Научная статья на тему 'MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
999
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodiy qobiliyat / ta’limtarbiya jarayoni / ijodiy faoliyat / ijodkorlik / o‘z-o‘zini tarbiyalаsh / axloqiy fаzilаtlаr

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muqumova Nilufar Nizomjon Qizi

Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari hamda ta’lim jarayoning qоidаlаri, usullari va tаshkil etilish shakillari haqida mulohazalar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Muqumova Nilufar Nizomjon qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi. org/10.5281/zenodo. 7926625

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari hamda ta'lim jarayoning qoidalari, usullari va tashkil etilish shakillari haqida mulohazalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ijodiy qobiliyat, ta 'lim- tarbiya jarayoni, ijodiy faoliyat, ijodkorlik, o'z-o'zini tarbiyalash, axloqiy fazilatlar.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shaqllantirish - bolalarda tevarak-atrofdagi narsalarga ijodiy munosabatni tarbiyalashda, faollikni va mustaqil fikrlashni taqozo etadi. Bu bilan bolalarimizda aql-idrokni, o'tkir zehnni, ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalab boramiz.

Ijodkorlik insonning tabiiy va ijtimoiy dunyoni voqelikning ob'yektiv qonunlari asosida o'z maqsadi va ehtiyojlariga muvofiq o'zgartiradigan faoliyatidir. Ijod mahsuli bu inson ongining faol mahsulidir.

Ijodiy faoliyat - bu barcha ruh va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq, bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiy holati - ilhomlanishi, shuningdek, ruh kechinmasi, muammoni jon-jahdi bilan hal etish istaqlari majmuasi.

Ijodiy qobiliyatlar - bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, goyani ilgari surish uchun kerak bo'ladigan bilimlarni ishga sola bilish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash hamda topish, natijada yangi asl mahsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san'at asari, tavsifnoma) qobiliyatlaridir.

Ijodkorlik - bu ko'pchilikka noma'lum va murakkab xususiyatlarni o'rganishga imkon beruvchi inson tafakkuri va ruhiyatining har xil sharoitlarda jamol ko'rsatishi bilan bog'liq, o'ziga xos fikrlash modeli.

Ijodkorlik - bu aql gimnastikasi, u nafaqat donishmandlargagina kerak va hatto oddiy ijodkor odamga ham zarur.

Ijodkorlik - bu avvalo mehnatga ijodiy munosabatda bo'lishni tarbiyalash, yangi bilimlarni o'zlashtirishni uddalay olish maqsad sari intiluvchanlik, g'alaba uchun kurash, o'z-o'zini takomillashtirish va uzlikni anglashdir.

Ijodkorlik - bu insoniyatni bir necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida alohida kishilarning ilm-fanda erishgan oliy ne'mati bo'lib, bugungi kunda insoniyat yaratayotgan barcha moddiy hamda ma'naviy boyliklar esa ana shu oliy ne'matning u yoki bu kurinishidir, ya'ni mahsulidir.

Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish birinchi o'rinda atrofdagi predmet va hodisalardagi o'ziga xosliklarni kuzatish malakasi xarakterni belgisini ajrata olishni o'rgatishdan boshlanadi. Bunda albatta bolaning yoshini hisobga olish lozim, chunki 3-4 yoshli boladan murakkab syujetni sur'atni talab qilib bo'lmaydi, xatto bolani juda erta o'qitish boshlangan bo'lsa ham. Uning tafakkuri ham katta maktabgacha yoshidagi bola bemalol hal qila olishi mumkin bo'lgan vazifani qilish darajasida rivojlanmagan.

Shu narsa aniqmi, bir xil yoshdagi bolalar doim ham bir xil rivojlanishda bo'lmaydi. Pedagog hech qachon buni unitmasligi lozim, zero, individual yondoshuv samarali ta'lim tarbiyaning oltin kalitidir. Tasviriy qobiliyatning rivojlanishning birinchi bosqichi bolaning ilk bora tasviriy faoliyat qurollari bo'lmish-qalam, qog'oz, loy bo'lagi kabilar bilan tanishgan davrdan boshlanadi. Pedagogik adabiyotlarda bu davr "tasvirlashgacha" bo'lgan davr deyiladi chunki hali biror bir predmetni tasvirlashga xohish ham, tasvir g'oyasi ham bo'lmaydi. Bola bu paytda material xususiyatlari bilan tanishadi, turli ko'p harakatlarini o'zlashtiradi tasviriy shakllarni yaratish uchun zarur bo'lgan bilimlarni egallaydi. Agar material 5-6 va 3-4 yoshli bolalar qo'liga berilsa, katta bolalar malakani tez o'zlashtiradi chunki atrof olamni bilish jarayoni ularda ko'proq.

"Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi"ning asosiy mazmunida bolalarning individual xususiyatlari va iste'dodini rivojlantirish vazifasi belgilab berilgan.

Hozirgi tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilin o'yinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko'rsata olishini isbotladi. Albatta, bolalarni badiiy ijodiy qobiliyatlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi.

Ta'lim jarayonida, ertaqlar eshitish, har-xil rasmlarni ko'rish tufayli bola o'yinchoq yasashdan oddin o'zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta -sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval katt alarning og'zaki ta'siri bilan ixtiyoriy tasavvur obrazlari hosil bo'lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin. Bolalar badiiy ijodiy qobiliyatlarini shaqllantirish yo'llarini o'rganganda, bolalarga berilgan topshiriqlarni 3 bosqichda murakkablashtirib borishimiz mumkin.

Birinchi bosqichda bolalarga ulardan ijodiy faoliyatda dastlabki yo'nalishni talab qiladigan topshiriqlar beriladi: tarbiyachining (o'zing yasa, bir narsa o'yla, qidirib top, o'zgartir kabi) ko'rsatmalari bo'yicha bolalar pedagog bilan birga ishlab, ijodkorlik elementlarini namoyon etadilar.

Ikkinchi bosqichda bolalarni aniq maqsadga muvofiq ishlashga va izlanishga da'vat etuvchi topshiriqlar beriladi. Bola tarbiyachi bilan birga ishlab, o'zlashtirgan ko'nikmalarni kombinatsiyalash va o'zgartirish mumkinligini tushuna boshlaydi.

Nihoyat, uchinchi bosqich - bolani turli faoliyatda fikrlash bo'yicha mustaqil harakat qilishga, o'z ishlarini rejalashtirishga, tasvirlash vositalarini tanlashga o'rgatadigan topshiriqlardan iboratdir.

Tarbiyachi bolalarga topshiriqni emotsional tarzda tushuntiradi. Tarbiyachining izohi bolalarni qiziqtirishi, buning uchun tarbiyachi goho o'yin elementlaridan, goho o'yin harakatlaridan foydalanishi mumkin. Bolalar ko'z o'ngida qo'g'irchoqlar paydo bo'ladi. Ular birgalikda tomosha qo'yishni so'raydilar. Bunday ertak personajlarning kutilmaganda paydo bo'lishi bolalarni suyuntirib yuboradi. O'yinchoqlarning harakatlarini ko'rib, bolalar sevinib ketadilar, tarbiyachi ularga qarab murojaat qilayotganidan mamnun bo'ladi. Agar tarbiyachi mashg'ulotda o'yin usulini qo'llayotgan bo'lsa, u mashg'ulot davomida o'yinda qatnashadigan personaj to'g'risida oldindan o'ylab qo'yadi. Masalan, qo'g'irchoq mana shunday personaj rolini bajarib, bolalar qanday ishlayotlanligi bilan, topshiriqni kim qanday bajarayotganligi bilan qiziqib ko'rishi mumkin. Keyin u bolalarning hatti-harakatlarini ma'qullaydi, ijodiy ishlashga qiynalayotgan bolalarga yordam beradi va boshqa shunga o'xshagan ishlarni bajaradi.

Mashg'ulotda har doim ham bir xildagi o'yin harakatlaridan foydalanmaymiz, har bir mashg'ulot oldidan bolalarning ruhini ko'taradigan, kayfiyatini yaxshilaydigan tadbirlar tashkil

qilamiz. Buning uchun bolalarga she'r o'qib berishimiz, qo'shiq aytib beris himiz, topshiriqlar bo'yicha topishmoqlar aytib, kichkintoylarni qiziqtirishimiz lozim.

Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shaqllantirib bo'lmaydi. Faoliyatning barcha turlari bolada tasviriy ifodaning yangi usullarini izlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi.

REFERENCES

1. Maxmudova.O.A . Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga o'rgatish metodikasi. O'quv qo'llanma . T.,"Niso poligraf'. 2019

2. Khalilova Dilnoza Furkatovna. Formation of social competence of future educators in preschool educational organizations. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 3 march 2023. 174-177.

3. D Khalilova. Innovative educational environment as a factor for improving professional competence in developing social relationships in students. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 1 january 2023. UIF-2022: 8.2 | ISSN: 21813337 | SCIENTISTS.UZ. 412-414.

4. Xalilova Dilnoza Furqatovna. Bo'lajak tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kreativ yondashuv. "PEDAGOGS" international research journal ISSN: 2181 4027 _SJIF : 4.995 / www.pedagoglar.uz Volume - 7, Issue- 1, April -2022 166.

5. Amirova.G,Djurayeva.G. Bolalar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning optimal yo'llari. Uzlu ksiz ta'lim. 2015.№ 5.

6. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Bo'lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish. Conferencea, 115-117. Retrieved from https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/2118

7. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

8. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - T. 7. - №. 12.

9. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - T. 3. - C. 115-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.