiv qobiliyatlar, muammolarni yechish, atrof-muhit.

Abstract. This research paper examines the developmental aspects of fostering creativity in children through various activities. It explores the importance of fostering creativity from a young age and how different activities contribute to children's creativity. The article also talks about the role of parents, teachers and the environment in the development of creativity in children.

Keywords: creativity, activities, education, parenting, cognitive abilities, problem solving, environment.

Teatr sanati bolalar uchun tushunarli va o'zi ijro eta oladiganan sanat turi, chunki uning asosida o'yin yotadi. Teatr tomoshabinga badiiy so'z, xatti-xarakat, rang, musiqa bilan ta'sir qo'rsatadi. Bolalarda yoshligidanoq teatrga qiziqishini shakllantirish kerak, teatrga borish, teatrlashtirilgan o'yinlarda, qiyin bo'lmagan spektakllarda ishtirok etishi juda muhim. Bolalarning o'yinga bo'lgan ehtiyoji juda erta namoyon bo'ladi. 2-3 yoshdanoq bolalar qiziqish bilan maymoq ayinqni, qo'rqoq qo'yonni, ayyor tulkini taqlid qilib ko'rsatadilar. Ular osonlik bilan bir obrazdan ikkichi obrazga kirishadilar. Ularning xarakatlari taqlid qilish, immitatsiya xarakterida, shu bilan birga juda emotsional. Sahnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi: sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalrning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantairishdir. Sahnalashtirish faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Sahnalashtirish faoliyatida bolalar ijodiy faolligini oshirish uchun shartsharoitlar yaratish (ijodiy ijrolarni rag'batlantirish, qobiliyatini rivojlantirish, sahnaviy chiqishlarda erkin va dadil o'zini tutish, mimika, erkin xarakatlar, intonatsiyalar va x.k. vositalari orqali improvizatsiyni paydo qilish )

2. Bolalarni teatr madaniyatiga jalb etish (teatr tuchunchasi bilan, teatr janrlari bilan , qo'g'irchoq teatri bilan tanishtirish.)

3. Pedagog teatrni boshqa faoliyat turlari bilan xamkorligini ta'minlashi (musiqa mashg'ulotlari, jismoniy xarakatlar vaqtida, ekskursiyalar va boshqalar bilan)

4. Kattalar va bolalar bilan xamkorlikda ishlashi uchun sharoitlar yaratish( otaonalar,

xamkasb va katta gurux bolalari xamkorligida kichik gurux bolalariga spektakllar namoyish etish )

5. Kichik yoshdagi bolalarga xurmat va o'zini - o'zi tushunishi uchun yaxshi mikroklimat yaratish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Kichik yoshdagi bolalar — namoyishlardan minnatdor bo'ladigan tomoshabindir. Asosiysi, ota-onalar bolalarni qayerga va qanday maqsadda olib borganliklarini tushunishlari kerak. Haqiqiy teatrga bolalarni (masalan 2-3 yoshli bolalarni) olib borish hali erta. Bolalar spektakllari repertuarlari, qoida bo'yicha, bu yoshdagi bolalarga mo'ljallanmagan. Shuning uchun teatrni uyda yoki bolalar bog'chasida tashkil etishni maslahat beriladi.

Uch yoshgacha bolalarga oddiy bolalar qiziqib o'ynaydigan o'yinchoqlar bilan tomoshalar qo'ysa bo'ladi. Yangi o'yinchoqlar (qo'g'irchoq, kuchukcha, ayiqcha va x.k.) bolalarda zavq, qiziqish, hayratlanish xislarini uyg'otadi. Bolalar bog'chasida bolalar teatrini nimadan boshlash kerak? Bolalarni teatrlashtirilgan o'yin faoliyatiga jalb qilish kerak, uning uchun tarbiyachi rejisyor bo'lishi va teatr tashkil eta olishi lozim. MTMda bolalar oddiy vaziyatlarni o'yinchoqlar bilan ijro etishi, qo'shiq kuylashi, she'r, ertak, hikoyalar kabi tanish adabiy asarlarni sahnalashtiradilar. Yangi qo'g'irchoqni bolaga tanishtirish vaqtida oddiygina syujet o'ylab topish kerak, masalan: kuchukcha adashib qoldi va o'ziga haqiqiy do'st izlamoqda, qo'g'irchoq — kichkina qizaloq uni yaxshi ko'rish va parvarishlash kerak, ayiqcha asaldan kop yeganligi uchun oilaviy shifokor yordamiga muhtoj.

Har qanday bola o'yinchoqlar yordamida oddiy harakatlardan asta-sekin kichkina qiyin bo'lmagan syujetlarni o'ynashi mumkin. Keyinchalik esa ushbu syujetlar hayotiy malakaga tayangan holda rivojlanadi. Tarbiyachi ham o'yinga qo'shiladi va ayrim rollarni ijro etadi, namuna sifatida ko'rsatadi, u yoki bu vaziyatda xohlagan harakat namunalarini ko'rsatib beradi, o'yin jarayonida improvizatsiya qiladi, malum bir o'yinchoq nomidan gapiradi, bola fikrlashi, xarakat qilishi, javob berishi uchun stimul yaratadi.

Barchamizga ma'lumki, mashg'ulotlar bir vaqtning ozida bilim olish, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalarini bajarishi darkor, faqatgina tomoshaga tayyorgarlik ko'rish bo'lmasligi kerak. Ularning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun qaratilgan:

- nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko'nikmalarini rivojlanishiga;

-ijodkorlik muhitini yaratishga;

-bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga.

Bunday mashg'ulotlar mazmuni nafaqat badiiy adabiyot asari yoki ertak teksti, balki undagi qahramonlarning imo-ishorasi, mimikasi, xarakati, kostyumi, mizanstsenasi(spektaklning ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning joylanishi)bilan tanishib boradilar.

Teatrlashtirilgan mashg'ulotlarda bola quyidagi ko'nikma va malakalarni egallaydilar: qo'g'irchoq spektakllarini tomosha qilish va ular xususida suhbatlar o'tkazish; o'yin -dramatizatsiyalari; turli ertaklar va sahnalashtirilgan asarlarni o'ynash; ijroni ifodaliligini shakllantirish uchun mashqlar (og'zaki va og'zaki emas) bajarish. Ko'ngilochar o'yinlar. Bolalar bog'chasida har bir bolaning uyg'un ta'lim berishga katta e'tibor beriladi. U tasviriy san'at, nutqni rivojlantirish, musiqa mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Ko'ngilochar o'yinlar san'atning barcha shakllarini birlashtiradi, ulardan ijodiy foydalanish imkonini beradi, she'riy so'z, kuy, tasviriy va badiiy obrazlarlar bolalarda emotsional hissiyotlarni uyg'otadi.

REFERENCES

1. Adashboyev T. Orzularim - qo'sh qanotim. - T.: SHarq, 2003. - B. 12.

2. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda interfaol usullardan foydalanish. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -14 b.

3. Bolalar entsiklopyediyasi. 2-nashr. -T.: "O'zbyekiston milliy entsiklopyediyasi". Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

4. Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. "Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari" moduli bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -T.: TDPU, 2018.

5. Volkov, B. S. Psixologiya detstva: uchebno-metod. posobie / B. S.Volkov, N. V. Volkova. -M. : APO, 1997. - 152 s.

6. Do'stmuhamedova SH.A., Nishonova Z.T. va boshqalar. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013.

7. Jo'rayeva B.D. Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash muammolari va rivojlantirish istiqbollari. Xalq ta'limi j., 2008. 5-son. -114-119 b.

8. Sobirovich S. I. et al. FEATURES OF MATHEMATICAL PREPARATION OF A PRESCHOOL CHILD //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - T. 2. - №. 10. - C. 401-405.

9. Sobirjonovich S. I., Khurshida K. Improving the Physical Education of Children of the Older Group in Gaming Activities Through Outdoor Games //Central Asian Journal of Social Sciences and History. - 2023. - T. 4. - №. 2. - C. 83-88.

10. Sobirjonovich S. I. et al. Game Technology-A Means for Forming Social Intelligence of Senior Preschool Children //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. - 2023. - T. 4. - №. 2. - C. 112-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.